Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

Logistik vazifalar (logitical function) - logistik tizim maqsadalarini amalga 
oshirishga yo‘naltirilgan va uning chiquvchi o‘zgaruvchanlari bo‘lgan 
ko‘rsatkichlarining ma’nolari tomonidan berilgan logistik operatsiyalarning 
yiriklashtirilgan guruhi. Logistika sohasida, bir qator xorijiy mutaxassislar logistik 
vazifalarga ta’minot, ishlab chiqarish va sotishni kiritadilar. Tadqiqotlar shuni 
ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish doirasida logistik operatsiyalarni bajarishga vaqtli 
harajatlarning ulushi qoidaga ko‘ra 30-40 % ni tashkil qiladi, sanoat 
mahsulotlarining tannarxida logistika harajatlarining ulushi 5-6 dan 30 % gacha va 
undan ko‘proqqa o‘zgarib turadi. Logistika vazifalariga yana axborot oqimining 
moddiy ishlab chiqarish sohasida yoki muomala sohasidagi qayta o‘zgartirilishi 
bilan bog‘liq bashorat qilish, nazorat, tezkor boshqarish va boshqalar kirishi 
mumkin. 
Logistika harajatlari (logistical costs) - logistikali operatsiyalar (omborga 
joylashtirish, tashish va hokazo, buyurtmalar, zahiralar, yetkazib berishlar haqidagi 
ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va uzatish) ni bajarishga sarflangan harajatlar. 
O‘zining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha ular muomala harajatlarining yig‘indisi va 
ishlab chiqarish harajatlarining bir qismi (idishlar va idishga joylashtirish, 
transport, omborxona ishlariga harajatlar va h.k.) dan iborat bo‘ladi. Alohida 
olingan davr ko‘lamida logistika harajatlari odatda quyidagicha hisoblanadi: sotish 
summasidan % larda; qiymatiy aks ettirilishda xomashyo, materiallar tayyor 
mahsulotlar birligiga hisoblashda (masalan, moddiy resurslarning doll (T)); shartli 
sof mahsulot qiymatidan foizlarda; umummilliy ko‘lamda - yalpi milliy 
mahsulotdan foizlarda. Sotish summasidan ko‘rib chiqilayotgan harajatlarning 
ulushi sanoatda sotish summasidan bir necha foizlardan bir necha o‘nlab foizga 
ortishi mumkin. 
Logistika bo‘yicha ayrim xorijiy davriy nashr ishlab chiqish sohalari 
bo‘yicha logistika harajatlarining dinamik qatorlari muntazam nashr qilinadi. 
Logistika tizimi samaradorligining o‘sishida logistika harajatlari belgilangan 
darajagacha to‘g‘ri chiziqli, keyin esa ekspotensional o‘sish muhim ahamiyatga 
ega. 


205 
Logistika kanali (logistical channl) - yetkazib beruvchi. iste’molchi, 
tashuvchi, vositachi (diler, ekspeditor va boshqalar), sug‘urtachilardan tashkil 
topgan, qisman tartibga solingan ko‘pchilik. Iste’molchi yoki yetkazib beruvchi 
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tashuvchi, sug‘urtachi har xil mezonlar 
(xizmatlarning sifati, narxi va boshqalar) va har xil usullar (reytingni hisoblash, 
operatsiyalarni tadqiq qilish texnikasini qo‘llash) yordamida tanlash imkoniyatiga 
egalar. Tanlov amalga oshirilgandan keyin logistik kanal logistik zanjirga 
o‘zgaradi. 
Logistika zanjiri (logistical chain) - tashqi moddiy oqimni bir logistika 
tizimidan boshqasiga (ishlab chiqarish iste’moli holida) yoki yakuniy 
iste’molchiga (noishlab chiqarish, shaxsiy iste’mol holida) yetkazish bo‘yicha 
logistika operatsiyalarini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslar (ishlab 
chiqaruvchilar, distribyuterlar, umumiy foydalanish omborlari va boshqalar) ning 
to‘g‘ri chiziqli tartibga solingan ko‘pchiligidir. Umumiy holda logistika zanjiri 
ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, vositachi va tashuvchini birlashtiradi. 
Shunday qilib, logistika kanalidan (o‘zi uning ko‘pchiligi bo‘lgan) farqliroq 
logistika zanjiri logistika operatsiyalarida haqiqatan ishtirok etayotgan shaxslarning 
majmuasidan iboratdir. Logistika zanjirining o‘lchamlari bo‘g‘inlikning tashkiliy 
koeffitsiyenti (mahsulotning necha marta qayta sotilganligini ko‘rsatadi va tovar 
aylanmasini qayta hisoblashdan tozalaydi) va bo‘g‘inlikning omborxona 
koeffitsiyentidek (mahsulot ushbu yo‘lda qancha to‘xtash joylaridan o‘tganligi) 
iborat bo‘ladi, umumiy holda koeffitsiyentlarning mos kelishi shart emas. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin