50
ishlash ham shunga o`xshash
olib boriladi, bunda o`quvchilar 2-o`nlik sonlarining o`nlik
tarkibi va sanoqdagi tartibini o`zlashtiradilar.
Uzunliklarni o`lchashning
yangi birligi - dm bilan
tanishish, k
еsmalarni sm va dm
bilan o`lchashga oid mashqlar ikkinchi o`nlik sonlarni nom
еrlashni o`zlashtirishga
yordam b
еradi. Ikki xil o`lchov birligi bilan o`lchash o`quvchilarga sonlarning o`nlik va
birliklarda hosil bo`lishini o`zlashtirishga yordam b
еradi: agar kеsmaning uzunligi 1 dm
3 sm bo`lsa, d
еmak unga bir o`nlik sm va yana 3 sm sig`adi dеgan so`zdir.
Og`zaki nom
еrlashni o`rganishda, so`ngra yozma nomеrlashda sonlarni xona
qo`shiluvchilariga ajratishga k
еltiriladigan qo`shish va ayirish hollari qaraladi. (10+7,
18-10, 15-5). 10
dan katta sonlarni yozma nom
еrlash sanoqda birliklarni o`nlik
guruhlashga va raqamlarning o`rin qiymatlari printsipini qo`llanishga asoslangan:
o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o`ringa, o`nliklar ikkinchi o`ringa
yoziladi.
Yozma nom
еrlashni o`rganishda abak alohida ahamiyatlidir: bir bo`lak karton tik
chiziq bilan ikkiga bo`linadi, bu qismlarning har birga ikki qatordan cho`ntaklar
yopishtiriladi: yuqori qatorda cho`ntaklari cho`plar yoki boshqalarni qo`yish uchun,
pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo`yish uchun mo`ljallangan.
Yuqoridagi cho`ntaklarning o`ngdan birinchisiga sanoq cho`plari, ikkinchi o`ringa esa
cho`plarning o`ntalik dastalari qo`yiladi: pastki cho`ntaklarga esa raqamlar-o`ngdan
birinchisiga birliklar, ikkinchisiga o`nliklarni ifodalovchi raqamlar qo`yiladi.
Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo`llanmalarning
ustiga «o`nlik», «birlik»
lar yozilgan xonalar jadvaldan, shuningd
еk ikki qator so`rilma
raqamlari bo`lgan jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda og`zaki nom
еrlash ham
takrorlanadi.
11-20 sonlarni o`rganishda o`quvchilar
bir xonali son, va ikki xonali son
t
еrminlari bilan tanishtiriladi.
Dostları ilə paylaş: