199
muammolarni nazariy hal qilish ustida o‘ylashni yoqtiradilar. Mavhum kasblarni
tanlashadi: biolog, botanik,
astronom, fizik.
Ijtimoiy tip. Bunday odamlar muammoni yechishda ko‘proq o‘zlarining
intellektual qobiliyatlaridan ko‘ra shaxsiy hissiyot va tuyg‘ularga asoslanadilar.
Mexanizmlar bilan shug‘ullanishni yoqtirmaydilar. Ko‘proq ta’lim va sog‘liqni
saqlash sohasiga qiziqadilar: shifokor,
psixolog, o‘qituvchi kasblarini tanlashlari
mumkin, chunki
ularda muloqotga kirishish, boshqaruv va san’atga ehtiyoj katta.
Konvensial (shartli) tip. Bunday odamlarda moslashish salohiyati juda past.
Ularga past faollikni talab qiluvchi mashg‘ulotlar va mutaxassisliklar hamda aniq
tizimli faoliyatlar ko‘proq yoqadi. Chunki bunday faoliyatlarda aniqlik va
noaniqlik belgilab berilgan. Boshqaruv faoliyati qo‘l
kelmaydi, chunki bunday
odamlar masalalarni hal qilishda ko‘proq boshqalarning fikriga suyanadilar.
Tavsiya
etilgan kasblar iqtisod, hisobchi, kotiba va hokazo.
Tadbirkorlik tipi. Bunday tiplar yuqori lavozimlarda
ishlashni yoqtiradilar,
Ularga qo‘l mehnati, diqqatni bir nuqtaga jalb etuvchi faoliyatlar yoqmaydi. Ular
quyidagi kasblarni tanlaydilar: direktor, teleoperator, artist,
diplomat, jurnalist. 6.
Artistik (kreativlik) tip. Bunday insonlarda xayol va intuitsiya yaxshi rivojlangan.
Ular hayotni murakkablashgan holda qabul qiladilar. "Erkaklashtirilgan" — sport,
avtota’mirlash kabi ishlar qiziqtirmaydi. Ular ijodiy xarakterli mashg‘ulotlarni
xush ko‘radilar. Ya’ni, musiqa, rassomchilik, adabiyot
va shu kabi sohalarda
yuqori natijalarga erishishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: