S. Hasanov D. Abdumadjidova N. Ataeva shaxsning bilish jarayonlari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/42
tarix05.10.2022
ölçüsü0,95 Mb.
#64583
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42
shaxsning bilish jarayonlari

Depressiya - doimo gamgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunday insonlar 
boshqalarga aralashib keta olmaydi, kam gapiradi, ko`pincha ko`zga yosh oladi. 
Uning dili mahyus, yomon fikrlar va hayollar bilan band bo`ladi. Hozirgi axvoli, 
o`tgan kunlari va kelajagi unga qorong`udek tuyuladi. Depressiv kayfiyat 
turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruhiy shikastlar oqibatida kelib chiqqan 
bo`lishi ham mumkin. Ularning sababi bo`lganda va bu holat unchalik yaqqol 
bo`lmaganda uni normal reaktsiya deb qarasa bo`ladi. Ruhiy kasal bemorda 
ovqatdan yuz o`giradigan, o`zini qatl qilishga urinishgacha olib boradigan uzoq 
davom etadigan og`ir depressiyalar kuzatiladi. 
Eyforiya - vaqtichog`lik, beg`amlik, bir oz ko`tarinki kayfiyat tushuniladi. 
Eyforiyada odam tetik, harakatchan, sergap, uning imo-ishoralari jonli, gapirganda 
qo`llari harakatda, ovozini keragidan qattiqroq qilib chikaradi. Olam ularning 
ko`ziga g`oyat chiroyli rangli buyoqlarda gavdalanadi. Odam xursand bo`lganida, 
muvaffaqiyat qozonganda va shunga o`xshash shodlik kunlarida eyforiya normal 
reaktsiya hisoblanadi. Eyforiya uchun psixologik asoslar bo`lmasa yoki u xatto 
salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bo`lsa, uni patologik holat deb ko`zdan 
kechirish mumkin. 
Psixologiyada his-tuyg`ular turlarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin: 
13-shakl 
Ma’naviy (axloqiy) his-tuyg`ular - o`z mazmuniga ko`ra, kishining 
kishiga va kengroq ma’noda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi. SHaxs 
ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib turadigan 
axloq normalari shu his-tuygularning tevarak-atrofdagilardan obyektiv ravishda 
olib turadigan baholashning asosi hisoblanadi. 
Intellektual (aqliy) his-tuyg`ular - shaxsning bilish jarayoniga, uning 
muvaffaqiyatliligi va muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks 
ettiradi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin