Fizika ta’lim yo’nalishida “Lazerlar” mavzusini o’qitish
metodikasini takomillashtirish
Ilhom Ismatovich Rahmatov
rahmatov.1961@mail.ru
Zarina Bobir qizi Qo’chqorova
zarinaqochqorova5@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotasiya: Maqolada oliy ta’lim fizika ta’lim yo’nalishida Lazerlar mavzusini
oqitish metodikasiga bag’ishlangan. Lazerlarning tuzilishi ishlash tamoillari ishlatilish
sohalari yutuq va kamchiliklari bayon qilingan.
Kalit soʻzlar: Lazer,
stimullash, spektr, rezenator, metastabil,
neodim shisha,
metodika.
Improving the methodology of teaching the subject “Lasers”
in the direction of physics education
Ilhom Ismatovich Rakhmatov
rahmatov.1961@mail.ru
Zarina Bobir kizi Kochkarova
zarinaqochqorova5@gmail.com
Bukhara State University
Abstract: Higher education in the article is devoted to the method of whitening
the subject of lasers in the direction of physics education.the structure of lasers the
areas of use of processing tamoils the achievements and disadvantages have been
described.
Keywords: laser, stimulation, spectrum, resenator, metastable, neodymium glass,
methodology.
Hozirgi kunda ishlab chiqarishning ba’zi turlarini lazerlarsiz tasavvur qilish qiyin.
Lazer texnologiyasi turli soha
mutaxassislari - texnologlar, injenerlar, turli asbob-
uskunalar yaratuvchilarini hamda boshqa sohada ishlovchi
barcha tadqiqotchilarni
bargansari o’ziga ko’proq jalb etmoqda. Hozirgi zamonning ajoyib belgilaridan biri bu
mikrozarralarning majburiy nurlanish berish jarayoni asosida ishlovchi lazerlarning
yaratilishi va ularning kogerent nurlanishidan sanoatda turli maqsadlarda
foydalanishga mo’ljalangan lazerli qurilmalarning va
texnologik komplekslarning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1339
yaratilishiga olib keldi. Ushbu kunda xalq ho’jaligining turli tarmoqlarida lazerlar va
lazerli texnologiyalar ishlatilmoqda. Xususan, mikroelektronika sanoatida turli-tuman
materiallarni kesish, payvandlash va ualarning mustahkamligini oshirishda, lazer
nuridan tibbiyot sohasida tashxis qo’yishda, kasalliklarni
davolash va jarrohlik
jarayonida, aloqa tizimida ma’lumot uzatuvchi sifatida, fan-texnika sohasida o’lchash
va tashxis qo’yish vositalari sifatida, o’quv jarayonida esa kogerent nurlanishning
to’lqin va zarracha xususiyatlarini namoyon etishda keng foydalanilmoqda.
Lazer
texnikasining rivojlanishi tufayli lazerlarning qo’llanilishining taraqqiy ettirish
masalalariga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida, yuqorida ta’kidlab
o’tilganidek, lazerlar yordamida materiallarni qayta ishlash va ularga ishlov berishni
tadqiq etishga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi. Keyingi 20 yil ichida qayta ishlanayotgan
materiallarni lazer qurilmalarini qo’llash bilan qizdirish yaratuvchilarini hamda boshqa
sohada ishlovchi barcha tadqiqotchilarni borgan sari o’ziga ko’proq jalb etmoqda.
Lazerlar haqida qisqacha ma’lumotga to’xtalib o’tadiganbo’lsak.
Lazer so’zi inglizcha
“laser” so’zidan olingan. “Laser” so’zi esa “Light Amplification by Stimulated
Emission of Ratiation” iborasining bosh harflaridan olingan bo’lib, “Majburiy
nurlanish tufayli yorug’likning kuchayishi” ma’nosini anglatadi.
Lazer nurlanishi
ultrabinasha, infraqizil va ko’zga ko’rinadiga diapazondagi elektromagnit to’lqinlardir.
Bu to’lqinlar atom va molekulalarning majburiy (stimullangan) nurlanishiga asoslanib
hosil qilinadi. Bunday nurlanish hosil qiluvchi qurilmani lazer yoki optik kvant
generator (OKG) deyiladi. Sovet fizigi V.A. Fabrikant 1940-1941 yillarda gaz razryadi
spektrini o’rganish ishlari davomida “majburiy nurlanish hisobiga” yorug’lik
intensivligini kuchaytirish mumkinligini isbotladi. 1955 yilda Sovet fiziklari A.M.
Proxorov va N.G. Basov o’ta yuqori chastotali birinchi kvant generatorini yaratdi. Bu
mikroto’lqin diapazonidagi optik kvant generator-mazer edi. 1958 yilga borib
Proxorov va Basov bilan ayni bir vaqtda AQSH fizigi Ch. Tauns ko’zga ko’rinadigan
yorug’lik spektri diapazonida kvant generatori-lazer qurish
mumkinligini ilmiy va
amaliy isbotladilar.
Lazer qurilmalarida ishlatiladigan ishchi materiallarni lazer materiallar
deyiladiyoki ularni faol (aktiv) moddalar deb ataladi. Faol muhit sifatida yoqut kristali
(rubin) ishlatiladigan lazer 1960 yil yaratildi. Keyingi kashfiyotlarda neon
Ne va geliy