Scientific progress volume ǀ issue ǀ 2021 issn: 2181-1601 Uzbekistan



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix06.08.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#63023
1   2   3   4
shahrixon-tumanidagi-masjidlar (1)

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 4 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 809
Masjid janubidagi tashqi devor frizi (xoshiyasi) va uning ba'zi joylarida nasx 
elementlari bilan uyg'unlashgan kufiy xatidagi matn mavjud. Matn shakli g'isht terish 
san'ati orqali o'ziga xos mahorat bilan bajarilgan. Matnda Qur'oni Karimning ,, Oli 
Imron'' surasi 19-oyati xamda ,, Alloh buyukdir'' iborasi ifodalangan. 
Shahrixon tumanida joylashgan yana bir qadimiy yodgorlikdan biri Gumbaz me'moriy 
majmuasi hisoblanadi. 
Gumbaz majmuasi Andijon viloyati Shahrixon tumani Nayman qishlog'ida joylashgan. 
Mahalliy ma'lumotlarga ko'ra majmua 1825-yilda qurilgan. Arxiv suratlaridagi 
peshtoqda 1285/1868 sana qayd etilgan.O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 
madrasini1872-yilda qurilgan deb ko'rsatilgan. Biroq Gumbaz masjidiga oid 1261-
yilning Ramazon(1845-yil sentyabr) va 1284-yilning Rabi al-avval (1867-yil dekabr) 
oylarida tuzilgan vaqf hujjatlari asosida uni 1845-yildan oldin qurilgan deyish mumkin. 
O'z davrining mashhur me'mori, usta Muhammad Muso chizmasi asosida bunyod 
etilgan bu majmuo dastlab to'rt burchak tarixli masjid, madrasa, darsxona, ikki qavatli, 
ayvonli hujralardan iborat bo'lgan. Hozirda peshtoqli darvozaxona, ba'zi xujralar, 
masjid va eshon xalifa Ashurbek Qo'noqiy (mahaliy xalq o'rtasida ,, Devona 
Eshonbuva'' nomi bilan mashhur) marqadi saqlanib qolgan. Majmuoda 1914-yilda 
So'fixon usta, mustaqillik yillarida davlat tashkilotlari tomonidan ta'mirlash ishlari 
amalga oshirilgan. Biroq ta'mir jarayonida peshtoqdagi ba'zi bitiklar arxiv suratlaridagi 
matndan farqli o'laroq noto'g'ri ta'mirlangan yoki butkul o'zgartirilgan. Gumbaz 
majmuasi dastavval madrasa, sovet hukumatining kolxozlashtirish davrida esa Qishloq 
sovetining binosi, omborxona, hammom, dorixona ombori va mustaqillik yillarida yana 
masjid vazifalarini bajardi. Hozirda Gumbaz majmuosi Muzey sifatida 
foydalanilmoqda. 
1- rasm. Ponsond masjidi tashqi koʻrinishi 



Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin