233
Simpatiya – biror narsaga yoki shaxsga nisbatan
ichki moyillik ishonchdan
iborat yemotsional holat.
So‘rovnoma metodi – muayyan ruhiy hodisani o‘rganish maqsadida tuzilgan
savollarga yozma ravishda tegishli javoblar olinadi.
Suhbat metodi – psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlaridan biri bo‘lib,
tekshiruvchi va teshiriluvchi o‘rtasidagi savol-javob tariqasida ro‘y beradi.
Sub’ekt – ob’ektiv dunyoni biluvchi uni o‘zining yehtiyoj va qiziqishlariga
moslab o‘zgartiruvchi odam, ongli mavjudot.
Talant – muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini
ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar yig‘indisidan iborat,
turmush
jarayonidan tarkib topgan individual xususiyat.
Temperament
–
shaxsning
yemotsional
qo‘zg‘aluvchanligi
va
harakatchanligi bilan sifatlanadigan individual xususiyatlar yig‘indisi.
Talabchanlik – shaxsning o‘z-o‘zining va o‘zgalarning hulqini muayyan
ob’ektiv tamoyillarga bo‘ysundira olishdan iborat irodaviy xarakter xislati.
Toliqish – organizmning jismoniy va aqliy zo‘riqish,
salbiy yemotsiyalar
ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan hamda ish qobiliyatining pasayishi bilan
sifatlanadigan holati.
Tantiqlik – arzimagan narsalarga ham injiqlik
qilaverishdan iborat salbiy
xarakter xislati.
Tajriba -keng ma’noda kishilarning tashqi dunyo bilan o‘zaro munosabatida
amaliy, ayniqsa, moddiy ishlab chiqarish jarayonida to‘plangan ijtimoiy
amaliyotning butun yig‘indisi.
Dostları ilə paylaş: