7
Boshlang‘ich professional ta’limning fan dasturi: Matematika
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
1-KURS
I bob. TO‘PLAMLAR. MANTIQ
To‘plam tushunchasi, to‘plamlar ustida amallar; to‘ldiruvchi to‘plam.
Mulohazalar. Inkor, kon’yuksiya va diz’yunksiya. Mantiqiy tengkuchlilik; mantiqiy
qonunlar.
Implikasiya, konversiya, inversiya va kontrapozisiya.Predikatlar va kvantorlar.
To‘g‘ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlari; paradokslar va sofizmlar.Masalalar
yechish.
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: to‘plam tushunchasi,
chekli va cheksiz, bo‘sh, universal to‘plam to‘g‘risida ma’lumot bera oladi, ularga
misollarni keltira oladi; chekli to‘plamlar kesishmasi, birlashmasi, ayirmasi,
to‘ldiruvchisini topa oladi; to‘plamlarni Venn diagrammalari yordamida tasvirlay
oladi; to‘plamlar elementlari sonini hisoblashga oid amaliy masalalarni yecha oladi;
mulohazalarni, jumladan, mantiqiy bog‘lovchilar va kvantorlar yordamida
qurilgan murakkabroq mulohazalarni turli ko‘rinishlarda (tabiiy tildagi jumla,
mantiqiy formula; Venn diagrammasi yordamida tasviri) ifodalay oladi va bir
ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza oladi; mulohazaning, jumladan, mantiqiy
bog‘lovchilar va kvantorlar yordamida qurilgan murakkabroq mulohazaning
inkorini ifodalay oladi; ikkita mulohazaning teng kuchli, yoki teng kuchli emasligini
(rostlik jadvalisiz) aniqlay oladi; ma’nosini o‘zgartirmay mulohazani almashtira
oladi;
sodda to‘g‘ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlari ma’nosini tushuna oladi
va misollar keltira oladi.
Kognitiv kompetensiya (
shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni nostandart
vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni kundalik
vaziyatlarda qo‘llay oladi;
standart vaziyatlarda klassifikasiya, analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish,
deduksiya va induksiya usullari yordamida strategik, refleksiv va evristik tafakkur
yurita oladi.
Dostları ilə paylaş: