«Restart» xizmati
«Restart» xizmati – oylik abonent to‘lovining yechilishini mustaqil tarzda tashkillashtirish hamda
amaldagi tarif rejasi bo‘yicha trafikni olish imkoniyatidir.
1. «Restart» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
2. «Restart» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.
3. «Restart» xizmati abonentga mustaqil tarzda oylik abonent to‘lovining yechilishini tashkillashtirish
hamda tarif rejasi shartlari bo‘yicha oylik trafikni olish imkonini taqdim etadi. «Restart» xizmati samarali
faollashtirilganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi marta samarali
faollashtirish sanasiga muvofiq yangilanadi.
4. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq qiymatda oylik abonent to‘lovi
yechiladi va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limit belgilanadi. Keyin,
abonentda oylik abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi. Oylik abonent
to‘lovining yechilishi hamda oylik limitlarning belgilanishi abonentning tarif rejasi shartlariga muvofiq
amalga oshiriladi.
5. Xizmatni faollashtirish uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi
uchun yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng tarif
bo‘yicha abonent to‘lovi yechiladi va to‘liq hajmda trafik belgilanadi.
6. «Restart» xizmati muvaffaqiyatli faollashganida, tarif rejasi doirasida oldin belgilangan trafik
qoldiqlari bekor qilinadi.
7. Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib
bo‘lmaydi.
8. «Restart» xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha)
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |