yosh yigit qator ichki va tashqi to`siqlar va qiyinchiliklarni bartaraf etadi hamda
o`z niyatini amalga oshiradi. O`z navbatida, murakkab
harakatlar kishining ongli
ravishda qo`yilgan yaqin va uzoq maqsadlarga erishishga qaratilgan, uyushgan
irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi. Unda kishining u yoki bu irodaviy fazilatlari
namoyon bo`ladi.
Iroda o`zaro bog`liq ikkita vazifalarning bajarilishini
tahminlaydi va ularda
o`zini namoyon qiladi:
15-shakl
Irodaning
undovchi vazifasi kishining faolligi bilan tahminlanadi. Harakat
oldingi vaziyat bilan bog`liq bo`lgan paytdagi reaktivlikdan farqli o`laroq
faollik
harakatning ayni o`zida namoyon bo`ladigan ichki holatiga nisbatan subyektning
o`ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (zarur axborotni
olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o`rtogini
chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon
atrofdagilarga qo`pollik qilishga yo`l qo`yadi va hokazo).
Irodaning undovchi vazifasi bilan birgalikda harakat qiluvchi
to`xtatish
vazifasi faollikning yoqimsiz ko`rinishlarini jilovlashda namoyon bo`ladi.
SHaxs
uning dunyoqarashida, eng yuksak maqsadlariga javob bermaydigan motivlarning
uyg`onishini va harakatlarning bajarilishini to`xtatishga qodirdir. To`xtatish
bo`lmasa, xulq-atvorni boshqarish bo`lmas edi.
Kishining tavakkalchilik sharoitidagi xatti-harakati irodaning harakterli
ko`rinishlaridan biri sifatida namoyon bo`ladi.
Tavakkalchilik - subyekt uchun
uning cheki noma’lum yoki muvaffaqiyatsizlikka
duch kelganda mumkin
bo`ladigan noqulay oqibatlar (jazolash, og`riq ta’sirini o`tkazish, jaroxat, obro`ni
yo`qotish)
xaqidagi
taxminlar
mavjudligi
sharoitidagi
faoliyatning
harakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday
holatdagi muvaffaqiyatsizlik extimoli va noqulay oqibatlar darajasining
uyg`unlashtirilishi bilan belgilanadi. Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart
Dostları ilə paylaş: