Insert into values (,,); Bunday yozuvda VALUES kalit so„zidan keyin qavs ichida
ko„rsatilgan
qiymatlar
jadvaldagi
yangi
qo„shilgan
satrning
maydonlariga kiritiladi. Kiritish jadvalini CREATE TABLE operatori
bilan yaratilish paytidagi ustunlarni ko„rsatish tartibida amalga
oshiriladi. Masalan, STUDENT jadvalida yangi satrni qo„shish
quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Insert into Student Values (101, ‘Aliyev’, ‘Rustam’, 200, 3, ‘Uzbekistan’, ‘6/10/1979’, 15); Agar birorta maydonga NULL qiymati qo„shish zarur bo„lsa u
oddiy qiymat kabi kiritiladi.
Insert into Student Values (101, ‘Aliyev’, Null, 200, 3, ‘Uzbekistan’, ‘6/10/1979’, 15); Ba‟zi hollarda maydonlarning qiymatini CREATE TABLE komandasida berilgan tartibdan boshqa tartibda kiritish zaruriyati paydo
bo„lsa yoki qiymatlarni ba‟zi bir ustunlarga kiritish talab etilmasa,
INSERT komandasining quyidagi ko„rinishi ishlatiladi.
Insert into Student (Student_ID, City, Surname, Name) Values (101, ‘Uzbekistan’, ‘Aliyev’, ‘Rustam’ ); Qavs ichidagi ro„yxatda nomi keltirilmagan ustunlarga avtomatik
ravishda sukut bilan jadval tavsiflashda (CREATE TABLE komandasida) tayinlangan qiymat yoki NULL qiymat tayinlanadi.
INSERTkomandasi yordamida, bir jadvaldan qiymat tanlab olib
uni boshqa jadvalga joylashtirish mumkin.
Insert into Student1 SELECT * from Student where CITY=‘Xiva’; Bunda Student1 jadvali CREATE TABLE komandasi yordamida
yaratilgan bo„lishi kerak va Student jadvali strukturasiga o„xshash
bo„lishi kerak.
76
Jadvaldagi satrlarni o`chirish uchun DELETE komandasi
ishlatiladi. Quyidagi ifoda Exam_Marks1 jadvalidan barcha satrlarni
o`chiradi.