www.ziyouz.com kutubxonasi
299
Madinada, Qur’on o‘qib turgan chog‘ida dushmanlari tomonidan o‘ldirilgan. Uning qoni
Qur’on sahifalariga sachragan. Ushbu Qur’on muqaddas yodgorlik sifatida O’zbekiston
musulmonlar idorasida saqlanadi (yana q. Mushaf).
USUL ad-DIN (arab. din asoslari, islom asoslari) - islom shariati va dindan olingan
e’tiqodiy hukmlarni bahs qiluvchi ilm. Bu ilm asl bo‘lib, boshqa diniy ilmlar unga
ergashadi. Bu nom Alloh taoloning "Uning asli sobitdir, far’i-shoxi esa, osmondadir"
(Ibrohim surasi, 24) oyatidan olib shar’iy hukmlarni asllarga va far’larga taqsim
qilingandan keyin (8-a.) kelib chiqib, uni birinchi bo‘lib Imom Abul Hasan aya-Ash’ariy
ishlatgan. U kishi o‘z kitobini "al-Ibona an usul ad-diyona" deb nomlagan. Keyin esa,
Abdul Qohir al-Bag‘dodiy al-Ash’ariy (1037 y. v. e.) "Usul ad-din" kitobini yozgan. Undan
oldin esa, al-Lolkoiy "Usul us-sunna" kitobini yozgan (1026 y. v. e.). Shundan keyin bu
ism mashhur bo‘lib ketgan. Aqoid masalalari dinning asli bo‘lgani uchun bu ilmning faqat
nomiga emas, o‘ziga ham katta e’tibor berilgan. Musulmonlar o‘rtasida U. ad- d.ni
o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. U. ad-d.ni bilmagan odamning ibodati ham
durust bo‘lmasligi hammaga uqtirilgan. U. ad-d. bilan shug‘ullanuvchi olimlar katta
obro‘ga ega bo‘lganlar. Hozirgi paytda musulmonlar ommasi ichida U. ad-d. istilohi keng
tarzda ishlatilmaydi. Uning o‘rniga aqoid so‘zi ishlatiladi. Ammo, islomiy o‘quv
yurtlaridagi aqoid masalalarini o‘rgatuvchi kulliyalar "U. ad-d. kulliyasi" deb nomlanadi.
USUL al-FIQH (arabcha - fiqh "ildizlari", asoslari) — musulmon huquqi asoslari (fiqh-
huquq), huquq uslubiyati (fiqh-huquqshunoslik): 1) Qur’on; 2) sunna; 3) ijmo’; 4) qiyos.
Ana shu to‘rt "ildiz" asta-sekin barcha islom maktablari tomonidan e’tirof qilindi, ammo,
so‘nggi ikki "ildiz"ning ahamiyati va imkoniyatini turli mazhab namoyandalari har xil
talqin qiladilar. 8-9-a.larda fikl rivojlanishi va asosiy diniy huquq maktablari
rasmiylashuvi bilan birga U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi tarkib topdi. Bu esa,
huquqning asta-sekin diniy-estetik qadriyatlarga va oliy maqsadlarga bo‘ysunishi, uning
musulmonlar zimmasiga yuklangan majburiyatlar majmuasiga qo‘shilishi natijasi bo‘ldi.
Ayni vaqtda ayrim musulmon faqihlar huquqiy masalalarni oqilona bir tizimga solish va
shaxsiy fikr (ray) asosida hal etishga intilsa, boshqalari barcha fiqh me’yorlarini pirovard
natijada xudoning vahiysi deb hisobladilar. U. al-f. kontseptsiyasining rivojlanishi avvalo,
Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (820 y. v.e.) nomi bilan bog‘liq. U "Kitobil-umm"
to‘plamiga kirgan "ar-Risola" asarida fiqhshunoslik asoslarini bayon etdi hamda birinchi
bo‘lib fiqhni aniq-tiniq ta’riflab, uning manbalari tizimini ishlab chikdi (q. Shofi’iylik). U.
al-f.ning klassik nazariyasi shunga asoslanadiki, Qur’on va sunna (payg‘ambarning
hadislari) fiqhning asosiy manbalaridir, chunki, ular aniq-ravshan fe’l-atvor qoidalarini
bevosita o‘z ichiga oladi yoki ularni ilohiy vahiylardan anglab olishning oqilona usullarini
ko‘zda tutadi. Ijmo’ uchinchi manba hisoblanadi, bu ibora bora-bora Qur’on va sunnada
to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etib berilmagan masalalar yuzasidan eng e’tiborli huquqshunos -
mujtahidlarning yakdil fikri deb tushuniladigan bo‘ldi. Qur’on va sunnada aniq javob
berilmagan savollarni o‘xshashligaga qarab hal etish usuli - qiyos fiqhning to‘rtinchi
manbai deb e’tirof qilinadi. Bundan tashqari U. al-f.ning klassik kontseptsiyasi huquqiy
yechimlarni izlashning boshqa oqilona usullaridan qo‘shimcha fiqh manbalari sifatida
foydalanishga yo‘l qo‘yadi. Qiyos kabi ular ham avval boshdanoq ko‘zda tutilgan asosiy
manbalari deb va ijtihodga kiritilgan aniklik deb hisoblanadi. U. al-f. nazariyasi
musulmon huquqi tafakkurining turli yo‘nalishlari (oqimlari) tomonidan har xil talqin
etiladi. Mazhablarga xos bo‘lgan qarashlardagi tafovutlar ularning fiqh manbalari, shu