Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги


-Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar"



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/119
tarix07.06.2022
ölçüsü1,66 Mb.
#60848
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119
¡çáåêèñòîí àëî à âà àõáîðîòëàøòèðèø àãåíòëèãè

5350100-Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar", 
"Teleradioeshittirish", “Mobil tizimlar”) ta’lim 
yo‘nalishi negizidagi: 
 
 
5A350103 - Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti 
 
 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus
(ixtisoslik) fanlaridan 
 
 
 
D A S T U R 
 
 
 
 
Annotatsiya 
Dastur 5A350103 - Telekommunikatsiya tizimlarining dasturiy ta’minoti 
magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5350100 - Telekommunikatsiya 
texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar", "Teleradioeshittirish", “Mobil tizimlar”)
ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar 
bo‘yicha tuzilgan. 
 
TUZUVChILAR: 
S.S. Parsiev - TATU “Telekommunikatsiya boshqaruv tizimlarining apparat va 
dasturiy ta’minoti” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent; 
U.R. Xamdamov - TATU, “Telekommunikatsiya boshqaruv tizimlarining apparat 
va dasturiy ta’minoti” kafedrasi professori, t.f.d., dotsent; 
J.B. Elov - - TATU, “Telekommunikatsiya boshqaruv tizimlarining apparat va 
dasturiy ta’minoti” kafedrasi dotsenti v.b., PhD; 
 
 
 
 
 
 
 
Dastur Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining 2021 yil 22 iyundagi 
№11-sonli Kengashi yig‘ilishida muxokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 
 


Kirish 
Telekommunikatsiya tizimlari - bu aloqa kanallari orqali katta hajmdagi 
ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar to‘plami hisoblanadi. 
Bunday tizimlardan foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘ining barcha ishtirokchilari 
o‘rtasida doimiy ravishda raqamli shaklda ma’lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi. 
Butun tizimning ishlashini ta’minlash uchun foydalanuvchilarning ehtiyojlari asosida 
to‘g‘ri tuzilgan tegishli dasturiy ta’minot talab qilinadi. 
Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarga keng va yuqori sifatli tarmoq xizmatlarni 
ko‘rsatish uchun multiservisli tarmoqlar jadal rivojlanmoqda. Multiservisli 
telekommunikatsiya tizimlari bu paketlarni almashtirish texnologiyasidan foydalangan 
holda ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan apparat va dasturiy muhit hisoblanadi. 
Bunday tarmoqlar orqali bitta tarmoq infratuzilmasi asosida turli xil texnologiyalar 
yordamida ma’lumotlarni uzatish, shuningdek ovozli va video xabarlarni almashish 
mumkin. 
Odatda, telekommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda 
ma’lumotlarni uzatish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Ushbu dasturlar yagona 
algoritmga sozlangan holda barcha tarmoq tugunlarining ishlashini soddalashtirish va 
standartlashtirishga mo‘ljallangan ma’lum protokollarga yoki mexanizmlarga muvofiq 
ishlaydi. 
Ushbu magistratura mutaxassisligining asosiy maqsadi axborot – kommunikatsiya 
texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni 
tayyorlash, shuningdek, ularning tarmoq texnologiyalari sohasida malaka va 
ko‘nikmalarini oshirish, tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida axborot-kommunikatsion 
texnologiyalari sohasida yangi talablarga mos holda o‘quv rejalari va dasturlari 
takomillashtirish hamda yangi talablarga binoan ishlab chiqishdan iborat. 
Mazkur 
mutaxassislik 
doirasida 
talabalar 
turli 
xil 
arxitekturadagi 
telekommunikatsiya tizimlar va tarmoqlarni loyihalashtirish, yangidan yangi xizmatlarni 
tashkil etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, tarmoq dasturiy ta’minotlari 
bozorini rivojlantishi, telekommunikatsiya va kompyuter tarmoqlarini boshqarish, 
telekommunikatsiya sohasida keng tarqalgan tizimlar va texnologiyalarni ekspluatatsiya 
qilish, tarmoq protokollarini sozlash va joriy qilish, tarmoqlarning ishlash unumdorligi va 
sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kanal, tarmoq, transport va amaliy pog‘onalarining 
ishlashi bo‘yicha ko‘nikma va malakani egallashadi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin