1- laboratoriya mashg'uloti
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari
Ishning maqsadi:
1.Kompyuter tarmoq qurilmalari haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega
bo’lish;
2. Kompyuter tarmog’ini loyihalash va bevosita mahalliy
tarmoqqa ulanish
jarayonini boshqarish;
3. Cisco Packet Tracer yordamida tarmoq qurilmalari
va kommunikasiya
vositalaridan oddiy tarmoq loyihasini yaratish.
Texnik jihozlar:
•
PC Kompyuterlar;
•
Cisco Packet Tracer dasturi paketasi
Nazariy ma’lumotlar
Cisco Packet Tracer – “Cisco” tarmoq qurilmalari
bilan ishlash hamda
tarmoqlarni qurish uchun mo’ljallangan simulyator dasturi. Bu dastur grafik
simulyator bo`lib, virtual
tarmoq qurilmalari, server va mashinalar yordamida virtual
tarmoqlarni tuzish,
grafik stendlar yaratish, kompyuter tarmoqlarini tashkil qilishni
o`rganishda va tarmoqlarni tekshirishda didaktik vosita sifatida qo`llaniladi. Cisco,
Cisco ASA, Juniper tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlari
yordamida
boshqariladigan serverlar hamkorligida kompleks loyihalar tashkil etish mumkin.
Yana bir qulayligi Cisco simulyatori ochiq dasturiy ta’minot bo`lib, mutloq bepul va
uni hohlagan kishi rasmiy saytdan yuklab olishi mumkin. (www.cisco.com). (1-
rasm).
1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi
Cisco Packet Tracer dasturi darcha elementlari bilan batafsil tanishtiramiz: (2-
rasm.)
2- rasm. Cisco Packet Tracer dasturi darcha elementlari
1.
Dasturning bosh menyular qatori quyidagilardan tashkil topgan: (File,
Edit, Options, Wiew,
Tools, Extensions, Help);
•
File - Loyihalarni ochish va saqlash amallaridan iborat;
•
Edit - “hushalash/qirqish, bekor qilish/qaytarish” standart jarayonlari;
•
Options – dastur o’rnatmalari;
•
Wiew – ishchi maydon va uskunalar paneli masshtabi;
•
Tools – ranglar palitrasi va tanlangan
qurilmalar sozlamalari;
•
Extensions – loyihalar ustasi, ko’pfoydalanuvchi rejimi va bir qancha
qulayliklar asosida Cisco Packet Tracer
dasturida keng qamrovli
laboratoriyalar bajarish;
•
Help – dasturdan yordam olish va o’rganish;
2.
Uskunalar paneli (Piktogrammalar);
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
3- rasm. Uskunalar paneli. Bunda:
1-Yangi
loyiha yaratish; 2- Mavjud loyihani ochish; 3- Saqlash; 4- Chop etish;
5- Loyihalar ustasi; 6- Nushalash; 7- Qoyish; 8- Bekor qilish; 9- Qaytarish;