Ilgarigi bilimlar qonuni 4. Eslab qolishga tayyorlik qonuni 5. Assotsiatsiyalar qonuni 6. Birin-ketinlik qonuni 7. Kuchli taassurotlar qonuni 8. Tormozlanish qonuni Anglanganlik qonuni. Oddiy, lekin murakkab qonun, ya’ni berilgan
materialni qanchalik chuqur anglasak, shunchalik uni mustaxkam xotirada
muxrlagan bo’lamiz.
Qiziqish qonuni. Anatol Frans: “Bilimlarni yaxshi xazm qilish uchun uni
ishtaxa bilan yutish kerak” deganda, albatta, olinayotgan ma’lumotga jonli qiziqish
bilan munosabatda bo’lishimiz, va uni yaxshi ko’rishimiz kerakligini nazarda
tutgan. Ilgarigi bilimlar qonuni. Ma’lum mavzu yuzasidan bilimlar qanchalik ko’p
bo’lsa, yangisini esda saqlab qolish shunchalik oson bo’ladi. Masalan, ilgari
o’qigan biror kitobni qaytadan o’qib, uni yangidan o’qiyotganday his qilsangiz,
demak, siz ilgarigi tajribangiz etishmaganligidan uni yaxshi o’zlashtira
olmaganligingizni his qilishingiz mumkin. Demak, eski bilimlar ham tajribaga
aylangandagina, yangilariga zamin bo’la oladi. Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval,
bo’lg’usi aqliy ishga qanday xozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab
qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul
bo’lgan bo’lsa, siz: “Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman”, deb o’zingizni
ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik
ham shunday. “Bir amallab imtixon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga
tayyorlangan bo’lsangiz, imtixon tugagach, go’yoki miyangizni birov “yuvib
qo’yganday” tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun
juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada
uzoq vaqt saqlanadi.