Polimorfizm
Ob'ektga
yo'naltirilgan
dasturlashda
qo'llaniladigan polimorfizmning maqsadi, sinf
uchun umumiy bo'lgan
harakatlarni belgilash
uchun bitta nomdan foydala-nishdir. Har bir
harakatning bajarilishi ma'lumotlar
turiga qarab
belgilanadi. Polimorfizmning afzalligi shundaki,
u
bitta
interfeysdan
foydalanib
yagona
harakatlar sinfini aniqlashga imkon berish orqali
dasturlarni soddalashtirishga yordam beradi.
Standart kutubxona
C ++ dasturlash tilida standart kutubxona sinflar
va
funktsiyalar
to'plamini
anglatadi.
Standart
kutubxona bir
nechta asosiy konteynerlarni, ushbu
konteynerlar
bilan ishlash funktsiyalarini, ob'ektlarni,
satr va oqimlarning asosiy turlarini, ba'zi til
xususiyatlarini va amallarni
bajarish uchun tez-tez
ishlatiladigan funktsiyalarni o`z ichiga oladi. Masalan,
sonning
kvadrat
ildizini
topish.
Standart
kutubxonaning funktsional xususiyatlari std nomlar
fazosida e'lon qilinadi.