KIRISH XAT
O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchi sifatida ishlash huquqiga
ega bo‘lgan litsenziyalar asosida faoliyat yurituvchi Freedom Holdings Sorp (Nevada, AQSH)
xalqaro moliyaviy xoldingi tomonidan tashkil etilgan “Freedom Finance” MChJ xorijiy korxonasi
quyidagilarni ma’lum qiladi.
Freedom Finance jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya,
Ukraina, Qirg‘iziston va Amerika fond bozoriga sarmoya kiritish sohasida keng ko‘lamli
xizmatlarni taqdim etadi. Ular orasida qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar, derivativlar bozori
vositalaridan foydalangan holda operatsiyalar - fyuchers va optsionlar, aktivlarni boshqarish va
boshqalar.
Kompaniyamizning O‘zbekistondagi faoliyatining qisqa muddati davomida biz allaqachon
fond bozorida yetakchimiz. O‘zbekiston bozoriga olib kelgan xalqaro tajribamiz mijozlarimizga
investitsiya vositachisi va investitsiya maslahatchisi (brokerlik xizmatlari)ning yuqori sifatli
xizmatlarini olishda yordam beradi.
Freedom Finance xizmatlari:
1. Brokerlik xizmati
• Qimmatli qog'ozlarni hisobga olish va saqlash - BEPUL
• “Toshkent” RFBda qimmatli qog‘ozlarni (aktsiyalarni) sotish yoki sotib olish – bitim
summasining 1%.
2. Konsalting yordami
• Shaxsiy investitsiya strategiyasini ishlab chiqish, barcha tranzaktsiyalaringizni qo'llab-
quvvatlash
3. Ishonchli boshqaruv
• individual va standart investitsiya portfeli, portfel qimmatli qog'ozlarini sotish
4. Analitik yordam
• investitsiya sharhi, investitsiya g'oyalari va portfellari
5. Anderrayter xizmatlari
6. Marketmeyker xizmatlari
7. Ta'lim markazi
Dostları ilə paylaş: |