18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?
a) Niyat qilmoq
b) “Bismillah”ni aytmoq
c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq
To’g’ri Javob: Niyat qilmoq
Izoh: «Bismillah...»ni aytmoq, zarbni kaftning ichi bilan qilmoq, qo‘ldagi changlarni silkitib
tashlamoq, tartib bilan qilmoq, ya’ni avval yuzga mash tortib, keyin qo‘lga mash tortmoq,
ketma-ket qilmoq, ya’ni niyat qilib tayammumni boshlagach, to tugaguncha boshqa amalni
qo‘shmaslik, soqol va barmoqlar orasiga xilol qilmoqlik, keng uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib ostiga
mash yetkazmoq, ammo uzuk tor bo‘lsa yoki soatga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni
tayammumdan oldin yechib qo‘yish kerak, chunki ularning ostiga mash yetmaydi, mashni o‘ng
qo‘ldan boshlamoq, bularning hammasi sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va
namoz hukmlari»)
Dostları ilə paylaş: |