11.4.2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq mijozning hisobvaraqlarining
amal qilishini to'xtatib turish;
11.4.3. Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga,
terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga
qarshi kurashish bo'yicha ichki nazorat qoidalariga muvofiq tegishli tekshiruvlar o'tkazish.
11.4.4. Mijoz tomonidan yolg'on ma'lumot taqdim etilgan taqdirda, shuningdek,
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda
mijozning hisobvaraqlaridagi operatsiyalarni va faoliyatini to'xtatib turish.
11.4.5. Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasining "Bank siri
to'g'risida" gi Qonuniga muvofiq bankka xizmat ko'rsatuvchi uchinchi shaxslarga taqdim etish.
11.5. Mijozga Bank tomonidan taqdim etiladigan har qanday xizmatlardan noqonuniy
maqsadlarda, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan tovarlar yoki
xizmatlarni sotib olish uchun foydalanish taqiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |