75
dunyoning deyarli barcha mamlakatlari olimlari chuqur shug’ullanmoqda, keng
tadqiq etmoqda.
7. Sharq buyuk alloma va mutafakkirlarining
bebaho merosi butun
insoniyatning boyligi ekani hisobga olingan holda, bugungi kunda mazkur merosni
birgalikda o’rganish, hamda ulardan nafaqat mutaxasislar, balki keng jamoatchilik,
birinchi navbatda, yoshlar foydalanishi uchun ilmiy sharhlar bilan turli tillarda
nashr etish borasidagi sa’y-harakatlarini yanada faollashtirish
umumiy vazifaga
aylanmoqda. Bunday hamkorlik samaradorligini oshirish uchun jahonning yetakchi
tadqiqot markazlari, xalqaro jamg’armalar va tashkilotlarning imkoniyat va
mablag’larini keng jalb qilish maqsadga muvofiqdir.
8. Xalq tabobatiga bo’lgan ehtiyoj, bugungi kunda tabiiy o’simliklardan
tayyorlangan shifobaxsh damlamalarga bo’lgan ehtiyoj tobora kuchaymoqda.
Shuni e’tiborga olib, tabobat ilmining rivojlanishiga o’z hissasini qo’shgan
allomalar ilmiy faoliyati bilan tanishish va ulardan amalda foydalanish kerak.