Academic Research in Educational Sciences volume 2


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 445,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.05.2022
ölçüsü445,55 Kb.
#59526
1   2   3   4   5
maktabgacha-ta-lim-tarbiyachisi-pedagogik-faoliyatining-o-ziga-xosligi

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-912-916 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 914  www.ares.uz 
bolalar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, 
tarbiyachining tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta‟sir 
ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtiradigan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili 
bekam-u ko'st, adabiy talaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim".
 
NATIJALAR
Tarbiyachi maktabgacha ta‟lim tashkilotida asosiy shaxs hisoblanadi. 
Butun g„oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni 
tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g„oyaviy-siyosiy va ilmiy-
pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga 
bo„lgan ijodiy munosabatiga bog„liq. 
Bolaning o„quv faoliyatiga bo„lgan munosabati ko„proq uning tarbiyachi 
shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
 Tarbiyachining o„ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb 
mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o„ziga xos ruhiy -
fiziologik xususiyatlarini bilishdir.
 Bolalar bog„chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy 
xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy 
xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo„lishini oldindan ko„ra 
olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga 
yuklanadi. 
 Tarbiyachi o„z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi 
rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, 
axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart -
sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o„ziga xos xususiyatlarni yaxshi 
bilgan holda undagi o„ziga xos xususiyatlarni (zararli bo„lsa) yo„qota borib, 
bolaga nisbatan qulay talab qo„yadi. 
 Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo„lishiga 
yordam 
beradigan 
sifatlarini 
va 
imkoniyatini 
rivojlantirishi
lozim. 
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta‟siri juda 
katta bo„ladi. CHunki bu davrdagi har bir ta‟surot bolaning xotirasida bir 
umrga saqlanib qoladi. 
Bolani tushuna bilish va uning ma‟naviy dunyosiga kira olish 
tarbiyachidan zo„r kasb tayyorgarligini talab etadi. Bola bilan jonli 
munosabatda bo„lish – fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va 



Yüklə 445,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin