Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik
muammosi va xususiyatlari
O‘zlashtirmaslik, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar
tomonidan majburiy maktab barnomasini egallashlariga to‘sqinlik
qiladi. Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida aqliy va amaliy
jarayonlar, ko‘nikma va malakalar shakllanadi. Bunday boshlang‘ich
bilimlarning bo‘lmasligi, ba’zan ayrim o‘quvchilarning ta’limdan
chetga chiqib olishlariga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda agar bola
rivojlanishida buzilishlar bo‘lmasa, maxsus yakkama-yakka ishlar
orqali o‘zlashtirmaslikning oldini olish mumkin. Buning sabablarini
aniqlash, diagnostika qilish kerak. Ommaviy maktablardagi o‘z-
lashtirmaslik sabablari qator pedagog va psixologlar: M.A.Danilov,
V.I.Zikova, N.A.Menchinskaya, T.A.Vlasova, M.S.Pevzner,
A.I.Leontev, A.R.Luriya, A.A.Smirnova, L.S.Slavina, Yu.K.Babans-
kiylar tomonidan turli yo‘nalishlarida o‘rganilgan. Olimlar o‘zlash-
tirmaslik sababalari sifatida bolaning jismoniy jihatdan zaiflanishini,
turli nutq kamchiliklarini, eshitish va ko‘rish kamchiliklarini, aqli
zaiflikni hamda bolalar va o‘qituvchilar orasidagi salbiy holatlarni
ko‘rsatadilar. Har bir qiyinchilik bilan oz miqdordagi o‘zlashtir-
movchi bolalar qamrab olingan. O‘zlashtirmovchi o‘quvchilarning
yarmini ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar tashkil qiladi. Bunday
taraqqiyot kamchiliklari, shakllari M.S.Pevzner, G.E.Suxareva,
M.G.Reydiboym, T.A.Vlasova, K.S.Lebedinskayalar tomonidan
tahlil qilingan. Bularning barchasi ruhiy rivojlanishi sustlashgan
nuqsoni bilan homilaning ona qornida, tug‘ilish, ilk bolalik chog‘ida
markaziy asab sistemalarining yuzaki, kam miqdorda zararlanishi
oqibatida kelib chiqadigan rezidual qoldiq holatlar orasida bog‘liqlik
borligini ta’kidlashdi. Markaziy asab sistemasining yuzaki zararla-
nishi natijasida bunday bolalarda maktab ta’limiga ham jismonan,
ham fiziologik, ham ruhiy mos kelmaslik yuzaga keladi. Maktab
ta’limiga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmaslik quyidagicha namoyon
bo‘ladi:
1) tashqi olam haqidagi tasavvur va bilimlarning yetarli emas-
ligida;
2) aqliy jarayonlar, malaka va harakatlar yetishmasligida;
3) nutq rivojlanishining orqada qolishida;
84
4) ma’lum qiziqish va motivlarda namoyon bo‘ladigan bilish
qiziqishlarining chegaralanganligida;
5) o‘z hulqlarini idora eta olmasliklarida ko‘zga tashlanadi.
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar yuqoridagi barcha
ko‘rsatkichlar bo‘yicha maktab ta’limiga tayyor bo‘lmaydilar.
Ularning ruhiy xususiyatlari qator o‘ziga xos belgilari, ko‘rninshlari
bilan normal va aqli zaif bolalardan farq qiladilar. Albatta, bu
xususiyatlar ruhiy jarayonlar: diqqat, idrok, xotira, nutq, tafakkur va
boshqalarning xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy xususiyat-
lariga oid qator chet el olimlarining, hamda rus olimi akademik
V.I.Lubovskiy rahbarligidagi olimlar tomonidan qilingan va qilina-
yotgan ishlarni ko‘rsatish mumkin. Ruhiy rivojlanishi susaygan
o‘quvchilarning oliy asab faoliyatlari quyidagi o‘ziga xos xususi-
yatlari bilan xarakterlanadi. (V.I.Lubovskiy 1972). Bunga:
− asosiy asab jarayonlarining kuchsizligi, tormozlovchi shartli
bog‘lanishlarning sekinligi, asab jarayonlarining tez charchashi va
toliqishi;
− asab jarayonlarining keng irradiatsiyasi (markaziy nerv
sistemasida qo‘zg‘alish jarayonining keng tarqalishi);
− asab jarayonlarining inertligi, bo‘shligi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar
asab sistemasining o‘ziga xos xususiyatlari ma’lum darajada aqli
zaiflarga ham xosdir. Ammo, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar-
dagi bunday holatlar aqli zaif bolalardagidek keskin ifodalangan
bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, sifat jihatdan ham farq qiladilar, ya’ni shartli
bog‘lanishlarning hosil bo‘lishida, aqli zaif bolalardan farqli
ravishda, ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda so‘z-nutq sistemasi
katta rol o‘ynaydi. Shuni qayd qilish lozimki, oliy asab faoliyatining
yuqoridagi xususiyatlari neyrodinamikaning yetarli darajada yetilma-
ganligidan darak beradi. Bu hol normal bolalarda ham uchrashi
mumkin. Lekin ularda bog‘cha yoshidagina kuzatiladi, xolos.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ruhiy jarayonlari va
bilish faoliyatlari qator olimlar tomonidan turli yo‘nalishlarda
o‘rganilgan va o‘rgatilmoqda. Bularga T.V.Egorova, V.I.Lubovskiy,
T.I.Karenkova, L.I.Peresleni, S.A.Domishkevich, V.L.Podobed,
85
A.G.Poddubnaya, P.B.Shoshin, N.G.Lutonyan, A.A.Avtotinsh,
I.A.Korobeynikov, V.S.Slepovich, V.I.Nasanova, R.D.Triger,
N.A.Sipina, G.A.Shevchenko, G.M.Kapustina, G‘.B.Shoumarov,
K.K.Mamedov, Ye.A.Morshinina va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning barchasida diqqat-
ning yetarli rivojlanmaganligini ko‘rish mumkin. G.I.Jarenkovaning
ko‘rsatshicha, diqqatning yetarli rivojlanmaganligi quyidagicha
ifodalanadi:
− ma’lum bir faoliyatning dastlabki boshlanish bosqichida
diqqatning kuchliligi va ma’lum vaqtdan so‘ng pasayib ketishi;
− diqqatning kuchliligi faoliyat boshlangandan keyin ma’lum
vaqt o‘tgach yuzaga kelishi;
− diqqat kuchining muntazam ravishda kuchayib va susayib
turishi kuzatiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idroki quyidagicha
xarakterli xususiyatlarga ega.
Birinchidan sezgi organlari orqali olingan ma’lumotlarni qabul
qilish va qayta ishlash tezligi past bo‘ladi.
Shu sababli ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar ma’lum
barnoma materialini o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt sarf qiladilar.
Ammo aqli zaif bolalardan bir muncha farq qilib, normal tengdoshlari
o‘zlashtirgan materialni to‘la o‘zlashtirish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar.
Ikkinchidan ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar eshitish,
taktil, ko‘rish idroklarining nozik shakllari yetarli rivojlanmagan
bo‘ladi. Shu sababli oraliq tovushlarni va ranglarni normal
tengdoshlaridek farqlay olmaydilar.
Uchinchidan, narsa va buyumlarning fazodagi joylashish
munosabatlarini idrok etishlari yetarli bo‘lmydi. Buyularning bir-
biriga nisbatan oldida, yonida, orqasida kabi tushunchalarni yetarli
tushunib yetmaydilar.
To‘rtinchidan, idrok etayotgan obyekt, narsa va buyumlar soni-
ning ortishi, ko‘payishi, idrok etilayotgan vazifa murakkabligining
ortishi, o‘sishi, bir vaqtning o‘zida bir nechta taassurotlarni idrok
etish zaruriyati yuzaga kelishi natijasida bunday bolalar idrokning
birmuncha yomonlashishiga olib keladi.
86
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar idrokning yetarli
rivojlanmaganligi asosida markaziy asab sistemasidagi analizatorlar
orasidagi munosabatlarning buzilishi yotadi.
Ba’zi avtorlarning (E.U.Daulenskie, I.F.Markovskaya...) ko‘r-
satishicha, idrokning nozik shakllarining yetishmasligi bunday
bolalarning 70 % ida uchraydi.
Idrok etilayotgan obyekt, narsalar kontrastligi va rangning
kamayishi, umumiy fondan shaklni ajratishga qiyinchilik tug‘diradi.
Diqqatning ma’lum obyektlarga qaratilish vaqti bo‘yicha, narsa
va hodisalarning o‘zgacha holatda idrok eta olish xususiyatiga ko‘ra
ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar o‘z normal tengdoshlaridan
keskin farq qiladilar. ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda idrok-
ning turli xususiyatlarining yetishmasligi chet el olimlari tomonidan
ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarda teri tuyush reaksiyalarida normal
tengdoshlaridan orqada qolar ekanlar.
Idrok etilayotgan narsalarni ko‘rganda ham, ma’lum darajada
buyumning kam belgilarini ko‘rishga ulguradilar. Bunday ko‘rish
idroklarini bartaraf etish uchun ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalarga maxsus yordam berib borilishi kerak. Ko‘rish orqali idrok
etilishi kerak bo‘lgan buyum, narsalar ortiqcha elementlarsiz bo‘lishi,
hamda ko‘rsatish bilan birga og‘zaki tushuntirish ishlarini qo‘yshib
olib borish yaxshi natijalar beradi. Idrokning yetarli bo‘lmasligi
ko‘rish, eshitish tasavvurlari ham yetarli darajada shakllanmaydi.
Buning natijasida tafakkur jarayonlari, turlari ham yetarli rivojlan-
maydi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrok etish jara-
yonlarining dinamikasi birmuncha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega
bo‘lib, normal bolalarga nisbatan sezilarli darajada orqada qoladi.
Oddiy tasvirlarni, rasmlardagi buyumlarni bilib olish tezligi,
normal bolalardagidan birmuncha pastligi P.B.Shoshin ishlarida to‘la
ochib berilgan.
Yuqoridagilarga xulosa qilib, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalar idroki quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turishini ta’kidlash
mumkin.
− sensor axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash tezligi
sekinlashganligi;
87
− ko‘rish, eshitish va taktil idroklarining nozik shakllari yetarli
emasligi;
− idrok etishda fazoviy munosabatlarning yetarli emasligi;
− buyumlarning ko‘payishi natijasida idrok etishning yomon-
lashuvi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning idrok xususiyatlarini
tibbiy-pedagogik komissiya a’zolari tomonidan e’tiborga olinishi
kerak. Maxsus maktab tarbiyachi-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiyada
quyidagilarga e’tibor berishlari lozim:
− ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning ma’lum materialni
egallashi uchun ko‘p vaqtning sarflanishi;
− ko‘rish orqali qabul qilinadigan materiallar mumkin qadar kam
elementlardan iborat bo‘lishi;
− yangi materiallar berish vaqtida, bolalar diqqatini chalg‘ita-
digan qo‘zg‘atkichlar bo‘lmasligi kerak.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning xotira jarayon-
larining o‘ziga xos tomonlari.
Klinik va ruhiy-pedagogik tekshirishlarining ko‘rsatishicha,
xotira buzilishlari ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning
xarakterli belgilaridan biri ekan. Xotira jarayonlarining buzilishi
murakkab va o‘ziga xos ko‘rinishiga ega. ruhiy rivojlanishi
sustlashgan bolalar xotirasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki,
ular xotirasining ayrim tomonlari ko‘proq, ayrim tomonlari kamroq
buzilganligidir. Xotira jarayonlari unumdorligining pasayishi, ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalarda o‘z faoliyatlarini unumli tashkil
qila olmaslik, eslab qolishning samarali usullarini qo‘llay olmaslik
natijasida kelib chiqadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar xotirasining kamchilik-
lariga qaramasdan, ularda yetarli rivojlanish imkoniyatlari bor.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarda xotira hajmining
kamayganligi, qisqa va uzoq muddatli xotira turlarida yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Bu haqda T.V.Egorova, V.L.Podobed, G‘.B.Shoumarov,
K.K.Mamedovlar o‘zlarining ilmiy ishlarida alohida to‘xtalib
o‘tganlar. Ayniqsa, tafakkur jarayonlarida ishtirok etuvchi operativ
va vositali esda olib qolish buzilgan bo‘ladi. Qisqa muddatli xotira
88
ayniqsa, bolalarga narsalar ko‘rsatish oralig‘ining qisqarishi, hamda
narsa, predmetlar orasida boshqa ta’sirotlar ta’sir ettirilsa, ko‘proq
buzilishga sabab bo‘ladi (V.L.Podobed ma’lumotlari).
T.V. Yegorova, N.G.Lutonyan, N.G.Poddurnaya, N.B.Novins-
kaya, G‘.B.Shoumarovlar ishlarida ruhiy rivojlanishi sustlashgan
bolalar xotirasining turli tomonlari atroflicha ochib berilgan. Ruhiy
rivojlanishi sustlashgan bolalar xotirasining hajmi, eslab qolishning
turg‘unligi, qisqa muddatli, operativ, ixtiyoriy, ixtiyorsiz xotira
turlari normal tengdoshlaridan birmuncha pastligi aniqlangan.
Qisqa muddatli xotira darajasi normal tengdoshlariga nisbatan
past bo‘lib, uning hajmi aksariyat holda 5 raqamdan oshmaydi
(maxsus Veksler metodikasi bo‘yicha).
Ayniqsa, qisqa muddatli operativ xotira hajmi bunday bolalarni
normal tengdoshlaridan va aqli zaif o‘quvchilardan ajratib olishga
imkon beradi.
Aksariyat holda 2-sinf normal o‘quvchilarning qisqa muddatli
operativ xotirasi 4 raqamni tashkil etsa, ruhiy rivojlanishi sustlashgan
o‘quvchilarda 3 ta raqamni, aqli zaiflarda 2 ta raqamni tashkil qiladi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning mexanik
xotirasi normal o‘quvchilar darajasiga yaqin bo‘lib, aqli zaif bolalar
darajasidan keskin farq qiladi. (G‘.B.Shoumarov).
Boshlang‘ich sinf ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilari-
ning ixtiyorsiz esda olib qolishi 5-6 yoshli normal bolalar darajasiga
yaqin bo‘ladi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarning esda
saqlab qolish jarayonlarini atroflicha o‘rgangan T.V.Egorovaning
ma’lumotlariga ko‘ra, xotira faoliyatining normaga yetmasligi
asosida asab sistemasining muntazam tez charchashi yotadi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarni xotira jarayonlarining
xususiyatlariga ko‘ra 3 ta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Normal o‘quvchilarga yaqin bo‘lgan daraja.
2. Normal o‘quvchilar bilan aqli zaif bolalar orasidagi daraja.
3. Aqli zaif bolalarga yaqin bo‘lgan daraja.
Diqqat, idrok va xotira faoliyatining maqsadga qaratilgan-
ligining o‘sib yetishmaganligi natijasida ruhiy rivojlanishi sustlash-
gan o‘quvchilarning aksariyatida, ixtiyoriy xotirasining yetishmasligi
kuzatiladi. Sodda, murakkab bo‘lmagan materiallarini eslab qolish
vazifalarini bajarishda ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar,
89
normal o‘quvchilar darajasiga yaqinlashsa, xotira faoliyatlari
murakkablashgan sari aqli zaif bolalar darajasiga yaqinlashadi.
Xotira faoliyatning maqsad sari yo‘nalganligining yetishmas-
ligiga esda saqlab qolishning maxsus usullardan foydalana olmaslik
ham ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar xotirasining o‘ziga
xos belgisidir. Normal bolalardan farqli ravishda ruhiy rivojlanishi
sustlashgan o‘quvchilar xotirasining samaradorligiga, esda olib qoli-
nayotgan material xarakteriga ko‘proq bog‘liqdir, ya’ni ko‘rgazma
(noverbal) material, so‘z (verbal) materialga nisbatan yaxshiroq esda
olib qolinadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarda faqat esda
olib qolish emas, balki esga tushirish aktivligi ham pasaygan bo‘ladi.
Uzoq muddatli va qisqa muddatli xotira bo‘yicha ruhiy rivojlanishi
sustlashgan o‘quvchilar normal bolalardan keskin farq qiladi.
Esda saqlab qolish bilan, esga tushirish sifati keskin yomon-
lashadi. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilar xotira dinamika-
sini tahlil qilganda, ularning aksariyati 4-sinfga qadar materialni
mexanik esda saqlab qolishga harakat qilishni ko‘rsatadi. Normal
o‘quvchilarda esa 2-sinfdan boshlab mantiqiy, ixtiyoriy, vositali
eslab qolish tez sur’atlar bilan rivojlana boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |