Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Hhjg

Videomontaj tizimlari. Video materiallarga ratsiya orqali ishlov berish, ularni montaj qi-
lish, video effektlarni yaratish, materiallardagi nosoz joylarni tuzatish, tasmaga ovoz, titr va sub-
titrlarni tushirish uchun mo‘ljallangan. 
O‘zining rivojlangan ichki tasniflash tizimlariga ega bo‘lgan amaliy-dasturiy vositalarning 
ayrim toifalari o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumotlar beruvchi va ko‘ngilochar tizimlar 
hamda dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minotning ushbu sinflarining o‘ziga xos tomonlari 
tarkibidagi mul’timediya qismiga talabning (musiqaviy kompozitsiyalardan foydalanishda) 
yuqoriligidadir. 
 
 


Opratsion tizimlari 
11 
 
Xizmatda foydalaniladigan dasturiy vositalarning
tasnifi 
Fayllar dispetcherlari (fayl menejerlari). Ushbu sinfga mansub dasturlar yordamida fayl-
lar tuzilmasiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan amallar: nusxa ko‘chirish, fayllarning joy-
ini ko‘chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va kataloglarni chiqarib tashlash, fayllar-
ni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni bajarish va hokazolar bajariladi. Bu maqsadga 
mo‘ljallangan bazaviy dasturiy vositalar, odatda, tizimli darajadagi dasturlar tarkibiga kiradi va 
amallar tizimi bilan birga o‘rnatiladi. Ammo kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun 
foydalanuvchilarning ko‘pchiligi qo‘shimcha xizmat dasturlarini o‘rnatadilar. 
Ma’lumotlarni hajmini kamaytirish vositalari (arxivatorlar). Arxivlar fayllar yaratish 
uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlash, ularni fayllar va kataloglarning katta guruhlari bir 
arxiv fayliga keltirilishi hisobiga saqlashni soddalashtiradi. Bunday arxiv fayllarida, odatda, ax-
borot yozish yuqori zichlikda bo‘lishi hisobiga axborot tashuvchidan foydalanish samarasi 
oshadi. Arxivatorlardan ko‘p hollarda qimmatli ma’lumotlardan zaxira nusxalari yaratish uchun 
foydalaniladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin