Devon - xonning hisob-kitobi bilan shug’ullanuvchi shaxs” ovulda Alamin
Devon degan boy o‘tti. Hozir yangidan ishlatila boshladi.
Mufti - dindor shaxs. Istiqloldan keyin mufti, qozi, hokim so‘zlari qayta
tiklandi.
Qozi - qonunchilik ishi bilan shug‘ullanuvchi hukmdor.
G u b ch a k - bu kasb-hunar bildiruvchi laqab bo‘lib hozirgi vaqtda bu
laqabning sinonimi a r a v a k a sh laqabidir.
-O‘g‘lim,-deb qichqirdi kulib dadasi,-kimniki oldi?
-Tohir g u b ch a k n i ng jiyroni. Ot bolasi unga to‘g‘ri kelmas ekan.
3.2. Neologik xususiyatlarini yo‘qotgan laqablar
O‘zbek tiliga so‘z o‘zlashtirishda rus tili asosiy manba hisoblanadi. Hozirgi
vaqtda ham o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan traktor,
poyezd, vokzal, teatr, elektr kabi so‘zlar kirib keldi. Bu so‘zlar o‘zbek tili lug‘at
sostavida neologik so‘zlar bo‘lib ular lug‘at sostavining boyishiga olib keldi.
Rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlarga ot
yasovchi –chi affiksi qo‘shilib, kasb-hunarga oid laqablar yasalgan. Masalan:
t r a k t o r ch i laqabi. Traktor so‘zi hozirgi leksikamizda aktiv qo‘llanadi.
Olishuvni jim kuzatib o‘tirgan Yo‘ldosh t r a k t o r ch i, Fozilning
«ba’zilarni yo‘qotib irodasini bukib olgansiz» deganidayoq bo‘lganicha bo‘ldi.
Z a k o n ch i laqabi.
Qizning otasi Umarali z a k o n ch i ko‘p odamga zulmini o‘tkazgan yaramas
narsa.
A p t e k a ch i laqabi.
A p t e k a ch i Dadamat puchuqning uyi obis qilinganda devordan oshirib
o‘tkazilgan ikki korobka noyob dorilarni podvaliga yashirib qo‘ydimi?
39
F e r m a laqabi. Bu so‘z asli frantsuzcha bo‘lib rus tili orqali leksikamizga
kirib kelgan.
Azizning A’zam ferma uyiga qishloqning obro‘li oqsoqollarini uchinchi
marta kirgizishdan boshqa iloji qolmadi.
Z a v m a g laqabi. Bu so ‘z ruscha qisqartma ot bo‘lib, uni Said Ahmad
«Yaxshi odam» asarida formani ixchamlashtirish uchun laqab vazifasida qollagan.
Z a v m a g Hojimat amakining yuz sakson metr duxobasini, yigirmata
yaponcha jemperini, to‘qqizta belgiyskiy paltosini ikki oy saqlab berdimi, berdi.
Mexanik - traktor, mashinalarni ta’mirlovchi usta.
M e x a n i z a t o r laqabi. Mexanizator leksemasi hozirgi tilimizda eng ko‘p
qo‘llanadigan so‘zlardan biridir.
Yo‘ldosh m e x a n i z a t o r Rahmonbergan biyning qizini yaxshi ko‘rarkan.
P r o v o d n i k bu so‘z ham rus tili orqali leksikamizga kirib kelgan.
-Dunyoni kezish bilan shoir bo‘lish mumkin bo‘lsa, unda Ali p r o v o d n i k shoir
bo‘lishi kerak edi., chunki butun mamlakatni kezib chiqqan.
P a r a v o z laqabi. Bu leksema ham rus tili orqali lug‘at boyligimizga kirib
kelgan.
-Bizning tashqari hovlimiz bo‘lib, kitobxonliklar ko‘pincha shu yerda o‘tadi.
Bir kuni otamning yaqinlari-usta Maqsud, Karim qori, temir yo‘lchi Zokir p a r a v
o z o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat hali-hali esimda.
Paynetchi- laqabi. Bu leksema ham rus tili orqali lug‘at boyligimizga kirib
kelgan. Uyali telefonlarga pul o‘tkazuvchi insonga nisbatan ishlatiladi. Masalan,
Davalatboy paynetchi ishga chiqibdi.
Kompyutershik - laqabi. Kompyuterda ish olib boradigan odamga nisbatan
ishlatiladi.
Birjachi-laqabi.
Hozirgi
kunda
2
xil
ma’noda
ishlatiladi:
1) bozorda savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan shevada
aytiladi;
2) Birjada ish boshqaruvchi odamga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni ishga
joylashtiruvchi ma’nosida.
40
Bu misollardan shu narsa ko‘rinib turibdiki, san’atkorlar badiiy asarda davr
ruhini ifodalash maqsadida kim bo‘lsada arxaik va neologik laqablardan
foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: |