www.ziyouz.com
www.forum.ziyouz.com
Ziyo istagan qalblar uchun
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
birinchilar qatori islom diniga o‘tgan Arqam ibn Abu Arqamning hovlisiga yig’ildilar. (“Nurul
yaqin”).
17. Makkada ilk bor shahodat kalimasini ovozi boricha baqirib aytgan va bu ishi uchun
makkaliklardan ozor ko’rgan sahobiy kim?
a) Abu Bakr Siddiq (r.a.)
b) Abu Zarr (r.a)
c) Zayd ibn Sobit (r.a.)
Javob: Abu Zarr (r.a.)
Izoh: Dastlab musulmon bo‘lganlardan Abuzar sahroda yashovchi, shirin so‘zi bilan tosh
yuraklarni eritib yuboradigan notiq a’robiylardan edi. O’zini payg’ambar deb ataayotgan kishi
haqida eshitgacha Makkaga qarab yo’l oldi. Masjidga kirib Rasulullohni sav izladi. Va shu orada
Hazrati Ali r.a. bilan uchrashib qoldi. Ali uning bu yerga nima maqsadda kelgani bilan
qiziqsindi. Abuzar: "Menga yo‘l ko‘rsatishga va’da bersang aytaman", dedi. Ali rozilik bergach,
muddaosini bayon etdi. "Muhammad alayhis-salom rostdan ham xudoning payg’ambari, — dedi
Ali. — Ertaga ertalab men bilan birga masjidga borasan. Mabodo biron xavf-xatar sezsam
to‘xtayman, bo‘lmasa orqamdan ergashib ketaverasan". Ertasiga Abuzar Aliga ergashib
rasululloh huzurlariga kirdi, u kishinung gaplarini eshitgan zahoti imon keltirib, musulmon
bo‘ldi. Payg’ambar alayhis-salom: "Joyingga qaytib, to mendan biron topshiriq borguncha
ko‘rgan-bilganlaringni odamlaringga so‘zlab ber", dedilar. Abuzar tashqariga chiqib, baland
ovozda: "Ashhadu al-la ilaha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluh", deb
yubordi. Mushriklar kela solib uni do‘pposlay ketishdi. Abbos r.a uni himoya qildi. (“Nurul
yaqin”).
18. Bilol ibn Abu Raboh (r.a.) – ilk bor azon aytgan sahobiy qullikdan ozod qilingunlariga
Dostları ilə paylaş: