3-rasm. 4-rasm.
3-rasm. Ushbu rasmda psixologiyada juda mashhur bo’lgan tasvirlardan biri
ifodalangan. Uning siri oddiy. Agar diqqatimiz markazidagi
oq rangli shaklga
qaratilsa, kimdir ajoyib guldonni, yana ba’zilar oddiy ko’zani ko’rishi mumkin.
Bordi-yu, diqqatimiz
qora fonga qaratilsa, u erda biz bir-biriga tikilib turgan ikki
kishining yuzini ko’ramiz.
4-rasm.
Diqqat bilan rasmning qora
rangli shakllariga qaratsak, biz chap
tomonga nigoh tashlagan xindyning tasvirini ko’ramiz.
Rasmdagi qora rangli
shaklar oq fonga hajman kichikroq bo’lgani sababli biz eng avvalo,
aynan xindu
tasvirini ko’rib turibmiz.
Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga
qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan
shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili
yoki shunchaki qishning
sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda
juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda
rasmlaga qarab, biroz
mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar
nafaqat
fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga
ham bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: