WINDOWS 95 operatsion tizimi Windows 95 operatsion (amaliy) tizimi - aloqa va muloqot
uchun ishlab chiqilgan birinchi operatsion tizimdir. Ushbu
operatsion tizim 1995 yilning 24 avgustida Maykrosoft
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Windows 95
oʼzining imkoniyatlariga koʼra oʼzidan avvalgi Windows 3.1 amaliy
tizimini ancha ortda qoldirgan.
Foydalanuvchining yangi interfeysiga qoʼshimcha ravishda,
Windows 95 oʼz ichiga koʼpgina muhim kiritilgan funksiyalarga
ega. U, 32 razriyadli qoʼllanmalarni quvvatlaydi, bu esa, maxsus
shu operatsion tizim uchun yaratilgan qoʼllanmalar yanada
tezroq ishlashini anglatadi. Shu bilan birga, Windows 95, Windows va DOS ning eski qoʼllanmalarini bajara oladi.
Windows 95 da, DOS dagi asosiy xotira 640Kb va fayl nomining
uzunligi 8 belgi boʼlishi kerakligi kabi cheklovlar bekor qilingan.
WINDOWS NT operatsion tizimi Windows NT operatsion (amaliy) tizimi – 32 bitli operatsion
tizim boʼlib, Maykrosoft korporatsiyasi tomonidan Windows 95
va MS-DOSlarning oʼrniga taklif qilingan. Windows NTning
auditoriyasi,
kuchli
operatsion
tizimga
talabi
boʼlgan,
foydalanuvchilarni qizmqtirgan.
Windows NTning asosiy ustunliklari quyidagilardir:
- funksional uygʼunlik;
- mobillik ;
- masshtablanuvchanlik;
- tizimning boshqarilishi;
- ochiq interfeys;
- sanoat standartlarini quvvatlash.
Windows NTning ikki rusumi mavjud:
Server kompyuterlar uchun, yaʼni tarmoqlarda server sifatida
ishlash uchun;
Mijoz ish stansiyalari uchun.
WINDOWS XP operatsion tizimi Windows XP operatsion (amaliy) tizimi – Maykrosoft korporatsiyasi tomonidan 2001 yilda taqdim qilingan operatsion
tizim. Maykrosoft, Windows XP Windows 95 chiqarilgandan
buyon eng muhim dasturiy mahsulot deb atadi. Windows XP,