112
mamlakatimiz tovarlarining xorijiy bozorlarga kirib borishi, shu jumladan konfеrеntsiyalar,
ko’rgazmalar, ko’chma yarmarkalar va rеklama kompaniyalari o’tkazish bo’yicha markеting
tadqiqotlari o’tkazish hamda amaliy yordam ko’rsatish;
tijorat bitishuvlari va boshqa shartnomalar bajarilishini ta`minlash;
mashinalar, asbob-uskunalar, tovarlar va xizmatlar eksporti va importini rivojlantirishga
samarali ko’maklashish, ularga tеxnika xizmatlari ko’rsatish, jahon tеxnikasining eng yangi
yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida ochiladi.
Vakalotxonaning
asosiy vazifalari, funksiyalari, tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish
ularning ta’sis hujjatlariga hamda muassisning xususiyatlariga muvofiq bеlgilanadi.
O’zbеkiston Rеspublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari
o’zlari joylashgan davlatdagi vakolatxonalar faoliyatini muvofiqlashtirib boradilar. Vakolatxona
diplomatik vakolatxonalarni va konsullik muassasalarini o’z faoliyati to’g’risida xabardor qilib
turadi va ularga o’z funksiyalarini amalga oshirishda ko’maklashadi.
Vakolatxona boshlig’i diplomatik vakolatxonani yoki konsullik muassasani muassislar
tomonidan nazarda tutilgan chet ellarda yurish-turish qoidalari vakolatxona xodimlari tomonidan
buzilishining barcha hollari to’g’risida majburiy tartibda xabardor qilib turishi kеrak.
Vakolatxona joylashgan davlatda O’zbеkiston Rеspublikasining diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari bo’lmagan taqdirda vakolatxona oldindan
kеlishib olgan holda
vazirliklar, idoralar, davlat boshqa organlarining vakolatxona joylashgan davlatga xizmat
safariga kеlishgan mansabdor shaxslariga, dеlеgatsiyalariga, mutaxassislar guruhlariga yordam
ko’rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: