Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika


 Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining o‘xshash hamda



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/16
tarix04.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
BT (1)

2. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining o‘xshash hamda
farqli jihatlari 
Bitiruv malakaviy ishining kurs ishidan katta farqi (tajriba-sinov ishlarini 
o‘tkazish imkoniyati va zarurati mavjud bo‘lsa) pedagogik tajribaning tashkil 
etilishidadir. Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun talaba ta’kidlovchi tajriba 
bilan kifoyalanishi mumkin. Buning uchun u o‘quvchilar bilan savol-javob 
(so‘rovnoma, intervyu, suhbat va boshqalarni) o‘tkazadi. 
Bitiruv malakaviy ishida ta’kidlovchi tajriba ishi doim ham yetarli 
bo‘lmaydi. Ko‘pincha shakllantiruvchi tajriba o‘tkaziladi. Uning mohiyati 
shundaki, hodisa va jarayonlar qat’iy nazorat qilish va boshqarish sharoitida 
o‘rganiladi. Istalgan tajribaning asosiy tamoyili tadqiq qilinayotgan 
jarayonlarning har birida boshqa omillar o‘zgarishsiz qolgani holda birgina 
omilni o‘zgartirishdan iborat. 
Tajriba ishining quyidagi bosqichlarini ajratish mumkin:
1. Faraz hamda asosiy maqsad va vazifalarni belgilash. 
2. Tajriba dasturini ishlab chiqish.
3. Tadqiqot natijalarini qayd qilish usullarini ishlab chiqish. 
:
4. Tajribani o‘tkazish. 
3. Bitiruv malakaviy ishining taxminiy tuzilishi va bo‘limlarning 
mazmuni 
1. Bitiruv malakaviy ishi quyidagilardan tashkil topadi: kirish -umumiy 
hajmning 10%; nazariy qism - nazariy masalalarni qo‘yishdan ko‘zlangan 
maqsad, ularni o‘rganishning belgilangan darajasidan kelib chiqqan holda 
umumiy hajmning 25-30%; tahlil qismi - 15-20%; tajriba-sinov ishlari 
haqidagi qism - 30-35%; xulosalar - 5%; adabiyotlar ro‘yxati. 
2. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, undagi boblar mutanosibligi har 
bir ishning mavzusi, ob’ekti, predmeti, maqsadiga bog‘lik holda alohida 
belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishining hajmi matn, jadvallar, illyustratsiya 
materiallari bilan birga 40-60 sahifani tashkil etishi lozim. 
3. Kirish qismida mavzuning ijtimoiy va pedagogik jixatdan dolzarbligi 
asoslanadi, muammo belgilanadi, Tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi 
ko‘rsatiladi, tadqiqotning farazi, vazifalari, metodologik asosi kiritiladi, 
tanlangan mavzuning ishlanganlik darajasi aniqlanadi, tadqiqot olib borish 



metodlari, manbalar, dastlabki ma’lumot qisqacha tavsiflanadi. Kirish 
qismining so‘nggi varianti ishning boshqa qismlari tayyor bo‘lganidan keyin 
yoziladi. 
4. Bitiruv malakaviy ishining bosh qismida mavzuning asosiy masalalari 
bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etiladi, ilmiy maktablar mualliflarining 
qarashlari tahlil qilinadi va umumlashtiriladi, ko‘rib chiqilayotgan soxada olib 
borilgan tadqiqotlar guruhlashtiriladi, turli metodik yondashuvlar baholanadi. 
Bitiruvchining o‘z qarashlari, kontseptsiyasi belgilanadi, bular asosida 
ta’kidlovchi va shakllantiruvchi tajribaga tayyorgarlik ko‘rish uchun metodik 
yondashuv tanlanadi. Mazkur qism mazmunini bayon etish jarayonida muallif 
nazariy bilimlardan pedagogik amaliyot tahliliga, xususiy hodisalar tahlilidan 
nazariy umumlashtirishga o‘tipshi zarur. 
5. Tahliliy qismda o‘quvchilarga maktabgacha ta’lim muassasasida, 
o‘quvchilarga maktab, pedagogik kollejda ta’lim-tarbiya berishning, ularni 
rivojlantirish, maktabgacha ta’limni tashkil etishni boshqarishning ahvoli
bunda qo‘llanayotgan metodlar va b. tahlil qilinadi. Tadqiqotning 
metodologiyasi asosida maktabgacha yoki o‘rta maxsus ta’limda vujudga 
kelgan vaziyat tahlil qilinadi, ishning maqsad va vazifalariga muvofiq tanlab 
olingan hamda shakllantiruvchi tajriba-sinovni o‘tkazish metodikasini va 
mazmunini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar tadqiq qilinadi va 
qayta ishlanadi. 
6. Tajriba qismi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: o‘quvchilarning ta’lim-
tarbiyasini takomillashtirish metodlari, mazmuni bo‘yicha ishlanmalar, ishlarni 
olib borish metodikasi; qo‘yilgan masala va vazifalarni xal etish yo‘llari; 
olingan natijalarni ta’lim muassasalariga joriy etish bo‘yicha metodik 
tavsiyalar. Shu maqsadda ilmiy qarashlar negizida, shaxsiy tajriba va 
pedagoglar tajribasining tahlili asosida mazkur ta’lim muassasasida 
o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasi va hozirgi axvoli yoritilishi kerak 
(avval axvol qanday edi, muayyan vaqt ichida nima o‘zgardi, nimaning 
natijasida yutuqqa erishildi, miqdor va sifat o‘zgarishlari nimalarda namoyon 
bo‘ldi, qanday qiyinchiliklar duch kelindi va ular qanday bartaraf etildi va 
x.z.). 
7. Xulosa qismida talabalarning tadqiqot ishini olib borishdagi 
pozitsiyasini ko‘rsatuvchi bajarilgan ish natijalari bo‘yicha xulosalar beriladi. 
Shuningdek, tahlil natijalari o‘quvchilar bilan boshlang`ich sinf o‘qituvchilari 
bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar, ushbu tavsiyalarni 
joriy etish yo‘llari ko‘rsatiladi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin