Sun’iy suv omborlari. Keyingi 30-40 yil ichida katta daryo suvlaridan ichimlik
suv sifatida va yelektr yenergiya olish maqsadida foydalanish uchun ko’pdan-ko’p suv
omborlari qurildi. Suv omborlaridagi suv tarkibi daryo, yomg’ir va oqava suvlar
tarkibiga o’xshaydi, chunki oqib keladigan suv suv omborlariga to’planadi.
Suv omborlaridagi suvning o’ziga xos tomoni shundaki, ular borgan sari
minerallashib, tuzlarning miqdori ortib boradi. Suvning bug’lanishi, uning yerga
shimilishi suv tarkibidagi mineral tuzlar miqdo’rini tobora oshirib boraveradi. Suv
ombori satxining suv miqdoriga nisbatan katta bo’lishi uning tezroq minerallashishiga
olib boradi. Suv ombori suvining yana bir xususiyati shundan iboratki, ular yozda
ko’karib ketadi. Bunga suv o’simliklarinig o’sishi sabab bo’ladi. Suv o’simliklaring
ko’p qismi suv inshootlariga tushadi, filtrlovchi uskunalarga tiqilib qolib, ularni ishdan
chiqaradi, vodoprovod inshootlarning normal holatda ishlashiga xalal beradi. Suv
omborlari suvi doimo almashtirilib turilgani uchun sanitariya jihatdan ancha havf
tug’dirmaydi, daryo suvlari esa doimo harakatda, o’z-o’zini tozalash jarayonlari juda
jadal o’tadi.
Kanallar. Kanal suvlardan faqatgina xalq xo’jaligini rivojlantirishda foydalanib
qolmasdan, balki aholi uchun ichimlik suv sifatida ham foydalaniladi. Kanal
suvlarining o’z-o’zini tozalash xususiyati ancha kam. Buning ustiga shag’alli joylarda
suv o’tlari o’sib, kanal suvini ifloslantiradi, bu esa suvning xidi va mazasiga ta’sir
qiladi. O’rta Osiyo Respublikalari territoriyasida joylashgan kanal suvlaridan ichimlik
maqsadida foydalanilganda uning sanitariya holatiga ahamiyat berish zarur.
Yer osti suvlari. Yer osti suvlari asosan yer usti suvlari, yog’ingarchilik oqibatida
paydo bo’lgan suvlarning yer osti qavatiga sizib o’tishidan hosil bo’ladi. U yerning
pastki, chuqur, suv o’tmas qavatida to’planib, yer osti suv havzalarini paydo qiladi.
Yer osti suvining tarkibi tog’ jinslarining tuzilishiga juda bog’liq. Yer osti tog’ jinslari
suv o’tkazmaydigan jinslarga tafovut qilinadi. Suv o’tkazuvchi jinslarga qum,
qumsimon jinslar, shag’al, oxaktosh va darz ketgan ma’danlar kiradi. Suv
o’tkazmaydigan jinslar jipslashgan qattiq granit, qum qavati, oxaktosh yoki loy
qavatidan iborat. Suv o’tkazuvchi va o’tkazmayigan jinslar ko’pincha qavat-qavat
joylashgan bo’lib, ular orasida suv xarakati mavjud. Yer osti suvlari turli chuqurlikda
joylashadi. Ular 1,5 m dan 16 km gacha yetishi mumkin. Yer osti suvlari anchagina
chuqurlikda joylashadi. Respublikamizda yer osti suvidan juda keng foydalaniladi.
Sobiq SSSR territoriyasida uning hajmi 23,4 million km
3
. Hozir ko’pchilik Shahar
aholisi yer osti suvlaridan foydalanadi. Masalan, Minsk, Kiyev, Tyumen, Vitebsk,
Toshkent Shaharlari aholisining 50% i yer osti suvlari bilan ta’minlangan. Kelajakda
yer osti suvlaridan keng ko’lamda foydalanish ko’zda tutilmoqda. O’lkamiz yer osti
suvlariga juda boy, Moskva, Dnepropetrovsk, Donetsk, G’arbiy Sibir, Turkmaniston
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
180
va Qozog’istondagi yer osti suvlari shular jumlasidan. Horijiy mamlakatlarda ham yer
osti suvlaridan keng ko’lamda foydalanadilar. Masalan, Yaponiyada yiliga 75,5 mlrd
tonna suv kishilar ehtiyoji uchun sarflanadi, undan 13 mlrd tonnaga yaqini yer osti
suviga to’g’ri keladi. O’zbekiston territoriyasidagi yer osti suvlarining ko’pchiligi
tarkibi jihatidan DavST talabiga javob beradi.
Dostları ilə paylaş: |