Shahidlar xotirasi



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix02.06.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#60443
  1   2   3   4   5   6   7
1937-1938-yillardagi Katta qirg\'in tarixining muhim sanalari



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIFANLAR 
AKADEMIYASI
QATAG'ON QURBONLARIXOTIRASI” MUZEYI 
“SHAHIDLAR XOTIRASI” JAMOAT FONDI
1937-1938-YILLARDAGI "KATTA
Q IR G W * TARIXINING
MUHIM SANALARI
(maTumotnoma)
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 
“Fan” nashriyoti 
Toshkent - 2013
www.ziyouz.com kutubxonasi


y ^ K : 323(575.1)
KBK: 63.3(50‘)622-4 
B71
Ushbu solnoma yonalishida yaratilgan ma'lumotnomadan 
1937-1938-yiIlarda Sovet davlati tomonidan otkazilgan mashum 
qatag'on siyosati bilan bog'liq muhim sanalar joy olgan.
Malumotnomadan tarixchi olimlar, filologlar, Oliy o‘quv yurtlari 
talabalari hamda keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mtimkin.
Ushbu ma'lumotnoma O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish 
qom itasining“1937-1938-yillardagisiyosiy qatag'on: “Katta qirg‘in”ningkelib 
chiqish sabablari va fojiali oqibatlari” mavzuidagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasi 
doirasida nashrga tayyorlandi.
T u z u v c h i-m u a 11 i f :
M.F.ZIKRULLAYEV
T a h r i r h a y a t i :
B.Hasanov, N.Karimov, S.Ahmedov, M.Zikrullayev, B.Irzayev 
M a s ' u l m u h a r r i r :
N.F.Karimov - filologiya fanlari doktori, professor 
T a q r i z c h i l a r :
Agzamxodjayev S.S. - tarixfanlari doktori, professor 
Ishonxodjayeva Z.R. - tarix fanlari doktori
ISBN 978-9943-19-279-9
© O'zbekiston Respublikasi FA 
“Fan” nashriyoti, 2013-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi


S O Z B O S H I
Sovet davlati tarixi - bu siyosiy qatagonlarning uzluksiz 
tizimidan iborat: Inqilob va Fuqarolar urushi, Polshaga bostirib 
kirish, “bosmachilik”ka qarshi kurash, Afg'onistonga birinchi 
tajovuz (1928-y.), “kollektivlashtirish”, “quloqlashtirish” Leningrad 
va Ozarboyjondan deportasiya qilish, “Katta qirg'in” 1939 va 1941- 
yil 25-iyunida Finlyandiyaga bostirib kirish, Polshaga ikkinchi 
tajovuz (1939-y), Ikkinchi jahon urushi, xalqlarning deportasiya 
qilinishi (qrim tatarlar, koreyslar va boshqalar), kosmopolitizmga 
qarshi kurash, Vengriya (1956-y) va Chexoslavakiyaga (1968- 
y) bosib kirish, dissidentlarga qarshi kurash, Afgoniston urushi, 
sovet harbiylarining Yaqin Sharq, Vetnam, Laosdagi qurolli 
ziddiyatlardagi ishtiroki, “O'zbeklar ishi” yoki “paxta ishi” va h.k.z.
O'zbek xaJqi boshiga mislsiz darajada katta fojialarni keltirgan, 
yuz minglab begunoh vatandoshlarimizning yostig'ini quritgan -
1937-1938-yillardagi “Katta qirg‘in”ni esa shubhasiz “XX asrvabosi” 
deb atash mumkin. Sovet hukumati “Katta qirg'in” davrida zamon 
va makonga insoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan munosabatda 
bo'luvchi, hur fikrlaydigan, totalitar tizimga qarshi chiquvchi o‘z 
dushmanlarini shafqatsizlarcha mahv qildi.
SSSR Ichki ishlar xalq komissari, “temir narkom” nomini olgan 
Nikolay Yejov tomonidan 1937-yil 30-iyuldagi “Sobiq quloqlar, 
jinoyatchilar vabosh qa sovetlarga qarshi unsurlami qatagon qilish 
operatsiyasi to‘g‘risida”gi 00447-sonli mutlaqo maxfiy operativ 
buyruqqa muvofiq 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil 1-yanvargacha 
bo'Igan vaqtda O'zbekiston bo'yicha jami 10700 kishi qamoqqa 
olingan, ulardan 3613 kishi 1-toifa bo'yicha otuvga, 7087 kishi 
2-toifa bo'yicha 8-10 yil qam oq jazosiga hukm qilingan.
1937-1939-yillaming o'zidagina O'zbekiston SSR Ichki ishlar 
xalq komissarligi (N KVD)ning “uchlik”lari tomonidan 41 ming 
nafardan ko'proq kishi qamaldi. Shulardan 37 ming nafardan 
ko‘prog‘i sudlandi, 6 m ing920 kishi otib tashlandi... Asossiz qamalib 
jinoiy javobgarhkka tortilgan kishilar orasida partiya, sovet, xo'jalik 
xodimlari, harbiylar, ziyolilar va kolxozchilar juda ko‘p e d i.
3
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shu bilan birga bevosita qatag'onga uchragan millionlab 
odamlar orqasida ulardanda son jihatidan k o p jabrdiydalar - oila 
a’zolari, uzoq-yaqin qarindoshlari, dostlari bo'lganki, ularni ishdan 
haydaganlar, yashash joylaridan chiqarib yuborganlar, ohy oquv 
yurtlariga o qishga ham qabul qilmaganlar. “Xalq dushmanlari” 
bilan aloqada bo'lgan insonlarga hattoki dostlari, hamkasblari, 
qo shnilari ham teskari qarab o'tganlar.
Rossiyalik va xorijdagi zamonaviy mutaxassislar stalincha 
qatag'onlaming 1934-yildagi S.M.Kirovning o'ldirihshi bilan 
bog'laydilar. Kirovning o'limi natijasida stalincha qatag'onlarning 
qonuniy asoslari shakllangan deyish mumkin. Binobarin, uning 
oldindan puxta reja asosida amalga oshirilganligi hozirgi kunda 
hujjatlar bilan tasdiqlangan.
“Katta qirg‘in”ning ko'lami, tuzulishi va o'tkazilish mexanizmlari 
ko‘p yillar mobaynida aksariyat omma, qolaversa tarixchilarning bir 
necha avlodi uchun maxfiy bo'lib hisoblandi.
Bugungi kunda esa oshkor etilgan bir qancha manbalar asosida 
1937-1938-yillardagi “Katta qirg‘in”ning oyma-oy va hatto 
kunma-kun tarixini tiklash mumkin. Mazkur solnoma asosan 
bolsheviklarning Butunrossiya kommunistik partiyasi (keyingi 
o'rinlarda V KP(b) tarzida beriladi) M K va Ichki ishlar xalq 
komissarligi (keyingi o'rinlarda NKVD tarzida beriladi) hujjatlari 
- qatagonlarning dinamikasi, g'oyaviyligi, son va prosessual 
parametrlarini belgilab bergan direktivalar asosida tuzildi. 
Ma'lumotlar quyidagi manbalardan olindi:
- Repressiya. 1937-1938 godi. Dokumenti i materiah. Mas'ul 
muharrir: N.Karimov. -T.: Sharq, 2005. 1-kitob.
- Shamsutdinov R. Q atagon qurbonlari (1937-yil 10-avgust -
5-noyabr). 2-kitob.M asulm uharrir: N.Karimov.-T.: Sharq, 2007.
- Repressiya. 1937-1938 gg. Dokumenti i materiali, 3-kitob. 
Jertvi Bolshogo terrora iz Uzbekistana. -T.: Sharq, 2007.
- Repressiya. 1937-1938 gg. Dokumenti i materiali, 4-kitob. 
Jertvi Bolshogo terrora iz Uzbekistana. -T.: Sharq, 2008.
- Shamsutdinov R. Qatagbn qurbonlari. 5-kitob. -T.: Sharq, 
2009.
- Rustambek Shamsutdinov. Ozbekistonda sovedaming qatagon 
siyosati va uning oqibatlari. 1-kitob. -T.: Sharq, 2012-yil. -430 B.
- Sovershenno sekretno. Xalqaro oyhk gazeta sonlari.
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


- Snitkovskiy V. “Bolshoy Terror” (1937-1938). -M ., 2012
- “Qatag on qurbonlari xotirasi” muzeyi arxivfondi materiallari.
“Katta qirg'in” jarayonidagi qatag onlarningborishini kopchilik
xorijiy mutaxassislar quyidagi to‘rt asosiy davrga bo'lib o rganishni 
maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar:
1. “Katta qirg'in” mashinasining yurgizilishi (1936-yil oktabr -
1937-yil fevral). Jazo organlarini qayta tuzish, partiya, harbiylar va 
mamuriyat xodimlari orasidagi eng sara namoyandalarni oylab 
topilgan “imperialistik tajovuz” xavfi sharoitida yuzaga chiqishi 
mumkin bo'lgan muxolifat unsurlaridan tozalash;
2 . 1937-yil mart - 1937-yil iyun. O ‘ylab chiqarilgan “xoinlar” va 
“xorijiy razvedka josuslari”, ziyolilar qatlamini yo‘q qilish, “quloqlar” 
milliy diasporalar vakillaridan iborat bo'lgan tajovuzkor “ijtimoiy 
baza”ga qarshi ommaviy qatagonlar rejasiniishlab chiqish.
3. 1937-yil iyul - 1938-yil oktabr. “Quloqlar” va millatchilarga 
qarshi ommaviy qatagonlarni dekretlar bilan qonuniylashtirish 
va 
o'tkazish, 
Qizil 
armiya 
tarkibidagi 
“harbiy-fashistik 
fitnachilar” qishloq xo'jaligidagi “ziyonkorlik”ka qarshi kurashni 
shiddatlashtirish.
4. 1938-yiI - 1939-yil. NKVD takribidan Yejov kadrlarini yo‘q 
qilish, ommaviy qatagon qihshni to'xtatish, sudsiz, favqulodda 
hukm chiqarish holatlarini qisqartirish, qamoqqa olinganlarni 
qisman ozod qilish.
1937-1938-yillardagi qatagonning avj olishiga sababchi bo'lgan 
asosiy voqealar:

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin