2. Sunnat necha xil bo’ladi? Quyidagi qatorlardan to’g’risini belgilang.
a) 1 xil, Sunnati muakkada.
b) 2 xil, Sunnati muakkada, sunnati mashru’a.
c) 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida.
To’g’ri Javob: 3 xil, sunnati muakkada, sunnati mashru’a, sunnati zoida.
Izoh: Sunnat - bajarishlik qat’iy suratda talab qilinmagan amalga sunnat,
deyiladi. Sunnat fiqhiy istilohda mandub, mustahab, odob kabi so‘zlar bilan
ham ishlatiladi.
Sunnatning turlari uchga bo‘linadi:
1. Takidlangan sunnat (sunnati muakkkada);
2. Odatiy sunnat (sunnati mashru’a);
3. Zoida sunnat (sunnati zoida).
Sunnati muakkadaga misvok ishlatish, jamoat bilan namoz o‘qish, sunnati ravotiblarni o‘qish
kabilar kiradi.
Sunnati muakkadaning hukmi vojibdan keyingi o‘rinda turadi.
Odatiy sunnatlarga Payg‘ambarimiz (s.a.v.) odatda qilib yurgan, lekin boshqalarga qilishlikni
ta’kidlamagan sunnatlar kiradi.
Ramazondan boshqa paytlardagi tutiladigan ixtiyoriy ro‘zalar, farz va sunnati muakkada
namozlaridan boshqa ixtiyoriy namozlar, Zuxo namozi, Asr va Xufton namozidan oldingi to‘rt
rakat sunnat namozlari, zulqa’da oyida olti kun ro‘za tutishlik, dushanba va payshanba
kunlaridagi ro‘zalar va hokazolar shular jumlasidandir.
Sunnatga amal qilgan odam savobga erishadi, unga amal qilmagan kishiga esa azob berilmasa-
da, qiyomat kunida malomatga qolish ehtimoli bor. (“Hanafiy mazhabida tahorat va namoz
hukmlari”, «Hadis va hayot»)
Dostları ilə paylaş: |