Bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash


Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish bo’yicha



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/39
tarix20.06.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#61854
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
BMI yozilish tartibi

4.3 Ta`lim muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish bo’yicha 
tavsiyalar ishlab chiqish 
 
Talaba tahlil natijalari bo’yicha chiqarilgan xulosalarga tayanib, ta`lim 
muassasalarida aniqlangan muammoni bartaraf qilish uchun zarur bo’ladigan 
chora-tadbirlar va tavsiyalarni asoslashi lozim. Jumladan, u yashirin zahiralarni 
qo’llash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf qilish, shuningdek, loyiha vazifalarini 
bajarish va maqsadga erishishni ta`minlovchi qarorlar qabul qilish, rejalashtirish va 
asoslash yo’llarini belgilab olishi mumkin. 
Talaba ishning ushbu qismini tayyorlash jarayonida quyidagi tamoyillarni 
hisobga olishi lozim: 

tizimli yondashuv, ya`ni bitiruv malakaviy ishni bajarishda o’zaro 
bog`langan (bir-birini taqozo qiluvchi) masalalarni hisobga olish; 

kompleks yondashish vaziyati, chunonchi, ta`limni operativ va strategik 
tashkil etish; 

dinamik, ya`ni bu yondashuv ta`lim muassasalari faoliyatidagi sharoit, 
shuningdek, bitiruv malakaviy ishni bajarishdagi metodlarning o’zgarishi bilan 
bog`liq tarzda tayyorlangan hujjatlarni muntazam tuzatib borishga mo’ljallangan. 
Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va 
imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va
asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi. 
Tavsiyalarni ishlab chiqish talabadan vaziyatlarni tahlil qilish, kamchilik va 
imkoniyatlar aniqlangan muammoni bartaraf qilish asosida etarli darajada to’liq va
asoslangan takliflarni aniq ifodalashini taqozo qiladi. Masalan, ta`limni tashkil 
qilish bo’yicha berilgan takliflarga monand hozirda faoliyat yuritayotgan ta`lim 
muassasalari tarkibiy tuzilmasi, vazifalari va o’quv-tarbiyaviy ishlarni bajarish 
tadbirlari, ta`limni tashkil etish to’g`risidagi nizom va ish rejalarida maqsadga 
muvofiq tarzda o’zgartishlar kiritiladi.
Bitiruv malakaviy ishning bajarilishida texnik vositalarning ta`minlanishi u 
yoki bu ko’rsatkichlarni hisoblash, vaziyatlarni modellashtirish, loyihani 


39 
rasmiylashtirish, taqdimot materiallarini DAK oldida himoya qilishga tayyorlash 
uchun maxsus kompyuter va mos keluvchi dasturiy ta`minotdan foydalanishni 
talab etadi. 
Bitiruv malakaviy ishning qaysi tilda yozilishidan qat`iy nazar unga 
qo’yiladigan muhim talablardan biri grammatik va stilistik jihatdan to’g`ri 
yozilishi hisoblanadi. Orfografik, grammatik va punktuatsion xatolar, shuningdek, 
stilistik kamchiliklarning mavjudligi har qanday ilmiy tadqiqotning, hattoki 
novatorlik mazmundagi ishlarni ham bahosini tushiradi.
Tadqiqot materiallarini bayon qilish tili malakaviy ish muallifining yozma 
nutq madaniyati haqida xulosa chiqarishga imkon beradi. SHunday ekan, 
malakaviy ish matnini ilmiy va badiiy tahrir qilish lozim. 
Malakaviy ish matnini ilmiy tahrir qilish atamalar tanlanishini tekshirib 
ko’rish, xulosa va asos bo’la oladigan mantiqiy hukmlarning to’g`riligi, 
foydalanilgan manbalarning ishonchliligini taqozo qilinadi. Badiiy tahrir esa, o’z 
navbatida, zamonaviy adabiy til me`yorlari saqlanishining nazorat qilinishini talab 
etadi. Ikkala turdagi tahrir ham bitiruv malakaviy ish matnining sermazmunligini 
oshirish va turli xil (semantik, stilistik va grammatik) xatolarni bartaraf qilishga 
yo’naltiriladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin