Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Asbob va materiallar: MBR-1 markali 
mikrosko’p obyekt, buyum va qoplag’ich 
oynalar, ustara, cho’tka, pipetta prepraval 
(to’g’rilovchi)igna va suv. 
Ishni bajarish tartibi. 
Hujayra o’simlik va hayvonlar organizmi tuzilishi, rivojlanishi va hayot protseslarining 
asosidir. o’simlik organizmlar bir hujayrali va ko’p hujayrali bo’ladi. Ko’p hujayrali organizmlar 
million-million hujayralar yig’indisidir. O’simliklar hujayrasi protoplatsdan tuzilgan bo’lib, 
tashqi tomondan pishiq po’tsga o’ralgan. Protoplatsda vakuolalar bo’lib, ular hujayra shirasi 
bilan to’lgandir. Protoplast hujayraning asosiy tirik qismi va organoidlar yig’indisidir. Hujayra 
organoidlariga yadro, plastida, endoplazmatik to’r, Goldji apparti (diktiosoma), ribosoma, 
mitoxondriya, lizosoma kiradi. Bu organoidlar gialoplazmaga joylashgan. Xujayra organoidlari 
hujayra hayotida muhim hayotiy funktsiyalarni bajaradi. Hujayra po’sti, hujayra shirasi, 
hujayradagi zapas va ekskretor (chiqindi) moddalar protoplastning faoliyati natijasida hosil 
bo’ladi. O’simliklar hujayrasi parenxima va prozenxima shaklida bo’ladi. Hamma tomoni teng 
(sharsimon, ko’p qirrali) yoki bo’yi enidan uzunroq bo’lgan hujayralar parenxima hujayralari 
deyiladi. Yopiq uruglilarda parenxima hujayralarning kattaligi 10-100 va undan ortiq bo’ladi. 
Olma, limon, tarvuz etining hujayralari yirik hujayralar bo’lib, oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. 
Bo’yi enidan bir necha marta ortiq bo’lgan (tayoqsimon, duksimon, tolasimon) hujayralar 
prozenxima hujayralari deyiladi. O’sib yetishgan prozenxima hujayralar o’lik hujayralardir. o’lik 
hujayralar faqat hujayra po’stidan tarkib topgan bo’lib, hujayra ichida protoplasti 
bo’lmaydi. Prozenxima hujayralarning o’lchami parenxima hujayralarnikidan ortiq bo’ladi. 
Parenxima hujayralarning tuzilishini o’rganish uchun piyozning tashqi quruq po’stini olib 
tashlab, seret qavati sirtidagi yupqa pardasidan kichik bo’lagini kesib olib, buyum oynasidagi 
suvga qo’yiladi. Bukilgan joylari igna uchi bilan tekislangandan so’ng yopqich oyna bilan yopib, 


mikroskopning kichik ob’ektivida qaraladi. Bunda rangsiz yadro va sitoplazmali parenxima 
hujayralar aniq ko’rinadi. Hujayra organoidlarining strukturasini aniq ko’rish uchun qoplag’ich 
oynani ochib, ob’ektivga 1-2 tomchi yod tomiziladi va ustiga yana oyna yopiladi. Reaktiv 
ta’sirida yadro qo’ng’ir, sitoplazma sariq rangga bo’yaladi. Yosh hujayralarda yadro hujayra 
markazida joylashgan bo’lib, atrofini sitoplazma o’rab oladi. Sitoplazma tortmalari oraliridagi 
bo’shliqlar vakuolalardir. Ba’zi hujayralarda markaziy vakuola bo’ladi, yadro, sitoplazma 
hujayra po’sti bo’ylab joylashadi. 
Topshiriq. Hujayraning tuzilishi bilan tanishgandan so’ng mikroskopning katta ob’ektivida 2-3 ta 
hujayraning tuzilishini, sitoplazma, yadroning rangini ko’rsatib, rasmini chizing, qismlarini 
belgilang. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin