bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil
narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib
chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan,
«ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar
sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy
nuqtai nazardan qarindosh-
urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan
shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-
muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar
ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi.
Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar,
vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va
o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi.
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan
vaqt birligining obektiv
(haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib,
xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish
analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning
(ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan
iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga
gallyutsinatsiya
deyiladi. Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib,
ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari
qobig’idagi qo’zg’alish
jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati
natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi
tufayli yuzaga kelish mumkin. Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga
ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:
yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi;
u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;
yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va
hodisalarning noto’g’ri -
noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat
jarayoninig noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok
qilishga olib keluvchi
qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida
o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham
illuziya deb
ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga
berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga
egadir.
Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni
figura va fonda
idrok qiladi.
Dostları ilə paylaş: