4.13. Банк ҳуқуқлари:
4.13.1. Mijozning roziligisiz, inkor etib boʼlmaydigan hisobvaragʼni kreditlash yoki
debetlash boʼyicha notoʼgʼri yozuv aniqlangan boʼlsa, xato ustida toʼgʼirlash oʼtqazish.
4.13.2. Boshqa bank mahsulotlarini taqdim etish munosabati bilan zarur hollarda mijozga
xisobvaragʼ ochish.
4.13.3. Bosh shartlarga va Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid
boʼlgan notoʼgʼri hisobvaraq operatsiyalarni qabul qilmaslik, yoki bankka topshirilgan
farmoyishlariga zid boʼlgan operatsiyalarni ijrosini rad etish.
4.13.4. Bank tariflarning oʼzgarishi toʼgʼrisida va ular kuchga kirgunga qadar 10 kun oldin
xabardor qiladi, bank bu haqida maʼlumotni filiallar yoki bank xizmat koʼrsatish markazlarida,
bankning www.tbcbank.uz veb-sayti, shuningdek masofaviy bank xizmati tizimi orqali eʼlon
beradi, agar bunday oʼzgartirishlar Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid
boʼlmasa va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmasa. Аgar mijoz oʼzgartirishlar
eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida hech qanday shikoyat yoki eʼtiroz bildirmasa, bu
oʼzgarishlar kuchga kiradi.
4.13.5. Mijozni aniqlash va hisobvaraqda amalga oshirilgan bitimlarning qonuniyligini
tasdiqlashga imkon beruvchi maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etishni talab qilish.
4.13.6. Mijozning hisobvarag'idagi operatsiyalarni O'zbekiston Respublikasining
amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda to'xtatish.
4.13.7. Bank O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalarida nazarda
tutilgan boshqa huquqlarga ega.
Dostları ilə paylaş: |