Malakali mutaxassislarni tayyorlashda asos sifatida qabul qilingan. Malaka


-modul. Sport patologiyasi asoslari, shifokor nazorati, o‘quvchi-yoshlarni



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/38
tarix18.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#58514
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Ko‘rsatishni o‘rgatish kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi

9-modul. Sport patologiyasi asoslari, shifokor nazorati, o‘quvchi-yoshlarni 
jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullantirish 
 
1-mavzu. Umumiy sport patologiyasi asoslari 
Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha. Sportchilarda patologik holatni 
o‘ziga xosligi. Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar 
(charchash, zo’riqish). Patologik holatni olidini olishda takroriy nazorat qilish va 
sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning 
ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
2-mavzu. Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi 
Salomatlik haqida tushuncha. Stress (bosim-kuchlanish) organizmning 
umumiy tanglik holati. Kasallik sabablari. Reaktivlik (qarshi ta’sir). Irsiyat va 
uning kasallik paydo bo‘lishidagi ahamiyati. Sportchilar jarohatlanishi va uning 
sabablari. Sportchilar jarohatlanishi va oldini olish haqida nazariy ma`lumotlarga 
ega qilish.
3-mavzu. Sportchilarda shifokor (tibbiy) pedagogik nazorat o’tkazish 
mazmuni va metodlari 
Tibbiy pedagogik nazorat (TPN). Tibbiy pedagogik nazoratning asosiy 
vazifalari. Tibbiy pedagogik nazoratni tashkil qilish shakllari. Tibbiy-pedagogik 
nazorat o‘tkazishda qo‘llaniladigan uslublar. Tibbiy pedagogik nazorat o‘tkazishda 
qo‘llaniladigan funktsional sinamalar haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
4-mavzu. O‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida 
shifokor nazorati 
Birlamchi shifokor nazoratini tashkil qilish va uning vazifasi, maqsadi. 
Shifokor nazoratida qo‘llaniladigan usullar. Funktsional tizim va ularni baholash. 
Shifokor nazoratining xulosa qilishi, tibbiy guruhlar va uning bayonnomasi haqida 
nazariy ma`lumotlarga ega qilish. 
5-mavzu. Sportda ish qobiliyatini tiklash vositalari 
Qayta tiklash vositalarini tasnifi: a) pedagogik, b) psixologik, v) tibbiy 
vositalar. Sportda qo‘llaniladigan qayta tiklash vositalari. Oqsil moddalar. 
Farmakologik va fizikaviy tiklash vositalari haqida nazariy ma`lumotlarga ega 
qilish. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin