4. MALAKAVIY ISHNI TAYYORLASH TARTIBI
4.1 Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik
Bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan
mavzuning o’rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar,
monografiya va o’quv qo’llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan
boshlanadi.
Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu
muammoga taalluqli bo’lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi.
Yozib olingan ma`lumotlar ko’pchilik hollarda materialni qayta ishlash va
guruhlashda qiyinchilik tug`dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma`lumotlar chiqqan manba va
adabiyotlarning qaeridan yozib olinganligini aniq ko’rsatish talab etiladi.
Manba va adabiyotlar o’rganilib bo’lgach esa, bitiruv malakaviy ishning to’liq
rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan
24
kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi
varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bo’lgach tuziladi va u ilmiy
rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan
o’zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishni o’z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o’z mustaqil
ishini tashkil etish qobilyatiga bevosita bog`liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba
bitiruv malakaviy ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Reja asosida boblar va
paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko’rsatiladi.
25
1-sxema
Dostları ilə paylaş: |