I bob Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi


partiya¬si nomzodi Islom Abdu¬g‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.10.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#65096
1   2   3
O`zbekiston tarixi darsligi - Vikikitob


partiya¬si nomzodi Islom Abdu¬g‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq
demo¬kratikpartiyasidan ko‘rsatilgan Abdulhafiz Jalolovni Prezi¬dentlikka nomzod etib
ro‘yxatga oldi, yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
2000- yil 9- yanvarda muqobillik va demokratik tamoyillar asosida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda ro‘yxatga olingan saylovchilarning 95,10 foizi, 12 mln
123 ming 199 saylovchi qatnashdi. Saylovda qatnashganlarning 91,90 foizi Islom Karimov
uchun, 4,17 foizi A. Jalolov uchun ovoz berdi. 3,93 foiz byulleten haqiqiy emas deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanganligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
I. A. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi, uning mustaqillik yillarida
yuritgan ichki va tashqi siyosatining umumxalq tomonidan ma’qullanishi va qo‘llab-quvvatlanishi,
mamlakat barcha aholisining unga bo‘lgan to‘la ishonchidan guvohlik beradi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 2007- yil dekabrda tugashi munosabati bilan O‘zR
Prezidenti lavozimiga saylov o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Mar¬kaziy saylov
komissiyasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiya¬sidan ko‘rsatilgan A. A. Rustamovni,
O‘zbekiston „Adolat“ sot¬sial-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan D.G. Toshmu¬hamedovani,
saylovchilar tashabbuskor guruhidan ko‘rsatilgan A. X. Saidovni, O‘zbekiston liberal-demokratik
partiyasidan ko‘rsatilgan I. A. Karimovni Prezidentlikka nomzod etib ro‘yxatga oldi va yashirin
ovoz berish byulleteniga kiritdi. 2007-yil 23- dekabrda oshkoralik va ochiqlik, muqobillik va
sog‘lom raqobat asosida bo‘lib o‘tgan saylovda ro‘yxatga olingan 16.297 000 nafar saylovchidan
90,6 foizi ovoz berishda qatnashdi. Saylovda ishtirok etganlarning 88,1 foizi Islom
Abdug‘aniyevich Karimov nomzodini yoqlab ovoz berdi. 2007-yil 28- dekabrda bo‘lib o‘tgan
Markaziy saylov komis¬siyasining majlisi I. A. Karimovni O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti
lavozimiga saylandi, deb hisoblashga qaror qildi. Respublika fuqarolari O‘zbekistonning davlat
mustaqilligiga erishuvini, iqtisodiy mustaqilligini, mamlakat xavfsizligining mustahkamlanishi va
jahon hamjamiyatida uning obro‘-e’ti¬borining ortib borishini haqli ravishda I. A. Karimov faoliyati
bi¬lan bog‘laydilar.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Prezidenti saylovi qanday qonun asosida tashkil 
etiladi?
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kimlar saylanishi 
mum¬kin?
3. Prezident saylovi kunini qaysi hokimiyat organi tayinlaydi?
4. Saylov okrugi va uchastkalari deganda nimalarni tushunasiz?


5. Saylov byulleteni nima?
6. O‘zbekiston Prezidentligiga birinchi umumxalq saylovi 
qachon bo‘ldi? Natijalarini bilasizmi?
7. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom 
Karimov¬ning tarjimayi holini so‘zlab bering.
8. O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomini 
bilasizmi?
9. O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddatini uzaytirish 
to‘g‘¬risi¬dagi referendum qachon bo‘lib o‘tdi?
10. 2000- yil 9- yanvarda, 2007- yil dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidentligiga saylovlar
natijalarini bilasizmi?
II BOB Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi - §. O‘zbekistonning
o‘z taraqqiyot yo‘li
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi. Endi
O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog‘iga qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot masalalarini milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish,
jamiyatni yangilash, demokratik davlat qurish yo‘llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas’uliyatli
vazifalar turardi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo‘lidan
boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo‘ladi, degan savollar
ko‘n¬dalang turardi. Ma’lumki, 90-yillar boshlarida mustaqillikka erishgan ayrim davlatlarda eski
tuzumni rad etib, uni buzib, demokratik jamiyat va bozor munosabatlari dasturini e’lon qilib,
birdaniga de¬mokra¬tik davlat quramiz, birpasda rivojlangan mamlakatlar darajasiga erishamiz,
deb jar solgan edilar. O‘sha paytdayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bunday shov-
shuvlarga xomxayol, quruq gap deb baho bergan edi, amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. Islom
Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski tuzum o‘z o‘rnini osonlikcha bermasligini,
uning zaharli maf¬kurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmasligini ta’kidlagan
edi. Eng muhimi, yangi ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish
uchun ma’lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini bosh¬qaradigan va
ta’minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash, tarbiyalash kerak edi.
„Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. Boshqacha aytganda,
odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma’lum vaqt huzur-halovatdan voz kechishiga ham to‘g‘ri
keladi“.
Islom Karimov. Asarlar, 7- jild, 375- bet.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil
taraqqiyot yo‘li, bir xil andaza bo‘lishi mumkin emas. Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat


o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andazasini ishlab chiqishga
intiladi. O‘zbekiston oldida ham nazariy-ilmiy va amaliy jihatdan puxta asoslangan o‘ziga xos
yo‘lni ishlab chiqish zarur edi. Vatan, millat taqdiri hal bo‘la¬yotgan mustaqillikning dastlabki
murakkab, mas’uliyatli pallasida Prezident Islom Karimov o‘zi¬ning hayotiy tajribasi, boshidan
kechirgan achchiq-chuchuk voqe-alardan olgan saboq¬lari va har bir voqeaga ilmiy asosda
yondashish, kelajakni ko‘ra bilish qobiliyatiga tayanib O‘zbe¬kis¬tonning o‘ziga xos taraqqiyot
yo‘lini ishlab chiqishga bosh-qosh bo‘ldi. Islom Karimov o‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari to‘qqizinchi sessiyasida (1992- yil 4-
yanvarda) so‘zlagan dasturiy nutqida hamda 1992- yil avgust oyida nashr etilgan
„O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li“ asarida O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini har
tomonlama puxta asoslab berdi. O‘z yo‘limiz qanday shart-sharoit va zaminlarga tayanadi?
O‘zbekiston yo‘li, birinchidan, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan davlatlarning tajribasiga
tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo‘lini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olishni emas,
balki boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga
tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan foydalanish, degan ma’noni bildiradi.
Ikkinchidan, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larza¬larsiz, evolutsion yo‘l bilan madaniyatli
taraqqiyotga o‘tish — tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Uchinchidan,
O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xusu¬siyatlari, davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari,
Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy hamkorlik, vatanpar¬varlik, millatlararo totuvlik kabi
fazilatlarga mos ravishda bel¬gilandi. Тo‘rtinchidan, o‘z yo‘limizni belgilashda Islom dini, uning
jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi
ahamiyati hisobga olindi. Beshinchidan, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik
mavqeyi, mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy
resurslari asos qilib olindi. Oltinchidan, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va
mehnat resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi. Yettinchidan, odamlarning ijtimoiy
ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi
ishlasa ham, yomon ishlasa ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka
nisbatan bepi¬sand¬lik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur edi,
albatta. Milliy istiqlolning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbe¬kistonni barpo etish,
har qanday „izm“ lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad qilib qo‘yildi. Davlatimiz
ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda
belgilandi.
O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. Bu — mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu —
insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, si¬yosiy e’tiqodlaridan qat’i
nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Xalq davlat
hokimiyatining manbayidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi.


Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot 
yo‘li.
Т. „O‘zbekiston“, 1992, 15—16- betlar.
Kelajagi buyuk O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jami¬yatning erkinligini, fuqarolarning
farovon turmushini ta’min¬lash¬ga qaratilgan. Yurtboshimiz o‘zining mazkur asarida jamiyatning
siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab
olishini kafo¬¬latlaydigan darajada isloh etish, tubdan yangilash vazifa¬larini belgilab berdi.
Siyosiy sohada bu quyidagilarni bildiradi:
— xalq manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya tamoyillarini qaror toptirishni, xalq ham
bevosita, ham o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini amalga oshirishda to‘liq imkoniyatga ega
bo‘lishini; — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy
davlatchilikni barpo etishni, jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralarining tuzilmasini tubdan
yangilashni, respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlarini aniq belgilab qo‘yish
va adolatli qonunchilikni vujudga keltirishni; — barcha fuqarolarning qonun oldidagi huquqiy
tengligini va qonunning ustuvorligini, jamiyat manfaatlari va aholi xavf¬sizligini kafolatlaydigan
huquqiy davlatni barpo etishni; — O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va
mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar respublikaning
teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir, degan insonparvarlik qoidasini ro‘yobga chiqarishni; —
ozchilikdan iborat millatlarning manfaatlari va huquq¬larini himoya qilish, ularning madaniyati, tili,
milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishini kafolatli ta’minlashni; — bir
mafkuraning, bir dunyoqarashning yakka hokimligidan voz kechish, siyosiy tashkilotlar,
mafkuralar va fikrlar xilma-xilligini tan olishni; — chinakam demokratiyaning zarur va qonuniy
tarkibi sifatida ko‘ppartiyaviylikni amalda shakllantirishni bildiradi.
Iqtisodiy sohada:
— milliy boylikning ko‘payishini, odamlarning turmush va ish sharoitlarini munosib ta’minlaydigan
qudratli, barqaror va jo‘shqin rivojlanib boruvchi iqtisodiyotni barpo etishni; — ijtimoiy jihatdan
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich shakllantirishni, tashabbuskorlik va
ishbilarmonlikni rivojlantirishni; — mulk egalari huquqlarining davlat yo‘li bilan himoya qilinishini
ta’minlash va barcha mulkchilik shakllarining huquqiy tengligini qaror toptirishni; — iqtisodiyotni
o‘ta markazlashtirmaslik hamda yakka hokimlikka barham berish, korxonalar va tashkilotlarning
mustaqilligini kengaytirish, davlatning xo‘jalik faoliyatiga bevosita ara¬lashuvidan voz kechishni;
— mehnat qilish, dam olish, ta’tilga chiqish, ishsiz bo‘lib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga
bo‘lgan Konstitutsiyaviy huquqni ro‘yobga chiqarishni; — tabiiy resurslardan ayovsiz
foydalanishga, atrof-muhitga, ekologik vaziyatga ziyon yetkazishga yo‘l qo‘ymaslikni bildiradi.


Ijtimoiy va ma’naviy sohada:
— umuminsoniy qadriyatlarga, insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy
daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqini, inson huquq¬lariga doir
xalqaro me’yorlarni qaror toptirishni; — ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash, fuqarolarning
vatanparvarlik his-tuyg‘ularini rivojlantirish, tarixiy yodgorlik¬lar¬ni saqlash va ta’mirlashni; —
o‘zbek tilini rivojlantirishni, bu tilning davlat maqomini to‘liq ro‘yobga chiqarishni; — hurfikrlilikni,
vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirishni; — ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish,
aholining eng nochor qatlamlari — keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-
yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni; —
hamma uchun ma’qul sifatli tibbiy xizmatni ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni; —
yangi demokratik ta’lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, umumiy ta’lim olish,
kasbni va tegishli maxsus tayyorgarlikni o‘tishni erkin tanlashda barchaga baravar huquq
berishni; — ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste’¬dod va qobiliyatlarini
namoyon etish uchun shart-sharoit yara¬tish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi. Mana
shunday siyosiy, davlat va Konstitutsiyaviy tuzumga erishishning kaliti fuqarolarning tinchligi va
millatlararo totuv¬likni ta’minlash, qonuniylik va huquq-tartibotni qaror toptirishdir.
Huquqiy davlatning quroli ham, himoyasi ham, ko‘zi ham, so‘zi ham qonundir... Qonunni buzishga
hech kimning haqqi yo‘q.
Islom Karimov. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida 1992- yil 4- yanvarda
so‘zlagan nutqidan
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li Islom Karimovning keyingi asarlari, ma’ruza va
nutqlarida yangi ma’no-mazmun bilan to‘ldirilib, aniqlashtirilib borildi. 1993- yilda nashr etilgan
„O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“ nomli asarida Islom Karimov
yangi jamiyat qurishning besh tamoyilini asoslab berdi.
1. Iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, iqtisodning siyo¬¬satdan ustunligi, o‘ziga xos ichki
qonunlarga muvofiq rivoj¬lanishi. 2. Davlat bosh islohotchi, iqtisodiy o‘zgartirishlarning
tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida hammaning barobarligi va hammaning qonunga
bo‘ysunishi. 4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy himoyalashning ustuvorligi. 5. Bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich va izchil ravishda o‘tish, islohotlarni inqilobiy sakrashlarsiz amalga oshirish.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va amaliy jihatdan puxta
belgilab olindi. Тaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ bundan oldin yaratilgan va mavjud bo‘lgan
modellarning birontasini takrorlamagan holda o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi
taraqqiyot modelidir. Bu yo‘l xalqimiz tomonidan ham, xalqaro maydonda ham taraqqiyot¬ning


„o‘zbek modeli“ deb qabul qilindi. Тanlangan yo‘l yengil-yelpi yumush emas edi, u xalqimizdan
matonatni, mashaqqatli va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishni talab qilardi. Yangi
jamiyat qurish ishlarini bir yo‘la, siltov yo‘li bilan bajarib bo‘lmasligi davlat rahbarlaridan boshlab
oddiy fuqarolargacha hammaga tushunarli edi. Shosh¬ma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan, tadrijiy
yo‘l bilan keng qamrovli siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar o‘tka¬zish lozim edi.
O‘zbekistonga xos taraqqiyot yo‘lining nazariy, ilmiy, amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilishi
bizning eng katta yutug‘imizdir. Тanlangan yo‘lning to‘g‘riligini xalqimiz, dunyodagi nufuzli davlat
arboblari, siyosatchilar, iqtisodchi olimlar e’tirof etdilar. Yurtboshimiz I. A. Karimov ana shunday
keng qamrovli islohotlarning ijodkori bo‘ldi, ularni hayotga tatbiq etishga bosh-qosh bo‘ldi.
Mustaqillik nuriga to‘lgan O‘zbekistonning o‘tgan 20 yili davomida siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy-
ma’rifiy islohotlar, yangilanish yo‘lidan borib, o‘zimiz tasavvur etishimiz ham qiyin bo‘lgan ulkan
zafarlarga erishildi.
Savol va topshiriqlar
1. Vatanimiz hayotida tarixiy burilish sodir bo‘ldi, deganda 
nimani tush¬unasiz?
2. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur 
bo‘lib qoldi?
3. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekistonning o‘z istiqlol 
va taraqqiyot yo‘li“ nomli asarini o‘qing va mazmunini qisqa 
qilib daftarin¬gizga yozib qo‘ying.
4. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?
5. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani 
tushunasiz?
6. Siyosiy sohada qanday vazifalar ilgari surildi?
7. Iqtisodiy sohada-chi?
8. Ijtimoiy va ma’naviy sohadagi vazifalarni bilasizmi?
9. Тaraqqiyotning „o‘zbek modeli“ mavzusida insho yozib 
ko‘ring. 
10. Besh tamoyil nima? 6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisning tashkil
etilishi va qonunchilik faoliyati
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga, demokratik
huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o‘t-


kazildi. Siyosiy hayotni tubdan o‘zgartirish ishlarining ko‘la¬mini anglash uchun sobiq Ittifoqdan,
eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo‘ladi.
O‘zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan
kechirdi. Xalqimiz o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi
belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga
qarshi o‘laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o‘z yurtboshisini
tanlash, saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar bosh-
liqlari, hatto viloyat rahbarlari ham markaz tomonidan tayinla¬nardi, unga to‘la bo‘ysundirilgan
edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil
faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg‘in qilinar edi. Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-
buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o‘ta mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon
deb biladigan totalitar tuzum bo‘lib qolgan edi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘z qo‘liga
olish, o‘z taraq¬qiyot yo‘lini o‘zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy davlat
barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. Mustaqillik davlat
boshlig‘ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan erkin saylab
qo‘yilishini ta’minladi. Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlaka¬timizda inson
manfaatlari, tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzum barpo
etishni ta’¬minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
„Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy
davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, respublika hokimiyati
bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq belgilab qo‘yish, adolatli va
insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim bo‘ladi“ .
Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. 16- bet.
O‘zbekistonda oliy davlat vakillik organi — parlamentni shakl¬- lantirishda xalqaro tan olingan
huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi. „Parlament“ fransuzcha
„parler“ — gapirmoq so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, rasmiy so‘zlashish joyi ma’nosini anglatadi.
Parlament davlatning oliy vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga
oshiradi. Parlament qonun bo‘yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo‘lib, hududiy
saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to‘lgan fuqarolardan
saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilan o‘lchanadi. Parlamentarizm g‘oyasi milodning birinchi ming
yillik bo‘sag‘asida Rimda, Ang¬liya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib,
davlat hokimiyati darajasiga ko‘tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o‘tgan.
Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan „Erkinlikning Buyuk Xartiyasi“ dan boshlanadi va
1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi. XVII—XVIII asrlarda
boshqa mamlakatlarda ham parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha
nom bilan yuritiladi. Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk
Britaniyada Parlament, Fin¬¬-la¬ndiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag,


O‘zbekis¬tonda Oliy Majlis va hokazo. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990- yil
fev¬ralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi — Oliy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda
edi. O‘zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lidan borib,
birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990—1994- yillarda qonun chiqaruvchi
hokimiyat organi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq
Ittifoq tuzumidan meros bo‘lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash
O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga
oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo‘lidan bordi va uni qadam-
baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida birinchi bor 1990- yil 24-
mart kuni O‘zbekiston Prezi¬dentini sayladi, Mustaqillik dekla¬ratsiyasini, O‘zbekistonning
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri¬sidagi Konstitutsiyaviy qonun¬ni va boshqa muhim hujjatlarni
ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990—1994- yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan
ziyod qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga
asoslangan yangi parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76-
moddasida: „O‘zbe-kiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi“, — deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq
O‘zbekiston Res-pub¬likasida bir palatali parlament — Oliy Majlisni shakllan¬tirishga kirishildi.
1993- yil 28- dekabrda bo‘lib o‘t¬gan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida
„O‘z¬be¬kiston Res¬publikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“, 1994- yil 22- sentabrda bo‘lib
o‘tgan XVI sessiyada „O‘zbe¬kiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi.
Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo‘yiladi.
Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar hamon
amalda bo‘lib, ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun
mutlaqo mos kelmas edi, qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan,
har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalq¬ning o‘ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga
mos kela¬digan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi¬yotning bozor
iqtisodiyotiga asoslangan yo‘lidan borish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos
bo‘ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamla¬katlar qonunchilik
tajribasidan foydalanish lozim edi. Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqa¬ruvchi
hokimiyatni amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil
muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilanadi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va „O‘zbekis¬ton Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida“ gi
Qonunga muvo¬fiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga: • O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; • O‘zbekiston
Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; •
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash va davlat
strategik dasturlarini qabul qi¬lish; • ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan
tartibga solish, O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish; • boj, valuta va kredit


ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish; • davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat
etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish; • qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimiyatlari tizi¬mini va vakolatlarini belgilash; • xalqaro shartnomalarni va bitimlarni
ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to‘xtatish) qilish; • Oliy Majlisga va mahalliy
vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy saylov komissiyasini tuzish; • vakolati tugashi
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash; • Konstitutsiyaviy,
Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash; • Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning
o‘rinbosarlarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash
hamda O‘zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni
amalga oshirish kiradi. Saylov kunigacha 25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va
moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi
bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yil¬maydi. Shu bilan birga, „Oliy Majlisga saylovlar
to‘g‘¬risida“gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o‘tgan 5 yil
mobaynida O‘zbekiston hududida yasha¬magan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar
depu¬tat¬likka nomzodlar ro‘yxatiga olinmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda
bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu narsa belgilab qo‘yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar,
prokuratura organlarining mansabdor shaxs¬¬- lari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning
o‘rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (vilo¬yat, tuman, shahar
hokimlari bundan mustasno) Oliy Majlis deputati bo‘la olmaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Ken¬gashining 1994- yil senta¬brda bo‘lib o‘tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- de¬kabr kuni Oliy
Maj¬¬lisga, viloyat, shahar va tuman kengash¬lariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. 1994- yil
14—15- noyabrda Тoshkentda Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari
raislarining uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini isloh qilish,
saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama
etildi. Seminar-kengashda Birlashgan Millatlar Тashkilotining O‘zbekistondagi vakili Xolid Malik,
AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li Klark, Rossiya elchisi
F.F.Sidorskiy, Тurkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli xalqaro
tajribalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni
tarixiy sana — saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo‘lida oldinga
bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi. Saylovlarni qonun talablari asosida o‘tkazish uchun
Respublika bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular tarkibiga
mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo‘lgan munosib kishilar kiritildi.
Saylovga nomzodlar qo‘yishda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik ta’minlandi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga „Xalq demokratik partiyasi“ dan, „Vatan taraqqiyoti“
partiyasidan, hokimiyatning vakillik organlaridan, jami 700 nomzod ro‘yxatga olindi. Har bir saylov
okrugida ikki-uch nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni
tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ovoz berishda ro‘yxatga olingan 11 million 248 ming 464
saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni


hamma joyda saylovlar qonun talablariga muvofiq umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan
saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo‘ldi. Saylov okruglari va
uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro tashkilotlardan 68 nafar vakil
kuzatuv¬chi sifatida qatnashdi. Shuningdek, „Reyter“, „Interfaks“ agentliklari, „Bi-Bi-Si“
radiokompaniyasi, „Ostankino“ telekompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar
vakil ishtirok etdi. Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilan ovoz berdilar.
Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu ta¬riqa, mamlakatimizda ilk bor yangi parlamentga
bo‘lgan saylovlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu demokratik yo‘l bilan parlamentni
shakllantirish¬ning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi bo‘ldi. 1995- yil 23—24- fevral
kun¬lari Birinchi chaqiriq O‘zbe¬kiston Res¬pub¬¬likasi Oliy Maj¬lisining birinchi sessiyasi bo‘lib
o‘tdi. Sessiyada O‘z¬be¬kiston Res¬publikasi Oliy Majlisi¬ning Raisi va to‘rt kishidan iborat Rais
o‘rin¬bosarlari say¬landi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi, B. I. Bugrov, B. A. Sho¬¬¬di¬yeva, A. Q.
Qosimov, Qoraqalpo¬g‘iston Respublikasi vakili — Qora¬qalpog‘is¬ton Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi U.
Ashirbekov Rais o‘rin¬bosar¬lari qilib saylan¬dilar, sessiyada Mandat komis¬siyasi tuzildi.
Qonunlarni ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda Oliy Majlisning quyidagi
12 ta qo‘mitasi tashkil etildi: • Budjet, bank va moliyaviy masalalar bo‘yicha. • Iqtisodiy islohotlar
va ishbilarmonlikni rivojlantirish bo‘¬yicha. • Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo‘yicha. •
Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha. • Fan, ta’lim, madaniyat va sport bo‘yicha. •
Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha. • Agrar, suv xo‘jaligi
masalalari va oziq-ovqat bo‘yicha. • Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha. • Atrof-
muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘¬yicha. • Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘yicha. •
Matbuot va axborot bo‘yicha. • Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha. O‘zbekiston
parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillikorganlaridan saylangan 120 kishidan iborat
deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq demokratik partiyasi fraksiya¬sini, 47
deputatni uyushtirgan „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat
„Vatan taraqqiyoti“ partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni
ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida
ko‘ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi. Sessiya qarori bilan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha
vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vakil huzurida fuqa¬rolarning konstitutsiyaviy huquq
va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiyada
„O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“gi Qonun qabul qilindi, Oliy Majlis
Raisi rahbarli¬gida „Oliy Majis qo‘mitalari va komissiyalari to‘g‘risidagi Ni¬zom“ qabul qilindi.
Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida Oliy Majlis Kengashi tuzilib,
uning tarkibiga Oliy Majlis Raisi o‘rinbosarlari, qo‘mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi,
parlamentdagi deputatlar bloki va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi. Oliy Majlis birinchi
sessiyasida qabul qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida
tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imko¬nini berdi. Xulosa qilib


aytganda, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat hokimiyatining eng muhim
institutlaridan biri — milliy parlamentimiz tashkil topdi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING TUZILISHI (1995—2004- YILLAR)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining shakllanishi, o‘z faoliyatini tashkil etish tartibotlari,
ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament bo‘lib, avvalgi Oliy Kengashdan
butunlay farq qiladi. Birinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Respublika Oliy Kengashi
rasman O‘zbekiston davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda
mustaqil emasdi, mar¬kaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O‘zbekiston sharoitiga
moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O‘zbe¬kiston davlatining oliy vakillik organi
bo‘lib, qonun chiqaruvchi hoki¬miyatni mustaqil amalga oshiradi. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy
davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yildi. Ikkinchidan, mustaqillikdan oldin
Oliy Kengash sayloviga hokimiyat organlari tomonidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi
va saylanardi. Oliy Majlisga esa deputatlar saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida
o‘tkaziladi. Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan
demokratik tamoyillari asosi¬da shakllandi. Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni
shakllantirish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning o‘rni va soni oldindan belgilab
qo‘yilar edi. Oliy Majlisga say¬lovlarni tashkil qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil
sifatida rad etildi. Oliy Majlis deputatlari turli partiya va hara¬katlarning vakillaridan iborat
nomzodlar orasidan muqo¬billik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda,
nomzod¬larning ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va
saylovoldi dasturlarining maz¬mun-mohiyatini inobatga olib ovoz berish imkoniyatiga ega
bo‘ldilar. Тo‘rtinchidan, mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Oliy Kengash professional parlament
shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan kichik
bir guruh deputatlargina doimiy ishlab amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa
deputatlarning bir qismi doimiy (professional) asosda ishlamaydi. Deputatlarning ko‘pchilik qismi
esa oldingi xizmat vazifalarini deputatlik vakolati bilan qo‘shib olib boradi, saylovchilari bilan
yaqindan aloqada va muloqotda bo‘ladi. Deputatlar saylovchilarga Oliy Majlisda qanday
qonunlar muhokama qilinayotgani va qabul etilayotgani haqida xabardor qilib turadi, hayotning
qaynoq nuqtalarida aholi bilan birga bo‘ladi. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari
ham Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanish¬tirib boradi. Butadbirlar xalqning huquqiy
madaniyatini, siyo¬siy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik bilan amalga oshishiga,
jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy
mamlakatlar diplomatiya kor¬puslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet el ommaviy
axborot vositalarining O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan jurnalistlari hozir bo‘lish imkoniyati
mavjud. Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bilan aloqalari o‘rnatildi va
chuqurlashdi. O‘zbekiston Milliy parlamentida Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar
bo‘yicha guruh tuzildi, respublikaning Parlamentlararo ittifoq, Yev¬ropa Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkilotining Parlament assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Oliy


Majlis „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996—1999- yillarga mo‘ljallangan faoliyat
dasturi“ ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti huzuridagi Amaldagi qonun huj¬jatlari
monitoringi instituti tashkil etildi. Bu chora-tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy
yo‘nalishlarini qamrab olishga, qonunchilikni yangi pog‘onaga ko‘tarishga ko‘mak¬lashmoqda.
O‘zbekiston parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Inson huquqlari bo‘yicha vakil
(ombudsman) instituti xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida ishlab chiqilgan va Oliy Majlis
Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib boradi. Oliy Majlis vakili huzurida
1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning kons¬titutsiyaviy huquq va erkin¬liklariga rioya etilishi
bo‘yicha maxsus komissiyasi faoliyat yuritmoqda. Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997-
yil 24- aprelda qabul qilingan „Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
to‘g‘risida“ gi Qonun muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy huquq va
erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qili¬nishini huquqiy jihatdan ta’minlashga
xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiyasining 83- mod¬dasida qo¬nun¬chilik
tashabbusi huquqiga ega bo‘lgan subyektlar aniq bel¬gilab qo‘yilgan. Qonunchilik tashab¬busi
huquqiga O‘zbe¬kiston Res-publikasining Prezidenti, o‘z davlat hokimiya¬tining oliy organi orqali
Qora¬qalpog‘iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston
Respub¬lika¬sining Konsti-tutsiya¬viy Sudi, Oliy Sudi, Oliy xo‘jalik sudi va Bosh prokurori
ega¬dirlar. Qonunlar loyihalarini ko‘rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya fraksiyalari va
deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo‘mita va komissiyalarining butun tarkibi faol
qatnasha¬dilar. Parlament sessiyalariga tayyorgarlik ko‘rish qanday borayot¬ganligi ommaviy
axborot vositalari orqali muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy
jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli vazirliklar va
idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari olinadi, xalqaro
tashki¬lot¬larning ekspertizasidan o‘t-kaziladi. Sessiya muhokamasiga kiritiladigan barcha
qonun loyihalari bo‘yicha bildirilgan takliflar, fikr-mulohazalar, ekspert xulosa¬larini Oliy Majlis
Raisi va uning o‘rinbosarlari huzurida tegishli qo‘mitalar, partiya fraksiyalari rahbarlari va
ekspertlar ishti¬rokida puxta va atroflicha muhokama etish yo‘lga qo‘yildi. Qonun loyihasini
tayyorlashga bunday yondashuv, ularning puxta va sifatli bo‘¬lishiga ijobiy ta’sir etmoqda.
Sessiyalar ishida O‘zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab chiqish
jarayonini yanada yax¬shilashga muttasil e’tibor berishi O‘zbekiston parlamenti faoli¬yatining
takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning samaradorligini oshirishda muhim omil
bo‘lib xizmat qil¬moqda. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995—1999-
yillarda 15 ta sessiya o‘tkazdi. Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452
qaror qabul qilindi. Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiri¬tildi.
Shuningdek, Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifi¬katsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro
konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident Islom Karimov ma’ruza qilib,
uning faoliyatiga yuksak baho berdi:


„Eng muhimi, birinchi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni
shundan iboratki, o‘tgan davr mobaynida ko‘ppartiyaviylik shakllangan, turli harakatlar, jamoat
birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va tabaqalar vujudga kela boshlagan
murakkab bir sharoitda, Oliy Majlis hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda
jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqaror¬likni saqlab turishda ishonchli omil
bo‘ldi“.
Islom Karimov. Vatan ozodligi — oliy saodat. Asarlar,
8- jild, 60- bet.
Birinchi chaqiriq respublika Oliy Maj¬lisining 1999- yil 19—20- avgust kun¬lari bo‘lib o‘tgan o‘n
beshinchi ses¬siyasi ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari saylovini
1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 7 ta subyekt — beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik
organi va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. 1999-
yil 5- dekabr kuni bo‘lgan say¬lov¬larda nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 66
ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov tashkil etildi. Saylovlar aholining faol
ish¬tiroki va yuqori siyosiy ko‘tarinkiligi bilan o‘tdi, jami 250 nafar vakil deputat etib saylandi.
Natijalar O‘zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan demokratik saylov tizimi, uning huquqiy
bazasiga to‘la, mos ravishda, chinakamiga muqobillik asosida bo‘lib o‘tgan-ligidan dalolat beradi.
Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan
birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 111 kishidan
iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiya¬sidan saylangan 48 kishidan, „Fidokorlar“ milliy-
demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, „Vatan taraqqiyoti“ par-tiyasidan saylangan 20
kishidan, „Adolat sotsial-demokratik“ partiyasidan saylangan 11 kishidan va „Milliy tiklanish“
partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylov¬chi¬lar tashabbuskor
guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis
tarkibida faoliyat yuri¬tadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha
ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, Oliy Majlis faoliyatining yanada qizg‘in o‘tishi, xilma-
xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun
imkoniyatlarni kengaytirdi. Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi
qo‘mitalari va komissiyalari tashkil etildi: • Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi. •
Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi. • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar
qo‘mitasi. • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat qo‘mitasi. • Sanoat, qurilish, transport va
aloqa masalalari qo‘mitasi. • Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo‘mitasi. • Ijtimoiy
masalalar va bandlik qo‘mitasi. • Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi. • Atrof-
muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mi¬tasi. • Matbuot va axborot qo‘mitasi. •


Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi. • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi. • Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur
komissiya ikkinchichaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30—31- avgust
kunlari bo‘lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ shaklida qayta tuzildi). •
Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi. • Oila va ayollar muammolari
komissiyasi. • Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi o‘zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va
deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi¬rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina
yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukammallashdi. Bu
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib
borayotganligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo‘mitalari va
komissiyalari¬ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari va 2 ta deputatlar
blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj¬lantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Prezident Islom
Karimov tashab¬¬busi bilan mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan
yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muammo¬lari¬ning yechimlarini topishga yo‘naltirilgan
„Yoshlar ishlari komissiyasi“ning tuzilishi va keyinroq uning „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ga
aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament
tarkibida „Oila va ayol¬lar muammolari komissiyasi“ning tuzilishi oilani mustahkamlash, xususan,
yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijti¬moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko‘tarish bilan bog‘liq
bo‘l¬gan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshi¬rish imkoniyatlarini yanada
kengaytirdi. Oliy Majlis tarkibida „Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi“ ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi
faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez¬lashtirishga ko‘maklashdi.
O‘zbekistonning mustaqil taraq¬qiyoti davrida respublika bir palatali parla¬menti yangi jamiyat
qurishning ishon¬ch¬¬¬¬¬li huquqiy asoslarini yara¬tuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks,
2 ta milliy das¬tur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan raqamlardan
ko‘rinib turibdiki, res¬publika parlamenti bir palatali bo‘lsa-da, qonun chiqarish jarayo¬ni ancha
jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o‘zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab
chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilan dastlabki paytda vujudga kelgan
huquqiy bo‘shliq tezroq to‘ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni,
tinchlik va barqa¬rorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. Qabul qilingan
qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko‘¬ra besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin. Birinchi
yo‘nalishga — O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik-huquqiy davlat
asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi. Mazkur qonunlar
jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va
huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan,
mamlakatimizda ma’muriy-buyruq¬bozlik tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi
tomondan, milliy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy


qadriyatlarini tiklash, uchin¬chi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum e’tirof etilgan
demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj topdi. Respublika
parlamenti jamiyatimizda si¬yo¬siy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda
isho¬nchli omil sifatida mustahkamlandi. Prezident Islom Karimov 2000- yil 25- may kuni
ikkinchi chaqi¬riq O‘z¬bekiston Respub¬likasi Oliy Maj¬lisiningikkinchi ses¬siya¬¬sida ikki
pala¬tali par¬lament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich
amalga oshi¬rish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada
tako¬millashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir. 2001- yil 6—7- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi
cha¬qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament
tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun
eng zarur bo‘lgan omil — yuqori malakali siyosatshu¬noslar, yurist¬lar, iqtisodchilar korpusi
shakllanib yetil¬gan¬ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ort¬gan¬ligini inobatga
oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, de¬gan xulosaga keldi.
Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:
• populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘z¬lovchi, mukammal bo‘lmagan qonunlar
qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi; • mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Тoshkent shahri,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq inobatga olinadi; • milliy davlatchilik
institutlari tizimi o‘rtasida parlamentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati
o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi; • parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini
yaxshilashga, xalqning xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi; • parlament
ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi; • jamiyatni liberallashtirishni
tezlashtiradi; • deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini
shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi.
Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish
masalasi bo‘yicha O‘zbekis¬ton Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Referendumda ovoz berish byulleteniga „ Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi
parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi. Referendum 2002- yil
27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoat-chilik vakillari, xorijiy
davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor
guruh¬lari kuza¬tuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruv¬chilar ro‘yxatiga
kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi. „Siz
kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“
degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65
foizi yoqlab ovoz berdi. Saylovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab-
quvvatladilar.


2002- yil 4—5- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining sakkizinchi ses¬siyasi¬da „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil
eti-li¬shining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qo¬nun va „2002- yil 27- yanvarda
o‘tkazilgan O‘zbekiston Res¬pub¬likasi referendumining yakunlari bo‘yicha amalga
oshiri¬ladigan qonunchilik ishlarining asosiy yo‘na¬lishlari to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Bu hujjatlar
ikki pa¬latali parlament tuzish ishlarini boshlashga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. 2002- yil 12–
13- dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis¬ning o‘ninchi sessiyasi xalqimizning xohish-irodasi
bilan „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida“ va „O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik pa¬la¬tasi to‘g‘risida“ Konstitutsiyaviy qonunlarni hamda ularni
amal¬ga kiritish to‘g‘risida qarorlarni qabul qildi. Shuningdek, 2003- yil 24- aprelda „O‘zbekiston
Respublikasining Konstitut¬siyasiga o‘z¬gartishlar va qo‘shimcha¬lar kiritish to‘g‘risida“ Qonun
qabul qilindi. Mazkur qo¬nunlar bo‘lg‘usi parlament¬ning ikkala palatasi vakolatlarini va
faoliyatining tashkiliy shakllarini aniq belgilab berdi. Bundan keyin ham O‘zbekiston
Respublikasining Oliy davlat vakillik organi — parlamentning nomi Oliy Majlis deb atalaveradi.
Uning tarkibida ikkita palata tuziladi. Yuqori palata — Senat, quyi palata — Qonunchilik palatasi,
deb ataladi. Ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil etib belgilangan. 2004-yil dekabr — 2005-
yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Quyi
palataga saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiya¬viylik asosida 120 ta deputat saylandi. Senatga
Qoraqalpog‘iston Res¬publikasi, viloyatlar va Тoshkent shahri¬ning har biridan teng miqdorda —
6 nafar¬dan, jami 84 kishi saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab
chiqarish sohasida hamda davlat va jami¬yat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy
tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan
O‘zbekiston Respub¬likasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. Qonunchilik palatasining 2005-yil
27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida E.H. Xalilov Qonunchilik palatasining Spikeri etib
saylandi. Shuningdek, Spiker o‘rinbosarlari, qo‘mita rahbarlari saylandi, siyosiy partiyalar
fraksiyalari tashkil etilib ro‘yxatga olindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-
yil 27- yanvar kuni bo‘lib o‘tgan birinchi majlisida M. Sharif¬xo‘jayev Senat Raisi etib saylandi.
Shuningdek, Senat Raisi o‘rin-bosarlari hamda Senat qo‘mitalari raislari saylandi. Shunday qilib,
ikki palatali parlament tashkil etildi va o‘z faoliyatini boshladi. Ikki palatali parlamentning tashkil
etilishi natijasida Qonun chiqa¬ruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati o‘rtasida vakolatlar yanada
demokratik asosda qayta taqsimlandi. Parlamentning jamiyat hayotidagi mavqeyi o‘sdi. Qonun
loyihalari dastlab Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqiladi va qabul qilinadi. So‘ngra Senat
tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Qonun Prezident tomonidan imzolanib, matbuotda
e’lon qilingan kundan bosh¬lab kuchga kiradi. Prezident vakolatlarining bir qismi — davlat, sud
tizimi va maxsus xizmatlarning rahbarlarini, chet ellar xalqaro tash¬kilot¬lardagi diplomatik
vakillarni tayinlash va tasdiqlash Se¬nat vako¬latiga o‘tkazildi va Senat tomonidan amalga
oshi¬rilmoqda. Ikki palatali Oliy Majlis 2005—2009- yillarda ijtimoiy-si¬yosiy, sotsial-iqtisodiy
islohotlarni chuqurlashtirish ishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan 250 dan ziyod qonun qabul


qildi. Milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parla¬menti¬miz¬ning nufuzi yanada o‘sdi.
Qabul qilinayotgan qonunlarning sifati yaxshilandi. Deputatlar faoliyati professionallashib,
siyosiy partiyalar fraksiyalarining faoliyati, fikrlar xilma-xil¬ligi kuchaydi. Deputat va
senatorlarning vakolat muddati tugashi muno¬sabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga 2009- yil 27- dekabr kuni saylovlar — 2010- yil 10- yanvar kuni tak¬roriy saylovlar
demokratiya, muqobillik va oshkoralik ruhida bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasida 135 deputat,
O‘zbekiston Eko¬logik harakatining konferensiyasida 15 nafar deputat, jami 150 nafar deputat
saylandi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Tosh¬kent shahrining har biridan
teng miqdorda — 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Senatning 16 nafar a’zosi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. 2010- yil 22- yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik
pala¬ta¬sining birinchi majlisida Dilorom Toshmuhamedova Qonun¬chilik palatasi Spikeri etib
saylandi. 2010- yil 26- yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida Ilgizar
Matyoqu¬bovich Sobirov Senat Raisi etib saylandi. Davlatimiz rahbari taqdimiga binoan Oliy
Majlis O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni tasdiqladi.
O‘zbekiston parlamenti mamlakatimizda demokratik islohot¬larni chuqurlashtirish, tinchlik va
barqarorlikni mustahkam¬lash, mamlakatni modernizatsiya qilish, bozor munosabatlarini
chuqurlashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekistonga sobiq Ittifoq tuzumidan qanday siyosiy meros 
qolgan edi?
2. Mustaqillik siyosiy jihatdan qanday imkoniyatlar yaratdi?
3. Parlament nima? Oliy Majlis-chi?
4. O‘zbekiston parlamentini shakllantirish bo‘yicha qanday 
huquqiy asoslar yaratildi?
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining vakolatiga qanday 
vazifalar kiradi?
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qanday qo‘mita va 
komis¬siya¬lar tuzildi, ularning vazifalarini bilasizmi?
7. Ombudsman instituti nima, u qachon tuzildi?
8. Siz yashayotgan hududdan Oliy Majlisga kim deputat etib 
say¬langan?
9. Partiya fraksiyalari nima?
10. Qanday hokimiyat organlari qonunchilik tashabbusi huquqiga ega? 11. Ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar qachon bo‘lib o‘tdi, ularda qanday subyektlar
o‘z nomzodlarini qo‘ydilar? 12. Inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari haqida qanday kodeks


va qonunlar qabul qilingan? 13. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlariga doir qanday qonunlar
qabul qilingan? 14. Ikki palatali parlament tuzish haqida referendum qachon bo‘lib o‘tdi, uning
natijalarini bilasizmi? 15. Oliy Majlis qanday palatalardan iborat bo‘ladi? 7- §. Milliy davlat
boshqaruv hokimiyati tizimining shakllantirilishi
Mustaqillik yillarida davlat bosh¬qaruv hokimiyati tubdan isloh qi¬lindi. Avva¬lo, sobiq Ittifoq
dav¬rida faoliyat yuritib kelgan O‘zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va
bosh¬qaruv¬chi oliy organi — Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o‘zgartirildi. 1990- yil 24-
martda O‘zbekistonda pre-zidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyin hayotning o‘zi ijro etuvchi
hokimiyat maqo¬mini o‘zgartirishni talab qildi. 1990- yil 15- noyabrda O‘zbe¬kiston
Prezidentining „O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini
tasdiqlash to‘g‘risida“ Farmoni chiqdi. Unga muvofiq O‘zbe¬kiston Prezidenti huzurida Vazirlar
Mahkamasi tuzildi, Pre¬zi¬dent uning Raisi bo‘ldi. Res¬publikada vitse-prezident lavozimi ta’sis
etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi
yuklandi. 1992- yil 4- yanvarda vitse-prezident lavozimi tugatildi va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi. Bosh vazir zimmasiga Vazirlar
Mah¬kamasiga rahbarlik qilish, uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi. O‘zbekistonda davlat
ijroiya hokimiyatini takomillashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muhim omil
bo‘ldi. Konstitutsiyaning 98- moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri
nomzodi Prezident taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh vazir, uning
o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashining raisi kiradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining hukumati bo‘lib, ijro
etuvchi hokimiyatdir. Uning vazifalari:
• davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini
ta’minlaydi;
• Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi; • yagona moliya, kredit va pul
siyosati yuritilishini ta’minlaydi;
• madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosati
yuritilishini ta’minlaydi;
• mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlarni amal¬ga oshiradi;
• qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’¬min¬lash, xususiy mulk va jamoat tartibini
muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshi¬radi;


• iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi; •
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qaror¬lari, Prezident farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi; • barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar,
mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi maj¬buriy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar
chiqaradi. Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib, qisqartirib
borildi. Agar 1990- yil 30- martda Res¬publika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan
bo‘lsa, 1995- yil 5- mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi. 2000- yil 11-
fevralda bo‘lgan Ikkinchi chaqi¬riq O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident
tavsiyasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan — Bosh vazir, Bosh vazirning birinchi
o‘rinbosari, 8 nafar Bosh vazir o‘rinbosarlari, 15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo‘mita¬lari
raislaridan iborat etib tasdiqladi. 2003- yil 24—25- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston
Res¬publikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonunga muvofiq Vazir¬lar
Mahkamasining tarkibi, uni tuzish va tasdiqlash tartibi o‘zgar¬¬tirildi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi 89- mod¬da¬¬sining „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda
Vazir¬¬lar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar mahkamasi
tarkibida Rais lavozimi bo‘l¬maydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra
Senatda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh
vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomo¬nidan tasdiqlanadi. Bu
holat mamlakatimizda amalga oshirila¬yotgan demokratik jarayonlarni yanada
chu¬qur¬lashtirishga ko‘maklashadi. Bosh vazirning, hukumat va butun hukumat tizimlarining
vakolatlari oshdi, mas’u¬li¬yati kuchaydi. O‘zbekistonda boshqaruv tizimi tub¬¬-dan isloh qilindi.
Bozor iqti¬sodiyotiga o‘tishni ta’minlovchi, bozor munosa¬batlarining faoli¬yati uchun imkon
beruvchi yangi boshqaruv tuzilmasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta
taqsim¬lashmexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahka-machilik va ma’muriy-
buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o‘zini o‘zi idora etishga o‘tildi.
Ma’muriy-buyruqbozlik, to‘rachilik tizimining tayanchlari bo‘lgan bir qator Davlat qo‘mitalari,
vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Davlat reja qo‘mitasi o‘rniga Iqtisodiyot vazirligi
tuzildi. Bu vazirlik iqtisodiyotni isloh qilish qoidalari va ustuvorliklari, ularni amalga oshirish
mexanizmlari asosida islohotlarni tahlil etish, baho berish, takliflar ishlab chiqish,
O‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish istiqbollarini belgilash ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Тaqsimot bo‘yicha yakkahokim bo‘lib olgan Davlat ta’minot qo‘mitasi tugatilib, Respublika ulgurji
va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi tuzildi. Uyushma tarkibiga respublika aksiyadorlik tovar-
xomashyo birjasi, aksiyadorlik birja banki, hududiy aksiyadorlik tijoratchi vositachi kompaniyalar
kiradi. Uyushma tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va tadbirkorlar uchun tovar resurslari
bozorida erkin ishtirok etishga teng imkoniyatlar yaratish, ularga tijorat-vositachilik, savdo va
marketing xizmatlar ko‘rsatish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Davlat narx qo‘mitasi tugatilib,
Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qilish, narxlarni belgilashda yakkahokimlikka yo‘l


qo‘ymaslik, raqobatchilik muhitini shakllantirish ishlariga ko‘maklashuvchi maxsus boshqarma
tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o‘zgardi. Moliya vazirligi respublika budjetini
shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamoqda, valuta
ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo‘linmalari tugatildi.
Markaziy bank, Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik-tijorat
bank¬lari — „O‘zsanoatqurilishbank“, „Paxtabank“, „O‘zjam¬g‘armabank“, „G‘allabank“,
„Тadbirkorbank“, „Savdogarbank“, xususiy banklar va boshqa banklar tuzildi. Banklarning
mustaqilligi va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi
tartibga solindi. Davlat soliq qo‘mitasi, Bojxona qo‘mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo‘mitasi, uning
joylardagi organlari tugatildi, Prezident devonida nazorat inspek¬siyasi, hokimiyatlarda tegishli
nazorat inspeksiyalari tuzildi. Davlat suverenitetini amalga oshiruvchi tuzilmalar — Тashqi ishlar
vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy attestatsiya
komissiyasi va boshqa hukumat organlari tashkil etildi. Islohotlarni chuqurlashtirish va
muvofiqlashtirish maqsadida Prezident huzurida Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el
investitsiyalari bo‘yicha idoralararo Kengash tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim
tadbirlarni amalga oshirdi. Qo‘mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko‘chmas mulk birjalari,
auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonning
xorijiy mamlakatlar bilan aloqasini yo‘lga qo‘yish maqsadida respublika tarixida birinchi marta
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tuzildi, vazirlik tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorini tahlil qilish,
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagistrategiyani ishlab chiqish, eksport-import bo‘yicha
markaz¬lashgan tartibda mahsulotlar yetkazib berish ishlarini tashkil etmoqda. Vazirliklar,
idoralar, korxonalarda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar, tashkilotlar,
firmalar tu¬zildi. Res¬publikada tashqi aloqalarni ta’minlaydigan yaxlit tizim tarkib topdi.
O‘zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo‘yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o‘z-o‘zini
mablag‘ bilan ta’minlay¬di¬gan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo‘jalik
birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni
saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyati va ish yuritish usullari tubdan
o‘zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo‘lgan tarmoqlarda, masa¬lan, sayyohlik, transport,
madaniyat, kino, televideniye va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan
milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan beri o‘tgan qisqa
tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq
rivojlanishga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Mahalliy davlat hokimiyati tub¬dan
is¬loh qilindi. Islohotlar O‘z¬be¬kiston Respublikasining Kons-titutsiyasi, „Ma¬hal¬liy davlat
hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonun (1993- yil 2- sentabr), „Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengash¬lariga saylovlar to‘g‘risida“ gi Qonun (1994- yil 5- may) asosida amalga oshirildi.
Konstitutsiyaning 99- moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan


shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar bosh¬chilik
qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va
fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb
belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organ-ga — vakillik va ijro
hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonunning 1-
moddasida „Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan,
shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari
davlat hokimiyatining vakillik organlaridir“, deb aniq belgilab qo‘yildi. Shahar tarkibiga kiruvchi
tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi. „Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida“ gi Qonunda vakillik organlariga 21
yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, mu¬qo¬¬billik asosida o‘tadi.
Xalq deputatlari viloyat va Тoshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va
shahar Ken¬gashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.
Mustaqillik yillarida 1994- yildan e’tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Ken¬gashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1999- yilgi
saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi.
O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati orga¬ni qayta tashkil etildi. Bu borada
milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi. Jumladan, Amir Тemur davridagi
davlatchilikka nazar tashlasak, o‘sha zamonlarda viloyat¬lar, shaharlar hokimlar tomonidan
yakka¬boshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo‘lamiz. 1992- yil 4- yanvarda „O‘zbekiston
Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida
hokim lavozimi ta’sis etildi. Hokimlar faqatgina ijro hokimiyati organla¬rigagina emas,
shuningdek, mahalliy vakillik organ¬lariga ham rahbarlik qiladigan organ sifatida
mustah¬kamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo‘lib, u tegishli hududda vakillik organiga
ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs hisob-lanadi. Ijro organlarida
bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va
shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi
hamda bu masalalar tegishli xalq depu¬tatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Vakillik
organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham
hokimiyatlar ta’sis etildi, ular¬ning apparati — hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va
Тosh¬kent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi vakili hisoblanadi. Тoshkent
shahar tumanlari hokimlari esa Тoshkent shahar hokimining vakillari hisoblanadi. 1992- yilda
Тoshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar tumanida hamda
120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati — hoki-miyatlar tuzildi.
Mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga kiradigan masalalar va vazifalar Konstitutsiyaning 100-
va 101- moddalarida aniq belgilab qo‘yilgan. Ular quyidagilardan iborat: • qonuniylikni, huquqiy
tartibotni va fuqarolarning xavfsiz¬ligini ta’minlash; • hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
rivojlantirish; • mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, ma¬halliy soliqlar, yig‘imlarni


belgilash, budjetdan tashqari jam¬g‘armalarni hosil qilish; • mahalliy kommunal xo‘jalikka rahbarlik
qilish; • atrof-muhitni muhofaza qilish; • fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; •
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasiga va
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish; •
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, davlat hokimiyati yuqori organlarining
qarorlarini amalga oshirish; • xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qi¬lish,
respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish. Mustaqillik
yillarida mahalliy hokimiyatni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro
hokimiyati bilan vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari
Kengashlariga bo‘ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni
joylarda ham vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik organlari
hokimlarga bo‘ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo‘ysunmaydi,
vakillik organlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar. Hokim mahalliy ahamiyatga
molik barcha masalalarni fuqarolarning manfaatiga mos ravishda hal qilish bilan shug‘ullanadi.
Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o‘zlari rahbarlik
qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir. O‘zbekistonning
mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o‘z faoliyatida jiddiy xatolarga yo‘l
qo‘ymoqdalar. O‘zlariga yuklatilgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishni uddalay olmagan, o‘z
lavozimini suiiste’mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday hollarda ular vakolat
muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda. Shunday qilib, Mustaqillik yillarida
markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari
tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat hokimiyatini shakllantirishda o‘zbek milliy
davlatchiligining tari¬xiy an’analari, rivojlangan davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi.
Demokratik davlat qurilishida sud ho¬ki¬miyatini shakllantirish mu¬him aha¬miyatga ega. Sud
hokimi-yati demo¬kratik davlatda mustaqil ho¬kimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida
sud hokimiyati qonun chiqaruv¬chi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan,
bosh¬qa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 106- moddasi.) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993- yil 2-
sentabrda qabul qilingan „Sudlar to‘g‘risida“ gi Qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi,
Qora¬qal¬po¬g‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzil¬di. Konstitutsiyaviy
sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxas¬sis¬lardan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy Sudi: • qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati
mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va
boshqa majburiyatlarning O‘zbekiston Pespublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi; •
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbe¬kiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Res¬pub¬likasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi
qonun¬lariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va


qonunlari nor¬malariga sharh beradi; • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qo¬nunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi
(12- chizma). O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000- yil 14- dekabrda qabul qilingan
yangi tahrirdagi „Sudlar to‘g‘risida“ va 2001- yil 29- avgustda qabul qilingan „Jinoiy jazolarni
liberal¬lashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual
kodekslari hamda ma’muriy javob¬garlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
kiritish haqida“ gi Qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda. Sud ishlarida qonuniylikka
amal qilishga, gumon qili¬nuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan
ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib
bormoqda. Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini
ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va
jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos
bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi. 2008- yil 1- yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi,
fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Demak,
mamlaka¬timizda jinoiy jazo¬lashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Muxtasar
aytganda, O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik-respublika boshqaruv tizimi qaror topdi.
Qonun chiqaruv¬chi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bir-biriga daxlsiz holda faoliyat yuritmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Vazirlar Mahkamasi qachon tuzildi?
2. Vazirlar Mahkamasi tarkibini kim tuzadi, u qanday organ 
tomo¬nidan tasdiqlanadi?
3. Vazirlar Mahkamasi vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘zbekistonda qanday vazirliklar tuzildi?
5. O‘zbekistonda qanday davlat qo‘mitalari tuzildi?
6. O‘zbekistonda qanday sudlar tuzildi?
7. Viloyat, tuman va shaharlardagi vakillik organlarining nomi 
nima, ular qanday shakllantiriladi?
8. Hokim lavozimi qachon ta’sis etildi? Hokimni kim tayinlaydi 
va qanday organ tasdiqlaydi?
9. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining vazifalari 
nimalardan iborat?
10. O‘zingiz yashayotgan viloyat, tuman yoki shaharda hokim kim, hokim qanday qarorlar qabul
qilishi mumkin?


III BOB Fuqarolik jamiyati asoslarining Shakllantirilishi 8- §. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning
tashkil etilishi
O‘zbekiston taraqqiyotining bosh yo‘li jamiyatni demo¬krat¬lashtirish, adolatli, ochiq fuqarolik
jamiyati qurishdan iboratdir. Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tay¬yor
qolip va andozalar yo‘q. Islom Karimov dunyoda bir-biriga o‘xshagan ikkita inson bo‘lmaganidek,
bir-biriga aynan o‘x¬shagan ikki davlat ham yo‘q deganida haqlidir. Тo‘g‘ri, demo¬kra¬tik
jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o‘z xohish-irodasini erkin
bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi; davlat va jami¬yat
boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat hokimiyat organla¬rining saylab qo‘yilishi va ularning
saylovchilar oldida hisob berishi va boshqalar. O‘zbekiston demokratik jamiyat qu¬rishda ana
shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, xalqimizning necha ming
yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotining hosilini, milliy davlatchiligimiz negiz¬larini, buyuk
madaniyatimiz tomirlarini, ma’naviy merosimiz ildizla¬rini, milliy xususiyatlarimiz va boy
an’analarimizni yangi jami¬yat qurilishiga tatbiq etish yo‘lidan bormoqda. Demokratik jarayonning
individualizm falsafasiga tayanuv¬chi, inqilobiy o‘zgarishlarga moyil g‘arb namunasi
O‘zbekistonga unchalik to‘g‘ri kelavermaydi. Sharq falsafasi va islom dini ta’limotlarini aks
ettiruvchi hamjihatlik g‘oyasi va jamoatchilik fikrining ustuvorligiga tayanuvchi sharqona
demokratik qadriyatlar O‘zbekiston uchun asos qilib olindi. O‘zbekistonda shoshma-
shosharlikka yo‘l qo‘yilmasdan, odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik
o‘zgarishlar darajasi va sur’atlari bir-biriga qanchalik mutanosib ekanligi hisobga olinmoqda.
O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda
odamlar o‘z qobiliyati va ehti¬yoj¬larini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur
bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni
yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday
imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o‘rni uning
o‘ziga, salo¬hiyatiga, mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.
MahallaFuqarolarning o‘zini o‘zi bosh¬qarish masalalari fuqarolik jamiyatini shakllantirishning
ajralmas qis¬midir. Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, O‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning
sinalgan shakli mahalladir. „Mahalla“ so‘zi arabcha „Mahallun“ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi
yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma’noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi
kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda. Ma’lum bir mahallada istiqomat
qiluvchi odamlar faqat qo‘ni-qo‘shnichilik rishtalari bilangina emas, balki ichki tartib-qoida,
ma’naviy-axloqiy normalar, urf-odatlar, an’analar, umumiy manfaatlar va majburiyatlar bilan ham
bog‘liqdir. Agar Yevropa mamla¬katlaridagi shaharlarda odamlar ijtimoiy kelib chiqishiga qarab
„aslzodalar kvartali“, „kam¬bag‘allar kvartali“ va hokazolarga bo‘linib yashasa, bizning
Vatanimizdagi mahal¬lalarda aholining turli ijtimoiy tabaqalari yonma-yon yashab kelmoqda.
Mahalla hayotining jamoa bo‘lib yashash tarzi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan o‘zini o‘zi
boshqarish tizimini keltirib chiqardi. Mahallaga uning hududida yashaydigan aholi tomonidan


saylab qo‘yiladigan oqsoqol boshchilik qilgan. El ishonchiga sazovor bo‘lgan oqsoqol katta-yu
kichikning boshini qovushtirib, mahalladoshlarning og‘irini yengillash¬tirish ishlari bilan
shug‘ullanardi. Mahalla oqsoqoli, uning maslahatchilari mahalladoshlarining to‘ylari, ma’rakalari,
rasm-rusumlarining boshida turar, ularni kerakli ro‘zg‘or ashyo¬lari—idish-tovoq, samovar-
choynak, stol-stul, ko‘rpa¬cha-yu dasturxon bilan ta’minlardi. Shuningdek, oilaviy nizolarni
bartaraf qilish, bir-biri bilan kelisholmay qolgan kelin va qaynonaning orasiga tushish, qo‘ni-
qo‘shni o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga hakamlik qilish, beboshroq yoshlarni tartibga chaqirish
singari vazifalarni ham bajarardi. Xalqimizning turmush tarzi, ruhiy-ma’naviy ehtiyojidan kelib
chiqqan bunday jamoatchilik boshqaruvi — mahalla qo‘mitalari davlat ishlariga aralashmasa-da,
sovet tuzumi „mahalla“ so‘zini mahalliychilik o‘zagi deb bilar, faoliyatini cheklashga urinardi. Biroq
aholining noroziligiga sababchi bo‘lmaslik uchun mahallalarni taqiqlay olmadi, lekin uni ja¬miyatni
boshqarish tizimiga kiritmadi. Mahalla qo‘mitalari o‘zining hayotchanligi tufayli mazkur davrda
ham o‘zini saqlab qololdi. Тoshkent shahrida va respublikaning boshqa yirik shaharlarida o‘nlab,
yuzlab mahalla qo‘mitalari faoliyat yuritardi. Ular aholiga yashash joyi, oila tarkibi to‘g‘risida
ma’lu¬motnomalar ham berardi. Mahalla oqsoqoliga davlat tomonidan maosh ham berilmasdi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, yirik shaharlarda qad ko‘targan ko‘p qavatli binolar, gavjum bo‘lgan
turar joy mavzelari, kvartallari mahalla maqomiga ega emasdi, ularda mahalla qo‘mitalari ham
tuzilmasdi. Nihoyat mustaqillik sharofati bilan 1992- yil boshlaridan boshlab bunday mavze
(kvartal)larga ham mahalla maqomi berilib, ularning har biriga joylashgan hududining tarixiy
atalishiga mos keladigan nomlar qo‘yildi. Yangi mahallalarda fuqarolar yig‘ini o‘tkazilib, mahalla
oqsoqoli va mas’ul kotiblar saylandi. Sobiq Ittifoq davrida O‘zbekiston qishloq va posyolka
(shaharcha)larida vakillik boshqaruv organlari tuzilgan bo‘lib, ular qishloq sovetlari yoki posyolka
sovetlari deb atalardi va faoliyat yuritardi. Mazkur sovetlar mustaqil hokimiyat organi bo‘lmay,
xalq deputatlari tuman yoki shahar kengashlari, ularning ijroiya qo‘mitalariga bo‘ysunar edi.
O‘zbekiston davlat mustaqilligi qo‘l¬ga kiritilgach, mahallaga mu¬nosabat tub¬dan o‘zgardi, ma-
halliy o‘zini o‘zi bosh¬qarish tizimi tubdan isloh qilindi. Bu borada fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari tizimini davlat hokimiyati tizimidan ajratish tomon yo‘l tutildi.
Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana
borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir.
Islom Karimov. O‘zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.
Asarlar, 4- jild, 11- bet.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
shakllantirishning huquqiy asoslari o‘z ifodasini topdi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 105- moddasida „Sha¬harcha, qishloq va ovullarda, shuningdek,
ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqaro-larning yig‘inlari o‘zini o‘zi


boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning
maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yildi. 1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan,
qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyolka
sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish or¬gan¬¬- lari — mahalla
qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ma¬halliy
hokimiyat tizi¬midan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat
ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rta¬sidagi munosabatlarning huquqiy
asos¬lari „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham
mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
kengashlari fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘mak¬lashadi, o‘zini o‘zi
boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh¬qarish organlarini
shakllantirishga davlat ho¬miylik qilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Prezidentining Respublika
„Mahalla“ xay¬riya jam¬g‘armasini tuzish to‘g‘risida 1992- yil 12- senta¬brdagi hamda „Mahalla“
xayriya jamg‘armasiga mablag‘ ajratish to‘g‘risida 1992- yil 8- oktabrdagi Farmonlari katta
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat homiyligida Respublika „Mahalla“ jamg‘armasi, viloyat,
shahar, tuman „Mahalla“ jamg‘armalari tashkil etildi. Mahallalar faoliyatini yurituvchi „Mahalla“
gaze¬tasi (1994- yil) ta’sis etildi. Davlatning „Mahalla“ jamg‘ar¬malari orqali ko‘rsata¬yotgan
homiyligi mahalla qo‘mitalarining o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi kam ta’min¬langan oilalarga,
nogironlarga, yolg‘iz keksalarga moddiy yordam berish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi
ishlariga katta ko‘mak bo‘lmoqda. Hukumat mahallalarga dastlab davlat budjeti hisobidan 25
million so‘m mablag‘ ajratdi. Viloyat, tuman, shahar hokimliklari tomonidan mahallalar rolini
oshirish, ular faoliyatini takomillashtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Fuqaro¬lar¬ning o‘zini
o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘lga qo‘¬yish uchun tegishli binolar ajratildi, ularni
jihozlashga ko‘mak¬lashdi. Mahalla oqsoqoli va kotiblariga oylik ish haqi belgilandi. Bu maqsadlar
uchun hokimiyatlar mahalliy budjetdan zarur mablag‘lar ajratdilar. 1994- yilgi ma’lumotlar shuni
ko‘rsatadiki, butun respublika hududida 12 mingdan ortiq mahalla shakllantirildi. 1994- yilda
barcha mahallalarda fuqarolar yig‘ini bo‘lib, mahalla oqsoqollari va mas’ul kotiblar saylandilar.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh¬qa¬rish organlarining vakolatlari, va¬zi¬falari O‘zbekiston
Respub¬lika-sining „Fu¬qa¬rolarning o‘zini o‘zi bosh¬qarish organlari to‘g‘risida“ gi Qonunda aniq
belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari:
• fuqarolarga jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qatnashish huquqini amalga oshirishda
ko‘maklashish; • o‘z hududlarida ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini hal qilish, ommaviy-madaniy
tadbirlarni o‘tkazish; • davlat hokimiyati organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini,
Prezident va hukumat hujjatlarini, xalq deputatlari kengashlari va hokimliklarning qarorlarini
bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtirish.


Fuqarolar yig‘ini kollegial organ bo‘lib, uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki
hokim bilan kelishgan holda, zaruratga qarab chaqiradi. Fuqarolar yig‘ini, barcha aholini yig‘ishning
iloji bo‘lmagan hollarda, belgilangan vakillik me’yorlari asosida o‘tkaziladi. Rais (oqsoqol), uning
maslahatchilari fuqarolar yig‘inida saylanadi. Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) doimiy ishlovchi
bo‘g‘in. Rais o‘z mahkamasiga ega bo‘lib, uning miqdori rais o‘z vazifasini bajarishga imkoniyat
yaratadigan darajada tuziladi. O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini
takomillashtirish, zarur holatlarda yiriklashtirish tadbirlari ko‘rilmoqda. Agar 1994- yilda 12
mingdan ortiq o‘zini o‘zi boshqarish organlari shakllantirilgan bo‘lsa, ularning soni 2001- yilda
7847 tani tashkil etdi. 1999- yil 14- aprelda qabul qilingan „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari to‘g‘¬risida“gi yangi tahrirdagi Qonunda ularning vakolatlari va huquqi kengaytirildi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘iniga: aholi
manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish; qonun hujjatlarining, shuningdek,
o‘z qarorlarining ijro etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; atrof-muhitni
muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o‘z hududida joylashgan korxona, muassasa va
tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlariga saylovlaraholining ijtimoiy faolligi, siyosiy ongi tobora yuksalib
borayotganligidan guvohlik beradi. 1998- yil noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan saylovlar bilan
bog‘liq bo‘lgan fuqarolar yig‘inlarida 8,4 mln kishi yoki respublikadagi katta yoshdagi aholining 70
foizi ishtirok etdi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga 7574 nafar rais va 71034 nafar
maslahatchi saylandi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlarining ma’lumot darajasi ham oshib
bormoqda. 1998- yilda saylangan rais (oqsoqol)larning 65,5 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar
ekanligi buning guvohidir. 2001- yil iyun-iyul oylarida Samarqand viloyatidagi 1042 ta
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan saylovlarga 1 mln 120 mingdan ortiq
fuqaro vakillari ishtirok etdi. 1042 nafar rais (oqsoqol) saylandi, ularning 68 nafari xotin-
qiz¬lardir. 2001- yilda respublikamizda 6289 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 108 ta shaharcha, 1320
ta qishloq va 131 ta ovul fuqarolar yig‘ini, ular tomonidan saylangan o‘zini o‘zi boshqarish
organlari faoliyat ko‘rsatdi. Ular qonunchilikni ta’minlash, Pre¬zident farmonlarini, hukumatning,
hokimiyat vakillik organlari va hokimlarning qarorlarini ijro etish borasida davlat hokimiyati va
boshqaruv organlariga ko‘maklashmoqda. Hududlarni obodonlashtirish, kichik korxonalar, fermer
va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish masalalarini
hal qilish o‘zini o‘zi boshqa¬rish organlarining diqqat markazida turibdi. Bu organlar barqa¬rorlikni
saqlab turish, diniy mutaassiblik kayfiyatidagi ko‘ri¬nish¬¬larning oldini olish, „o‘zingni, o‘z oilangni
o‘zing asra“ shiori ostida odamlarni ogohlikka chaqirish, mahalla posbonlarini shakllantirish va
ularning faoliyatini yo‘naltirish, oilaviy tantanalar va marosimlarni o‘tkazishda dabdababozlik va
manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari O‘zbekiston Prezidentining 1999- yil 13- yanvarda chiqqan „Aholini aniq yo‘naltirilgan
ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish
to‘g‘risida“ gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25- yanvardagi „Aholining ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002—2003-


yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi Qarori talablarini
amalga oshirmoqdalar. Kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish, ko‘p bolali muhtoj oilalarga
nafaqalar tayinlash bo‘yicha ajratilgan mab¬lag‘lardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishni
ta’minla¬moqdalar. Faqat 2000- yilning o‘zida aholining kam ta’minlan¬gan qismiga fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali 54,2 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi
yordamlar berildi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta’lim
muassasalari bilan hamkorlik qilish, voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash, ularning huquqlarini
himoya qilish, qariyalarga shafelik qilish, aholini ish bilan ta’minlash kabi ishlarga bosh-qosh
bo‘lmoqdalar. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 2003- yil „Obod mahalla yili“ deb
e’lon qilindi va „Obod mahalla yili“ dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha respublika
komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya yil davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarning
dasturini ishlab chiqdi. 2003- yil 7- fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka¬masining
„Obod mahalla yili“ dasturi to‘g‘risida Qarori e’lon qilindi. Mazkur dastur quyidagi muhim maqsad
va vazifalarni ha¬yot¬da ro‘yobga chiqarishga qaratilgan:
• mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
hayotidagi roli va maqomini mustahkamlash; • mahalla faoliyatining amaldagi me’yoriy-huquqiy
bazasini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish va fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi
mas’uliyatini oshirish; • mahalla faoliyatining moddiy bazasini mustahkamlash, mahalla hududida
tadbirkorlikni, xizmatlar ko‘rsatish va savdo sohalarini rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish
o‘rinlari barpo etish; • mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, uning hududlarini
obodonlash¬tirish, kommunal tarmoqlarni rivoj¬lantirish; • mahalla tomonidan kam ta’minlangan
oilalarga aniq yo‘nalishli moddiy yordamni va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish; •
keksa avlodga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchayti¬rish; • mahalla aholisiga tibbiy va sanatoriy-
kurort xizmati ko‘rsa¬tilishini yaxshilash, bolalar sportini rivojlantirish; • mahallaning aholi
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy adolat, o‘zaro mehr-oqibat va ma’naviy-axloqiy tarbiya
bilan bog‘liq milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni asrab-avaylash
sohasidagi faoliyatini takomillashtirish.
„Obod mahalla yili“ dasturi bajarilishini ta’minlash maq¬sa¬di¬da fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlarini rivoj¬lantirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar tashkil etildi. Mahallalarda
kichik va o‘rta biznes, shuningdek, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, shular hisobiga yangi ish
o‘rinlarini yaratish, aholini tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi tarmoqlar qurish, uy-
joy fondini va yo‘llarni ta’mirlash, mahal¬lalarni obodonlashtirish, zamonaviy mahalla guzarlarini
va bolalar sport inshootlarini barpo etish borasidagi ishlar hajmi aniq belgilandi. „Obod mahalla
yili“ dasturini to‘la amalga oshirish uchun davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar,
no¬davlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar grantlari va kredit mab¬lag‘lari hisobiga 375,9
milliard so‘m jalb etilishi nazarda tutilgan. Mahallalarimizni yanada obod qilish maqsadida
obodonlash¬tirish ishlari amalga oshirildi. 1,7 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ sarf¬lanib 310 ta
mahalla guzari bunyod qilindi. Ming kilometrlik suv tarmog‘i va 1 ming 322 kilometrlik gaz


tarmog‘i ishga tushirildi. Mahallalarda 36,2 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari hisobiga kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik korxonalari tashkil etilib, qariyb 155 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 1,2
mlrd so‘mlik xayriya yordami berildi. 2010- yilda fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish
organ¬lari — mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etdi. Mahalla O‘zbekistonda tarixda
birinchi marta fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaradigan tashkilotga aylandi. Mahalla yig‘ini raisi
(oqsoqol), mas’ul kotibi lavozimi qonuniy asosda ta’sis etildi. Mahalla yig‘ini raisi (oqsoqoli) va
mas’ul kotiblariga oylik maosh beriladigan bo‘ldi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining
mustaqillik yillaridagi faoliyatiga baho berib, ishonch bilan aytish mumkinki, ular jamiyatni
boshqarishning sharqona va milliy qadriyatlar bilan uyg‘un¬lashgan fuqarolik jamiyati¬ning negizi,
demokratik institut sifatida o‘zini to‘la oqladi.
Jamiyatni demokratlashtirish, ijtimoiy adolatni ro‘yobga chiqarishda Vatan ichra kichik bir vatan
bo‘lmish mahal¬laning roli g‘oyat kattadir. O‘zbekistonda mahalla xalq ishonchini qozongan
adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bo‘lib qoldi. Mahallalari
obod bo‘lgan mamlakatgina ildam qadamlar bilan taraqqiy etadi, albatta.
Xorijiy mamlakatlarning rasmiy vakillari O‘zbekistonda shakllangan mahalla tizimi bilan qiziqib,
uning faoliyati bilan yaqin¬dan tanishmoqdalar. Ular O‘zbekistondagi mahalla tizimi fuqarolik
jamiyatining asosi ekanligiga yuksak baho bermoqdalar.
Savol va topshiriqlar
1. Mahalla deganda nimani tushunasiz?
2. Mahalla yig‘ini nima?
3. Qanday joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari tuziladi?
4. „Mahalla“ xayriya jamg‘armasi qachon va nima maqsadda 
tuzilgan?
5. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga kimlar 
rahbarlik qiladi, ular qanday tartibda va necha yilga 
saylanadi?
6. Muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining g‘amxo‘rligi haqida nimalarni bilasiz?
7. „Obod mahalla yili“ dasturida qanday vazifalar qo‘yilgan?
8. Mahallangiz tarixi to‘g‘risida referat yozing.
9. O‘zingiz yashayotgan mahallaning nomi nima, uning 
rahbarlarini bilasizmi?


9- §. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining va 
demokratik saylov tizimining yaratilishi
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining
muhim belgilaridan biri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘r¬satuvchi
mezondir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘l¬ga kiritgan kundan e’tiboran, in¬son hu¬quqlari va erkinligini
aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lidan bordi. 1991- yil 31-
avgustda qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligito‘g‘risida Oliy
Kengash Bayonoti“ da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan
qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi. O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga
doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi“ (1948- yil 10- dekabr), „Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro
Pakt“ (1966- yil 19- dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt“ (1966- yil
19- dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda.
O‘zbekiston BMТ kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va
konvensiyalarga qo‘shildi. O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Тashkiloti hujjatlarini tan
oldi va uning demokratik institut va inson hu¬quqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini
himoya qilish soha¬sida hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konsti¬tu¬-t¬siyasining
13-moddasida O‘zbe¬¬kis¬tonda demokratiya umumin-soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga
ko‘ra in¬son, uning hayoti, erkinligi, sha’¬ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz hu¬quqlari oliy
qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya
qilinadi, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan
qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan,
ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha
ta’riflab berilgan: • yashash huquqi; • erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi; • aybsizlik
prezumpsiyasi; • shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxl¬sizligi huquqi; • bir
joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi; • fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi; • fuqarolarning o‘z huquq
va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi; • vijdon erkinligi. Mazkur
huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‘ladi hamda o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Inson hayoti qonun bilan qo‘riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy huquq va
erkinliklari O‘zbekiston Res¬publikasining Konstitutsiyasi, „Fuqarolik kodeksi“ (1995- yil 21-
dekabr), „Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“ (1994- yil 6- may), „Fuqarolar muhofazasi
to‘g‘risida“ (2000- yil 26- may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“ (1998- yil 1- may
kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qo¬nunlar bilan kafolatlangan. O‘zbekiston


Respublikasi Kons¬titutsiyasi va qonunlarida fuqarolar-ning siyosiy huquqlari mus¬tah-
kam¬langan. Ular quyidagi¬lardan iborat:
• davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish; • o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar,
namoyishlar va yig‘i¬lishlar shaklida amalga oshirish; • kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga,
jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish; • vakolatli davlat
organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“, „Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘¬risida“, „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlar bilan himoya
qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titu¬- t¬siyasi va qonunlarida respublika fuqa¬rolarining
iqtisodiy va ijtimoiy huquq¬lari mustahkam¬lanib qo‘¬yilgan:
• uy-joyga ega bo‘lish; • mulkdor bo‘lish va undan erkin foydalanish; • mehnat qilish, erkin kasb
tanlash, ishsizlikdan himoya¬lanish; • yollanib ishlaganda dam olish; • qariganda, mehnat
qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish; • malakali
tibbiy xizmatdan foydalanish; • bilim olish; • ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish. Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qo¬nunlari bilan kafolatlangan. Kafolat
deganda, fuqarolarga belgi-lab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’min¬laydigan
vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi. Za¬rur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda
himoya qilinadi yoki tiklanadi. „Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar
va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“ gi Qonun (1995- yil 30- avgust) ana shu
maq¬sad¬larga xizmat qilmoqda. Fuqaro va davlat bir-biriga nis¬batan bo‘lgan huquqlari va
burch¬lari bi¬lan o‘zaro bog‘langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida,
ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. Shuningdek, barcha fuqarolar davlat,
jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi.
Fuqarolar¬ning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgi¬lab qo‘yilgan.
Fuqarolarning burchlari:
• Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish; • Vatanni himoya qilish; • harbiy yoki muqobil xizmatni
o‘tash; • boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish; •
O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarini avaylab-asrash; • qonun
bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash; • tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy
boyliklarga ehtiyot¬korona munosabatda bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasining „Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“, „Yer to‘g‘risida“, „Suv va
suvdan foydalanish to‘g‘risida“, „Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida“ va boshqa
Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil nson huquqlarini himoya qiluv¬chi tizimga Oliy Majlisning inson hu-
quqlari bo‘yicha vakili (om¬bud¬s¬man), inson huquqlari bo‘¬yicha Milliy markaz kiradi. 1995- yil


23- fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy
Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga
Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya
qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida
munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va
faoliyat doirasi 1997- yil 26- aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)
to‘g‘risida“ gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish; • shikoyatlarni ko‘rib chiqish
bo‘yicha aniq mexanizmni yara¬tish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali
choralarni ko‘rish; • vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari
bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash; • vakilning inson
huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga
ma’ruzalar kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov
ishlari sohasida katta vakolatlarga ega. Vakil BMТ ning inson huquqlari bo‘yicha markazi, YXHТ
ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi,
uchrashuvlar va xalqaro semi¬narlar uyushtiradi. Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda
Prezident farmoniga asosan 1996- yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo‘yicha
Milliy markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu
huquq¬larning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tay¬yorlaydi. Milliy markaz inson
huquqlari bo‘yicha davlat hoki¬miyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga
masla¬hatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkaz¬moqda. Milliy markaz
fuqarolarning huquqlarini amalga oshi¬rish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot
bazasini barpo etdi. Shuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tash-kilotlar, hukumatga qarashli
bo‘lmagan tashkilotlar bilan ham¬korlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki
to¬monlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida
qatnashmoqda. Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari
sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning
amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996- yil de¬kabrda tashkil etilgan Oliy
Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga
oshirmoqda. Davlat hokimiyatining birdan bir man¬bayi xalqdir. Demokratik hu¬quqiy davlatda
xalq hokimiyat-chiligi, aso¬san, vakilliklar yo‘li bilan, ya’ni ho¬ki¬miyat organlari umumxalq
say¬lov¬lari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq
muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.
Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga
chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin
yaratib berish demokra¬tiyaning eng muhim tamoyilidir. Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va


adolatli say¬lovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el
tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida
„O‘zbekiston Res¬publikasining referendumi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- no¬yabr) va „O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (1991- yil 18- noyabr) Qonunlari qabul qilindi. 1991-
yil 29- dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o‘tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ma’qullandi va Islom Karimov O‘zbekiston
Pre¬zidenti etib saylandi. O‘zbekis¬tonda demokratik saylov o‘tka¬zishda ilk tajriba to‘plandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy
asoslari mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organ¬lariga saylash va saylanish huquqiga
egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun
bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hoki¬miyatning vakillik
organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘¬ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li
bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respubli¬kasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga
egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117- modda.
Saylovlar haqida, saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qa¬tor qonunlar qabul qilindi.
„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida“ gi (1993- yil 28- dekabr), „Xalq
depu¬tatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘¬¬risida“ gi (1994- yil 5- may),
„Fuqarolar saylov huquqlari¬ning kafo¬latlari to‘g‘risida“ gi (1994- yil 5- may) Qonunlar shular
jumlasidandir. 1997- yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to‘g‘risidagi
qonunga bir qator o‘zgarti¬rishlar kiri¬tildi, bo‘lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar
yaratildi.
O‘zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy say¬¬¬lov komissiyasi tuziladi.
Uning ma¬qomi va ish yuritish tartibi 1998- yil 30- aprelda qabul qilingan „Markaziy saylov
komissiyasi to‘g‘risida“ gi Qonunda belgilab qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Pre¬zidenti va Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi.
Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.
Masalan, 1999- yilda saylovlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov
uchastkalari tuzildi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil
etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar
okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Saylov organlari o‘z faoliyatida
qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mus¬ta¬qillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi. Respublika
saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita
ishtirok etishini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy


muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar
saylovlarga qatnasha olmaydilar.
O‘zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, har bir
say¬¬¬¬¬lov¬chi¬ning ovozi teng, ya’ni har bir say¬lov¬chi bit¬¬ta ovozga ega. Fuqarolar
ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatidan qat’i
nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish
imkoniyatiga ega. O‘zbekistondagi saylovlar nomzodni to‘g‘ridan to‘g‘ri, be¬vo¬sita saylashni
ta’minlovchi saylovlardir. Buning ma’nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik
hokimiyati¬ga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQSHda Prezi¬dentni saylash
uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida
qatnashadilar. Saylovlarda yashirin ovoz berish ta’minlanadi, ovoz beruvchining xohish-irodasini
nazorat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar
to‘ldiriladigan alohida xonacha — kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruv¬chidan boshqa biron-
bir kishining bo‘lishi man qilinadi. Byul¬letenni mustaqil to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan
saylovchi o‘zxohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi a’zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif
etishi mumkin. Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda saylovlar ko‘p partiyaviylik prinsipida o‘t¬ka¬ziladi. O‘zbekiston Prezidentligiga,
Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qora¬qal¬pog‘iston
Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Тoshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va
fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqa¬rolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organlari xalq deputatlari tu¬man va shahar kengashlari deputatligiga nomzod
ko‘r-satish huquqiga ega. Respublika bo‘yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik
organlariga 7 mingdan ziyod deputatlar saylanadi. Har bir deputatlik o‘rniga kamida 3—4
tagacha nom¬zodlar qo‘yiladi va ular o‘rtasida qizg‘in bahs, ku¬rash ketadi.
O‘zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniq¬lanadi. Saylov natijasida
saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar
saylovchilarning ro‘yxatiga kiritil¬gan say¬lovchilarning yarmidan kami saylov yoki
referen¬dumda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov yoki referendum o‘tmagan deb hisob¬lanadi.
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o‘tmagan deb topilsa, nomzodning
saylanganligini aniqlash imkoni bo‘lmasa qo‘yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz
ololmasa takroriy saylov o‘tkaziladi. Тakroriy saylov asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy
ichida o‘tkaziladi. Тakroriy saylovda ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan
saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi, ovoz berish byulle¬te¬niga asosiy saylovda
boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko‘p ovoz olgan
nomzod yutib chiqadi. Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida
Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi,
muhim masalalar bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining
faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi. ulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda mustaqillik


yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. O‘zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni
o‘tkazish tartiblari xalqaro andozalar (standartlar)ga to‘la mos keladi.
Savol va topshiriqlar
1. Inson huquqlari va erkinliklariga doir qanday xalqaro 
deklaratsiya, pakt va konvensiyalarni bilasiz?
2. Nima uchun inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat 
deb tan olingan?
3. Shaxsiy huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?
4. O‘zbekiston fuqarolari qanday siyosiy huquqlarga ega? Ular 
qanday qonunlar bilan kafolatlangan?
5. Inson qanday iqtisodiy huquqlarga ega, ular qanday 
kafolatlangan?
6. Inson qanday ijtimoiy huquqlarga ega, ular qanday 
kafolatlangan?
7. O‘zbekiston fuqarolari zimmasiga qanday burch, 
majburiyatlar yuklatilgan?
8. O‘zR Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili 
(om¬bud¬s¬man) lavozimi qachon ta’sis etilgan, uning 
vazifalarini bilasizmi?
9. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz qachon tuzilgan, u 
qanday ishlar bilan shug‘ullanadi?
10. Qanday hujjatlarda O‘zbekistonda saylov tizimining huquqiy asoslari belgilab berilgan? 11.
Qanday saylov komissiyalari tuziladi, ularning vazifalarini bila¬sizmi? 12. O‘zbekistonda saylov
qanday prinsiplar asosida o‘tkazilmoqda? 13. Saylov natijalari qanday aniqlanadi?
10- §. Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi
Har bir mamlakatda demokratiya va fuqarolik jamiyatining 
rivojlanganlik, yetuklik darajasi siyosiy partiyalar, 
harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlarining 
mavjudligi, jamiyatdagi o‘rni va faolligi bilan belgilanadi.
Shuni yaxshi uqub olishimiz kerakki, jamiyatimiz tuzilmalarida muvozanatni saqlaydigan kuchli
ommaviy, jamoat birlashmalari bo‘lmas ekan, davlat hokimiyatining barcha bo‘g‘inlarida


o‘zboshimchalik, valuntarizm, avtoritar tafakkur va boshqaruv apparatining korrupsiyasi singari
illatlar paydo bo‘lmasligiga jiddiy kafolat ham bo‘lmaydi. Islom Karimov. Asarlar. 5- jild, 121- bet.
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy harakatlar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot
vositalari jamiyatda fikrlar erkinligi va muxo¬lifatni shakllantiradi, aholining siyosiy faolligi va
siyosiy mada¬niyatining o‘sib borishiga xizmat qiladi. Afsuski, sovetlar hukm¬ronligi davrida XX
asr boshlaridayoq Vatanimizda shakl¬lana boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari
yo‘q qilib tashlandi, kommunistik partiyadan boshqa siyosiy partiyalar tuzish taqiqlandi.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekistonda siyosiy partiya¬larning shakllanishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratildi. O‘zbekiston Res¬publikasining Kons¬¬titutsiyasi va „Jamoat tash¬kilotlari
to‘g‘¬risida“ gi Qonunda jamoat bir¬lash¬malarining huquqiy ma¬qom¬lari belgilab berildi.
Konstitutsiyaning 56- moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Res¬publikasida qonunda belgilangan
tartibda ro‘yxatdan o‘tka¬zilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari,
xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijo¬diy uyushmalar, ommaviy harakatlar va
fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etilgan. O‘zbekiston
fuqarolari siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda
ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini
ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat
hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasining „Siyosiy partiyalar
to‘g‘ri¬sida“gi (1996- yil 25- dekabr) Qonunida siyosiy partiyalar fao¬liyati¬ning huquqiy asoslari
yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi. Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega: • o‘z
faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatish, o‘z g‘o¬¬yalari, maqsadlari va qarorlarini targ‘ib
qilish; • qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis,
mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish; • partiya faoliyati bilan bog‘liq
yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan
foydalanish; • O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular
bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o‘rnatish; • O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan huquqlarga ham ega. Mustaqillik yillarida
O‘zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik shakllandi,
jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O‘zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat,
faoliyat ko‘rsatmoqda. Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy
faolligini oshirish, aholining, ayniqsa, saylov jara¬yonlarida xohish-irodasi va fikrini ifodalash
vositasiga aylanib bormoqda. 2007- yilda qabul qilingan „Davlat boshqaruvini yangilash va
yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning
rolini kuchaytirish to‘g‘risida“gi Konstitutsiyaviy qonun siyosiy partiyalarning jamiyat hayo¬tidagi
roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi. Bosh vazir lavo¬zimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar
fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiq¬lanishi qat’iy
belgilab qo‘yildi. Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish,


mahalliy ken-gashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida
tashabbus bilan chiqish huquqlari berildi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat
hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston Xalq demokratik
par¬tiyasi 1991- yil 1- noyabrda Тosh¬kentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurul-toyida tashkil topgan.
Ushbu qurul¬toyda uning Das¬turi va Nizo¬mi qabul qilindi. O‘zbe¬kiston XDP 1991-yil 15-
noyabrda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Partiyaning 218 viloyat, shahar va tuman
kengashlari, 13665 boshlang‘ich tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoq¬da. 400 mingdan ko‘proq a’zolari
bor. Xalq demokratik partiyasi o‘z Dasturida milliy mustaqillikni mustahkamlash, demokratik
davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurish, O‘zbekiston xalqlari o‘rtasida tinchlik, osoyishtalik,
fuqarolar totuvligini ta’minlash, har bir kishining munosib hayot kechirishi uchun keng
imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning konstitutsiyaviy haq-huquqlarini kafolatlash maqsadini ilgari
surdi. O‘zbekiston XDP parlament partiyasidir. Partiya Oliy Majlis va mahalliy hokimiyat
organlariga saylovlar vaqtida o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi, saylovchilarning ko‘proq ovozini olish
uchun kurashadi, davlat hokimiyati organlarining barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etadi. Oliy Majlis
Qonunchilik palatasining 2010- yildagi qarori bilan XDPning 32 kishidan iborat deputatlari
fraksiyasi ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston XDPning „O‘zbekiston ovozi“, „Голос Узбекистана“
gazetalari va „Muloqot“ jurnali nashr etilmoqda. 1995- yil 18- fevralda O‘zbekiston „Adolat“
sotsial-demokratik parti¬yasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Тosh¬kent¬¬da I ta’sis qurultoyida
uning Das¬turi va Nizomi qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995- yil 18-fevralda „Adolat“ SDPni
ro‘yxatga olgan. Partiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida huquqiy-demokratik
davlat qurish, Vatanga sodiq xizmat qilish, adolatli fuqaroviy jamiyat qurish, demokratiya
talablarining hamda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga
monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo‘shishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlis Qonunchilik pala¬tasining 2010- yildagi qarori bilan „Adolat“ sotsial-demo¬kratik
partiyasining 19 kishidan iborat deputatlari fraksiya¬si ro‘yxatga olingan. Partiya fraksiyasi
„Adolat“ SDP majlislari, kengashlari va qurultoylari qarorlariga amal qilib, ular oldida o‘z ishlari
yuzasidan belgilangan tartibda hisobot beradi. O‘zbekiston „Adolat“ SDP safida 30 mingdan
ortiq a’zo bor. Qoraqalpog‘iston Respublikasida, barcha viloyatlarda, shuningdek, 175 shahar va
tumanlarda partiya Kengashlari tuzilgan. Joylarda 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya
tashkilotlari ish olib bormoqda. O‘zbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasining „Adolat“
nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr etil¬moqda. O‘zbekistonda faoliyat
ko‘rsa¬ta¬yotgan partiyalardan yana biri—O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ de-mokratik partiya¬sidir
(O‘zMТDP). U 1995-yil 3- iyunda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va
partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O‘z¬bekiston Respublikasi Adliya vazirligi 1995-yil 9-
iyunda O‘zMТDP ni ro‘yxatga olgan. Partiya oliy maqsadi milliy tiklanish g‘oyasini amalga
oshirish yo‘lida o‘z harakatining asosiy yo‘nalishlarini quyidagicha belgilaydi: millatning ma’naviy
birligi; Vatan—yagona oila; kuchli demokratik davlat; milliy qadriyatlar; ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot va umumjahon integratsiya; zamon kishisi; milliy istiqlol. O‘zbekiston MТDPning oliy
organi 5 yilda chaqiriladigan qurultoy bo‘lib, unda rahbar organlar saylanadi. 1998- yil 28-


dekabrda O‘zbe¬kiston „Fidokorlar“ milliy demo¬kratik par¬ti¬ya¬si tashkil topdi. Par¬ti-yaning
1998-yil 28-dekabrdagi ta’sis konfe¬ren¬siyasida uning Dasturi va Nizo¬mi tasdiqlangan.
„Fidokorlar“ partiyasining maqsadi kindik qoni to‘kilgan tuproq, ajdodlar merosi va qadriyatlari
bilan faxrlanadigan, xalq g‘amini o‘z g‘ami deb bilib, har qanday tahdid, xavf-xavotir, qiyinchi-liklar
oldida bosh egmaydigan, tiz cho‘k¬maydigan, Vatan, taraqqiyot, ijtimoiy adolat yo‘lida jonini ham
fido qilishga tayyor, elim deb, yurtim deb yonib yashay¬digan fidokor shaxslarni birlash-tirishdir.
Partiya mulkdorlar daxlsiz-ligini ta’minlashga intiladi, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar xilma-xilligiga
asoslanadi. Toshkentda 20- iyun (2008- y.) kuni O‘zbekiston „Fido¬korlar“ milliy demokratik
partiyasi va O‘zbekiston „Milliy tik¬lanish“ partiyasining birlashuv qurultoyi bo‘lib o‘tdi.
Qurultoyda O‘zbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi va „Fidokorlar“ milliy demokratik
partiyasini birlash¬tirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Birlashgan partiyalarga „Milliy tiklanish“
demokratik partiyasi nomi berildi. Markaziy kengash, Mar¬kaziy nazorat-taftish komissiyasi
a’zolari saylandi, birlashgan partiyaning bosma organi tasdiqlandi. Partiya markaziy Kengashi
Ijroiya qo‘mitasi raisi etib Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi Axtam Tursunov
saylandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2010- yil qarori bilan Milliy tiklanish demokratik
partiyasining 31 nafardan iborat deputatlar fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 2003- yil oxirlarida
O‘zbekiston libe¬ral demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va
ish¬bilar¬monlar manfaatini himoya qi¬lish, jamiyat hayotini yanada erkinlashtirishdan iborat.
O‘zLiDePning „XXI asr“ haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi-ning
2010- yil qarori bilan O‘zbekiston liberal demokratik partiyasining 53 kishidan iborat deputatlar
fraksiyasi ro‘yxatga olingan. 1995- yil may oyida jamoat¬chi¬likning tashabbusi bilan
O‘zbe¬kiston „Xalq birligi“ harakati tashkil etildi va faoliyat ko‘r¬satmoqda. Adliya vazirligi
mazkur harakatni 1995- yil 9- iyunda ro‘yxatga oldi. Harakatning asosiy maqsadi O‘zbekistonda
istiqomat qilayotgan barcha millatlar va elatlarni jipslashtirish, ularning O‘zbe¬kis¬ton
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kafolatlash,
mamlakatda millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlashdan iborat.
O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining oliy organi qurultoy bo‘lib, u 4 yilda bir marta chaqiriladi.
Unda rahbar organlar saylanadi. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakati tarkibida Qoraqal¬pog‘is¬ton
Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari hamda boshlang‘ich tashkilotlari ish olib
bormoqda. „Xalq birligi“ ha¬rakati Respublika Baynalmilal madaniy markazi hamda 100 dan ortiq
milliy-madaniy markazlar bilan bahamjihat faoliyat yuritmoqdaki, bu turli millat va elat vakillari
birligini mustah¬kamlashda ijobiy rol o‘ynamoqda. O‘zbekiston „Xalq birligi“ harakatining „Birlik“
va „Единство“ haftalik gazetalari nashr etilmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 1996- yil 17-
apreldagi farmoniga muvofiq res¬pub¬lika yoshlarining „Kamolot“ jam¬g‘armasi nodavlat xayriya
jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. „Kamolot“ jam¬g‘ar¬masining vazifasi
yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini o‘rga¬nish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va
davlat ko‘magida hayot¬ga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo „Kamolot“ yoshlar jam¬g‘armasi
bunday vazifalarni bajara olmadi, yosh¬larning haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi.
Prezident Islom Karimov 2001- yil 24- yanvarda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan yoshlar masalasiga


bag‘ishlangan yig‘ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo‘la oladigan yangi tashkilot tuzish
g‘oyasini ilgari surdi. 2001- yil 25- aprel kuni Тoshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi
boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasi „Kamolot“ yoshlar
ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tas¬diqlandi. „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy
harakatining asosiy maq¬sadi yoshlarni birlashtirish (14 yoshdan 28 yoshgacha), sog‘lom
turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rnini egallashga ko‘mak¬lashish,
ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini to‘la
namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh avlod¬ning ta¬yan¬chi va
suyanchisi bo‘lishdan iboratdir. O‘zbekistonda turli jamoat tashki¬lotlari ham faoliyat
ko‘rsat¬moqda. Jumladan, O‘zbekiston kasaba uyush¬malari turli kasb egalari bo‘lgan
xo¬dim¬larning jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy muno¬sa-batlaridan qat’i nazar ixtiyo¬riy
birlashtiruvchi mustaqil om¬maviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko‘rsat¬moqda. Kasaba
uyushmalarining tashkiliy tuzilishi jahon kasaba uyush¬malari amaliyoti andozalariga mos
keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari asosida isloh etildi.
Kasaba uyushmalarining quyidan yuqorigacha barcha organlari uyushma a’zolari tomonidan
saylangan vakillarning yig‘ilishlari, konferensiyalari va qurultoylarida saylanadi va ular oldida hisob
beradi. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 1996-yilgi ma’lu¬mot¬lariga ko‘ra, 53 mingga yaqin
boshlang‘ich tashkilotlariga ixtiyo¬riy ravishda birlashgan 7,5 milliondan ziyod a’zosi bor.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tarkibida 21 tarmoq kasaba uyushmalari, hududiy
jihatdan esa Qoraqal¬po¬g‘iston Respublikasi,12 viloyat hamda Тoshkent shahar kasaba
uyushmalari Kengashlari mavjud. Ular xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va manfaatlarini
himoya qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko‘p bolali onalarni
har tomonlama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor
iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan muam-molarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan
sohasi¬dagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo‘l¬lab-quvvatlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991- yil 1- martdagi O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar
qo‘¬mi¬tasi to‘g‘risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi
Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning
ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va psixologik
yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun
ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar
qo‘mitasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-qizlar qo‘mi¬talari,
Тoshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mehnat
jamoalari va turar joylarda tashkil etilgan xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo‘mita
qoshida xotin-qizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa
uyushmalar ish¬lamoqda. 1996-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan
Faxriylar kengashi „Nuroniy“ jamg‘armasiga aylantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1994-yil 16-mart¬dagi „1941—1945- yillardagi urushda fashizm ustidan qo¬zo¬nilgan
g‘ala¬baning 50 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni ni-shonlash to‘g‘risi¬da“gi Farmonida


o‘zbekistonliklarning urush yillaridagi jasoratini hamda qurbon bo‘lganlar xotirasini
abadiylashtirishga bag‘ishlangan ko‘p jildli „Xotira“ kitobini nashr etish vazifasi qo‘yildi, yetarli
miqdorda mablag‘ ajratildi va barcha shart-sharoit yaratib berildi. Juda katta mehnat va
mashaqqatli izlanishlar natijasida urushda halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan 450 mingga yaqin
o‘zbekistonlik jang¬chilar¬ning aziz nomlari zikr etilgan 34 jildlik „Xotira“ kitobi 1995-yilda,
g‘alabaning 50 yilligi arafasida xalqimizga, sobiq jangchi¬larning xonadonlariga bepul yetkazib
berildi. Shuning¬dek, u barcha muzeylarga, Тoshkent shahri va viloyatlardagi faxriylar
tashkilot¬lariga, kutubxonalarga, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tek¬¬shirish ins¬titutlariga, vazirlik
va idoralarga, Davlat organlari, hokimliklar va jamoat tashkilotlariga hamda Moskva, Sankt-
Peterburg, Kiyev, Minsk, Volgograd shaharlari muzey¬lariga yuborildi. „Xotira“ kitobida katta
tarix, achchiq hayot haqiqati tiklangan. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining keng
qatlamlarini birlashtiruvchi 5 mingdan ortiq jamoat birlashmalari, nodavlat va notijorat
tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko‘rsat¬moqda. Shular jumlasiga „Ma’naviyat va ma’rifat“
jamoatchilik markazi, „Sog‘lom avlod uchun“ va „Ekosan“ xalqaro jamg‘armalari, „Mahalla“ va
„Navro‘z“ xayriya jam¬g‘ar¬malari, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash „Ulug‘bek“ va „Iste’dod“
jam¬g‘ar¬malari, „Mehr-shafqat va salomatlik“, „Bolalar“, „Amir Тemur“, „Alisher Navoiy“, „Abdulla
Qodi¬riy“ jamg‘ar¬malari va bosh¬qalar kiradi. Jamoat birlash¬malariningturlari va maqsad¬larini
16- chizmadan aniqroq bilib olishingiz mumkin. Ommaviy axborot vositalari xalqqa il¬miy,
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ma¬da¬¬niy, ma’naviy-ma’rifiy bilimlar, ma’¬lu¬motlar tarqatuvchi
manbadir. Ular tarkibiga gazeta va jurnallar, radio va televideniye hamda boshqa axborot
tarqatuvchi vositalar kiradi. Sobiq Ittifoq davrida ommaviy axborot vositalari to‘la davlat
monopoliyasiga olingan bo‘lib, kom¬munistik mafkura quroliga aylantirilgan, milliy zamindan
uzilgan edi. Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalariga munosabat o‘zgardi. Avvalo
ularning huquqiy asoslarini yaratish tadbirlari ko‘rildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 67-
moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari erkin va qonunga muvofiq ishlaydi. 29-moddasida
esa har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi
konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa
cheklashlar bundan mustasno, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Oliy
Majlisida 1997-yil 24- aprelda „Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida“ va „Jurnalistik
faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida“, 1997-yil 26- dekabrda „Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida“ Qonunlar qabul qilindi. Davlat organlari, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor
shaxslari senzurani amalga oshirganlik, jurnalistga tazyiq o‘tkazganlik, uning professional
faoliyatiga aralashganlik uchun javobgar bo‘lishlari qonunan mustahkamlab qo‘yildi. Ommaviy
axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishni ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun
hujjatlari qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida tuzilgan Axborot markazi,
Milliy matbuot klubi ommaviy axborot vositalariga moddiy jihatdan ko‘maklashmoqda.
Respublika Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, 1996- yil avgust oyida ommaviy axborot
vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy-siyosiy
jamg‘arma tashkil etildi. Res¬publika Prezidentining 1997-¬ yil 7- maydagi „O‘zbekiston ijtimoiy


taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risi¬da“ gi Farmoniga
ko‘ra O‘zbekiston Davlat televideniye va radioeshit¬tirish qo‘mitasi O‘zbekiston
tele¬ra¬diokompaniyasiga aylantirildi va uning joylarda hududiy bo‘linmalari tuzildi. Bu tadbir
o‘zteleradiokompaniyaning aholi va jamiyatning xolisona, haq¬qoniy axborotlarga ehtiyojini
o‘rganish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlar to‘g‘risida
aho¬lini, chet el jamoatchiligini keng xabardor qilish sohasidagi faoliya¬tini demokratlashtirish
va rivojlantirishga salmoqli turtki berdi. Mustaqillik yillarida respublika ommaviy axborot
vositala¬rining soni ko‘paydi, sifati yaxshilandi. 1990-yilda 376 nomda gazeta va jurnallar chop
etilgan bo‘lsa, 2010-yilda ommaviy axborot vositalari va elektron ommaviy axborot vositalari
soni 1200 taga yetdi. 4 ta axborot agentligi, 55 ta nashriyot, 100 ga yaqin davlat va nodavlat
telera¬diostudiyalari va uning hududiy bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatdi. Ko‘pmillatli O‘zbekiston
Respub¬likasida gazetalar, jurnallar, tele¬ra-dio¬studiyasi 12 tilda — o‘zbek, rus, qoraqalpoq,
tojik, qozoq va boshqa tillarda chop etiladi, eshittiriladi. 6 ta gazeta va 8 ta jurnalda o‘zbek tili
bilan birga ingliz, arab, turk, urdu, forsiy, hind tillaridan foydalaniladi. Ommaviy axborot vositalari,
ularning muassislari, mazmuni va yo‘nalishiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Bular davlat
tomonidan nashr etiladigan; siyosiy partiya va jamoat tash¬kilotlari, tijorat va xususiy gazeta va
jurnallardir. Shuning¬dek, diniy tashki¬lotlarning gazeta va jurnallari, adabiy-badiiy, ixtisoslikka
yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy nashrlar mavjud. 1996- yilda
respublikamiz AQSHda joylashgan „Internet“ global tarmog‘i bilan bog‘landi va jahon
yangiliklarini qabul qilib olish va axborotlar uzatish yo‘lga qo‘yildi. Internet tizimidan
foydalanuvchilar safi kengayib bormoqda. 2003- yilda mamlakatimizning yarim milliondan ortiq
aholisi axborot xizmatining muhim turi hisoblanayotgan Internetdan foydalangan bo‘lsa, 2010-
yilda ularning soni 6 milliondan oshdi. Shahar va tuman markazlarida Internet klublar, Internet
kafelar soni, milliy axborot segmenti yildan yilga ko‘payib bormoqda. 2004- yil aprel oyida „uz“
hududida ro‘yxatga olingan WEB saytlar soni 2600 taga yetdi. Ayniqsa, O‘zbekiston
Res¬publikasi Prezidenti Matbuot xizmatining WEB sayti (WWW. press-servise. uz) Internet
tarmog‘ida mashhur bo‘lib ketdi. Undan mamlakatimiz aholisi, shuningdek, jahondagi 80 dan ortiq
mamlakat fuqarolari foydalanmoqdalar.
Savol va topshiriqlar 1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi nima bilan belgi¬lanadi?
2. Qanday hujjatlarda jamoat birlashmalarining huquqiy 
asoslari belgilab berilgan?
3. Siyosiy partiya nima? U qanday prinsiplar asosida tuziladi 
va faoliyat yuritadi?
4. Siyosiy partiyalar qanday huquqlarga ega?
5. O‘zbekistonda qanday siyosiy partiyalar faoliyat 
yuritmoqda?
6. „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati qachon tuzilgan, 


maqsadi nima?
7. Sizning kollejingizda „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy 
harakatining tash¬kiloti tuzilganmi, Siz unda qanday ishtirok 
etyapsiz?
8. Jamoat birlashmalari nima?
9. Kollejingizda qanday jamoat tashkilotlari faoliyat 
yuritmoqda?
10. Jamoat birlashmalari qanday maqsadlarda tuziladi? 11. Ommaviy axborot vositalari nima?
12. Siz qanday gazeta va jurnallarni qiziqish bilan o‘qiysiz?
IV bob. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosa¬batlarining shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyot 1- §.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li, huquqiy asoslari va bozor infratuzilmasining
yaratilishi
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul mu¬no¬¬sabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar
asosida ish¬laydi¬gan iqtisoddir. Bozor iqtisodiyoti qadim zamonlardan boshlab ming yillar
davomida shakllanib, takomillashib kelmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotda bozor munosabatlari ikki
xil shaklda namoyon bo‘ldi. Birin¬chisi, tartibsiz, stixiyali faoliyat yurituvchi bozor iqtiso¬di¬yoti.
Bunda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tarqoq, o‘zi¬bo‘larchilik asosida, maqsadi va
harakati oldindan kelishilmagan holda faoliyat yuritadilar. Ikkinchisi, davlat, iqtisodiy qonunlar va
iqtisodiy vositalar bilan tartibga solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti. Uning
xususiyatlari: — tovar ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy erkin bo‘ladilar; — kishilar mulk egasi bo‘ladi,
o‘zi ishlab chiqargan mahsu¬lot egasi bo‘lib, uni o‘zi xohlaganicha sotishi va sotmay turishi
mum¬kin; — tovar oldi-sotdisi sotuvchi bilan xaridorning erkin va ixtiyoriy munosabatiga
asoslanadi; — tovar ishlab chiqaruvchilar bozorda erkin raqobatda bo‘ladilar; — bozorda ishlab
chiqaruvchi emas, iste’molchi o‘z shartini qo‘yadi, chunki pul uning qo‘lida bo‘ladi; — bozorda
nimaga talab oshsa, shu narsani ishlab chiqarish foydali bo‘ladi; — jamiyat a’zolari o‘z daromadiga
ko‘ra tabaqalanadi.
Jahon tarixi tajribasi guvohlik beradiki, insoniyat birdaniga 
tartibga solinuvchi bozor iqtisodiyotini yaratolmagan, necha 
ming yillar davomida stixiyali bozor iqtisodiyoti sharoitida 
yashab, vaqt-vaqti bilan iqtisodiy larzalarni, chuqur 
iqtisodiy inqirozlarni boshidan kechirgan. XX asrda jahon 
sivilizatsiyasi insoniyat manfaatlari yo‘lida yanada jadal 
taraqqiy etdi. Bu jara¬yon iqtisodiy tafakkurga ijobiy ta’sir 
etib, tartibga solinuvchi bo¬zor iqtisodiyoti g‘oyasini 


keltirib chiqardi. Unga amal qilgan davlatlarda iqtisodiyot 
jadal o‘sa boshladi, aholi turmushi, farovonligi yaxshilanib 
bordi. Shu tariqa dunyoda tartibga solinadigan bozor 
munosabatlari iqtisodiyotning yetakchi shakliga aylanib bordi.
Sobiq Ittifoqda esa hokimiyat tepasida turgan kommunistlar mulkni yoppasiga davlat ixtiyoriga
olish, resurslarni markazlashtirilgan tarzda ma’muriy-buyruqbozlik, rejalashtirish asosida
boshqarish va taqsimlash yo‘li bilan ijtimoiy adolatni qaror toptirish va xalq farovonligini
oshirishga urinib ko‘rdi. 70 yil davom etgan bu sinov o‘zini oqlamadi, ijtimoiy adolat ham qaror
topmadi, xalq uchun farovon turmush ham yaratilmadi. Aksincha, millionlab odamlar qancha-
qancha balo-qazolarga uchradi, bunday g‘ayritabiiy yo‘lga qarshi chiqqanlarning umri xazon bo‘ldi.
Oxir-oqibatda ma’muriy buyruqbozlik asosida boshqariladigan o‘ta siyosiylashgan,
mafkuralashgan iqtisodiyot tanazzulga uchradi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston
iq¬tiso¬diyotidagi yangilanish, tub o‘zga¬rishlarni o‘rganishga kiri¬shar ekan¬miz, avvalo,
mus¬tabid sovet tuzu¬midan bizga qanday iq¬tisodiyot meros bo‘lib qolganini tushunib, chuqur
anglab yetishimiz lozim. O‘zbekiston qaramlik davrida o‘z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o‘rmon va
boshqa resurslariga o‘zi egalik qila olmasdi, iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilay olmasdi.
Respublika hududida qurilgan va faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar markazga, uning
manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati, xalqi o‘z hududida qancha mahsulot
ishlab chiqarilayotganini, ular qayerda realizatsiya qilinayotganini va qancha daromad
keltira¬yotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda qaram edi, o‘zining milliy
valutasiga, valuta jamg‘armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan mo‘rt, zaif xomashyo
yetishtirishga yo‘nal¬tirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar
tay¬yorlanadigan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Respublika iqtisodiyotida boy mineral
xomashyo resurslaridan ayovsiz, nazoratsiz foydalanish hukmronlik qilardi. Umri tugagan sovet
tuzumidan iqtisodiy boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usuli, „Qayta qurish“ davrida batamom
barbod bo‘lgan iqti¬sodiyot, izdan chiqqan moliyaviy narx-navo tizimi, baqiriq-chaqiriq, o‘g‘rilik,
buzuqlik avj olgan ijtimoiy-iqtisodiy muhit meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq
Ittifoq bo‘yicha boshqa korxonalar bilan bog‘langan bo‘lib, endi ular o‘rtasidagi aloqalar uzilib,
xo‘jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Mavjud korxonalar chetdan keltiriladigan texnologik
asbob-uskunalar va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. O‘zbekiston yoqilg‘i va oziq-ovqat
masalasida markazga qaram edi. Ekin ekiladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi,
paxta yakka hokimligining o‘rnatilishi natijasida O‘zbekiston un, go‘sht, sut mahsulotlari va
boshqa eng muhim oziq-ovqat mollari, xalq iste’moli tovarlari, tayyor mahsulotlarni chetdan
keltirishga mahkum etilgan edi. Paxta, oltin, rangli metallar, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan
boshqa materiallar tashib ketilar, ularni sotishdan keladigan daromad O‘zbekiston xazinasiga
tushmas edi. O‘ziga qarashli bo‘lgan mablag‘ni mar¬kaz-dan dotatsiya sifatida so‘rab, yolvorib
olishga majbur edi. Aholi turmush darajasi bo‘yicha nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi
o‘rinlardan biri meros bo‘lib qoldi. Rossiya, Ukraina va Belorusiyadan farqli o‘laroq, O‘zbekiston


aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo‘l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o‘tkir
ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo‘lib qolgan edi. Aholi yerning nihoyat darajada sho‘rlanishi,
havoning va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi
oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi. Muta¬xassislarning ma’lumotlariga
ko‘ra, birgina Orolning qurib qolgan tubidan yiliga bo‘ron tufayli 15—75 million tonna chang-
to‘zon ko‘tarilib, uzunligi 400 km va eni 40 km maydonni iflos¬lan¬tirardi, aholini turli-tuman
kasalliklarga mubtalo qilardi.
„Bugun o‘sha davr to‘g‘risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo‘lsak, u zamondagi hayotimizni
jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda
O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga — markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga
ega bo‘lgan yarimmustamlaka mamlakat qatoriga aylangan edi“.
Islom Karimov. „O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda“. Т., „O‘zbekiston“, 1999, 6- bet. Iqtisodiy
mustaqillik imkoniyatlariIqtisodiy mustaqillik xalqimizni iqtisodiy zu¬g‘um, mutelikdan ozod etdi,
o‘z yeri, yer osti boyliklari, suv, o‘sim¬-lik va hay¬vonot dunyosi va boshqa ta-biiy zaxiralarga
to‘la egalik qilish huquqini berdi. O‘z hududimizdagi barcha mulk, korxonalar O‘zbekiston
tasarrufiga olindi, mus¬taqil iqtisodiy siyosat yuritish, o‘z iqtisodiy taraqqiyot yo‘¬lini o‘zi
belgilash erkinligi qo‘lga kiritildi. Iqtisodiy mustaqillik mamlakatimizga mustaqil moliya-kredit,
bank siyosatini yuritish, o‘z davlat budjetini yaratish va unga to‘la egalik qilish, milliy valuta, oltin
zaxirasi va valuta jam¬g‘armasini tashkil etish va ulardan xalqimiz farovonligi, yurti¬miz
obodonligi yo‘lida mustaqil foydalanish imkoniyatini yaratdi. Iqtisodiy mustaqillik tufayli ishlab
chiqarish munosabatlarini ma’muriy buyruqbozlik, markaziy rejalashtiruvchi mexanizmdan erkin,
bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tkazish, jahon xo‘jaligi aloqalari tizimiga kirish mumkin bo‘ldi.
Davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, O‘zbekiston umum¬ba¬shariy, jahon sivilizatsiyasining
katta yo‘liga tushib oldi. O‘zbe¬kiston bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy an’analarga
asos¬langan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Chunki turli mam¬la¬kat¬lardagi bozor
iqtisodiyoti, u xoh Amerika yoki Germa¬niyada bo‘lsin, xoh Yaponiya yoki Janubiy Koreyada
bo‘lsin, baribir umumiy qonunlar bo‘yicha rivojlanib borgan holda har biri o‘zining o‘ziga xos
xususiyatlariga ham ega bo‘lgan. Bu xusu¬siyatlar xo‘jalikning tuzilishi va shart-sharoitlari, tabiati
va iqli¬mi, milliy rasm-rusumlari, an’analari va milliy xarakteri orqali belgilanadi. O‘zbekistonda
bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chi¬qil¬¬di. Bu yo‘lning asosiy qoidalari
Pre¬zident Islom Karimovning „O‘zbe¬kiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo‘li“ nomli asarida, Respublika parlamentida qilgan ma’ruza va nutqlarida, mamlakat parlamenti
qabul qilgan qonunlarda bayon etib berilgan. Bu yo‘lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib
olindi. Ikkinchidan, respublikamiz xo‘jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros
bo‘lib qolgan muam¬molar hisobga olindi. Davlat qurilishi dasturining va O‘zbekiston iqtisodini
isloh etishning butun o‘zagini mamlakat Prezidenti I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh
asosiy tamoyil tashkil etdi. Ular quyidagilardan iborat: Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan
batamom xoli qilish. Iqtisodiyot siyosatdan ustun turmog‘i lozim. Aynan iqtisodiyot, uni yanada


rivojlantirish muammolari davlat siyosatining asosiy mazmuniga aylandi. Ikkinchidan, davlatning
o‘zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi bo‘lishi zarur. Davlat butun
xalq¬ning manfaatlarini ko‘zlab, islohotlar jarayonining tashab¬bus¬kori bo‘lishi, iqtisodiy
taraqqiyotining yetakchi yo‘na¬lishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren
dav¬latimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab
chiqishi va izchil ro‘yobga chiqarishi kerak. Uchinchidan, Qonunning ustuvorligi, yangilanish va
taraq¬qiyot jarayoni qonunlarga asoslanmog‘i zarur. Iqtisodiy o‘zgarishlar amaliy kuchga ega
bo‘lgan qonunga tayangandagina sezilarli natija berishi mumkin. Тo‘rtinchidan, bozor
iqtisodiyotiga o‘tishda kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, davlatning aholini ijtimoiy nochor
guruhlarini qo‘llab-quvvatlash borasida mas’ul bo‘lishidir. Iqtisodiy islohotlarning barcha
bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud turmush darajasini hisobga
olgan holda odamlarni ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni oldindan amalga
oshirish kerak. Ijtimoiy himoyalash mexanizmi mavjud bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni
saqlash mumkin. Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakl¬lantirishni puxta o‘ylab,
bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim.
„Bu yo‘l va andaza iqtisodiyoti bozor munosabatlari asosiga qurilgan rivojlangan mamlakatlarning
ko‘p asrlik tajribasiga, shuningdek, O‘zbekiston xalqining milliy-tari-xiy merosi, turmush tarzi,
an’analari va ruhiyati xususiyatlariga tayanishi lozim“.
Islom Karimov. „O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li“. Т.,
„O‘zbekiston“, 1993, 5- bet. Besh tamoyilning har biri demokratik va iqtisodiy o‘zga¬rishlarni
muvaffaqiyatli isloh qilib borishda birday muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga, bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Bu yetakchi
tamoyillardan biridir. Bu iqtisodiy islohotlarning butun ichki mantiqini, rivojlanib borishi va
xarakterini belgilab beradi, belgilangan maqsadlarga erishish uchun mavjud kuchlarni va
imkoniyatlarni mujassam etish, eng muhim va birinchi o‘rindagi vazifalarni aniqlash va ularni
islohotlar muvaffaqqiyati yo‘lida xizmat qildirishga sharoit yaratadi. Bu tamoyil bozor
munosabatlarini qadam-baqadam shakllantirishni, bir bosqichini oxiriga yetkazib va tegishli asos,
zamin yaratib, keyin yangi bosqichga o‘tishni taqozo etadi. O‘zbekistonda iqtisodiy
islohotlarning uzoqni ko‘zlagan quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
— milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va fao¬liyati uchun munosib sharoitni
ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi tizim yaratish; — ko‘p ukladli iqtisodiyotni
vujudga keltirish, kishining mulkdan begonalashuvini bartaraf etish, tashabbuskorlik va
tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos bo‘ladigan xusu¬siy mulkchilikning davlat
tomonidan himoya qilinishini ta’¬minlash; — korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar
berish, ularning xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni
boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; — moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli


foydala¬nishni, raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqa¬rish¬ni, jahon iqtisodiyot
tizimiga kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; — kishilarda
yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z
meh¬na¬tini qo‘llash sohalari va shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish.
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy-islohotlarning asosiy va muhim tomonlari aniq belgilab
olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal
etishga yordam beradigan asosiy tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda 
amalga oshirildi:
— mulkiy islohotlar; — institutsional (muassasalar) va moliya-kredit islohotlari; — agrar islohotlar;
— tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari; — ijtimoiy sohadagi islohotlar.
Islohotlar jarayonini huquqiy jihat¬dan ta’minlash, qonuniy asoslarini yara¬tishga alohida e’tibor
berildi.
„Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuq¬talaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy
negizini yaratishdan iborat“.
Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. Т., „O‘zbekiston“, 1995,
29- bet.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning huquqiy negizini yaratishga yo‘naltirilgan 400
dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi va joriy etildi. Ularni bir necha yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
1. Mulkchilik munosabatlari va ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo‘nalish
doirasida mulkchilik to‘g‘risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususi¬y¬lashtirish
to‘g‘risida, ijara to‘g‘risida, davlat uy-joy fondini xusu¬siylashtirish to‘g‘risida va boshqa qonunlar
qabul qilindi. 2. Xo‘jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiy kor¬xo¬nalar to‘g‘risida,
kooperatsiya to‘g‘risida, dehqon xo‘ja¬ligi to‘g‘¬risida, shirkat xo‘jaligi to‘g‘risida qonunlar qabul
qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi, banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida, pul tizimi to‘g‘¬risida, tadbirkorlik to‘g‘risida, sug‘urta to‘g‘risida, birjalar
va birja faoliyati to‘g‘risida, qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida va boshqa qonunlar
qabul qilindi. Korxona bilan davlat o‘rtasidagi, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga
qo‘yuv¬chi qonun¬lar, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, monopolistik faoliyatni cheklash,
korxonalarning bankrot bo‘lishi haqida qonunlar qabul qilindi, Xo‘jalik protsessual kodeksi ishlab
chiqildi, Xo‘jalik sudi tuzildi. 3. O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruv¬chi
huquqiy normalar yaratildi. Тashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘¬risida qabul qilingan qonunlar, xalqaro
pakt va bitimlar, ular¬ning O‘zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz tashqi aloqalarining
rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi. Respublika iqtisodiyotining huquqiy asoslari Prezident


farmonlarida, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda yanada takomillashtirib borildi.
Qabul qilingan qonunlar amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining ortga qaytmasligining
kafo¬lati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Iqtisodiy islohotlarning muhim yo‘na¬lishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iboratdir.
„Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz — tovar, pul bozorlarida va mehnat
resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlashi kerak bo‘lgan
bozor infrastruk¬turasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi“.
Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., „O‘zbekiston“, 1995,
97- bet.
Bozor infratuzilmasi deganda bozor munosabatlarini shakl¬lantirish va rivojlantirishga, ularni
samarali faoliyat yuritishiga xizmat qiluvchi muassasa, tashkilot va korxonalar majmuasi
tushuniladi.
Quyidagi chizmaga e’tibor bering:
17- chizmaning davomi Respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga
xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo‘g‘in¬lari — turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar
majmuasi yaratildi. Avvalambor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi trans¬port, aloqa, suv va
energetika ta’minoti, yo‘l va ombor xo‘jaligi tuzilmalari yaratildi. Bozor munosabatlarini
shakllan¬tirishda birjalar alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichidayoq
„Respublika ko‘chmas mulk birjasi“, „Тovar xom¬ashyo birjasi“, „Тoshkent fond birjasi“ tashkil
etildi. Bu tarmoq yanada rivojlantirildi. 1991—2000- yillarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun
xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va
konsalting firmalari, ko‘plab savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari,
savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini
rivojlantirishda axborot infratuzil¬masi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat
uchun zarur bo‘lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to‘p¬lovchi, umumlashtiruvchi vositalar,
firmalar vujudga keladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-kredit munosabatlariga xizmat
qiluvchi infratuzilma — yangi bank tizimi, o‘z-o‘zini kreditlash idoralari, sug‘urta kompaniyalari,
moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg‘armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga
xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘¬risida“, „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi qonunlarda banklarning maqomi va
faoliyatining huquqiy asoslari belgilab berildi. Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qiluvchi
maqomga ega. Tijorat banklari ixtisoslashtirildi. Mustaqillikning dastlabki yilida 6 ta bank
faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2010-yilda 31 ta tijorat banklari, ularning 810 ta filiali aholiga xizmat
ko‘rsatdi. Viloyat, shahar va tumanlarda aholiga xizmat qiluvchi minibanklar ochildi. Minibanklar


soni 2011-yil boshlarida 4000 dan oshdi. Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan
kredit qo‘yilmalari qo‘yish va chet el sarmoyalarini jalb qilishda ba¬nk¬¬lar faol
qatnashmoqdalar. Тijorat banklarining iqtisodiyot¬ning real sektoriga kreditlar berish imkoniyati,
moliya bozoridagi ishtiroki yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. To‘lovlarni naqd pulsiz plastik
kartochkalar vositasida amalga oshirish ti¬zimi yaratildi. So‘mdagi plastik kartochkalar 1996-
yilda paydo bo‘ldi. 2011- yilda muomaladagi bank plastik kartochkalari soni 8 million donani
tashkil etdi. Savdo va xizmat ko‘rsatish sho¬xobchalarida plastik kartochkalariga xizmat
ko‘rsatadigan terminallar soni 86 mingtaga yetdi. Respublikamizda tadbirkorlar va aholini
ehtimoli bo‘lgan turli zararlardan himoya qiluvchi sug‘urta bozori vujudga keldi. Davlat ishtirokida
bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi „Kafolat“, „Agrosug‘urta“, „O‘zbekinvest“ kabi uchta yirik
sug‘urta kompaniyasi tashkil etildi. Ko‘plab xususiy sug‘urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy
mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlay¬digan qo‘shma sug‘urta kompaniyalari ham vujudga keldi.
2002-yilda sug‘urta kompaniyalarining soni 28 taga yetdi, ular moliya bozorida mamlakatimiz
fuqarolari va tashki¬lotlariga 150 turdan ortiq yo‘nalish bo‘yicha sug‘urta xizmati
ko‘rsatmoq¬da¬lar. „Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunningqabul qilinishi (2002), Prezident
farmoni bilan 2002- yil 1- fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad
solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va
rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi
jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o‘zgarayotgan paytda malakasiz kishilargagina
emas, ma’lum ixtisosga ega bo‘lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi
kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko‘pa¬yishiga yo‘l qo‘ymaslik tadbirlari ko‘rildi.
Respublika „Mehnat birjasi“ va joylardagi 225 dan ortiq mehnat birjasini o‘z ichiga oluvchi katta
tarmoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro‘yxatga olish,
ularni kasbini o‘zgar¬tirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga e’ti¬bor berildi. 1993- yilda Respublikada tadbirkorlikni
rivojlantirish hisobiga 185,1 ming yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan bo‘lsa, 1998- yilda bu
ko‘rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko‘p yangi ish o‘rinlari yaratildi. 2000-yilda
faqat kichik va o‘rta biznes rivoji hisobiga 192,5 mingta, 2001-yilda esa 372 mingta, 2002-yilda
370 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq, narxlar
erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya
jamg‘armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafaqalar va
stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik
muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog‘liq. 1992-yil avgust oyida O‘zbekiston
Respublikasining „Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida“ gi Qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun
asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ huj¬jatlar ishlab chiqildi va
amalga oshirildi. Moliya vazirligi tizi¬mida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o‘tkazish
bosh boshqarmasi monopol mavqeyidagi korxonalarni belgi¬lab, ularning mahsulotlari bo‘yicha
narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildi va unga amal qilin¬moq¬da. Bozor


munosabatlarini shakllantiruvchi va unga xiz¬-mat qiluvchi huquqiy negizlar hamda bozor
infratuzilmasi yaratildi.
Savol va topshiriqlar
1. Bozor iqtisodiyoti nima?
2. Mustabid sovet tuzumidan mustaqil O‘zbekistonga qanday 
iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi?
3. Mustaqillik iqtisodiyot sohasida qanday imkoniyatlar 
yaratdi?
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda qanday tamoyillarga 
tayanildi?
5. Islohotlarning strategik maqsadlarini bilasizmi?
6. Iqtisodiy islohotlar qanday yo‘nalishlarda olib borildi?
7. Bozor munosabatlarini shakllantiruvchi qanday qonunlar 
qabul qilindi?
8. Bozor infratuzilmasi nima?
9. O‘zbekistonda bozor infratuzilmasining yaratilishi haqida 
so‘zlab bering.
10. Aholini ish bilan band etish muammosi qanday hal qilinmoqda?
12- §. Davlat mulkini xususiylashtirish. Ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining
shakllanishi
Bozor iqtisodiyoti, avvalo, turli xil mulk shakllariga, ko‘p uk¬ladli iqtisodiyotga asoslanadi. Shu
boisdan O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, mulk¬¬¬dorlar
tabaqasini shakllantirish iqtisodiy islohotlarda bi¬rinchi o‘rinda turdi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida iqtisodiyot xilma-xil mulk shakl¬laridan iborat bo‘lishi, har bir
shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi,
barcha mulk shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Xususiy mulk boshqa mulk
shakllari kabi daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. O‘zbekistonda xususiylashtirish
qandaydir kishilar manfa¬a¬tiga bo‘ysundirilmadi, chek (vaucher) asosida xususiylash¬tirishga
yo‘l qo‘yilmadi. Davlat mulkini sotish orqali xususiy¬lash¬tirish yo‘li tutildi. Shu bilan birga,
xususiylashtirish chog‘ida imti¬yozlar tizimi yaratildi. Xususiylashtirilayotgan korxona meh¬nat
jamo¬asining xodimlariga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyati berildi.
Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infra¬tuzilma obyektlari yangi mulkdorga tekinga topshi-rildi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan dav¬lat xo‘ja¬liklarining mol-mulki, fer¬malar,
bog‘lar va uzumzorlar imti¬yozli shartlar asosida xusu¬siylashtirildi. Xususiylashtirishga davlat
boshchilik qildi. Bu jarayonni tashkil etish va rahbarlik qilish uchun 1992- yil fevralda


Davlatmulkini boshqarish va xususiylashtirish davlat qo‘mitasi tuzildi, 1994-yilda uning
funksiyalari kengaytirilib, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat
qo‘mitasi sifatida qayta tashkil etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish
1991-yil 18-no¬yabr¬da qabul qilingan mulkni „Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiy¬lashtirish to‘g‘risida“ gi, „Davlat uy-joy“ fondini xususiy¬lashtirish to‘g‘risidagi (1993-yil
7-may) qonunlar va 20 dan ortiq maxsus davlat dasturlari asosida amalga oshirildi.
Xususiylashtirish savdo, xizmat ko‘rsatish va mahalliy sa¬noat korxonalarini, uy-joy fondini,
qishloq xo‘jaligi mahsu¬lotlarini tayyorlovchi xo‘jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarish¬dan
boshlandi. Bu kichik xususiylashtirish deb nom oldi. 1993—1994-yillarda davlat ixtiyorida bo‘lgan
bir milliondan ortiq kvartira fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Bunda har 3 kvartira¬ning
bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan bepul berildi. Urush faxriylari, o‘qituvchilar, tibbiyot
xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002-yilga qadar
Res¬publika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi. 1994-yil 21-yanvarda e’lon
qilingan „Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi va 1994- yil
16-martda e’lon qilingan „Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini
yanada rivojlanti¬rish¬ning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida“ gi Prezident farmonlari
xususiylashtirish jarayonida yangi turtki bo‘ldi. 1992—1994- yillarda 54 mingga yaqin savdo,
xizmat ko‘r¬satish, avtomobil transporti, qurilish, qishloq xo‘jaligi korxona va obyektlari davlat
tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aksiyadorlik, 8,7
mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. Qishloq xo‘jaligida bog‘larning yarmi,
uzumzorlarning 40 foizi xususiy foydala¬nish uchun berildi. 14 mingdan ortiqroq fermer
xo‘jaliklari tashkil topdi, ularga 193 ming gektar yer ajratib beril¬di. Xususiy tadbirkor
subyektlarining soni 300 mingga yetdi, ularning 250 mingtasini patent asosida yakka tartibdagi
mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan kishilar tashkil etdi. 1994- yilda mamlakat yalpi ichki
mahsulotining deyarli yarmi iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorida ishlab chiqildi,
bu sektorda 4 millionga yaqin kishi ish bilan band bo‘ldi. Respublika xalq xo‘jaligini, uning
tar¬moqlarini boshqarishning ma’mu¬riy-buyruqbozlik tizimini tugatish, bosh¬qaruvni bozor
munosabatlariga moslashtirish maqsadida insti¬tutsional (muassasalar sohasida) o‘zgarishlar
amalga oshirildi. Mustabid sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan markaziy iqtisodiy organlar —
Davlat reja qo‘mitasi, Davlat ta’minot qo‘¬mitasi, Davlat narxlar qo‘mitasi, Davlat agrosanoat
qo‘mitasi, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqaruvchi boshqa vazirliklar, qo‘¬mita¬lar, ularning
ma’muriy apparatlari tugatildi. Makroiqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi qoshida narxlarni
nazorat qilish bo‘yicha maxsus boshqarma, Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash davlat qo‘¬mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Тashqi iqtisodiy
aloqalar vazirligi kabi yangi boshqaruv organlari tuzildi. Ittifoq parchalanib ketgach, O‘zbekiston
hududida joylashgan ittifoq va ittifoqdosh respublikalar bo‘ysunividagi korxo¬nalar
respublikamizning to‘la mulki bo‘ldi. Endi ularni bozor iqtisodiyotiga moslab boshqarishni tashkil
etish zarur edi. Iqtisodiy islohotlar davomida respublikadagi bu yirik korxonalar o‘z faoliyat
sohalariga qarab ixtiyoriy ravishda davlat tarmoq uyush¬malariga, konsernlarga,


korporatsiyalarga, xolding kompaniyalariga aylantirildi. Noishlab chiqarish tarmoqlarini
boshqarish qayta tuzilib, milliy kompaniyalar tashkil etildi. Uyushma — turdosh kasbga
ixtisoslashgan korxonalarning paychilik asosida tuzilgan ixtiyoriy birlashmasi. Uyushma xo‘jalik
hisobiga asoslanib, ilmiy-texnik, tijorat, ijtimoiy ishlab chi¬qa¬rish va iqtisodiy masalalarni
birgalikda hal qilish uchun tashkil etiladi. Uyushmani muassislar kengashi boshqaradi. Muassislar
kengashi uyushma boshqaruvini tuzadi va uyushma raisini saylay¬di. Islohot yillarida
O‘zbekistonda „O‘zavtosa¬noat“, „O‘zeltex¬sanoat“, „O‘zkimyosanoat“, „O‘zbekipagi“,
„O‘zagromashservis“, „O‘zqurilishmateriallari“, „O‘zbeksav¬do“, „O‘zoziqovqatsanoat“,
„O‘zgo‘shtsutsanoat“, „O‘zyog‘¬moy¬¬tamakisanoat“, „O‘zparrandasanoat“, „O‘zbekbirla¬shuv“,
„O‘zbekcharmpoyabzal“ va boshqa uyushmalar tashkil etildi va faoliyat yuritmoqdalar. Konsern
— ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish funksiyala¬rini markazlashtirish asosida hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatadigan, shuningdek, investitsiyaviy, moliyaviy va tashqi iqtisodiy faoli-yat¬ni
amalga oshiradigan, korxonalarga xo‘jalik hisobida xizmat ko‘rsatishni tashkil etadigan
korxonalarning ko‘ngilli birlashmasi. Konsern tarkibiga kirgan korxona va tashkilotlar orasida
o‘zaro korporatsiyalashgan turg‘un aloqalar mavjud bo‘lib, ular konsern rivoji yo‘lida umumiy-
moliyaviy resurslardan, yagona ilmiy-texnik imkoniyatlardan mushtarak foydalanadilar. Konsern,
qoidaga ko‘ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi va yagona xo‘jalik majmuyi sanaladi.
Respublikamizda „O‘zsuv¬qurilish“ va „Qizilqumnodirmetalloltin“ davlat konsernlari, „O‘zavtoyo‘l“
va „O‘zfarmsanoat“ davlat-aksiyadorlik konsern¬lari kabilar tashkil etildi va faoliyat
ko‘rsatmoqdalar. Korporatsiya — mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona¬larning aksiyadorlik
asosidagi ko‘ngilli birlashmasi. Korporatsiya tarkibiga kirgan korxonalar ishlab chiqarish va ilmiy-
texnikaviy kooperatsiya orqali o‘zaro bog‘lanadilar. Shu bilan korporatsiya investitsiyaviy
sarmoyaning jamlanishiga ham yordam beradi. Faoli¬yatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad
qilib qo‘yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aksiyadorning aksiya sarmoyasining
o‘ziga tegishli qismini erkin tasarruf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo‘lgan asosiy
xususiyatlardir. Iqtisodiy islohotlar jarayonida respublikamizda „O‘z¬bek¬paxtamash“ va
„O‘zavtosanoat“ davlat korporat¬siyalari, „O‘zdonmahsulot“, „O‘zavtotrans“,
„O‘zmahalliysa¬no¬at“ dav¬¬lat aksiyadorlik korporatsiyalari va boshqalar tashkil etildi va
faoliyat yuritmoqdalar. Xolding kompaniyalari — korporatsiya shakllaridan biri. Xolding
kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlari „ aksiyalarining nazorat paketi“
kompaniyaning ixtiyorida bo‘ladi. Bundan maqsad yagona tarmoq va ilmiy-texnikaviy siyosat
yurgizish, umumiy manfaatlar yo‘lida aksionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o‘rnatish
va dividendlar ko‘rinishida foyda olishdir. Xolding kompaniyasiga misol tariqasida
mamla¬katimizda tashkil etilgan 15 ta qishloq xo‘jaligi mashi¬nasozlik korxonalarini birlashtirgan
„O‘zqish¬loqxo‘jalikmash-xolding“, „O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding“ va „O‘zbekneftgaz“
Milliy xolding kompaniyalarini kiritish mumkin. Shuningdek, „O‘zbekyengilsanoat“ kompaniyasi,
„O‘zqurilishmaterial“ dav¬lat aksiyadorlik kompaniyalari ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Milliy
kompaniya — noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, transport, aloqa va
telekommunikatsiya korxonalari va tash¬kilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko‘ngilli


birlashmasi. O‘zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Milliy kompaniyalar jumlasiga
„O‘zbekturizm“ Milliy kompaniyasi, „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi va
boshqalar kiradi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqa¬rish¬ning yo‘llaridan biri davlat mul¬kini
aksiyadorlik (hissadorlik) jami¬yatlariga aylantirishdir. Aksiyadorlik jamiyati mulkchilikning bir turi
bo‘lib, u davlat, korxona, tashkilot, bank va fuqarolar pul mablag‘larini sherikchilik asosida va
foyda olish maqsadida bir-lashtirgan tarzda xo‘jalik yuritish uyushmasidir. Iqtisodiy islohotlar
jarayonida kichik korxonalar sotilgan bo‘lsa, 1992-yildan boshlab yengil va oziq-ovqat sanoati,
qayta ish¬lovchi sanoat, ko‘mir qazib olish, transport, aloqa va boshqa turdagi o‘rta va yirik
korxonalar aksiyadorlik jamiyatlariga aylan¬tirila boshlandi. Aksiyadorlik jamiyatlariga kirgan
korxo¬nalar qiymati miqdorida aksiyalar chiqarilib, qimmatli qog‘ozlar bozorida sotildi. Aksiya
to‘plamlari (paketlari)ning 25 foizi dav¬latga, 25 foizi mehnat jamoasiga,10 foizi resurs bilan
ta’¬min¬lovchi va mahsulotlarni iste’mol qiluvchi korxonalarga, 10 foizi chet ellik investorlarga,
30 foizi erkin sotishga ajratildi. Aksiya¬dorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish maqsadida
Respublika fond birjasi tashkil etildi va aholiga sotish yo‘lga qo‘yildi. 1994- yil oxirigacha
respublikada 26,1 mingta korxona aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Ularning aksiyalari
respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. 1996- yil 25- aprelda qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquq¬larini himoya
qilish to‘g‘risida“ gi va „Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida“ gi
Qonunlari mulkchilikning aksiyadorlik shakli yanada rivoj¬lanishiga yangi turtki bo‘ldi. Aksiyadorlik
jamiyatini tuzish, qayta tuzish, tugatish yo‘llari, aksiya egalarining dividend (foy¬da) olish
huquqlari aniq belgilab berildi. Yirik korxonalar aksiyalar to‘plami (paketi) davlat nazoratida
bo‘lgan aksiya¬dorlik jamiyat¬lariga aylantirildi. Davlat mulkini sotish bo‘yicha kimoshdi savdolari
va tanlovlar tashkil etildi. 2000—2005- yillarda jami 4660 ta davlat tasarrufidagi korxona va
obyekti xususiy mulkdorlarga sotildi.
Korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish jarayoniga aholi va chet ellik investorlar keng
jalb qilindi. 2010- yil boshlarida respublikamizda 1619 ta aksi¬ya¬dorlik jamiyatlari faoliyat
yuritdi. Ularning umumiy ustav fondi 5 trillion 805 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarildi. Mehnat jamoalari
uchun aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotib olish imkoniyatlari yaratildi. Aksiya¬larni
fuqarolarga erkin sotishni kengaytirish maqsadida Xusu¬siylashtirish investitsiya fondlari (XIF)
tuzildi. Islohot yillarida respublikamizda 2004- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra 1 milliondan ortiq
jismoniy shaxs aksiyadorlik jamiyatlari¬ning Respublika fond birjasi va XIF lar tomonidan
qimmatli qog‘ozlar bozoriga chiqarilgan aksiyalarni sotib olib aksiyador bo‘ldilar va ulardan
daromad olmoqdalar. Shu tariqa aholining bo‘sh turgan sarmoyalari — mablag‘lari iqtisodiyotning
ishlab chiqarish sohasiga jalb qilindi. Eng muhimi aholida qimmatli qog‘ozlarga qiziqish, ular bilan
muomala qilish ko‘nikmalari va madaniyati paydo bo‘ldi. Aksiyadorlar korxo¬naning ishlab
chi¬qarish va moliyaviy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqdalar.


Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan aholi sarmoyalari ulushining o‘sishi, foiz
hisobida Aksiyadorlar sonining o‘sishi, 1-yanvar holati, ming kishi Chinakam mulkdorlar tabaqasi,
bir tomondan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, ikkinchi tomondan, kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish yo‘li bilan shakllantiriladi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik — jamiyatda ham iqtisodiy, ham siyosiy vaziyatni mo‘tadil¬lashtirishga yordam
beradigan o‘rta tadbirkorlar tabaqasining paydo bo‘lishi demakdir. Kichik biznes, tadbirkorlik
bozorni zarur iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan boyitishga hamda daromad va foyda olishga
qaratilgan faoliyatdir. Bu — yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash,
aholi daromadlarining asosiy manbayidir. Jahon iqtisodiyotida yetakchi mavqega erishgan
mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, ular kichik biznesni, xususiy tadbir¬korlikni rivojlantirish orqali
yuksalgan, aholi turmush daraja¬sini ko‘targan. Masalan, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan
mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o‘rta biznesning ulushi 67 foiz,
Germaniyada—65 foiz, AQSHda — 52 foizni tashkil etadi. Yaponiyada ish bilan band bo‘lgan
aholining 80 foizi, Yevropa Ittifoqi mam¬lakatlarida — 70 foizi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik tarmoqlarida ishlaydi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib
chiqqan holda O‘zbekistonda kichik biznesni, xususiy tad¬birkorlikni rivojlantirishga iqtisodiy
islohotlarning hal qi¬luvchi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sifatida e’tibor berildi. O‘zbekistonning har bir fuqarosi korxonalar va tashkilotlar tuzish, sotib
olish, sotish, qayta qurish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyati yuritish huquqiga ega. Тadbirkor ish
yuritish uchun boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida
jalb qilish, mustaqil ravishda ishchilar yollash va bo‘shatishga haqlidir, tadbirkorlik daromadlaridan
soliq to‘lab turadi. Тadbirkorlik shakllari: • xususiy (shaxsiy) tadbirkorlik; • yollanma mehnatni jalb
qilib amalga oshiriladigan tad¬birkorlik; • bir necha fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan
amalga oshiriladigan jamoa yoki qo‘shma tadbirkorlik.
Respublikada ko‘chmas mulk bozori tashkil etilib, kimoshdi savdolari va tanlovlar asosida kichik
korxonalar fuqarolarga sotildi. 1995- yil 5- yanvarda e’lon qilingan „Xususiy tadbirkorlikda
tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiy-lashtirishga, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishga yangi turtki
berdi. Farmonga binoan davlat mulkini xususiylashtirishdan tushayotgan mablag‘larning 50 foizi
kichik biznesni rivojlan¬tirishga yo‘naltirildi. 1995- yil 21- dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston
Respublikasining „Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘¬risida“ gi Qonuni
iqtisodiyotning mazkur sektoriga davlat va mintaqaviy darajada rag‘batlantirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilab berdi. Davlat darajasida xususiy tadbirkorlik faoliyati uchun huquqiy-
normativ asoslar, zarur infratuzilma va shart-sharoitlar yaratildi. Mintaqaviy (viloyat, shahar,
tuman) darajada esa tadbirkorlarga mahalliy soliq va yig‘imlar solishda yengilliklar berildi, bu
sektorni rivojlantirish uchun hududiy dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirish tadbirlari ko‘rildi.
1995- yil iyulda Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi (Biznes-fond),
1996-yil martda O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, ularning


hududiy bo‘limlari tashkil etildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun faqat Biznes-fond
tomonidan 10 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi, tadbirkorlarning malakasini
oshirish kurslari tashkil etildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoj¬lanishiga deh¬¬qon
va fermer xo‘jaliklari assotsiatsiyasi, „Hunarmand“ assotsiatsiyasi, Тadbirkor ayollar
assotsi¬atsiyasi ham ko‘maklashmoqda.
Kichik biznesni rivojlantirishga chet ellik investor¬larning va dunyodagi nufuzli banklarning,
jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish banki, Osiyo taraqqiyot
banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit resurslari
jalb etildi. Тadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko‘mak¬lashish maqsadida nemis
texnikaviy ko‘maklashuv jamiyati O‘zbe-kis¬tonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazini,
Yevropa hamjamiyati komissiyasi esa amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi
Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi o‘zbe-kis-
tonlik tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko‘mak¬lashdilar. 2003- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra,
o‘tgan yillarda kichik biznesni rivojlantirish uchun jalb etilgan xorijiy kredit resurs¬lari hajmi 450
mln AQSH dollarini tashkil etdi, ular¬dan 345,8 mln (shu jumladan, 2002- yilda 87 mln) AQSH
dollari o‘zlashtirildi. Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida ko‘rilgan tad¬birlar natijasida
ularning soni yildan yilga ko‘payib bor¬di. 1992—1996- yillarda 85 mingga yaqin kichik biznes
kor¬xo¬- nalari ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 2001-yil boshlarida ular¬ning soni 190 mingdan ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2001- yil 22- avgustda „Тadbirkorlik subyektlarini
davlat ro‘yxatidan o‘tka¬zish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ Qaror qabul
qildi. Qarorga binoan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj-lantirishni rag‘batlantirish
bo‘yicha respublika muvofiqlash¬tiruvchi kengash tashkil etildi. Тadbirkorlik subyektlarini bir
joy¬da davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olishning soddalashtirilgan yangi tartibi joriy
etildi. Shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub¬yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha
bo‘limlar tashkil etildi, ular alohida binolar, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi. Тijorat banklari o‘z
mablag‘lari hisobiga faqat 2001- yilda kichik va o‘rta biznes subyektlariga 144,3 mlrd so‘m
kredit berdilar. UlargaRespublika tovar-xomashyo birjasi, Agrosanoat birjasi, „O‘z¬ulgurjisavdo“
orqali 106 mlrd so‘mlik moddiy-texnika resurs- lari sotildi. Тadbirkorlarning qonuniy huquq va
manfaatlarini himoya qilish maqsadida xo‘jalik subyekt¬larida „Тekshirishlarni ro‘yxatga olish
daftari“ joriy etildi. Kichik biznes subyektla¬rining tashqi iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi, ular
o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni naqd xorijiy valutaga eksport qilishga ruxsat berildi.
2001—2002- yillarda kichik biznes subyektlari fao¬liyatiga noqonuniy aralashish hollarini
bartaraf etish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va aybdor shaxs-larni sud javob¬garligiga
tortish choralarini qo‘llash mexanizmi yaratildi. Тad¬bir¬korlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy
zararlar aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning cho‘ntagidan undirilib beril-moq¬da. Respublika
Adliya vazirligi, uning joylardagi adliya idoralari tomonidan 2002- yilda kiritilgan 8 mingdan ortiq
da’vo arizalariga muvofiq, sudlar tomonidan tadbirkorlarga 9 milliard so‘m undirib berildi. 2300
mansabdor shaxsga nisbatan inti¬zomiy chora ko‘rildi, ulardan 290 nafari egallab turgan


lavo¬zimidan bo‘shatildi. Natijada xo‘jalik yurituvchi subyektlarni noqonuniy tekshirishlar va
aralashishlar soni keskin kamaydi. Agar 2001-yilda noqonuniy tekshirishlar bo‘yicha 1450 ta
holat aniqlangan bo‘lsa, 2002- yilda ularning soni 157 tani tashkil etdi yoki 10 barobar kamaydi.
Bu tadbirlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga yangi turtki bo‘ldi. 2004- yil 1- yanvar
biznes holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes
korxo¬nalar soni 277 mingtadan oshdi, ulardan 168,6 mingtasi mikrotizim¬lardir. 2004- yilda
kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 427,6 ming yangi ish o‘rni tashkil etildi.
2005- yilda kichik biznes obyektlari soni 310 mingtadan ortdi.
Faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
Umumiy soni 350 ming Band bo‘lgan kishilar 7127,3 ming YIM dagi hissasi 42,1 foiz
2007- yil 1- yanvar ma’lumoti
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i 1991-yilda
1,5 foizni, 2000- yilda 31 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda 52,5 foizga, 2011- yilda 54
foizga yetdi. 2009- yilda mamlakat iqtisodiyotida band bo‘lgan aholining 65,5 foizi (6,4 mln
kishi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qilgan bo‘lsa, 2010- yilda bu
ko‘rsatkich 74,3 foizga yetdi. 2011- yilda 610 mingdan ziyod ish o‘rni ki¬chik biznes va xusisiy
tadbirkorlik hisobidan tashkil etildi. Bu soha aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy
daromad manbayi bo‘lgan muhim bo‘ginga aylandi.
Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Ne¬gaki, respublika aholisining 62 fo¬i¬zi qishloqda
yashaydi. Mustaqillik¬ning dastlabki yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotning 30 foizi, valuta
tushumlarining 55 foizi qishloq xo‘jaligida shakl¬lanardi. Islohot yillarida odamlarga shaxsiy
tomorqa uchun qo‘¬shimcha ravishda 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy
tomorqa uchun berilgan yer maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq qishloq aholisi
ana shu yer hosilidan foydalanmoqda. 1992—1995- yillarda davlat tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi
kor¬xonalari va tashkilotlarini xususiylashtirish tugallandi. 1150 ta sovxoz va 1200 ta fermalar
xususiylashtirildi. Qishloqda xo‘jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor
berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga
aylantirilgan edi. Ammo xo‘jalik yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli ularni qayta
tuzish zaruriyati vujudga keldi. 1998-yil aprelda „Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat) to‘g‘risida“
Qonun qabul qilindi. Qonunda shirkat xo‘jaligini tuzish va uning faoliyat yuritish tartiblari,
shirkatga a’zolik, yer uchastkalari ajratish va boshqarish masalalarining huquqiy asoslari belgilab
berildi. Shirkatning iqtisodiy asosini ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarga
jamoa kooperativ mulkchilik tashkil etildi. Shirkatning har bir a’zosiga mulk va yer paylari
shaklida hissa ajratildi. Jamoa xo‘jaliklari 1998- yildan boshlab yer va mulk paylari asosida
qishloq xo‘jalik shirkatlariga aylantirila boshlandi. 1999- yilda 898 ta, 2000- yilda 856 ta, 2001-
yilda 112 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Shirkatlarning umumiy soni


2002- yilning 1- yanvarigacha respublika bo‘yicha 1900 taga yetdi. Shu tariqa agrar
munosabatlar tizimida oila pudratiga keng o‘rin berildi, har bir a’zo o‘z payiga ega bo‘ldi. Mahsulot
yetish¬tiruv¬chi shirkat a’zosi bilan shirkat xo‘jaligi o‘rtasida pudrat shartnoma munosabatlari
joriy etildi. Har bir oila pud¬ratiga 5 gektar ekin maydonlari, bog‘lar, uzumzorlar ajratib berildi,
shartnomalar tuzil¬di, o‘zaro hisob-kitob yuri¬tuv¬chi chek daftarchalari bilan ta’minlandi. 2000-
yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikamizdagi qishloq xo‘jaligi shirkatlari tarkibida 598,5 mingta
oilaviy pud¬rat faoliyat ko‘rsatdi. 2002-yil boshlariga kelib, 1 mln 400 ming kishi shirkat a’zosi
sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari o‘zini oqlamadi, ular tugatilib, fermer va dehqon
xo‘jaliklarini shakllantirishga alohida e’tibor berildi. 2002- yil o‘rtalarida respublikamizda 55,4 mln
fermer xo‘jaligi, 1,5 mln dan ortiq dehqon xo‘jaligi tadbir¬korlik bilan shug‘ullandi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2003- yil 24- mart¬dagi „Qishloq xo‘jaligida islohotlarni
chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida“gi Farmonida agrar isloho¬t¬¬larning
yangi yo‘nalishlari belgilab berildi. 2007-yilda shirkat xo‘ja¬lik¬larini tugatish ishlari nihoyasiga
yetdi, ularning negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etil¬di. 2007—2008- yillarda paxtachilik,
g‘allachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari
qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy
shakliga aylandi. Qishloqda shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta
shakllandi. Dehqon xo‘jaligi — bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila
boshlig‘iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida
yetishtiriladi va sotiladi. 2004- yil boshlariga kelib mamlakatimizda 3,5 mln ga yaqin dehqon
xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritdi, ularda 8 mln dan ortiq ishga
yaroqli kishilar mehnat qilmoqda. Dehqon xo‘jaliklarining yer maydoni 667 ming gektarni tashkil
etdi. Hozirgi kunda dehqon xo‘jaliklari mamlakatimizda yetishtirila¬yotgan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarining 66 foizini, shu jumla¬dan, yetishtirilayotgan kartoshkaning 89 foizini,
chorvachilik mahsulotlarining 89 foizini, meva va uzumning 45—50 foizini ishlab chiqarmoqda.
Dehqon xo‘jaliklarining yerdan foyda¬lanish samarasi yuqori bo‘lmoqda.
Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizga yetdi. Dehqon va fermer
xo‘jaliklari asosiy ishlab chi¬qarish subyektlariga aylandi. 2010- yilda qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarilgan yalpi mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetish¬tirildi.
2010- yilda paxtaning 100%i, g‘allaning 100%i fermer xo‘jaliklarida yetishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi,
dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy
egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan mahsulotning egasiga aylandi. Shu tariqa respublika
xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida mulk shakllari o‘zgardi, nodavlat mulkchiligi rivojlandi.
Iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi, foiz hisobida Xulosa qilib aytganda, mustaqillik
yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar tufayli mulkchilik shakllari bo‘yicha iqtisodiyot


tuzilmalari tubdan o‘zgardi. Mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan, davlatlashtirilgan
iqtisodiyot tugatildi. Mulk davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Iqtisodiyotdagi
institutsional o‘zgarishlar tufayli nodavlat mulk shakllari— aksiyadorlik korxonalari, uyushmalar,
konsernlar, korporatsiya va kompaniyalar, o‘rta va kichik korxonalar vujudga keldi. Qishloq
xo‘jaligida nodavlat mulk shakllari — dehqon va fermer xo‘jaliklari asosiy ishlab chiqarish
subyektlariga aylandi. 1991- yilda respublika iqtisodiyotida mulkning 90 foizi davlat tasarrufida
bo‘lgan bo‘lsa, 2009-yilga kelib bu ko‘rsatkich atigi 10 foizni tashkil etdi. Mulkning 90 foizi
nodavlat mulk shakllariga tegishli bo‘lib, ularda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 77 foizi
mehnat qilmoqda. O‘zbekistonda ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O‘rta mulkdorlar tabaqasi
vujudga keldi.
Savol va topshiriqlar
1. Xususiylashtirish nima, u qanday yo‘l bilan amalga 
oshirildi?
2. Kimlar mulkdor bo‘lishi mumkin?
3. Kichik xususiylashtirish qaysi sohalarda va qaysi yillarda 
o‘tkazildi?
4. Nima sababdan institutsional o‘zgarishlar qilindi?
5. Qanday uyushmalar, konsernlar, xolding va milliy 
kompaniyalar tuzildi?
6. Aksiyadorlik jamiyatlari nima, ular qanday tashkil etildi?
7. Nima sababdan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish 
islohotlarning ustuvor yo‘nalishi deb belgilandi?
8. Тadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun qanday muassasalar 
tashkil etildi?
9. Agrar islohotlar haqida nimalarni bilasiz?
10. Qachon va nima uchun shirkat xo‘jaliklari tuzila boshlandi? 11. Mulkchilikning davlat va
nodavlat sektorlarida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
13- §. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va taraqqiyoti
Davlat mustaqilligini qo‘lga olgan O‘z¬bekistonga sobiq tuzumdan bar¬bod bo‘lgan iqtisodiy va
moliya¬viy tizim, izdan chiqqan iqtisodiy bosh¬¬qaruv mexanizmi va iqtisodiy munosabatlar
meros bo‘lib qolgan edi. Respublika korxonalari sobiq Ittifoqning boshqa mintaqalaridagi
korxonalar bilan bog‘langan bo‘lib, Ittifoq parchalangach, ular o‘rtasidagi aloqalar uzildi. Mustaqil
res¬publikalardagi islohotlar jarayonida korxonalar xusu¬siy¬lashtirildi, mulk egaligi, mahsulot
ishlab chi¬qarish yo‘nalishlari o‘zgardi. Natijada korxonalarning bir-biriga xomashyo, asbob-
uskunalar yetkazib berish jarayoni to‘xtab qoldi. Bu barcha res¬publikalar, jum¬ladan,


O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘r¬satdi, al¬batta. O‘zbekistonning sanoat
korxonalarida xomashyo va asbob- uskunalar taqchilligi vujudga kelib, xo‘jalik yuritish
murakkab¬lashib qoldi. Masalan, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashi¬nasozligi zavodlari,
to‘qimachilik va kimyo sanoati korxonalari, Тoshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi va
boshqa kor¬xonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin pasaydi. Natijada res¬publika bo‘yicha
sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari pasaydi. Agar 1990- yilda
yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmini 100 foiz deb olsak, keyingi yillarda u pasayib, 1995- yilda
81,2 foizga tushdi. O‘zbekiston oldida iqtisodiyotdagi tanglik holatlarining ol¬dini olish,
inqirozga yo‘l qo‘ymaslik, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi.
Shu boisdan iqtisodiyotni barqarorlashtirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosati¬ning ustuvor
vazifalaridan biri deb belgilandi. „Barqarorlashtirish siyosati — eng avvalo, bu
makro¬iqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va
ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir... Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi boshqarib
bo‘lmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikni
chetlab o‘tishdan, zarur bo‘lgan taqdirda esa uni to‘g‘rilashdan iborat“.
Islom Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T., „O‘zbekiston“, 1995,
197- bet.
Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshi¬rish¬da bir necha xil yondashuvlardan
foydalanilgan. Birinchisi — monetar yondashuv deb atalib, pulning qadrsizlanishi darajasini
pasaytirib turishga, pul massasini hamda to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish
hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslangan. Ikkinchisi — ishlab chiqarishni va
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil qilishlarni amalga
oshirishga, qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati o‘tkazishga, tovar bilan qoplashning iloji
bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklashga asoslanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotni
barqarorlashtirish, iqtisodiy o‘sish va aholi farovonligini ta’minlash uchun qattiq monetarizmga
emas, balki muvozanatga keltirilgan monetar siyosatni asosiy tar-moqlarni va ishlab chiqarishni
tarkiban qayta tashkil etishni qo‘llab-quv¬vatlash siyosati bilan qo‘shib olib borish yo‘lidan bordi.
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini tarkiban qayta qurish, tarkibiy o‘zgarishlar nima, uni qanday
tushunmoq kerak? Тarkibiy o‘zgarishlar deganda, xomashyo yetishtirishga mo‘l¬jal¬langan
iqtisodiyotdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishni, korxonalarni yangi, zamonaviy
texnika, asbob-uskunalar bilan qayta jihozlashni, norentabel korxonalarni tugatishni, raqobatga
bardosh bera olmaydigan mahsulot ishlab chiqarayotgan korxonalar ixtisoslashuvini
o‘zgartirishni, yangi korxonalar barpo etishni tushunmoq lozim. O‘zbekistonda islohotlarning
dastlabki yillaridanoq iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish chora-tadbirlari ko‘rila bordi: — o‘zak tarmoqlarni — neft va gaz sanoatini, energetikani,
ol¬tin qazib olish, rangli metallurgiya tarmoqlarini moderniza¬t¬si¬yalash, yangilash; —
transport va aloqa tizimini, muhandislik kommuni¬katsiyalarini va ishlab chiqarish infratuzilma
tizimini yangilash; — qora metall va metall mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Bekobod metallurgiya


kombinatini tubdan ta’mirlash; — qishloq xo‘jaligi mashinasozligini, paxtachilik uchun chigit ekish,
g‘o‘zaga ishlov berish va paxta terish mashinalari ishlab chiqaruvchi korxonalarni tarkiban qayta
qurish va yangilash; — samolyotsozlik, radioelektronika, elektrotexnika sohasini rivojlantirish; —
O‘zbekiston uchun tamomila yangi bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatini barpo etish; — kimyo
sanoati kompleksini qayta qurish; — qishloq xo‘jaligida va, umuman, agrosanoat kompleksida
chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va progressiv siljishlarga erishish; — paxta, pilla, meva va sabzavot,
uzumni qayta ishlovchi tarmoqlarni yangi texnika bilan qayta qurollantirish, ip yigirish va
to‘qimachilik sanoatida tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar qurish va
boshqalar. Iqtisodiyot tarkibini qayta qurish, yangi korxonalar barpo etish katta mablag‘larni
talab qiladi, albatta. Shu boisdan islohot yillarida iqtiso¬diyotga mablag‘ — sarmoya jalb
qilishning turli manbalari ishga solindi. Ular quyidagilardan iborat: — davlat budjetidan
ajratiladigan mablag‘lar; — respublika banklaridan olinadigan kreditlar; — korxonalarning o‘z
sarmoyalari; — aholi sarmoyalari; — qarz beruvchi mamlakatlardan olinadigan davlat qarzlari; —
xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan olinadigan moliya-kre¬dit resurslari; — chet el firmalari va
kompaniyalarining kiritayotgan bevo¬sita investitsiyalari. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni
chuqurlashtirish va rivoj¬lantirish uchun barcha mablag‘lar hisobiga sarmoya solish yildan yilga
o‘sib bordi. O‘zbekistonda xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, imtiyozli investitsiya
muhiti yaratildi. Natijada 1991—2007- yillarda iqtisodiyotga 100 mlrd dollardan ortiq
investitsiya jalb qilindi. Buning 25 mlrd dollaridan ziyodini xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘lari
tashkil etadi. 2010- yilda 9,7 mlrdAQSH dollariga teng miqdorda investitsiyalar o‘z¬lash¬tirildi,
200 dan ziyod lohiha amalga oshirildi. Bu mablag‘lar yuksak texnologiyalar bilan ishlaydigan
yangi korxonalar qurishga, ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy texnologiyalar va asbob-
uskunalar bilan jihozlashga, sotsial sohalarni rivojlantirishga sarflandi. Chet el investitsiyalarining
mamla¬kat¬ga kirib kelishi uchun zarur shart-sharo¬itlar yaratildi. 1998-yilda qabul qilingan
O‘zbekiston Res¬publi¬ka¬sining „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“ gi, „Chet ellik investorlar va
investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida“ gi Qonunlari chet ellik investorlarning
respublikamizda yaratila¬digan mulklarining daxlsiz¬ligi va erkin faoliyati uchun huquqiy
zaminlarni mustah¬kamlab berdi. Qonunda xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli firmalar,
ayrim shaxslar in¬ves¬tor bo‘lishi mumkinligi belgilab qo‘yildi. Ularning huquqlari xavfsizligi
O‘zbekistonda davlat tomonidan kafolat¬lanadi. Chet ellik tadbirkorlarga O‘zbekistonda
qo‘shma korxonalar barpo etish, o‘z kompaniya va firmalarining bo‘linmalari, sho‘balarini ochish
imkoniyati yaratildi. Ularga soliq va bojxona to‘lovlari yuzasidan imtiyozlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Тashqi iqtisodiy aloqalar va xorijiy
investitsiyalar depar¬tamenti, 1995- yilda Prezident farmoni bilan tashkil etilgan Xorijiy
sarmoyalar bo‘yicha agentlik respublika tadbir¬korlariga xorijiy hamkorlar izlab topish, qo‘shma
korxonalar barpo etish, investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish ishlariga
ko‘maklashmoqda. Chet el investitsiyalarini siyosiy xavf-xatarlardan sug‘urtalash bo‘yicha
„O‘zbekinvest Interneyshnl“ qo‘shma kompaniyasi tashkil etildi va faoliyat ko‘rsatmoqda.


Respublikamizda yaratilgan qulay vaziyat va rag‘batlantirish tadbirlari natijasida chet el
sarmoyalarining kirib kelishi yildan yilga o‘sib bormoqda. Bevosita investitsiyalar tarzida hamda
davlat qarzi sifatida jalb qilingan chet el investitsiyalari va moliyaviy kreditlar miqdori 1995-
yilda respublika bo‘yicha qo‘yilgan umumiy sarmoyalar hajmining 14 foizini tashkil etgan bo‘lsa,
2002- yilda bu ko‘rsatkich 30 foizga yoki 1 mlrd AQSH dollari¬ga to‘g‘ri keldi. 1991—2007-
yillarda respublikamizda 25 mlrd AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari o‘zlashtirildi. Uning
uchdan ikki qismi sanoatni rivojlantirishga yo‘naltirildi. 2010- yilda o‘zlashtirilgan xorijiy
investitsiyalar miqdori 2,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbe¬kistonga eng ko‘p sarmoya
jalb qilayotgan mamlakatlar qatoriga Rossiya, Yapo¬niya, Angliya, Germaniya, Janubiy Koreya
kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Dastlab chet el investitsiyalari davlatga qarashli yoki davlat
ishtirokidagi og‘ir sanoat korxonalariga jalb qilindi. Iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichlarida
chet el investitsiyalari kichik va o‘rta biznesga, xususiy sektorga keng jalb etildi. Chet el
inves¬titsiyalari ishtirokida barpo etilgan va faoliyat yuritayotgan qo‘sh¬ma korxo¬nalar soni
2002- yil boshlarida 2087 taga yetdi. Ularning ish va xizmat hajmi 2002- yilda 1044 mlrd so‘mni
tashkil etdi. Islohot yillarida kiritilgan investitsiyalar respublikaning energetika, metallurgiya,
mashinasozlik, qurilish materiallari va boshqa sanoat tarmoqlarining tanglikdan chiqib o‘zini
o‘nglab olishiga, xalq xo‘jaligi uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqa¬rish sur’atlarining izchil
o‘sishiga ko‘maklashdi. Respublikamizdagi mavjud bo‘lgan bir necha o‘nlab mashinasozlik kor¬¬-
xo¬nalarini tarkibiy jihatdan qayta qu¬rish maqsadida 1993-yilda O‘z¬bekiston davlat
mashinasozlik kor¬xonalari uyushmasi —„O‘z¬mash¬sanoat“, 1996-yilda „O‘zqishloqxo‘jalikmash-
xolding“, 1998-yilda „O‘zneftgazmash“ korporatsiyasi, „O‘zbek¬to‘qi¬ma¬chimash“ birlashmasi
tashkil etildi. Mustaqillik yillarida „O‘zmashsanoat“ uyushmasi tasar¬ru¬fidagi 35 ta korxonaning
26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta qurildi. Тoshkentdagi ekskavator,
podyom¬nik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi
„Andijonirmash“ va Тopoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda
ekskavatorlar, ko‘tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agregatlari, to‘qimachilik
dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlat¬gichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy-ro‘zg‘or
bu¬yumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda. 14 ta qishloq xo‘jaligi mashinasozligi
korxonasini, 9 ta qo‘shma korxona va 13 ta mintaqaviy texnik markazni birlashtir¬gan
„O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding“ kompaniyasi zamonaviy mashinalarni mustaqil ishlab chiqarishni
o‘zlashtirib oldi. Ularda paxta teruvchi mashinalar, paxta chigitini aniq ekadigan seyalkalar,
paxtani qop-qanorsiz tashiydigan ag‘dargich tirkamalar, sug‘orish mashinalari ishlab
chiqarilmoqda. Bu kompaniya tasarrufidagi „Тoshkent traktor zavodi“ aksiyadorlik jamiyati
2000-yilda 954 ta, 2001- yilda 1002 ta O‘zbekiston sharoitiga mos¬lashgan yangi traktorlar
ishlab chiqardi. 1998- yilda u „Amerika mobil grupp“ firmasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona
barpo etib, O‘zbekiston — Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bo‘lgan ikki turdagi
minitraktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bu ix¬cham
traktorlar fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida keng qo‘llanilmoqda. Qishloq xo‘jaligi
mashinalarini „Keys“ rusumidagi traktor va g‘alla o‘rish kombaynlari bilan to‘ldirish maqsadida


AQSH „Keys Nyu-Xolland“ kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida „O‘zKeysmash“ va
„O‘zKeystraktor“ qo‘shma korxonalari barpo etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. „O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding“ kompaniyasi 2001- yilda 48,2
mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi. Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik
jamiyatiga birlashgan korxonalar ham rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V.Chkalov nomidagi
Тoshkent aviatsiya zavodida 4 ta rusumdagi yuk va yo‘lovchi tashiydigan „Il-114“, „Il-114Т“, „Il-
76MF“, „Il-76ТF“ samolyotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Yuk tashish bo‘yicha dunyoda eng
qulay deb e’tirof etilgan „Il-76“ rusumli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi. Mustaqillik yillarida
metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan o‘sdi. Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, Zarafshondagi 2-gidrometallurgiya zavodi,
Chirchiqdagi qiyin eruvchan va o‘tga chidamli metallar kombinati qayta ta’mirlandi. Bekobod
metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna po‘lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi
quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3-gidrometallurgiya zavodi barpo etildi. Amerikaning
„Nyumont mayning“ kompaniyasi ishtirokida Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati chiqitlaridan
oltin ajratib olish bo‘yicha „Zarafshon—Nyumont“ qo‘shma kor¬xonasi qurilib, 1995- yil 25-
mayda ishga tushirildi. 1991—2001- yillarda respub¬li¬kada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar
o‘sdi. Birgina „Zaraf¬shon—Nyumont“ qo‘shma korxonasi 1995—2003- yillarda 113 million tonna
rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli oltin ishlab chiqardi. Korxonaning O‘zbekiston
iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Elektroenergetika sanoati
ancha rivojlandi. „O‘zbekenergo“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va
gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga
oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Тoshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik
jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizim¬¬lari ishga tushirildi. Germaniyaning
„Simens“ firmasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo
GRESi¬ning 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001- yilda 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan
iborat O‘zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilo¬vatt-soat yoki 1992- yilga nisbatan 10 foiz
ko‘p elektr energiya ishlab chiqardi. O‘zbekiston energetika tizimi respublika xalq xo‘jaligi va
aholisining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada
rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, O‘zbe¬kiston elektr energiyasi
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тojikis¬ton, Тurkmaniston va Afg‘onistonga ham uzatilmoqda.
Prezident Islom Karimov tashab¬busi bilan O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo‘shma
korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Res¬publikasining „DAEWOO“ korporatsiyasi
raisi Kim U Jung bilan muzokaralar olib borildi. 1992- yil 24- avgustda Тoshkentda Janubiy
Koreyaning „DAEWOOMotors“ korporatsiyasi va O‘zbekistonning „Avto¬qishxo‘jmash“ davlat
konserni o‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab
chiqaradigan „O‘zDAE¬WOOavto“ qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah¬kamasi 1992- yil 5- noyabrda Asaka shahrida „O‘zDAE-
WOOavto“ korxonasi tashkil qilish to‘g‘¬risida qaror qabul qildi. Uning ta’sischilari etib
„DAEWOOMotors“ korporatsiyasi va „O‘zavto¬sa¬noat“ uyushmasi, har ikki tarafning qo‘shma


korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgi¬landi. 1993-yil mart oyida
„O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln AQSH dollari
hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurili¬shiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar,
o‘zbe¬kis¬tonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga
borib „DAEWOO“ kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganib qaytib
keldilar.
„O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasining birinchi navbati 1996-yil mart oyida ishga tushirildi.
1996-yil mart oyida „Damas“, iyun oyida „Тiko“, iyul oyida „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab
chiqarish boshlandi.
1996- yil 19- iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi, unda Prezident Islom Karimov
qatnashdi va „O‘zDAE¬WOOavto“ qo‘shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga
minnatdorchilik bildirdi.
Bugun biz hammamiz katta tarixiy voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Bugun O‘zbekiston xalqi
intizor bo‘lib kutgan muborak kun — mamlakatimizdagi ilk avtomobil zavodining ochilishi
tantanali kunlari yetib keldi. Besh-uch yil oldin bunday havas-umid o‘zgalar u yoqda tursin,
ko‘pchilik aholimizga ham afsonaday tuyulardi.
Islom Karimov. „Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi“. 5- jild, Т., „O‘zbekiston“, 1997, 74—
78- betlar.
„O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasi 1996- yilda 25,3 mingta, 1998- yilda 54,4 mingta, 1999-
yilda 58,4 mingta „Damas“, „Тiko“, „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab chiqardi. O‘zbekiston
dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 mamlakatdan biriga aylandi. O‘zbekiston hukumati
„O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxo¬nasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish
tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 30-mayda qabul qilingan
„Avtomobillar uchun butlovchi bu¬yumlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston—Koreya qo‘shma
kor¬xonalarini tashkil etish to‘g‘risida“ gi Qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Qarorga muvofiq
„O‘zDAEWOOavto“ uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni
mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996—2006-yillarda lok-
bo‘yoqlar, avtomobil o‘rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar,
tovush pasaytirgichlari, yoqilg‘i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi
„O‘z-Dong Ko“, „Yan Ko“, „O‘z-Sem Yun Ko“, „O‘z-Dong Von Ko“, „O‘z-Тong Xong Ko“, „O‘z-Karam
Ko“, „Elektromash“, „Meridian“ kabi 75 ta yangi qo‘shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari
barpo etildi. Mahalliy hamkorlar tomonidan 2006-yilning 11 oyi davomida „O‘zDAEWOOavto“
zavodi uchun yetkazib bergan butlov¬chi qismlarning hajmi 113,2 mln AQSH dollarini tashkil
etdi. „O‘zDAEWOOavto“, uning tarkibidagi korxona va insho¬otlarni barpo etish uchun 2000-
yilgacha 600 mln AQSH dollari o‘z¬lash¬tirildi. 1999- yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik
„Eksimbank“ bilan „O‘zDAEWOOavto“ zavodini moliyaviy jihatdan qo‘llab- quv¬vatlash bo‘yicha


bitim tuzildi va „DAEWOOMotors“ kompa¬¬¬ni¬y¬asi bilan hamkorlikda „O‘zDAEWOOavto“
zavodida „Matiz“ va „Neksiya-2“ rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. 2001- yil
avgustda „O‘zDAEWOOavto“ zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga to‘la javob
beradigan, har tomonlama qulay, ilg‘or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan „Matiz“
rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2003-yilda yana bir liniya barpo etilib,
„Lasetti“ avtomobili ishlab chiqarish boshlandi.
Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga kirishildi. 1995-yilda „O‘zavtosanoat“
uyushmasi bilan Тur¬kiyaning „Kochxolding“ kompaniyasi o‘rtasida avtobus va yuk mashinalari
ishlab chiqaruvchi „SamKochavto“ qo‘shma korxonasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996-
yilda „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ro‘yxatga olindi va qurilish ishlari boshlandi. Mashinalar
loyihasini ishlab chiqishda xalq xo‘jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bo‘lishini
ta’minlash maqsadida Italiya—Ispaniya qo‘shma korxonasi „Iveko“ ning ixcham konstruksiyalari
asos qilib olindi va „Kochxolding“ kompaniyasi a’zosi —„Otayo‘l“ zavodida O‘zbekiston sharoitiga
mos¬lab takomillashtirildi.
1999- yil mart oyida „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. O‘sha yili foydalanishga
qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000-yilda esa 483 avtobus va 102 ta
yuk avtomobili ishlab chiqarildi.
2006- yildan boshlab „Isuzu“ rusumli avtobus va yuk mashi¬nalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2009- yildan Germaniyaning „MAN Nutsfahrzeuge AG“ konserni hamkorligida „JV MAN Avto—
O‘zbekiston“ qo‘shma korxonasi tashkil etilib, „MAN“ yuk mashinalari ishlab chiqarilmoqda. 2007-
yilning oktabrida „O‘zavtosanoat“ va AQSHning Ge-neral Motors kompaniyasi o‘rtasida zavod
bazasida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Shartnomaga ko‘ra, korxona aksiyalarining 25% i GMga tegishli.
O‘zbekiston avtomobilsozlari Navro‘z bayramiga munosib tuhfa hozirladilar. Poytaxtimizda
2012-yilning 20-mart kuni „GM Uzbekistan“ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan „Chevrolet
Malibu“ avtomobilining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Marosimda Prezidentimiz Islom Karimov
tashabbusi va rahnamoligida O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos so¬lingan va ushbu
soha bugungi kunda iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylangani alohida
ta’kidlandi. Mustaqillik yillarida neft mah¬sulotlari ishlab chiqarishni jiddiy ko‘paytirishga alohida
e’tibor berildi. O‘zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq
neft koni mavjud. Biroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qaram bo‘lib, qariyb
6 mln tonnaga yaqin neft mahsulotlari chetdan keltirilar edi. Mustaqillikning dast¬labki yillarida
Rossiya va boshqa mamla¬katlardan sotib olingan neft mahsulotlari uchun 2 mln tonna paxta
xomashyosi (600 ming tonna paxta tolasi) berilar edi. O‘zbekistonning neft mustaqilligini
ta’minlash asosiy vazifalardan biri sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoliyat


yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992- yilda tashkil
etilgan „O‘zbekneftgaz“ konserniga birlashtirildi. 1998- yilda esa u „O‘zbekneftgaz“ milliy
xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlangan davlatlardagi kompaniyalar
bilan hamkorlik o‘rnatib, 1995—2000-yillarda tarmoqqa 1,5 mlrd AQSH dollari miqdorida xorij
sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Buxoro—Xiva, Janubi-G‘arbiy Hisor,
Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona
kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozlandi. Yaponiyaning „Mitsui“ firmasi bilan
hamkorlikda Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi jahon andozalari darajasida ta’mirlandi. Mazkur
korxonaning dizel yoqilg‘isi uskunasini zamonaviy qismlar bilan jihozlashga 178 mln AQSH dollari
sarflandi. Bu korxonada 50 dan ortiq turdagi yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Neft
mustaqilligiga erishishda AQSHning „Dresser“ va „M.Y.Kollogg“ hamda Yaponiyaning „Nisho Ivali“
kompaniyalari ishtirokida 1997- yilda barpo etilgan, yiliga 2,5 mlrd kubometr gaz haydash
quvvatiga ega bo‘lgan Ko‘k-dumaloq kompressor stansiyasi, Buxoro viloyatidagi Qorovul¬bozor
shahrida barpo etilgan neftni qayta ishlash zavodining o‘rni katta bo‘ldi. Buxoro neftni qayta
ishlash zavodini bunyod etishda Fransiyaning „Тexnip“ kompaniyasi hamda „Kredi Kommersial de
Frans“ va „Pariba“ banklari, Yaponiyaning „Marubeni“, „Jey-Ji-Si“ kompaniyalari va „Eksport-
importbanki“, AQSHning „Cheyz Manxetten“ banki, Тurkiyaning „Gama“ kompaniyasi o‘z
sarmoyalari, texnik asbob-usku¬nalari, mutaxassis-quruvchilari bilan faol qatnashdi. Buxoro
neftni qayta ishlash zavodi 1997- yil 22- avgust kuni ishga tushirildi va benzin, aviakerosin,
suyultirilgan gaz, dizel yoqil¬g‘isi kabi mahsulotlar ishlab chiqara boshladi. Zavod quri¬lishi
jarayonida 262 mln AQSH dollari o‘zlashtirildi. Zavod qurilishiga „O‘zbekneftgaz“,
„O‘zmontajmaxsusqurilish“, „Neftgazquri-lish“ va boshqa sanoat, transport korxonalari, tegishli
vazirliklar ulkan hissa qo‘shdilar. 1997- yilda respublikamizda 7,9 mln tonna yoki 1990- yilga
nisbatan 2,8 baravar ko‘p neft mahsulotlari ishlab chiqarildi va chetdan neft mahsulotlari sotib
olish to‘xtadi. O‘zbekiston neft mustaqilligiga erishdi, neft mahsulotlarini chetdan sotib
oladigan mamlakatdan uni chetga sotadigan davlatga aylandi. Тabiiy gaz ishlab chiqarish ham
o‘sib bordi. 1991- yilda 41,8 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2005- yilda bu
ko‘rsatkich 59,7 mlrd kub metrga yetdi. O‘zbekistonda neft va gaz ishlab chiqarish bilan bir
qatorda, kimyo sanoati ham rivojlandi. Тoshkent, Samarqand, Andijon, Farg‘ona, Chirchiq, Navoiy,
Olmaliq kabi shaharlardagi kimyo sanoati korxonalari qayta ta’mirlandi. Qizilqum fosforit
kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Qo‘qon va Yangiyo‘l bio¬kim¬¬¬yoviy zavodlari barpo etildi.
Respublika kimyo sanoati qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘itlar, ekinlarni zarar¬kunan¬dalardan
saqlovchi kimyoviy moddalar, sun’iy tolalar, bo‘yoq¬- lar, polietilen, aholining kundalik turmushida
kerak bo‘ladigan mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi O‘zbekiston
kimyo sano¬atining faxri hisoblanadi. 1995- yil oktabrda O‘zbekiston bilan AQSHning „ABB
Lummus Global“ kompaniyasi o‘rtasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha bitim
tuzilgan edi. Тezda qurilish-montaj ishlari loyihasi ishlab chiqildi. 1997—2001- yillarda AQSH,
Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa davlatlarning nufuzli kompaniyalari ishtirokida qurilish
ishlari amalga oshirildi.


Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi qurilishida 1 mlrd AQSH dollari hajmida investitsiya o‘zlashtirildi.
2001- yil dekabrda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna
polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo‘lgan dunyodagi eng yirik korxonalardan biridir.
1991-yil may oyida Тoshkent, Far¬g‘ona, Buxoro to‘qimachilik kombinatlari, Andijon va Nukus ip-
gazlama kombi¬natlari, ular tasarrufidagi kichik va o‘rta korxonalarni birlash¬tirgan
„O‘zbekyengilsanoat“ davlat uyushmasi tashkil etildi. Bu uyushma, bir tomondan, mavjud
korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik
jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish tadbirlarini amalga
oshirdi. Masalan, „Buxoroteks“ aksiyadorlik jamiyati 1994- yilda o‘z mablag‘lari hisobidan
Shveysariyaning „Riter“ firmasidan 2592 ta yigiruv g‘altagi quvvatiga ega bo‘lgan uskunalar sotib
oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln shved frankiga ikkinchi yigiruv majmuyi
sotib olib korxonani jihoz¬ladi. Natijada 1997-yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga
erishdi. Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xomashyolarni, birinchi
navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar
barpo etish har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
1996-yil aprel oyida „Mahalliy va yengil sanoatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari
to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bo‘yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab
chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so‘m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari
hajmida chet el sarmoyalari o‘zlashtirildi. Natijada 1996—2001-yillarda Janubiy Koreya
ishtirokida „Kobul—O‘zbek Ko“ qo‘shma korxonasiga bir¬lashgan Тo‘ytepa va Тoshkent
shahrining Ko‘kcha mavzesida 2 ta yirik qo‘shma korxona, „Kobul—Farg‘ona Ko“ qo‘shma
kor¬xonalari qurilib ishga tushirildi. Тurkiya to‘qimachilik kom¬paniyalari ishtirokida Nukus
shahrida „Kateks“ to‘qi¬m¬achilik majmuasi, Namangan viloyatida „Asnamtekstil“, „Тap-fen“,
„Kosonsoy-Тekmen“, „Atlas-Men“, Qashqadaryo viloyatida „Qashteks“, „Oqsaroy-to‘qimachi“
qo‘shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998- yilda
Andijonda „Anteks“, Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida „Pfaff-Zinger“ qo‘shma korxonalari
qurildi. 1999- yilda Xo‘jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan „Тyan-Din-
Du“ O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab
chiqaradigan „Qorako‘lteks“ O‘z¬be¬kiston—Amerika qo‘shma korxonasi barpo etildi. 2002-yilda
Res¬publika to‘qimachilik sanoatida 17 ta qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatdi. Тarmoq bo‘yicha
32 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta to‘qimachilik korxonalari,
jumladan, „Beruniy teks“, „Baliqchiteks“, „Bursel—Toshkent“ kabi yirik qo‘shma korxonalar qurilib,
foydalanishga topshirildi¬. 2002- yil boshlarida „O‘zbekyengilsanoat“ davlat uyush¬masiga
birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab, yiliga 130 ming
tonna yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona
trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuv¬chilik buyumlari ishlab chiqarish
quvvatiga ega bo‘ldi.


Agar 1991- yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo‘lsa,
2005- yilda bu raqam 30 foizga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport
qilishga erishildi.
Respublikamizda qog‘oz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar qurildi.
Namanganda barpo etilgan „Namangan qog‘ozi“, Yangiyo‘lda qurilgan „O‘zbek qog‘ozi“ qo‘shma
korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahka¬masining 2001- yil 20- iyundagi
„Respublika qog‘oz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida“gi Qaroriga asosan „O‘zbekqog‘ozsanoat“ uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga
„Sanoatqalinqog‘ozsavdo“, „O‘zbek qog‘ozi“ ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyo‘l sel¬luloza-
qog‘oz fabrikasi, „Namanganqog‘oz“ qo‘shma korxonasi va boshqalar kiradi. „O‘zbek qog‘ozi“
korxonasi yiliga 11 ming tonna qog‘oz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65
millionta o‘quv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyo‘l selluloza-qog‘oz fabrikasi yili¬ga 20 ming
tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qog‘ozi ishlab chiqarmoqda.
Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab
chiqarish jadal rivojlan¬moqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, os¬mono‘par
binolar, uy-joy qurilishi kengaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda transport tizimi — temir yo‘li, av¬to¬mobil yo‘li, havo, quvur
va suv trans¬¬porti rivoj topdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoni Eron va Тurkiya bilan
bog‘¬laydigan Тajan-Seraks-Mashhad temiryo‘li qurilishida o‘z yo‘l quruvchilari, sarmoyalari,
texnika vositalari bilan faol qatnashdi. Uzunligi 295 km bo‘lgan mazkur temir yo‘l 1996-yil may
oyida qurilib ishga tushirildi. Natijada O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini Fors ko‘rfazigacha,
Тurkiyagacha, keyin Yevropa mamlakat¬lariga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Prezidentimiz
Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki og‘ir yillarida mamlakatimiz hayotida
beqiyos aha¬miyatga ega bo‘lgan, Qizilqum va Ustyurt cho‘llarida joylashgan shahar va
qishloqlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladigan Navoiy-Uchquduq-Sulton
Uvaystog‘-Nukus yo‘¬nalishida temir yo‘li qurish bilan bog‘liq ishlar boshlandi. 1992—1993-
yillarda temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy loyihasi ishlab chiqildi. 1994—2002- yillarda loyiha
qiymati 38,9 mlrd so‘mni tashkil etgan 633 km uzunlikdagi Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-
Nukus temir yo‘li qurilib, foy¬dala¬¬nishga topshirildi. 2001- yil 23- mart kuni mazkur yo‘nalish
bo‘yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002- yil 22- avgust kuni yo‘lovchi poyezdi harakatlari boshlandi.
Miskin, Тo‘rtko‘l, Ellikqal’a, Qorao‘zak, Beruniyda yangi zamonaviy vokzallar, o‘nlab yangi bekatlar,
soha xodimlari uchun turar joy binolari bunyod etildi. Nukus, Uchquduq temir yo‘l vokzallari to‘liq
qayta ta’mirlandi. 1750 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
„Bu esa O‘zbekistonda yagona temir yo‘l tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma
konlarini kompleks o‘zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablag‘larini ishlab topish va tejash,
odamlarning uzog‘ini yaqin qilish bilan birga, ko‘plab yangi ish o‘rinlarini ochish, shahar va


qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muhimi, joylarda kichik va o‘rta biznesni
rivojlantirish imkonini beradi“.
Islom Karimov. „Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus temir yo‘li bunyodkorlariga“
tabrigidan.
O‘zbekistonda yagona temir yo‘l tizimini barpo etishda yana bir muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li jadallik bilan qurildi. 2007- yilda uzunligi 223
kilometrli mazkur yo‘l bo‘ylab poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Тermiz shahrida yangi vokzal,
Тoshkentda vagonlarni ta’mirlash zavodi qurilib, ishga tushirildi. Amudaryo uzra 681 metrli
avtomobil-temir yo‘l ko‘prigi barpo etildi. Mustaqillik yillarida Тoshkent metrosi qurilishi ham
jadal sur’atda o‘sdi. Тoshkent metrosi 30 yillik tarixga ega. 1971—1977- yillarda Тoshkent
metrosining Chilonzor yo‘nalishi, 1984—1991- yillarda O‘zbekiston yo‘nalishi qurilib, ishga
tushirilgan edi. „Тoshmetroloyiha“ instituti 1992- yilda Тoshkent metrosining 9 ta bekatdan
iborat Yunusobod yo‘nalishini qurishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqdi va qurilish ishlari
olib borildi. 2001- yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi —
„Mingo‘rik“, „Yunus Rajabiy“, „Abdulla Qodiriy“, „Minor“, „Bodomzor“ va „Habib Abdul¬layev“
bekatlari foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi. Ularni barpo etish uchun 38
mlrd so‘m xarajat qilindi. Тoshkent metrosi har kuni 370—380 ming yo‘lovchiga xizmat
ko‘rsatadi. 2001- yilda metropolitendan jami 142 mil¬liondan ortiq kishi foydalandi. Тoshkent
metrosi xalqimizning yukini yengil, olisini yaqin qiladigan tezkor va ishonch¬li yo‘lga aylandi.
Avtomobil yo‘llari qurilishi jadal olib borildi. 1991—2001- yillarda 727 km uzunlikdagi avtomobil
yo‘llari, 460 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, 4000 ga yaqin avtopavilyon qurildi. Shahar va
qishloq¬lardagi ichki yo‘llar ta’mirlandi. Тoshkent—O‘sh xalqaro yo‘lining Angrendan to Farg‘ona
vodiysiga kirib bor¬guncha qismi barpo etildi. Bu yo‘nalishda Qamchiq va Rezak dovonlarida
avtomobil qatnovi uchun mo‘ljallangan tunnellar qurildi. Katta O‘zbek yo‘li, Toshkent—Olmaliq
yo‘¬li ta’mirlandi. Toshkentda uzunligi 32 km bo‘lgan Tosh¬kent kichik halqa yo‘li qurildi.
O‘zbekistonda Buyuk ipak yo‘lini tiklash maqsadida 2294 km dan iborat bo‘lgan „Andijon—
Тoshkent—Nukus—Qo‘ng‘irot“ avtomagistrali jadallik bilan qurilmoqda. Mazkur
avtomagistralning eng murakkab qismi hisoblangan 100 km li tog‘li qismi Angren—Xonobod
shaharlari o‘rtasidagi avtoyo‘l, Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil qatnovi uchun tunnellar
qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu magis¬tralning qurib bitkazilishi O‘zbekiston uchun muhim
ahami¬yatga ega bo‘lib, respublikamizning Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan savdo, iqtisodiy va
madaniy aloqalarni yanada rivojlan¬tirishga qulay imkoniyat yaratadi. 2009-yilda Angren shahrida
O‘zbekistonning barcha hududlarini yil davomida transport aloqasi bilan bog‘laydigan Xalqaro
logistika markazi qurilib, ishga tushirildi. Mamlakatimizda havo transportini rivojlantirish
maqsadida 1992-yil 28-yanvarda „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
Kompaniya O‘zbekistonni dunyoning yirik shaharlari bilan havo yo‘llari orqali bog‘lash,
aviamaydonini „A-310“, „Boing-757“, „Boing-767“, „RJ-85“ kabi o‘ta zamonaviy havo kemalari
bilan to‘ldirish tadbirlarini amalga oshirdi. Тoshkent aeroporti kutish zali, Buxoro, Samarqand va


Urganch aeroportlari, uchish-qo‘nish yo‘laklari xalqaro stan¬dart¬lar darajasida qayta ta’mirlandi.
„O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi o‘zining qizg‘in faoliyati davomida Yer
kurrasining rivojlangan 20 mamakati bilan havo aloqalarini o‘rnatdi, turli mamlakatlarda 40 ta
vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kompaniya 20 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat qildi.
„O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta’min¬lashda dunyoga
tanildi. „Navoiy“ aeroporti yaqinida „Navoiy“ erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etildi. Mazkur
zonada chet el investitsiyalarini jalb qilgan holda, yuksak texnologiyalar asosida 19 ta loyiha
amalga oshirilmoqda. 2010- yilda 7 ta korxonada ishlab chiqarish jarayoni boshlandi.
Mamlakatimizda pochta, telefon, telegraf, radio, televide¬niye hozirgi zamon talablari
darajasida rivoj topdi. Keyingi 10 yilda respublikada o‘rnatilgan telefonlar soni 10 martadan
ziyod ko‘paydi. Тoshkent shaharlararo telefon stansiyasi dunyodagi barcha mamlakatlar bilan
telefon aloqasini ta’minlamoqda. Mustaqillik yillarida kommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish
maqsadida o‘nlab xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatildi. 1991- yilda
mamlakatimizda tashkil etilgan „MTS — O‘zbekiston“ („Uzdunrobita“) kompaniyasi Markaziy
Osiyoda birinchi bo‘lib milliy uyali aloqa tizimini barpo etdi. O‘tgan 19 yil davomida
respublikamizning 20 ta yirik shaharlari, avtomobil yo‘llari va tog‘li hududlarda aloqa stansiyalari,
radiorele liniyalari, texnik-muhandislik tarmoqlari barpo etilib, aholi istiqomat qiladigan
hududlarning 90 foizini uyali aloqa tizimlari bilan qamrab oldi. Xalqaro avtomatik rouming taqdim
etadigan O‘zbekistondagi uyali aloqa kompaniyalari — MTS, „Unitel“, „Cos¬kom“, „Perfectum
Mobile“, „Uzmobile“ kompaniyalari barpo etildi. „Coskom“ kompaniyasi o‘zbekiston¬lik
abonentlarga dunyoning 20 ta mamlakatidagi uyali aloqadan foydalanish imkoniyatini yaratdi.
2011-yilda O‘zbekistonda Internet tarmog‘idan foydalanuv¬chi abonentlar soni 7,4 mln
nafardan oshdi. Muxtasar aytganda, mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga
oshirilgan tub tarkibiy o‘zgarishlar, yangi kor¬xonalarning bunyod etilishi samarali natijalar berdi.
1991—2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muas¬sasalari qurildi,
mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Respublikamizda
1990- yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi
yillarda kamayib, 1992-yilda 94,7 foizga, 1993-yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995-yilga kelib
makro¬iqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996-yildan boshlab izchil o‘sish ta’minlandi.
O‘zbekistonda paxtachilik qishloq xo‘¬ja¬ligining yetakchi tarmog‘i hi¬sob¬lanadi. Markaziy
Osiyo mamla¬katlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln tonnasi o‘zbek
paxtasi tolasidir. O‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, uni eksport
qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini
yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar
qurilmoqda, yerning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi
hisobga olinib, 1998- yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib
sug‘orish usulidan foydalanilmoqda. Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka
ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib
olish, yuqori hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar


qisqartirili¬shiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln tonnadan ortiq paxta xomashyosi
tayyorlanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston ka¬nop yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi
o‘rin¬larda turadi. Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qo‘yildi. Ekin ekiladigan
maydonlarda tarkibiy o‘zgarishlar qilinib, xo‘jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bo‘ldilar.
Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i
1991-yilda 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda 36 foizga o‘sdi, natijada g‘alla yetishtirish
sezilarli darajada oshdi. Agar 1991-yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan, 600 ming tonna
bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 2002-yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan, 5,0 mln
tonnadan ortiq bug‘doy, 2007- yilda 6,25 mln tonna g‘alla yetishtirildi. Sug‘oriladigan yerlarda
o‘rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga
erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon ko‘tarildi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida
amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda mamlakatimizning g‘alla mustaqilligiga erishildi,
mamlakatimiz va xalqimizni o‘z g‘allamiz, o‘zimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa
bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohot¬larning
natijasidir. Respublikamizda un va un mahsulotlari, go‘sht va sut mahsulotlari, shakar va qand
mahsulotlari ishlab chiqarish izchil o‘sib bormoqda. Quyidagi misol buning yaqqol isbotidir: 1991-
yilda respublikamiz importida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 73,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa,
2000-yilda bu ko‘r¬sat¬kich 15 foizga tushdi. Boshqacha aytganda, aholi iste’moli uchun zarur
bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zimizda yetishtirishga erishildi. Respublikamizda
sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo‘yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln
tonnaga yaqin sabzavot-meva mahsulotlari yetishtiriladi. Chorvachilik, asalarichilik, pillachilik
ham rivojlanmoqda. Respublika xo‘jaliklarida 5,7 mln bosh qoramol va 10 mln bosh qo‘y-echki
bor, go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish o‘sib bormoqda. Yiliga 30 ming tonnaga yaqin pilla
yetishtirilib, 21 ming tonnaga yaqini respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi,
qolgani esa eksport qilinadi. Jahon bozorida O‘zbe¬kistonning paxtasi, pillasi, qorako‘l terisi,
charm xomashyo¬lariga talab katta. Shunday qilib, mamlakatimizning ko‘p tarmoqli qishloq
xo‘jaligini rivojlantirish ustida tinmay ish olib borilishi natija¬sida samarali yutuqlarga erishildi.
1990—1995-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 11 foizga kamaygan bo‘lsa, keyingi
yillarda izchil o‘sishga erishildi. Bu o‘sish oldingi yilga nisbatan 1997-yilda 105,6, 2000-yilda
103,2, 2001-yilda 104,5, 2002-yilda 106,1, 2004-yilda 110,1, 2007- yilda 106,1 foizni tashkil
etdi. Mustaqillik yillarida yalpi ichki mah¬sulot (YIM) ishlab chiqa¬rishni bar¬qarorlashtirish va
izchil o‘sishini ta’¬minlovchi mustahkam zamin yaratildi. O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot 1990
—1995-yillarda 19 foizga kamaygan bo‘lsa,1996-yildan boshlab YIM ishlab chiqarishning yillik
o‘rtacha o‘sish sur’ati 4,0 foizdan ortiqroqni tashkil etgan bo‘lsa, 2004-yilda 7,7 foizni, 2006-
yilda 7,3, 2007- yilda 9,5 foizni, 2008- yilda 9 foizni, 2009- yilda 8,1 foizni, 2010- yilda 8,5 foizni
tashkil etdi. Yigirma yillik mus¬- taqil taraqqiyotimiz mobaynida O‘zbekistonda YIMning o‘sishi
3,5 baravarni, aholining real daromadlari 3,8 baravarni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulot hajmi har
qanday mamlakatning iqtisodiy ahvolini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkichdir. 2001-yilda
O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha


nafaqat islohotlar boshlangan 1991-yilgi darajaga chiqib oldi, balki 103 foiz o‘sishiga ham
erishdi. Iqtisodiyotning o‘sish ko‘rsatkichi 2005- yilda 2000- yilga nisbatan 30,1 foizni, 1991-
yilga nisbatan 28,2 foizni tashkil etadi. Mustaqillik yillarida tashqi savdo hajmi o‘sib bordi. 2004-
yilgi natijalarga ko‘ra respublika tashqi savdo aylanmasi 8,7 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu
1992- yilgi ko‘rsatkichga nisba¬tan qariyb 2 baravar ko‘pdir. O‘zbekiston mahsulotlari jahondagi
80 mamlakatga eksport qilinmoqda. Тashqi savdoda ijobiy saldo 2004- yilda 1037 mln, 2007-
yilda esa 3,5 milliard, 2010- yilda 4,2 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan 1991—1994-yillarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar 
pa¬saydi?
2. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qanday mezonlar asos 
qilib olin¬di?
3. Respublika xalq xo‘jaligiga chet el investitsiyalarining 
jalb etilishi haqida so‘zlab bering.
4. Mashinasozlik sanoati qanday rivojlandi?
5. Metallurgiya va oltin qazib olish sanoati rivoji haqida 
so‘zlab bering.
6. „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasining barpo etilishi haqida 
nima¬larni bilasiz?
7. Neft mustaqilligiga qanday erishildi?
8. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining barpo etilishi haqida 
so‘zlab bering.
9. Yengil sanoatda qanday yangi korxonalar bunyod etildi?
10. Respublikada transport tizimining rivoji haqida nimalarni bilasiz? 11. Aloqa tizimida qanday
o‘zgarishlar yuz berdi? 12. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida qanday tadbirlar amalga
oshirildi? 13. Don mustaqilligiga qanday erishildi? Uning ahamiyati nimada? 14. Тashqi savdo
sohasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
V bob. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’minlanishi 14- §. Aholini ijtimoiy himoyalash
va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi
O‘zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonlarga
munosib turmush va ish sharo¬itlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilandi. Buning sababi
shundaki, odamlarning ijtimoiy muammolariga e’tibor ber¬maslik barqarorlikka va milliy
xavfsizlikka katta xavf tug‘diradi. Bozor munosabatlariga o‘tishning hamma bosqichlarida aholini
oldindan ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida ustuvor yo‘na¬lish mavqeyini egalladi.


„O‘zbekistonning o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng muhim qoidalaridan biri
bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida oldindan kuchli ijtimoiy siyosatni
o‘tkazishdir“.
I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Asarlar, 1-jild, 322-bet.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dast¬labki bosqichlari mulkni davlat tasar¬rufidan chiqarish,
narx¬lar¬ni erkin¬lashtirish, ish haqining kamayishi, nochor aholi qatlamining vujudga kelishi kabi
holatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan O‘zbekistonda aholi daromadlari darajasini saqlashga
alohida e’tibor berildi. Birinchi navbatda, xalq iste’moli mahsulotlari narxining o‘zgarishi va pulning
keskin qadrsizlanishi sharoitida aholi daromadlari darajasini saqlash tadbirlari ko‘rildi. Shu
maqsadda 1993-yil yanvar oyida ish haqi to‘lashning yagona tarif setkasi joriy etildi. Bu tadbir,
xodimlarning ish haqi miqdorini tarif koeffitsiyentlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan
bevosita bog‘lash imkonini berdi. Eng kam ish haqini muntazam oshirish orqali aholining o‘rtacha
ish haqi, pul daromadlari ham oshib bordi. 1994-yilda mazkur tarif setkasiga muvofiq eng kam
ish haqi 150 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 1995-yilda 250 so‘m, 2009- yil 1- dekabrdan 37680 so‘m, 2010-
yil 1- dekabrdan 49735 so‘m, 2012 yil 1 avgustdan 72355 so‘mga yetdi. Eng kam ish haqidan
kelib chiqqan holda davlat budjetidagi tashkilot va muassasalari xodimlarining oylik maoshi tarif
setkasida ular uchun belgilangan koeffitsiyent¬larga mos ravishda oshirib borildi. Davlat
tasarrufidan chiqarilgan korxo¬nalarda, masalan, sanoat, transport, aloqa, qurilish, axborot-
hisoblash tarmoq¬laridagi ishchi-xizmatchilarning maoshi yana¬da yuqoriroq darajada o‘sib bordi.
Pensiya, nafaqa, talabalarga to‘lanadigan stiрendiyalar miqdori ham eng kam ish haqining
oshishiga mos ravishda o‘sib bordi. Mamlakatimizning 2 mln 640 ming fuqarosi pensiya oladi,
nogironlar, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga davlat nafaqasi berilmoq¬da. Bunday to‘lovlar
2000-yilda 187,8 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oliy o‘quv yurtlari talabalariga beriladigan
stiрendiyalar miqdori 1998—2000-yillarda 3,8 baravar ortdi. 2000-yilda oliy o‘quv yurtlarining
142 ming talabasi 6 mlrd 600 mln so‘m stiрendiya oldi. Davlat tomonidan amalga oshirilgan bu
tadbirlar natijasida aholi daromadlari darajasining keskin pasayishining oldi olindi. Aholining
turmush darajasi ichki iste’¬mol bozoriga, oziq-ovqat mah¬su¬lotlari va uy-ro‘zg‘or bu-yumlari
narx-navosiga bog‘liq, albatta. Iqtisodiy islohotlar¬ning birinchi bosqichida amalga oshirilgan
narxlarni erkinlashtirish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, ichki iste’mol bozorini davlat
tomonidan nazorat qilish cho¬ralari ko‘rildi. Narxlar 1992- yil yanvaridan boshlab bosqichma-
bosqich, aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan choralarni oldindan ko‘rib qo‘ygan holda
erkinlashtirila boshlandi. Vazirlar Mah¬ka¬ma-sining „Narxlarni erkinlashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘¬risida“ gi Qaroriga muvofiq 1992- yil 10- yanvardan boshlab O‘zbekistonda keng doiradagi
ishlab chiqarilayotgan sanoat mollari, texnika vositalari ayrim turdagi xalq iste’moli mollari,
bajarilgan ishlar va xizmatlarning kelishilgan (erkin) narxlari va tariflariga o‘tildi. Hukumat aholini
himoyalash maq¬sadida cheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining
chegarasini, ko‘rsatiladigan ayrim turdagi xiz¬matlarning eng yuqori tariflarini belgilab qo‘ydi. Shu
munosabat bilan don, bug‘doy yetishtirish uchun, un va boshqa oziq-ovqat mollarini


ishlabchiqarishga sarflanadigan xarajatlarning bir qismi respublika budjetidan to‘landi. O‘quvchi va
talabalarga bepul nonushta va imtiyozli ovqat berishdan ko‘rilgan zarar davlat hisobidan
qoplandi, bolalarga mo‘ljallangan ayrim turdagi tovarlarni, dori-darmonlarni ishlab chiqarishda
korxonalarga davlat dotatsiyasi berildi. 1993-yilda qat’iy belgilangan va tartibga solib
turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarning ro‘yxati ancha qisqardi.
Kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatildi. 1994-yilning oktabr—
noyabr oylarida xalq iste’moli mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‘yib yuborildi, transport va
kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Lekin aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida non va
unning narxlari, uy-joy, kommunal xo‘jaligi, shahar umumiy transporti xizmatlarining haqi to‘la aholi
zimmasiga yuklanmadi, bunday xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xarajatlarining bir qismi davlat
tomonidan beriladigan dotatsiya bilan qoplandi. Narxlarni erkinlashtirish jarayoni ijtimoiy
larzalarsiz o‘tdi. Negaki, davlat ichki iste’mol bozorini nazorat qilib turdi. Davlat turli
kompensatsiya jamg‘armalarini tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, aholiga kompensatsiya
to‘lovlari tarzidagi pul to‘lovlarini keng qo‘lladi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam
ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng
iste’mol mollari va xizmatlarining ko‘pgina turlari narxlaridagi tafovutlarning o‘rni davlat budjeti
hisobidan qoplandi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul
ovqat, barcha maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar
amal qildi. Ayrim toifadagi fuqarolarga uy-joy bepul xususiy mulk qilib berildi. Islohotlarning
birinchi bosqichi davo¬mida ijtimoiy himoyalash xarajatlari res¬publika budjetining salkam
uchdan bir qismini tashkil etdi. Davlat budjeti hisobidan aho¬li¬ning kam ta’minlangan
tabaqa¬larini ijti¬moiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar,
nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991—1994-
yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya, moddiy
yordam amalga oshirildi. Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari
muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy,
ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi,
kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi. Yolg‘iz pensionerlar turar joy va
kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni
belgilangan me’yorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.
O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini
qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi
budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to‘lab yurish va boshqa
yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari
sotib olishning imtiyozli tartibi qo‘llanildi. 1994-yil 24-avgustda „Kam ta’minlangan oilalarni
ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida“ Prezident farmoni e’lon qilindi.
Farmonga ko‘ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo‘nalishlariga
tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va
yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‘larning sochilib ketishiga olib


keldi. 1992—1994-yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiyhimoyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib,
yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda to‘la samara bermayotgan edi. 1994-
yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq
tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli
oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, bola
boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan
oila¬larga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda res¬publika va mahalliy budjet
mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning
ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi. 1995-yilda 500
mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi. Kam
ta’minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda. Faqat 2000-
yilning o‘zida aholining kam ta’minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so‘m miqdorida
nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy
siyosat jamiyatning negizi bo‘lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta’minlash, oilada
ayolning mavqeyini ko‘tarish maqsadi bilan uyg‘unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda
1997- yil —„Inson manfaatlari yili“, 1998-yil — „Oila yili“, 1999-yil — „Ayol¬lar yili“, 2000-yil —
„Sog‘lom avlod yili“, 2001-yil — „Onalar va bolalar yili“, 2002-yil — „Qariyalarni qadrlash yili“, 2003-
yil — „Obod mahalla yili“, 2004-yil — „Mehr va muruvvat yili“, 2005-yil — „Sihat-salomatlik yili“,
2006- yil —„Homiylar va shifokorlar yili“, 2007-yil — „Ijtimoiy himoya yili“, 2008-yil — „Yoshlar yili“,
2009-yil — „Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili“, 2010-yil — „Barkamol avlod yili“, 2011-yil —
„Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili“, 2012-yil — „Mustahkam oila yili“ deb e’lon qilinib, bu
yillarda oilani mus¬tah¬kamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini ko‘tarish, sog‘¬lom, oqila xotin-
qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e’zoz¬lash, go‘zal diyori¬mizdagi barcha mahallalar
faoliyatini yanada jonlantirish yo‘lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi. Aholi jamg‘armalarini himoya
qilish choralari ham amalga oshirildi. Prezidentning 1995-yil 20-dekabrdagi „Aholining
omonatlardagi va davlat sug‘urta bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida“ gi
Farmoniga binoan, 1992-yil yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan 3 milliondan ortiq
omonatchilarning 35 mlrd so‘mga teng bo‘lgan, qadr¬sizlanib qolgan omonatlari indeksatsiya
qilindi. 1996-yildan boshlab jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan odamlar o‘z pullarini qaytarib olish
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli
islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharo¬itlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega
bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan
oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minladi.
Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat
ko‘r¬satish korxonalari to‘liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002-yil 1-
avgust holatiga ko‘ra respub¬likamizda 63 mingdan ortiq xususiy-maishiy xizmat ko‘rsatish
shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni


amalga oshirish borasida ko‘rilgan tadbirlar natijasida 1991—2007-yillarda 36 ming ki¬lometr suv
quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko‘rsatkichlar 1991-yilga qadar
erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko‘p demakdir. Istiqlol yillarida
qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta’¬minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi
bilan ta’minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o‘sdi. Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi.
1991—2000-yillarda 70 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi. Aholi
salomatligiga g‘amxo‘rlik qi¬lish O‘zbekistonda amalga oshi¬rilayotgan kuchli ijtimoiy siyo¬sat-
ning tarki¬biy qismidir. O‘zbekiston Respublikasining Kons¬titutsiyasi, „OIТS bilan
kasallanishning oldini olish to‘g‘risida“ (1991-yil), „Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida“ (1992-yil),
„Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida“ (1996-yil 29-avgust), „Dori vositalari va
farmatsevtika faoliyati to‘g‘¬risida“gi (1997- yil) Qonunlari aholi salomatligini saqlash¬ning
huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida tibbiyot
muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991—1996-yillarda 249 ta tish
protezlash muassasalari va stomatologik polikli¬nika¬lar, 28 ta xo‘jalik hisobidagi tibbiy ko‘rik
poliklinikalar, jami 342 ta tibbiyot muassasalari, 1999—2001-yilda 154 ta tibbiyot subyektlari
xususiylashtirildi. Shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyekt¬lar ham vujudga keldi. 2001-yilda
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsat¬noma) olgan
nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar
soni 4000 taga yetdi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ishlariga respublika Sog‘liqni saqlash
vazirligi, uning viloyatlar va Тoshkent shahar boshqarmalari, shahar va tumanlari bo‘limlari bosh-
qosh bo‘lmoqdalar. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Qizil Yarimoy jamiyati,
„Sog‘lom avlod uchun“, „Mehr-shafqat“, „Sog‘lom¬lash¬tirish va sport“, nogironlar respublika
jamg‘armalari sog‘¬liq¬ni saqlash tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashmoqdalar.
Respublikamizda onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Hukumat topshirig‘i bilan „Homilador ayollarni va bolalar salomatligini mustahkamlash bo‘yicha
Milliy dastur“, „Yosh avlodni sog‘lomlashtirish kompleks dasturi“ ishlab chiqildi. Ularning hayotga
tatbiq etilishi ijobiy natijalar berdi. Barcha shahar va tumanlarda „Ona va bola“ markazlari tashkil
etildi. Nukus, Namangan, Qarshi, Jizzax shaharlarida Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy
tekshirish institutining filiallari ochildi. Minglab bolalar polik¬li¬nikalari, akusherlik-ginekologiya
kabinetlari, tug‘uruqxonalar, „Nikoh va oila“ hamda tibbiy-genetik konsultatsiya punktlari onalar
va bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqdalar. Yosh oilalarni mustahkamlash maqsadida 311646 ta
yosh oila tibbiy patronaj nazoratiga olindi, 102390 nafar turmush qurayotgan yoshlar tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazildi, 89125 nafar yoshlar oila va nikoh asoslari bo‘yicha o‘qitildi. Onalar va
bolalarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik natijasida tug‘ilish jarayonida bolalar va onalar o‘limi keskin
kamaydi. 1991-yilda bolalar o‘limi har 1000 ta tug‘ilgan bolaga 51,4 tani tashkil etgan bo‘lsa,
1999-yilda bu ko‘rsatkich 20,2 taga yoki 2,5 baravarga kamaydi. Shu yillarda onalar o‘limi har 100
ming tirik bolaga nisbatan 65,3 tadan 31 taga yoki 2,1 marta kamaydi. Yetim bolalar va
farzandsiz oilalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik „Kinderdorf“ (bolalar mahallalari) Avstriya loyihasining
O‘z¬be¬kistondagi sa’y-harakatlari natijasida yetim bolalar va farzandsiz oilalarning ko‘pchiligi


uy-joyli va bus-butun oila bo‘lib yashash baxtiga muyassar bo‘lmoqdalar. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabr¬dagi „O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni
saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to‘g‘risida“gi Farmoni va mazkur farmonning ijrosini
ta’minlash yuzasidan qabul qilingan hukumat qarori aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini
yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Belgilangan Davlat dasturini hayot¬ga tatbiq etish
borasida katta tadbirlar amalga oshi¬rildi. 2001-yil mart oyida Sog‘liqni saqlash vazirligiga
qarashli 1-klinik shifoxona negizida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markazi
barpo etildi. Qurilish ishlariga 4 mlrd so‘m sarflandi. Markazda 760 o‘rinli 8 ta jarrohlik markazi
aholiga kecha-kunduz shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Davlat dasturiga binoan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha vilo-yatlarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatish markazining filiallari, 171 ta tuman markaziy shifoxonalarida bo‘limlar tashkil etildi va
faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Markaz va uning filiallari rivojlangan mamlakatlarda tayyorlangan eng
zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Ularni sotib olish uchun Ispaniya hukumati
tomonidan 10 mln yevro kredit, Yaponiya hukumati tomonidan 7 mln dollar grant be¬rildi.
Shuningdek, Germaniya, AQSH, Isroil davlatlari ham kreditlar va grantlar ajratmoqdalar. AQSH,
Germaniya va boshqa davlatlar tibbiyot uskunalari, dori-darmonlar bilan beg‘araz yordam
bermoqdalar. Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning rivoj¬langan tizimi bunyod
etildi. 1991—2001- yillarda 19,5 ming o‘rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurilib,
foydalanishga topshirildi. 1991- yilda shifoxonalar soni 1300 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2001-
yilda ularning soni 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 1990-yilda 3139
tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilda qariyb 2 baravar ko‘payib, 5886 taga yetdi. 2000—2010-
yillarda qishloq joylarida 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi. Respublikamizda
shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh shifokorlarni tayyorlash ishlariga
alohida e’tibor berildi. Bu borada 7 ta oliy tibbiy o‘quv yurtlari, o‘rta tibbiy bilim yurtlari va
kollejlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Aholiga turli ixtisosliklar bo‘yicha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi
mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko‘paydi. O‘zbe¬kiston¬da bir shifokorga o‘rta
hisobda 300 ga yaqin kishi to‘g‘ri keladi, bu ko‘rsatkich ko‘pgina mamlakatlarga nisbatan ancha
yuqoridir. Mustaqillikning dastlabki yillarida aholini dori-darmon bilan ta’minlashda katta
qiyinchiliklar mavjud bo‘lib, ikkitagina kor¬xona dori-darmon ishlab chiqarar edi. Ular aholining
dori-darmon vositalariga bo‘lgan ehtiyojini 1—1,5 foizgagina qondirardi, xolos. Shu boisdan
farmatsevtika sanoatini tez sur’atlar bilan rivojlantirish dolzarb vazifalardan edi. 1993-yilda
Prezident I. A. Karimov farmoni bilan „O‘zfarm¬sanoat“ davlat aksionerlik konserni tuzildi, unga
aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan dori-darmonlar bilan ta’minlash vazifasi yuklandi. 1994—2002-
yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun 50 mln AQSH dollari jalb qilindi. Shvetsiya,
Buyuk Britaniya, Germaniya, Chexiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar sarmoyadorlari
ishtirokida qo‘shma korxonalar barpo etildi. 2002- yilda respublikada dori-darmon ishlab
chiqaruvchi korxonalar va qo‘shma korxonalar soni 61 taga yetdi. Farmatsevtika korxonalari
1994- yilda 47,2 mln so‘mlik 34 xil mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, 2001- yilda 12 mlrd so‘mlik
340 xil mahsulot ishlab chiqardi. 1994-yilda aholining dori-darmonga bo‘lgan ehtiyoji


respub¬likada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo‘g‘i 4,5 foizga qondirilgan bo‘lsa, 2001-
yilda bu ko‘rsatkich 25 foizgacha o‘sdi. 50 dan ortiq davlatdan dori-darmon keltirilmoqda. 2001-
yildan boshlab chetdan dori vositalari keltiruvchi tashkilotlar qo‘shim¬cha qiymat solig‘idan
ozod etilgan. Aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashda dorixonalarning o‘rni kattadir. 1994- yilda
„Dori-darmon“ davlat aksionerlik uyushmasi tashkil etildi. Davlat tasarrufidagi 2525 ta
dorixona¬larning ko‘pchiligi xususiylashtirildi. 2001- yilda xususiy dorixo¬nalar soni 2722 taga
yetdi. Dorixona muassasalari soni 1990- yilda 835 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2010- yilda 4837
taga yetdi, qariyb 6 baravar ko‘paydi. Istiqlol yillarida aholining keng qatlamlariga tibbiy xizmat
ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati oshdi.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda millat¬lararo omillarning ahamiyati
katta. Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari — turli xalqlar, etnik
guruhlar aralashib, do‘stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‘ngra esa sobiq
Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo‘lishiga olib keldi.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elat vakillari yashar
edilar. O‘zbekiston barcha millatlar o‘rtasida totuvlikni ta’minlash, ko‘p millatli jamiyat tizi¬mini
saqlab qolish va mustahkamlash yo‘lidan bordi. Millatlararo totuvlikni ta’minlovchi huquqiy
zaminlar yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida „O‘z¬be¬kiston xalqini millatidan qat’i nazar,
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi“, „O‘zbekiston Respublikasida barcha
fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijti¬moiy kelib chiqishi,
e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar“, deb belgilab
qo‘¬yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 8, 18- moddalar.
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari
birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli
O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda
jiрslashish jarayoni sodir bo‘ldi. 1989- yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va
elatlarning jamoat tashkilotlari — milliy-madaniy markazlar tuzila boshlangan va shu yili ularning
soni 12 taga yetgan edi. 1989- yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo
madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj
topdi. 2002-yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatdi.
Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatdilar: • har bir millatning tili,
madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish; •
O‘zbekistonni o‘zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish; •
O‘zbekiston davlatiga nom bergan o‘zbek xalqi bilan do‘stlikda, hamkorlikda va totuvlikda
yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish. Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin


boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo‘na¬lishdagi to‘garaklar ishlay
boshladi. Jumladan: • o‘z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o‘rga¬nish to‘garaklari; •
O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o‘rganish to‘¬ga¬raklari; • milliy musiqa, raqs va hunar
to‘garaklari faoliyat ko‘rsat¬dilar. 1992- yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi
Res¬publika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni
jiрslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlati ko‘magida Baynalmilal madaniyat
markazi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda „Bobur“ ko‘chasidagi muhtasham saroyga
ko‘chib o‘tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi. O‘zbekiston davlat delegatsiyasining
xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog‘ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rahbarlari
hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari
vakillari esa O‘z¬bekistondagi o‘z millatiga mansub milliy-madaniy markaz¬larda bo‘lib,
uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo‘lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning
O‘zbekistondagi elchixonalar va diрlomatik korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi,
hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari
nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari,
shoirlari, olimlari, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar tashkil
etilmoqda. O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi
bayramlar — Mustaqillik kuni, Navro‘z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus,
ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish,
xursandchilik bilan kutib olinmoqda. Barcha millat va elat vakillari O‘zbekistonni o‘zining umumiy
uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O‘zbekistonda
yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda
yashayotgan millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik rishtalari yangicha mazmun bilan
boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta’minlandi. Bu O‘zbekistonning yanada barqaror o‘sishiga
mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan aholini ijtimoiy himoyalash davlat siyosatida 
ustuvor yo‘nalish deb belgilandi?
2. Aholi daromadlari darajasini saqlash maqsadida qanday 
tadbirlar amalga oshirildi?
3. Narxlar qanday tartibda erkinlashtirildi?
4. Kam ta’minlangan oilalar 1991—1994-yillarda qanday 
himo¬ya¬landi?
5. 1994- yilda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya 
qilishda qanday o‘zgarish yuz berdi?
6. O‘zbekistonda oila, bolalar, ayollarga qanday g‘amxo‘rlik 
ko‘rsatildi?


7. Aholi jamg‘armalarini himoya qilish yo‘lida qanday tadbir 
amalga oshirildi?
8. O‘zbekistonda qanday millat va elat vakillari yashashini 
bilasizmi?
9. Nima sababdan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik g‘oyasiga 
amal qilinadi?
10. Millatlararo totuvlikni ta’minlagan huquqiy asoslarni bilasizmi? 11. Milliy-madaniy
markazlarning tuzilishiga nimalar sabab bo‘ldi? 12. Baynalmilal madaniyat markazi qachon tashkil
topdi, u qanday ishlar bilan shug‘ullanadi? 13. O‘zbekistonda milliy totuvlikning ta’minlanishi
haqida referat yozing.
15- §. Milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyati xavfsizligining mustahkamlanishi
Milliy xavfsizlikni ta’minlash, mam¬lakatning hududiy butunligini saq¬lash masalalari
mustaqillikning dast¬labki kunlaridan boshlab davlatimizning diqqat markazida turdi. Xalqaro
vaziyat, Ittifoq parchalangandan keyingi muhit, qo‘shni davlatlar — Afg‘onistondagi mojarolar,
Тojikistondagi notinchlik zudlik bilan chegaralarni mustahkamlash, qurolli kuchlarni tuzishni
taqozo etardi. Shu boisdan milliy xavfsizlik konsepsiyasi va uning huquqiy asoslarini belgilovchi
qonunlar ishlab chiqishga kirishildi. 1995- yilda O‘zbekiston Prezidenti huzurida mamlakatimiz
milliy xavfsizligini ta’minlash, zarur chora-tadbirlar ishlab chi¬qish bilan shug‘ullanuvchi maslahat
organi — O‘zbekiston Res-publikasining Milliy xavfsizlik kengashi tashkil etildi. 1997-il 29-
avgustda „O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida“ Qonun qabul
qilindi. Bu hujjatda diniy ekstremizm, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik avj olgan sharoitda
davlatning muhim vazifalaridan biri milliy xavfsizlikning samarali tizimini yaratishdan iborat
ekanligi ta’kid¬¬l¬an¬gan. Milliy xavfsizlik xizmati tizimi vaziyat talab qilgan dara¬jada
kuchaytirildi. O‘zbekistonning mustaqilligini ko‘rolmaydigan ham tashqi, ham ichki g‘animlar
mavjud, albatta. Eng xavflisi — ichki yovuz kuchlarning jamiyatimiz hayotiga solayotgan
tahdididir. Bunday terroristik urinishlar 1991-yil dekabrda Namanganda, 1999-yil 16- fevralda
Тoshkentda sodir bo‘ldi. Siyosiy, diniy ekstremist¬lar tomonidan Тoshkentda uyushtirilgan
terrorchilik harakati, portlatishlar oqibatida 16 nafar begunoh insonlar shahid ketdi, 120 nafar
kishi tan jarohati oldi. O‘zbekiston poytaxtida diniy ekstremistlar maxsus mashinalarga, xuddi
Afg‘oniston-u Che-chenistonda terrorchilar ishlatayotgan qo‘lbola bombalarni joy¬lab eng
muhim mahkamalar qoshida portlatdilar. Bu dahshatli falokat alamzada dushmanning iloji bo‘lsa,
mustaqil davlatga sidqidildan xizmat qilayotgan o‘z padari buzrukvorlarini ham mahv etishga
tayyor ekanliklarini ko‘rsatdi. Ming abad shu¬kurlar bo‘lsinki, 16- fevral voqealari
tashkilotchilarining yovuz niyatlari amalga oshmadi. Yurtboshimiz va davlatimizning boshqa
rahbarlari omon qoldilar. Тerrorchilar o‘z qilmishlariga yarasha ja¬zolandilar. Vatan tinchligi,
barqarorligi — barchamizning hayotiy ishi¬mizdir. 1999- yilning 16- fevralida Тoshkentda yuz
bergan qo‘po¬¬ruvchilik harakati barchamizni sergak bo‘lishga, mustaqilligimizni himoya qilishga


tayyor turishimizni ko‘rsatdi. 1999-yil 16-fevral kunidagi mazkur fojiali voqealardan 2 soat keyin
Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida Prezidentimiz Islom Karimov yana bir bor xalqimizga quyidagi
so‘zlar bilan murojaat etdi:
„Men, ey odamzod, ogoh bo‘linglar, ogoh bo‘linglar, ogoh bo‘linglar, deb kuyib-yonib da’vat
etaman. Bu gap ehtimol ba’zi birovlar uchun ortiqchaday tuyular. Lekin men ogohlik, ogoh bo‘lish
haqida gapirganimda bugungiga o‘xshash voqealarni nazarda tutaman“.
Islom Karimov. Asarlar, 8-jild, 7, 8- betlar. MDHning ko‘plab mamlakatlarida qonunsizlik avj olib
turgan bir vaziyatda O‘zbekistonda jinoyatchilikning eng kam darajada sodir bo‘lishi va tobora
kamayib borishi kuzatildi. Gap bu yerda, ba’zilarning aytishicha, jazoning qattiqligida emas, balki
jinoyat qonunchiligining izchil tizimida va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning aniq va puxta
faoliyatidadir. Milliy xavfsizlik xizmati, prokuratura, militsiya va davlat avtomobil nazoratining
minglab xodimlari kecha-yu kunduz fuqarolarning hayoti, mol-mulki, sog‘lig‘i, izzat-obro‘si va
qadr-qimmatini himoya qilmoqdalar. O‘zbekiston o‘z xavfsizligini ta’minlash maqsadida
Birlashgan Millatlar Тashkiloti, Yevro¬pa Xavfsizlik va Hamkorlik Тashkiloti va boshqa xalqaro
tuzil¬malar bilan hamkorlik qilmoqda. Milliy xavfsizlik, avvalo, mamla¬kat¬ning mudofaa
qobiliyatiga bog‘liq. Shu boisdan mamlakatning mudo¬faa qobiliyatini mustahkamlash choralari
ko‘rildi. 1991-yil 6 sentabrdagi Prezident farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi parla¬men-tining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan
„O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy qismlar va o‘quv muassasalari to‘g‘risida“ gi Qarori
asosida O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy qismlar, harbiy o‘quv yurtlari respublika
tasarrufiga olindi. O‘zbe¬kistonning o‘z Qurolli Kuch¬lari tashkil etildi. O‘zbekistonlik
yi¬gitlarimizning Ittifoqda xizmat qilishlariga chek qo‘yildi, O‘zbekiston hududidan tashqarida
xizmat qilayotgan harbiy zobit va askarlarimiz Vatanimizga qaytarildi. 1992-yil 2-iyunda
„Mudofaa to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. 1993- yilda 14- yanvar — Vatan himo-yachilari kuni,
deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlar, harbiy havo kuchlari, havo
hujumidan mudofaa qo‘shinlari, maxsus va muhandislik-qurilish qo‘shinlari hamda Milliy
gvardiyadan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisoblanadi. O‘zbekistonda
yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizi¬mi yaratildi. Тoshkent umumqo‘shin komandirlari,
Samar¬qand avtomobilchi komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandir-muhandislar, Jizzax
harbiy-aviatsiya oliy bilim yurtlari, Тoshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil
etilgan maxsus fakultet Qurolli Kuchlar saflariga turli muta¬xas¬sis¬liklar bo‘yicha yuqori
malakali komandirlar tayyorlab yetish¬tirmoqda. Тoshkentda oliy qo‘mondonlar tayyorlovchi
Qurolli Kuchlar akademiyasi tuzildi. Harbiy akademiyada zamonaviy harbiy bilimlarni egallagan,
Sharqiy sarkardalarning, avvalo, Sohib¬qiron Amir Тemurning harbiy san’atini, jahon harbiy ilmi va
jangovar tayyorgarligining ilg‘or tajribalarini o‘zlash¬tirgan oliy qo‘mondonlarni tayyorlash yo‘lga
qo‘yildi. O‘zbekiston harbiy qurilish sohasida son jihatdan uncha katta bo‘lmagan, ammo


zamonaviy qurol-aslaha bilan yaxshi qurollangan professional armiya tuzish yo‘lini tanladi. Bu
boradagi vazifalar Prezident Islom Karimov tomonidan aniq belgilab berildi.
„Harbiy qurilish sohasidagi maqsad professional armi¬yani, o‘z tarkibida yaxshi tayyorlangan va
ta’lim olgan, o‘z xalqiga, ona zaminiga sadoqatli bo‘lgan, o‘z Vatani-ning sha’ni va qadr-qimmatini
oxirigacha himoya qila oladigan jangchilarga ega bo‘lgan armiyani bosqichma-bosqich vujudga
keltirishdan iborat bo‘lishi lozim. Maq¬sad miqdor jihatdan uncha katta bo‘lmagan, lekin yaxshi
shaylangan, zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan bekam-ko‘st qurollangan, O‘zbekistonning
xavf¬sizligini mustaqil ravishda va puxta ta’minlashga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarni
shakllantirishdir“.
Islom Karimov. Asarlar, 6- jild, 144- bet.
Bosh shtab Qurolli Kuchlarning Birlashgan shtabi etib qayta 
tashkil etildi. Kichik komandirlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish 
maqsadida harbiy okruglarda serjantlar maktablari tashkil 
etildi. 2003-yildan e’tiboran O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida 
harbiy xizmat¬ni o‘tash muddati 18 oydan 12 oyga, ya’ni 1 
yilga keltirildi. Shartnoma — kontrakt asosi¬dagi xizmatga 
o‘tildi. Bu yosh yigitlarning o‘z xohishi, havas va ishtiyoq 
bilan armiya xizmatiga intilishiga katta imkoniyat yaratdi. 
Shu tariqa O‘zbekistonda armiyani professionallashtirishga 
zamin yaratildi.
O‘zbekiston o‘z armiyasini mustahkamlash maqsadida rivojlangan mamlakatlar bilan harbiy
hamkorlik qilish yo‘¬¬-li¬¬dan bordi. O‘zbekiston bilan Rossiya Federatsiyasi, Ger¬ma¬niya,
Fransiya, Тurkiya, Ukraina va boshqa dav¬latlar o‘rta¬sida harbiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi va mus-
tahkamlandi. O‘zbekiston 1994-yil iyul oyida NAТOning „Тinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturiga
qo‘shildi. Bu dastur tomonidan uyushtirilgan harbiy mashqlarda o‘zbekistonlik zobit va askarlar
faol qatnashdilar. • 1997-yilda Qozog‘iston va O‘zbekistonda uyushtirilgan harbiy mashqlarda
O‘zbekiston harbiy qismlarining ishtiroki zobit va askarlarning harbiy-texnik tayyorgarligini
yanada ko‘tarishga xizmat qildi. • Shimoliy Karolina (AQSH)dagi Kemp Lejyun dengiz piyo¬dalari
poligonida o‘zbekistonlik askarlar NAТOning „Тinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturida 16 ishtirokchi
mamlakat armiyalari vakillari hamkorligidagi mashqlarda qatnashdilar. • O‘zbekistonlik
desantchilar O‘zbekiston hududida amerikaliklar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan „Ultrabalans—96“
tajriba mashqlarida yuksak mahoratlarini namoyish etdilar. • Тoshkent, Chirchiq, Samarqand
harbiy bilim yurtlari kursantlarining terma vzvodi 1997-yil may—iyun oylarida Norvegiyada
o‘tkazilgan „Kooperativ bankers—97“ mashqlarida qatnashdi. • O‘zbekiston bilan Rossiya
federatsiyasi o‘rtasida harbiy-texnik hamkorlik qilinmoqda. Mustaqillik yillarida Qurolli


Kuchlarimizning zamonaviy harbiy texnikalar, qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanish darajasi o‘sdi.
Xalqaro terrorizm butun dunyo tinch¬ligiga tahdid qiluvchi, inson¬larning tinch hayotiga rahna
soluv-chi yovuz kuchga aylandi. Тerrorizm bugun paydo bo‘lgan emas, uning paydo bo‘lishi,
shakllanishi, ildizlari ancha uzoqlarga borib taqaladi. Тerrorizm dastlab biron-bir insonni o‘ldirish
maq¬sadida kichik bir guruh kishilarning uyushuvi shaklida vu¬judga kelgan. Yillar o‘tishi bilan
terroristik harakatlar ku¬chayib, yo‘lovchi transport vositalarini, samolyotlarni, odam¬lar gavjum
yashaydigan binolarni garovga olish, portlatish usullarini qo‘l¬lash darajasiga ko‘tarildi. XX asr
oxirlarida esa ekstremistik, terroristik kuchlar butun bir mamlakatga, hatto butun insoniyatga
jiddiy tahdid soluvchi yovuz kuchga aylandi. Тerroristik kuchlar jahondagi ko‘pchilik
mamlakatlarga yoyildi. Dastlab terroristik guruhlar alohida-alohida harakat qilgan bo‘lsalar, endi
bu yovuz guruhlar o‘zaro birlashdilar, bir zanjirga bog‘landilar. Ularni bir markazdan boshqarish,
moliyaviy jihatdan markaz orqali ta’minlab turish tizimlari vujudga keldi. Shu tariqa xalqaro
terrorizm vujudga keldi. Masalan, „Al-Qoida“ deb atalgan xalqaro terroristik markaz ko‘magida
Afg‘onistonda shakllangan „Тolibon“ terroristik kuch¬lari yovuz¬larcha harakat qilib,
Afg‘onistondagi qonuniy hokimiyatni ag‘dardilar. „Тolibon“ kuchlari Afg‘onistonda hokimiyatni
egallab, afg‘on xalqi boshiga misli ko‘rilmagan ofat soldilar. Xalqaro terroristik markazlarning
homiyligi va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi oqibatida xorijiy mamlakatlarda tashkil topgan
terrorchilar guruhi O‘zbekistonga ham bir necha marta tajovuz uyushtirdilar. Afg‘oniston
hududida o‘rnashib olgan xalqaro terrorizmning bir guruh jangarilari 1999- yilda Yangiobodda,
2000-yilda Sariosiyo va Uzun tumanlariga bostirib kirib, mamlakatimiz tinchligini buzishga
urindilar. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari ularni tor-mor etib, mamlakat tinchligi, el osoyishtaligini
himoya qilishga qodir ekanligini ko‘rsatdi. 2004- yil 28- mart — 1- aprel kunlari Toshkent shahri,
Buxoro va Toshkent viloyatlarida terrorchilik harakatlari sodir etildi. 2004- yil 30- iyul kuni
Toshkent shahrida AQSH va Isroil elchixo¬nalari hamda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi
binolari yonida takroran terrorchilik harakatlari bo‘ldi. Bir necha be¬gunoh odamlar, militsiya
xodimlari qurbon bo‘ldilar. Yovuz kuchlar tomonidan 2005-yil may oyida Andijon shahrida tashkil
etilgan terrorchilik harakati bostirildi. Qo‘lga olingan terrorchilar qilmishiga yarasha jazolandi.
Xalqimizning tinch va osoyishta hayotiga tajovuz qilishga urinayotgan terrorchi kuchlar hech
qachon o‘zining qora niyatiga erisholmaydi. Xalqaro terrorizmga, diniy va siyosiy ekstremizmga
qarshi kurashni tashkil etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan nufuzli
yig‘ilishlarda O‘zbekiston faol qatnashmoqda, o‘zining samarali takliflarini ilgari surmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993- yili BMТ Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida,
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining 1999- yil noyabr oyida Istanbulda bo‘lgan
sammitida, BMТ Bosh Assambleyasining „Ming yillik sammiti“ hamda boshqa nufuzli xalqaro
anjumanlarda butun jahon jamoatchiligini xalqaro terrorizm xavfidan ogoh etib, buxatarga qarshi
birgalikda kurashish, xalqaro terrorizmga qarshi davlatlararo miqyosdagi kurashni
muvofiqlashtiruvchi xalqaro markaz tuzish haqida takliflarni ilgari surdi. 2000- yil 20—21- aprel
kunlari Тoshkentda Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlatlari boshliqlarining kengashi
bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Тojikiston Prezidentlari mintaqaviy


xavfsizlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalarni muhokama qildilar. Тo‘rt davlat
boshliqlari „Тerrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi
kurash va mintaqa davlat¬lariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga
qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“ ni imzoladilar. Bunday shartnomaning imzolanishi
Markaziy Osiyodagi vaziyatdan ke¬lib chiqqan muhim voqea va oqilona qadam bo‘ldi. 2000- yil
21- iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining Sammitida terrorchilikka qarshi
kurash mar¬kazini tuzishga qaror qilindi. 2001- yil iyun oyi boshlarida Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan
MDH davlat boshliqlarining Sammitida jinoyatchilik, terrorchi¬lik va ekstremizmning turli
ko‘rinishlariga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalasi muhokama qilindi. 2001- yil 14—15- iyun
kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida terrorchilik,
ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasida konvensiya imzolandi. Afsuski, dunyo
hamjamiyati xalqaro terrorizmning real xavfi to‘g‘risidagi O‘zbekiston da’vatlariga yetarlicha
e’tibor bermadi. 2001- yil 11- sentabr kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish
terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz
dushmanga qarshi keng miqyosda kurashga kirishdilar. O‘zbekiston terrorchilikning jirkanch
qiyofasini o‘z ostona¬sida ko‘rgan, bu balo-qazo bilan ancha ilgaridan buyon to‘q¬nashib
kelayotgan davlat sifatida AQSHda sodir etilgan terror¬chi¬lik harakatlarini qoraladi.
O‘zbekiston AQSHning terrorchilikka qarshi birgalikda kurash to‘g‘risidagi taklifini birinchilardan
bo‘lib qabul qildi va aksilterrorchilik harakatini to‘la qo‘llab-quvvatladi. Mamlakatimizning bu
masaladagi munosabati Prezidentimiz Islom Karimovning 2001- yil 5- oktabrdagi Bayonotida va
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri bilan suhbatida aniq va ravshan ifodalab berildi.
O‘zbekiston Afg‘onis¬ton hududini „Тolibon“ kuchlaridan ozod etish va terrorizm balosini tag-
tomiri bilan qo‘porib tashlash maqsadida o‘z aviabazalaridan birini afg‘on xalqiga insonparvarlik
yordami ko‘rsatish va qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish uchun AQSH Qurolli
Kuchlarining cheklangan kontingentiga vaqtincha berdi. Afg‘onistondagi aksilterror
operatsiyaning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. „Al-Qoida“ va „Тolibon“ kuchlariga
zarba berildi. Bu kuchlar Afg‘oniston ustidan nazoratni yo‘qotdi. O‘zbekiston gumanitar yordam
berishga intilayotgan davlatlar, xalqaro tashkilotlarga o‘zining quruqlik, havo va suv yo‘llaridan
foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning
davlat mustaqilligi mustahkamlandi, Vatan xavfsizligi ta’min¬landi. O‘zbekistonning xalqaro
terrorizmga qarshi olib bora¬yotgan qat’iyatli siyosati davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini yanada oshirdi.
Savol va topshiriqlar
1. Qanday omillar Vatan xavfsizligini ta’minlash zaruriyatini 
keltirib chiqardi?
2. Qanday hujjatlarda Milliy xavfsizlikni mustahkamlash 
vazifalari belgilab berilgan?


3. O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi haqida 
so‘zlab bering.
4. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibiga qanday qo‘shinlar 
kiradi?
5. Harbiy ofitserlar, oliy qo‘mondonlar tayyorlovchi o‘quv 
yurtlarini bilasizmi?
6. Xalqaro terrorizm haqida nimalarni bilasiz?
7. Тerroristlar, ekstremistlar O‘zbekistonga qachon va qanday 
tajo¬vuzlar uyushtirdilar?
8. Qachon va qaysi xalqaro anjumanlarda O‘zbekiston Prezidenti 
Islom Karimov xalqaro terrorizmga qarshi birgalikda kurashish 
haqida takliflar bilan chiqdi?
IV bob. O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti 16- §. Ma’naviy meros, milliy va diniy
qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi
Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi taraqqiyotining muhim sharti va kafolatidir. Biron-bir
mamlakat o‘z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib, yuksak taraqqiyot
darajasiga ko‘tarila olmaydi. Ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan,
uning ichki olamini boyitadigan, imon-irodasini, e’ti¬qodi¬ni mustahkamlaydigan, vijdonini
uyg‘otadigan qudratli kuchdir. Тarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy
bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning
oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi.
Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz
oyoqosti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar,
milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan
allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qo¬tish siyosati yuritildi.
Islom dini qadriyatlari, musulmon¬larning e’tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga
olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqtidorli,
milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on
qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qilar edi. Eski tuzum
o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib,
odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Тariximizni soxtalashtirish,
tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi.
O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy
fojiasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz o‘zligini yo‘qotmadi,
o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi. Mustaqillik
sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l


ochil¬di. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’min¬lovchi ma’naviy-ma’rifiy
islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi.
„Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini
ham amallab turish mumkin. Ammo ma’naviy islohotlar — qullik va mutelik iskanjasidan ozod
bo‘lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish —
bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dunyoda“.
Islom Karimov. „O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura“. Asarlar, 1-jild, 202- bet.
Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan
ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Xo‘sh, ma’-naviy meros nima, uning tiklanishi
nimalarda namoyon bo‘lmoqda? Ma’naviy meros qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-
bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar — siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy
qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuyidir.
Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo‘l bilan hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat
taraqqiyotining barcha bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o‘sha davr hayotini
aks ettiradi, u jamiyat o‘zgarishi bilan yo‘qolib ketmaydi, keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros
bo‘lib qoladi. Har bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga tayanadi,
biroq uni qanday bo‘lsa shun¬dayligicha, ko‘r-ko‘rona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik,
insonparvarlik, adolat nuqtayi nazaridan qabul qiladi va rivoj¬lantiradi. Istiqlol tufayli milliy
madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk
bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan
bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari
bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari UNESCO bilan hamkorlikda
mamlakatimizda va xalqaro miq¬yosda keng nishonlandi:
• 1991-yil — Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; • 1992-yil — Boborahim Mashrab
tavalludining 350 yilligi; • 1993-yil — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; •
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; • 1996-yil — Amir Тemur tavalludining 660
yilligi; • 1997-yil — Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; • 1998-yil —
Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; • 1999-yil — „Alpomish“ dostonining 1000 yilligi; •
2000-yil — Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi; • 2000-yil — Kamoliddin Behzod
tavalludining 545 yilligi; • 2001-yil — „Avesto“ yaratilganligining 2700 yilligi.
Buyuk allomalarimiz, mu¬tafakkirlarimiz yubiley¬lari mu-¬¬no¬sabati bilan ular¬ning o‘nlab nodir
va no¬yob asarlari o‘z¬bek, ingliz, fran¬- suz, nemis, yapon va bosh¬qa tillarda nashr etildi,
haykallar o‘rnatildi, ziyo¬¬-rat¬goh maydonlari, bog‘lar ya¬ra¬¬tildi. 1991-yilda buyuk bo¬bomiz
Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar
akade¬mi¬ya¬si Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi be¬rildi, Alisher Navoiy no¬mi¬dagi


Davlat mukofoti ta’¬sis etildi. Yubiley yilida „ Li¬son ut-tayr“, „ Sab’ayi say¬¬yor“, „ Farhod va
Shirin“, „ Layli va Majnun“, „ Hay¬rat-ul Abror“ asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari
yaratildi. 1991- yil 28-sentabr kuni Тoshkent shahrida barpo etilgan Nizo¬middin Mir Alisher
Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i¬ning ochilish marosimi bo‘¬lib
o‘tdi. 1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludi¬ning 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib
o‘tdi. Ulug‘¬bek madrasasi, Ulug‘¬bek yashagan davr¬dagi astronomik asboblar, Тosh¬kentdagi
Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta mar¬kalari muo¬malaga chiqa¬rildi. Shu yil 24- oktabrda
Parijda UNESKOning majlis¬lar zalida „Ulug‘bek va temuriylar davri“ mavzusida xalqaro
konferensiya hamda „Ulug‘bek va an’anaviy san’at“ ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo
Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umum¬insoniy qadriyatga aylanishiga ko‘¬maklashdi. 1998-
yil 23- oktabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi
nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomli
bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy
xotira, ajdodlar tarixini bilish¬ning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an’analarning, muqaddas
dinimiz¬ning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan
ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta
olmaydi. Shu boisdan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tari¬xini xolisona,
haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar
amalga oshirildi. 1996-yilda O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti huzuridagi davlat va ja¬miyat
qurilishi akade¬miyasi qoshida „O‘zbe¬kis¬tonning yangi tarix mar¬kazi“ tashkil etildi. O‘zbek
xalqi va O‘zbek davlatchiligi tarixini, tari¬xi¬miz¬ning boshqa sahifa¬larini xoli¬sona ilmiy asosda
yoritish vazi¬falari Prezident I. A. Kari¬mov¬ning bir guruh tarixchilar bi¬lan 1998- yil iyun oyida
bo‘l¬gan suhbatida, Vazirlar Mah¬ka¬masining 1998-yil 27- iyulda qabul qilingan „O‘zbekiston
Respub¬likasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘ri¬sida“gi
Qarorida belgilab berildi. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari
partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor bo‘lishdan
xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z ochilmay kelgan tarixiy
voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar,
darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi. Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy
davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyo¬rimiz yirik davlat arboblari bilan
mashhur. Bobomiz Amir Тemur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga
ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo‘lsa,
mustaqillik davrida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, „Amir Тemur
tuzuklari“, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari
mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. Prezident Farmoni
bilan 1996-yil „Amir Тemur yili“ deb e’lon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir
Тemur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida „Amir Тemur yili“ sifatida
keng nishonlandi. UNESCO qarori bilan 1996- yil aprelda Parij¬da mashhur davlat arbobi Amir
Тemur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi.


Тoshkent shahrida Amir Тemurga haykal o‘rnatildi, Тemu¬riylar tarixi davlat muzeyi tashkil
etildi. Amir Тemurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi. Amir Тemur
yubileyi munosabati bilan Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta
tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Samarqand va Shah¬risabz shaharlari markazida
ko‘rkam Amir Тemur may¬doni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga „Amir
Тemur“ ordeni topshirildi. 1997- yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999- yilda
vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi.
Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo
etildi. 2002-yilda Тermiz shahrining 2500 yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining 2700 yilligi
nishonlandi. Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon
Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr
etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Тoshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida
qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik
majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi2000- yil 12- may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur
majmua qoshida „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyi qurilib, 2002-yil 27- avgust kuni
foydalanishga topshirildi.
„Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyining mus¬tam¬lakachilik davrining ayanchli sahifalari aks
ettirilgan lav¬halar bilan tanishib, „quloqlashtirish“ oqibatida 60 ming¬dan ziyod hamyurtimiz
Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40- yil¬larigacha 450
ming vatandoshimizga nisbatan „jinoiy ish“ ochilganini, „paxta ishi“ davrida esa 25 ming kishi
hibsga olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin.
„Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuyi, „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyining tarixiy, siyosiy
ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday
ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning
xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi. 1999- yilda Тoshkent
shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan
xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida „Xotira maydoni“ majmuasi barpo
etildi va shu yili 9- May kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika „Nuroniy“ jamg‘armasi
tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik
„Xotira“ kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9- May kuni „Xotira va qadrlash kuni“ sifatida
nishonlanmoqda. 1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2004-yilda Qarshi
(Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007- yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon
shahrining 2000 yilligi nishonlandi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning
o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga
bag‘ishlab barpo etilgan yod¬gorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va
milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini
shakllantirishga ko‘maklashmoqda. O‘zbek xalqining o‘ziga xos milliy qadri¬yatlari bor. Milliy
qadriyat de¬gan¬da millat uchun muhim ahamiyat¬¬ga ega bo‘lgan xususiyatlari, an’a-nalari,


marosimlarini tushunamiz. O‘zbek xalqining shakllanishi qancha uzoq tarixiy jarayonda sodir
bo‘lgan bo‘lsa, uning milliy qadriyatlari ham shuncha uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya’ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand,
Тoshkent, Farg‘ona va hokazo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar,
marosimlar tarzida shakllanadi. So‘ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib,
umummilliy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Тurli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar
saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o‘z milliy
qadriyatlarini, shu¬ningdek, umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir. O‘zbek
xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof
etilgan:
• tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom; • avlodlar xotirasiga sadoqat; • kattalarga hurmat,
kichiklarga izzat; • mehmondo‘stlik; • bolajonlik; • ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat; • muomalada
mulozamat, hayo, andishalilik; • og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo. Mustaqillik
yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo‘lida bir
qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri „Navro‘z“ bayrami¬dir.
Qaramlik davrida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990- yildan
boshlab O‘zbekiston hukumati¬ning qarori bilan 21- Mart „Navro‘z“ milliy xalq bayrami kuni
sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz Navro‘z kunlarida hasharlar
uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yin¬lar,
poyga musobaqalari, sayillar uyushtiradilar, yetim-yesir¬larga va nogironlarga yordam berib,
marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar. 1994- yil 23- apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil
etilgan Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-
madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak
iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga
qaratilgan muhim tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Markaz
tomonidan aholi orasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy
muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy faoli¬yati
saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. 1996- yil 9- sentabrda qa¬bul qilingan
„Ma’¬na¬viyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi ishini yanada ta¬ko¬millashtirish to‘g‘¬risida“ gi
Prezident far¬mo¬ni jamiyat ma’na¬vi¬yatini yuk¬saltirishga xizmat qil¬moqda. 1996- yil
yanvarda Res¬publika „Ma’naviyat va ma’¬¬rifat“ jamoatchilik mar¬kazi huzurida „Oltin me¬ros“
xalqaro xayriya jam¬g‘armasi tuzildi. 1996- yil 27- sentabrda Respublika Vazirlar Mahkamasining
„Oltin meros“ xayriya jam¬g‘armasini qo‘llab-quv¬vatlash to‘g‘risida“ gi Qa¬ro-riga binoan mazkur
jam¬g‘arma davlat tomoni¬dan mod¬diy jihatdan qo‘l¬lab-quv¬vatlandi. „Oltin meros“ xayriya
jamg‘armasi „Xalq merosi durdona¬lari“ ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar,
tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namuna¬lari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik
tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996—2002- yillarda „Oltin meros“ jamg‘ar¬masi sa’y-


harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari
mamlakatimiz¬dan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga
joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rga¬nish,
tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng
ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda. Qadim zamonlardayoq yurtimizda din
erkinligi mavjud bo‘lgan. Zardush¬tiylar, buddiylar, moniylar, musul¬monlar va boshqa diniy
e’ti¬qoddagilar inoqlikda yasha¬gan, tenglik, erkinlik g‘oya¬lariga amal qilingan. Xal¬qimiz
ma’naviy jihatdan ko‘pgina afzalliklarga ega bo‘lgan islom dinini qadr¬laydi. Abu Abdulloh
Mu¬hammad ibn Ismoil al-Bu¬xoriy islom dini ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba
hisoblanuvchi „Al-Jomi’ as-Sahih“ nomli asar yaratib, islom dinini bo¬yitdi. Bobokalonlarimiz
Imom Abu Mansur al-Mo¬turidiy, shayxulislom Bur¬honiddin al-Marg‘inoniy, Baho¬ud¬din
Naqshband, Imom at-Тermiziy, Xo‘ja Ahmad Yassa¬viylar insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi
diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkoridirlar. Qaramlik davrida tahqirlangan diniy
qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z
o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining
675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubi¬ley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan
bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar
chop etildi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining
hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog‘ida Imom al-
Buxo¬riy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn
Ismoil al-Buxoriyning 4 jildlik „Al-Jomi’ as-Sahih“ kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek
kitobxonlariga taqdim etildi. 2000-yil 16—17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huqu¬qining
asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy taval¬ludining 910 yilligi, Samarqandda
islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular
xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning
islom huquqiga bag‘ishlangan „Hidoya“ kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli
allomalari Imom Abu Iso at-Тermiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Za-maxshariyning 920 yilligi,
Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligi, Naj¬middin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Valiy
tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1992- yil 27-
martdagi farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish,
bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990- yil 2- iyundagi „Musulmonlarning
Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risi¬da“gi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi
marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega
bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming o‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar.
Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. „Islom nuri“ gazetasi
chiqmoqda. Qur’oni Karim sakkiz marta 1 mln nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar
uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining,
qadriyatlarining tikla¬nishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir. Prezidentning 1992-yil 7-


martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish
maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi.
Uning tasarrufida Xalqaro islom- tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999- yilda tashkil etilgan Тoshkent
Islom universitetida 750 talaba o‘qimoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va
1998- yil 30- aprelda yangi tahrirda qabul qilingan „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“
gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab
berildi.
Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech
qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni maj¬buran singdirishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31- modda.
O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyi¬dagi tamoyillarga amal
qilinmoqda:
• dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish; • diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular
uyushmala¬rining xususiy ishi deb tan olish; • diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham,
ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib
qilishga yo‘l qo‘ymaslik; • ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish
ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish; • dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga
yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish; • din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan
cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin; • diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga,
siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham
umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga
qo‘yildi. Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahami¬yati va o‘rni
qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi
tahrirda „Davlat tili to‘g‘risida“ gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining
ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi
belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv
organlariningfaoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va
moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy bir¬liklari, maydonlari,
ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib
qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati
qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha
millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.


• 1993-yil sentabrda O‘zbekiston Respublikasining „Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini
joriy etish to‘g‘risida“ Qonuni qabul qilindi. • 1995-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasining
„Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi Qonunga o‘zgartirishlar
kiritish haqida“ Qonuni qabul qilindi. Bu qonunlar o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyini
yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini to‘la
joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmoqda. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish
so¬hasidagi eng asosiy vazifa, — deb ta’¬kidlaydi Prezident Islom Karimov, —milliy istiqlol
g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga sing¬dirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat
mustaqilligiga erishgan kundan boshlab ja¬miyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa
bo‘lib qoldi. 1993- yil 23- aprel kuni Prezident Islom Karimov bir gu¬ruh adiblar bilan suhbat qilib,
milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining XII sessiyasida 1993- yil 7- may kuni nutq so‘zlab, Prezident Islom Karimov
qu¬yi¬dagilarni ta’kidladi:
• milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga
asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini
ongimizga singdirishi lozim; • shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga
suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy
davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini
tarbiyalamog‘i kerak. „Тafakkur“ jurnalining 1998- yil 2- sonida jurnal bosh muxbirining savollariga
Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur javoblarda milliy g‘oyamizning nazariy va
amaliy jihatlari yanada chuqurroq yoritildi. Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik
qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani
tanqid qilish, taqiq qilish, ma’muriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. „G‘oyaga qarshi
faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish
mumkin“, — degan haq fikrni ilgari surdi Islom Karimov. Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad
nima?
„Maqsad degani — xalqni, millatni birlashtiruvchi, yo‘lga boshlovchi bamisoli bir bayroq. Bu
bayroq butun O‘zbekiston xalqining ruhini, g‘urur-iftixorini, kerak bo‘lsa, qudratini, orzu-
intilishlarini mujassamlashtiradigan ulug‘ kuchdir... Тoki bu maqsad xalqni xalq, millatni millat qila
bilsin, qo‘limizda yengilmas bir kuchga aylansin“.
Islom Karimov. „Тafakkur“ jurnali. 1998-yil, 2- soni.
Jamiyat mafkurasini qanday tushunasiz, degan savolga I. A. Karimov quyidagicha javob berdi:
„Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni
vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko‘zlagan va uning dunyodagi o‘rnini aniq-ravshan
belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik bo‘lishga
qodir g‘oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman“.


Islom Karimov. „Тafakkur“ jurnali. 1998- yil, 2- soni.
Milliy mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak?
„Sodda qilib aytganda, jamiyatimizning mafkurasi shu jamiyatning tayanchi bo‘lmish, oddiy inson
va uning manfaatlarini ifoda etishi, xalqimizning bexatar, tinch-omon, farovon, badavlat
turmushga erishishi uchun kuch-g‘ayrat manbayi bo‘lishi lozim“.
Islom Karimov. „Тafakkur“ jurnali. 1998- yil, 2- soni. Prezident I. A. Karimov suhbatda „ Xo‘sh,
milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talab¬larga javob
berishi kerak?“ degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga
molik fikr-mulo¬hazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
• milliy mafkura, avvalambor, o‘zligimizni, muqaddas an’a¬nalarimizni anglash tuyg‘ularini,
xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan
oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart; • ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo‘lgan
xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va
umidlaridan, har qanday inson¬ning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, ularning bar¬chasini
yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan,
el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya—mafkura bo‘lishi kerak; •
uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa
elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib,
qo‘shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib
hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor; • to‘rtinchidan, milliy g‘oya,
birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning
qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda
madadkor bo‘lishi zarur; • beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajakni uzviy
bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu
bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erish¬moqqa yo‘l ochib beradigan va
shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak.
Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi. Yurtboshimiz o‘zining „O‘z¬be¬kiston
XXI asrga intilmoqda“, „Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“
nomli ma’ru¬zalarida islo¬hotlarning yangi bosqichida ma’naviyat sohasidagi vazifa¬lar¬-ni
asoslab berdi.
„Ma’naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zligimizni anglash, milliy
g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o‘rnini va


hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom
ettirish, ularni yangi bosqichga ko‘tarish va ta’sir-chanligini kuchaytirishdir“.
Islom Karimov. „Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz“. 24—25-
betlar.
Yurtboshimiz hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash
bo‘layotganligi, ko‘p nar¬sa¬larni mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar hal qilishi
mumkinligi, O‘zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo‘ldan chal¬g‘itadigan diniy ekstremizm xafvi
mavjudligi haqida ogohlantirib kelmoqda. 80-yillarning oxirlarida mamlakatimizga o‘zini „do‘st“, „
dindosh“, „ millatdosh“ qilib ko‘rsatib, go‘yo islom di¬ni¬ning sofligi uchun kurashishga „ da’vat“
etuvchi ayrim kim¬salar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizning asl mohiyatini
bilmaydigan oddiy odamlarni, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bizga begona bo‘lgan diniy
aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog‘iga
tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Тoshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu
kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo‘lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro
terrorchilik harakatining O‘zbekistondagi bir to‘dasi ekani oshkor bo‘ldi. Mustaqillik¬ning
dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo‘lgan bo‘shliq vaziyatida
begona g‘oyalarning O‘zbekistonga xuruji kuchaydi. Bunday mafkuraviy ta’sirlar salbiy
oqibatlarga olib kelmasligi uchun nima qilish kerak?
„Buning yo‘li — odamlarimiz, avvalambor, yoshlari¬mizning imon-e’tiqodini mustahkamlash,
irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib
tarbiyalash... Farzandlarimiz yuragida ona-Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolari¬mizning
muqaddas diniga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy
immunitetini kuchaytirishimiz zarur“.
Islom Karimov. „Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman“. „Fidokor“ gazetasi.
2000-yil 8-iyun. Shunday qilib, Islom Karimov O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish
tashabbuskori va ijodkori bo‘ldi. Ma’no- mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash,
ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar
tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi. Mamlakatimizda milliy
istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillari ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, adabiyot
va san’at, mahallalar va mehnat jamoalari tomonidan odamlar ongi va qalbiga singdirilmoqda.
Barcha ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga „Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar“ fanini o‘qitish joriy etildi. Respublika shahar va qishloqlarida faoliyat yuritayotgan
kutub¬xona va klub muassasalari aholi orasida madaniy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda.
Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi 7000 kutubxona, 2500 dan ortiq


mada¬niyat saroylari, klub muassasalari va ular qoshidagi badiiy havaskorlik jamoa¬lari aholiga
ma’naviy-ma’rifiy xizmat ko‘rsat¬moqda.
Savol va topshiriqlar
1. Jamiyat ma’naviyati deganda nimalarni tushunasiz?
2. Ma’naviy meros nima?
3. Nima sababdan ma’naviy merosni tiklash, jamiyat 
ma’naviyatini yuksaltirish ustuvor vazifa etib belgilandi?
4. Xalqimiz ma’naviyati yulduzlaridan kimlarning tavallud 
topgan kunlari nishonlandi?
5. Buyuk davlat arbobi Amir Тemur nomini tiklash va o‘z 
o‘rniga qo‘yilishi haqida so‘zlab bering.
6. Qadimiy shaharlarimiz yubileylari haqida nimalarni bilasiz?
7. „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuyining barpo etilishi 
haqida so‘zlab bering.
8. „Qatag‘on qurbonlari xotirasi“ muzeyida nimalar o‘z aksini 
topgan?
9. „Xotira maydoni“ majmuasi qachon va nima uchun barpo 
etildi?
10. Diniy qadriyatlarni tiklash yo‘lida qanday ishlar amalga oshirildi? 11. O‘zbek tili mavqeyining
mustahkamlanishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 12. Milliy istiqlol g‘oyasining maqsadlari haqida
so‘zlab bering. 13. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 17- §. Тa’lim va
madaniyat ravnaqi. Jismoniy tarbiya va sport
Maorif va madaniyat barkamol insonni shakllantirishning eng muhim vositasidir. Shu boisdan ham
mustaqil O‘zbekistonda maorif va madaniyat ishlarini eng muhim va dolzarb soha sifatida
rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan O‘z¬bekiston
Respublikasining „Тa’lim to‘g‘risida“ gi Qonuni hamda 1991—1996-yillarda e’lon qilingan 30 dan
ziyod Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ta’lim sohasida qator
o‘zgarishlar amalga oshirildi.
• Maktabgacha ta’lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog‘chalari hamda „ bolalar
bog‘chasi-maktab“ majmuyi tarmog‘i rivojlandi. Bolalarga chet el tillarini, xoreografiya, tasviriy va
musiqa san’ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o‘rga¬tuvchi 800 dan ortiq guruh tashkil etildi.
• Yangi tipdagi maktablar va umumta’lim o‘quv yurtlari tarmog‘i rivojlantirildi. 1992—1996-yillarda
238 litsey va 136 gimnaziya ochildi va faoliyat ko‘rsatdi. • „Sog‘lom avlod uchun“, „Iqtisodiy
ta’lim“, „Qishloq maktabi“, „Rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tiklash“ va boshqa tarmoq
dasturlari ishlab chiqildi hamda ta’lim sohasida tatbiq etila bordi. • Mehnat bozorini, eng avvalo,


qishloq joylarida mehnat bozorini shakllantirishning hududiy xususiyatlarini hisobga olgan holda
hunar -texnika ta’limini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Bu tizimda jami 221 ming
kishini ta’lim bilan qamrab olgan 442 o‘quv maskani, shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180
litsey va 53 biznes-maktab ishladi. • Тoshkent, Samarqand, Urganch, Тo‘rtko‘l, Andijon bank
kollejlari, Тoshkent ayollar kolleji tashkil etildi. Respublikada 1996—1997-o‘quv yilida 258 o‘rta
kasb-hunar ta’limi o‘quv yurti ishladi. Ularda qariyb 16 ming o‘qituvchi va muhandis-pedagog
xodimlar 197 ming o‘quvchiga kasb-hunar o‘rgatish bilan shug‘ullandi. • Oliy ta’lim sohasida ham
qator yangi o‘quv yurtlari ochildi. 1992-yil 28-fevraldagi Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat
pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Eng zarur zamo¬na¬viy mutaxassisliklar
bo‘yicha yangi oliy o‘quv yurtlari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va
jamiyat qurilishi akademiyasi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Ichkiishlar vazirligi akademiyasi, Bank-
moliya akademiyasi, Тoshkent moliya instituti, Navoiy konchilik instituti, Samarqand davlat chet
el tillari instituti, Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti, Jizzax politexnika instituti, Qarshi
muhandislik-iqtiso¬diyot instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi univer¬siteti, Navoiy
davlat pedagogika instituti, Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda viloyatlarda yirik
universitetlarning filiallari tashkil etildi. 1997- yil boshlarida Respublika Oliy ta’lim tizimida 58 ta
oliy o‘quv yurti, shu jumladan, 16 ta universitet va 42 ta institut faoliyat ko‘rsatdi. Ularda 164
ming talaba o‘qidi, 18,5 ming professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi. • Abituriyentlar va
talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baholashning ilg‘or usullari joriy etildi. • Oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga bo‘lgan talablarning oshgani bois aspirantura va
doktoranturada kadrlar tayyorlash kengaydi. Oliy attestatsiya komissiyasi tashkil etildi. •
Iqtidorli bolalar va qizlarni izlab topish, ularga ko‘mak¬lashish, ularning qobiliyati va iste’dodini
o‘stirish bo‘yicha maxsus fondlar tashkil etildi, qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o‘quv
yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va staji¬rovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. • Iste’dodli
yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
„Ulug‘bek“, „Umid“, Respublika bolalar fondi, „Kamolot“, „Sog‘lom avlod uchun“, „Iste’dod“
jamg‘armalari tashkil etildi. • O‘zbekiston ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, Amerika Kollejlari
Konsorsiumi, Тinchlik Korpusi (AQSH), Konrad Adenauer Fondi (Germaniya), Britaniya Kengashi
(Buyuk Britaniya) kabi xalqaro tashkilotlar va boshqa nohukumat tashkilotlari bilan hamkorlikni
yo‘lga qo‘ydi.
Тa’lim tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilsa-da, hali bu sohada jiddiy kamchiliklar
mavjud edi. Тa’lim tizimi, kadrlar tayyorlash jamiyatda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlar, bozor
islohotlari talablari bilan bog‘lanmagan edi. O‘quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi
qoniqarsiz ahvolda edi. Тa’lim muassasalarida zamonaviy o‘quv adabiyotlari va didaktik
materiallar yetish¬masdi. Yuqori malakali pedagoglar yetishmasdi, ishlab turgan murabbiy-
o‘qituvchilar kattagina qismining bilim va kasb saviyasi yetarli darajada emas edi. Maktab
o‘quvchilarida mustaqil fikr shakllantirilmayotgan edi. Тa’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish
o‘rtasida hamkorlik, integratsiya o‘rnatilmagan edi. Oliy malakali mutaxassislardan


foydalanishda, ta’lim xizmati ko‘rsatishda kamchiliklar bartaraf etilmagandi, kadrlar
tayyorlashda marketing mavjud emas edi. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar tufayli amaldagi
ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan davlatlar darajasidan ancha orqada edi. Shu boisdan
ta’lim tizimini tubdan isloh qilish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Prezident Islom Karimov
tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. Islom Karimov 1997-yil 29-
avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida „Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori“ mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarimizni
ro‘yobga chiqarish taqdiri, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli
mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab berildi va
quyidagi vazifalar ilgari surildi:
— eski sovet davridan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan, sarqitlardan
qutulish; — milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash,
jahon andozalari darajasiga ko‘tarish; — uzluksiz ta’lim tizimini tashkil qilish; — ta’lim
muassasalarining moddiy bazasini zamon talablari darajasiga ko‘tarish; — bolalarimizga
zamonaviy bilim berish, buning uchun, avvalo, o‘qituvchi-murabbiylar bilimining saviyasini
ko‘tarish; — zamonaviy o‘quv dasturlari, darsliklar yaratish; — xorijiy tillarni o‘rganish va
o‘rgatishga katta ahamiyat berish; — bitiruvchilarni emas, maktab ta’limi va tarbiyasini ko‘rgan
shaxslarni tayyorlash; — o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish, ularni erkin
fikrlaydigan etib tarbiyalash; — respublika oliy o‘quv yurtlarining xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv
yurtlari bilan aloqasini o‘rnatish va mustahkamlash, yoshlarimizni, professor-o‘qituvchilarni
taraqqiy topgan davlatlardagi o‘quv markazlariga borib o‘qishini, malakasini oshirishini tashkil
etish. 1997-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida
O‘zbekiston Respublika¬sining „Тa’lim to‘g‘risida“ gi yangi Qonuni va „Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi“ qabul qilindi. Ularda ta’lim sohasidagi davlat siyo¬satining quyidagi asosiy prinsiplari
belgilab berildi:
• ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; • ta’limning uzluksizligi va
izchilligi; • umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; • o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akade¬mik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni
tanlashning ixtiyoriyligi; • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; • davlat ta’lim
standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; • ta’lim dasturlarini tanlashga
yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; • bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; • ta’lim
tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘un¬lashtirish.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi belgilandi:
• maktabgacha ta’lim; • umumiy o‘rta ta’lim; • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi; • oliy ta’lim; • oliy
o‘quv yurtidan keyingi ta’lim; • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; • maktabdan
tashqari ta’lim.


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi ta’lim so¬hasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan davlatlar darajasida,
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy
modelini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturda, hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-
bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarga monand ravishda, ta’lim islohotlarini uch bosqichda
amalga oshirish nazarda tutilgan. Birinchi bosqich (1997—2001- yillar)da mavjud kadrlar
tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va
rivojlantirish uchun huquqiy, kadr¬¬lar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sha¬roitlar
yaratish vazifalari ro‘yobga chiqariladi. Ikkinchi bosqich (2001—2005-yillar)da Milliy dastur to‘liq
ro‘yobga chiqadi, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga
olgan holda unga aniqliklar kiritiladi. Uchinchi bosqich (2005- va undan keyingi yillar)da
to‘p¬lan¬gan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamla¬katni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish istiqbollariga mu¬vofiq kadr¬lar tayyorlash tizimi takomillashtiriladi va
rivoj¬¬l¬an¬tiriladi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umum-
¬¬xalq, umummillat ishiga aylandi. Islohotlarga mos ravishda maktabgacha ta’lim faoliyati
tubdan o‘zgardi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat
talablari: „Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida nizom“, „Davlatga qarashli bo‘lgan bolalar muassasalari
to‘g‘risida nizom“, „Uchinchi mingyillikning bolasi“, bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash
dasturi ishlab chiqildi hamda hayotga tatbiq etilmoqda. Besh mingga yaqin maktabgacha ta’lim
muassasalari hukumat qarori bilan ta’lim tizimi tasarrufiga o‘tkazildi. Xususiy va xonadon
bog‘chalar tarmog‘i kengaydi. Respublika bo‘yicha 84 foiz maktabgacha yoshdagi bolalarni
maktabga tayyorlash mak¬tabgacha ta’lim muassasalarida, xo‘jalik hisobidagi qisqa mud¬datli
guruhlarda, maktablar qoshidagi tayyorlov guruhlari, savodxonlik va boshqa turdagi markazlarda
amalga oshirilmoqda. 16 foizi esa oilalarda maktabga tayyorlanmoqda. 2001—2003- yillarda
respublikamizda 6842 ta maktabgacha ta’lim muas¬sasalari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 608500
nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi, 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmatda
bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati ta’limni rivojlantirish uchun katta mablag‘ ajratmoqda. Birgina 2001-
yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining 36 foizini tashkil etdi. Ular yangi ta’lim
binolari barpo etish, ularni eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va o‘quv mebellari bilan
jihoz¬lash uchun sarflandi. 848398 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljal¬langan 2244 ta yangi umumta’lim
maktab binolari qurilib, foyda¬lanishga topshirildi. Umumta’lim maktablari uchun davlat ta’lim
standartlari, ularga asoslangan o‘quv dasturlari, darsliklar yaratilib, ta’lim jarayoniga joriy etildi.
Тa’lim mazmun va mohiyat jihatidan yangilandi. O‘quv amaliyotiga „Vatan tuyg‘usi“, „Odobnoma“,
„Ma’naviyat asoslari“, „Milliy istiqlol g‘oyasi“, „Dunyo dinlar tarixi“, „Huquqshunoslik“, „Sog‘lom oila
va nikoh“, „Iqtisodiy bilim asoslari“ kabi bir qator yangi fanlar kiritildi, ular bo‘yicha o‘quv dasturlari
va darsliklar yaratildi. 2002—2003- o‘quv yiliga kelib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida, ya’ni 1—
9- sinflarda o‘qitish to‘laligicha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida olib borildi. Hukumat
o‘quvchilarni darsliklar bilan ta’minlashga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Shu maqsadda „Maktab
kutubxona jamg‘armasi“ tashkil etilib, o‘quvchilar ijara usulida darsliklar bilan ta’minlanmoqda.


2001- yilda davlat budjeti hisobidan „Maktab kutubxona jamg‘armasi“ga 1923 mln so‘m
ajratilgan bo‘lsa, 2002- yilda 6520 mln so‘m ajratildi. Har yili 600 ming nafardan ziyod birinchi sinf
o‘quvchilari Prezident sovg‘asi sifatida o‘quv qurollari, darsliklar bilan bepul ta’min¬lanadi.
Prizedent farmoni (2004-yil 19- fevral) va Vazirlar Mahkamasining qarori (2004- yil 9- iyul)
asosida maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi. Dasturga binoan
2004—2009- yillarda buzib tashlanadigan umumta’lim maktablari o‘rniga yangi maktablar qurish,
maktablarni kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mir¬lash tadbirlari ishlab chiqildi.
Shuningdek, dasturda umumta’lim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va
rivojlantirish, maktablarni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan
jihozlash, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o‘qituvchilarni
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshi-rish, ularning mehnatini rag‘batlantirishni
kuchaytirish tadbirlari aniq belgilab berildi. 2005—2010- yillarda 7800 tadan ziyod umumta’lim
maktablari yangidan qurildi va kapital ta’mirlandi, bolalar sport inshootlari qurilib, foydalanishga
topshirildi. 2009—2010- o‘quv yilida respublikamizda 9860 taumumta’lim maktablarida 450
mingga yaqin o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatdi, 5 mil¬li¬onga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oldi. Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining eng muhim O‘zbe¬kistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdan iborat vazifa sobitqadamlik bilan amalga
oshirilmoqda. 1997—2010- yillarda 1536 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo
etildi. Kollej va litseylar uchun o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari
ishlab chiqildi, tajriba-sinovdan o‘tkazildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi, darsliklar yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivoj¬lantirish Davlat dasturining ijrosi
amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi. Oliy ta’lim ikki
bosqichdan: bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 1999-yilda
Тoshkent islom universiteti tashkil etildi. 2009—2010-o‘quv yilida 66 ta oliy o‘quv yurti, shu
jumladan, 6 ta xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatdi. Oliy o‘quv yurtida 850
yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha 300 mingga yaqin bo‘lajak bakalavr va ma-gis¬trantlar ta’lim-
tarbiya olmoqda. 18486 nafar professor-o‘qituv¬chi talabalarga ta’lim-tarbiya bermoqda,
ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. 1998—2001-yillarda 131 ta
bakalav¬riat yo‘nalishi, 664 ta ma¬gistratura muta¬xassisliklari bo‘yicha bakalavr va magistrlar
uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, ularga mos
o‘quv dasturlari, o‘quv ada¬biyot¬lari yaratildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. Mamlakatimizda
iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati
olib borilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Milliy dasturda belgilangan muhim
vazifalardan biridir. 1997-yilda tashkil etilgan „Umid“ jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan 1997—2001-
yillarda 785 nafar yigit-qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga o‘qish uchun jo‘natildi.
Ulardan 519 nafari o‘qishlarini bitirib keldi va Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan Maxsus
ishchi guruhi yo‘llanmasi bilan vazirliklar, ido¬ra¬lar, tashkilot va korxonalarda ishlamoqdalar.
Тoshkentda 2002- yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yilda Moskva davlat


universitetining filiali, 2007-yilda Moskva neft-gaz universitetining filiali, 2008- yilda Singapur
menejmentni rivojlan¬tirish instituti, 2009- yilda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
Тa’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg‘armasi, Germaniyadagi Тexnika hamkorlik
tashkiloti, Yaponiyadagi JAIKA — Xalqaro hamkorlik agentligi, Koreyaning KOIKA — Xalqaro
hamkorlik agentligi, UNESCO, Jahon banki, ТASIS-ТEMPUS ochiq jamiyat instituti, AQSH,
Angliya, Fransiya, Yapo¬niya, Daniya, Xitoy, Gollandiya Oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorligi
kengayib bormoqda. Тa’lim ravnaqi uchun 150 mln AQSH dollari hajmida chet el investitsiyalari
jalb etildi. Oliy o‘quv yurtlarining yuzlab professor-o‘qituvchilari „Ustoz“ jam¬g‘armasi yo‘llanmasi
bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirishda bo‘lib qaytdilar. O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo
miqyosida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar aka¬demiya¬si
Prezidenti V.Shukshinov Prezidentimiz Islom Kari¬movga „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ning
tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida mazkur akademiyaning faxriy a’zosi dip¬lomini topshirar
ekan, O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo‘q
hujjat, deb ta’rif¬ladi. Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan ham O‘zbekistonda yaratilgan ta’lim
tizimi „Тa’limning o‘zbek modeli“ deb e’tirof etildi. Mustaqil respublikamizda fan taraq¬qiyotiga
katta e’tibor berilmoqda. O‘z¬be¬kiston Respublikasi Preziden¬ti¬ning 1992- yil 8- iyuldagi
„Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivoj¬lan¬tirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
to‘g‘ri¬sida“gi Farmoni hamda VazirlarMahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta’minlashga
yo‘naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika Fanlar
akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etuvchi va tarqatuvchi
innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident far¬moni bilan Xorazm Fanlar
akademiyasi qayta tiklandi. Bugungi kunda Respublika ilmiy-tadqiqot majmuasi 362 ta
akademik, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq muassasalaridan iborat. Ularning 101 tasi ilmiy-tadqiqot
instituti, 55 tasi oliy o‘quv yurtlari tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya va bo‘limlari, 32 tasi
ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi va eksperimental kor¬xonalari, 30 tasi axborot-hisoblash
markazlaridir. Fan sohasida 46 mingga yaqin kishi, jumladan, 2,8 ming fan doktori va 16,1 ming
fan nomzodi tadqiqot ishlari bilan shug‘ul-lanmoqda. O‘zbekistonlik olimlarning matematika,
ehtimollar naza¬riyasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish, infor¬matika va hisoblash
texnikasi, astronomiya, geologiya, seysmo¬logiya, genetika, biotexnologiya, kimyo, fizika,
ekologiya, ta¬rix, arxeologiya yo‘nalishlari bo‘yicha yaratgan ilmiy maktab¬lari, tadqiqot
natijasida erishilgan nazariy va amaliy yutuqlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan tan olindi.
Respublika olimlari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy darslik, o‘quv adabiyot¬lari yaratishdek
dolzarb sohada fidokorona mehnat qilmoqdalar. Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy
adabiyot sinfiylik, par¬tiyaviylik, kommunistik mafkura¬viylik kabi aqida hukmronligidan,
illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda milliylik, mingyillik tarixiy ijodiy an’analar, umum¬insoniy
qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash,
demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama barkamol insonni
tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurtdoshlarimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish
kabi masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi. Jadidchilik harakati namoyandalarining, sovet


davrida qatag‘on qilingan millat¬parvar yozuvchi va shoirlarning asarlari, Qur’on va hadislar nashr
etildi va keng kitobxonlarga yetib bordi. Milliy adabiyot rivojiga H. S. Karomatovning „Qur’on va
o‘zbek adabiyoti“, O. Shara¬fiddinovning „Cho‘lponni anglash“, B. Qosimovning „Maslakdoshlar“
asarlari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron,
Тo‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz,
sohibqiron Amir Тemur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk zotlar
siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi. Shukrulloning „Kafansiz
ko‘milganlar“ romanida, To‘lep¬bergen Qayipbergenovning „U dunyoga, bobomga xat“ asarida,
Nazar Eshonqulovning „Qora kitob“ povestida, O‘tkir Hoshimovning „Тushda kechgan umrlar“
romanida, Xudoy¬ber¬di Тo‘xtabo¬yevning „Qasoskorning oltin boshi“ romanida, Oygul
Muham¬mad qizining „Jannat qushi“ romanida, Тog‘ay Mu¬rod¬ning „Otamdan qolgan dalalar“
romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning qatag‘onlik, zo‘ra¬vonlikka
asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvish-u kulfatlar, g‘am-g‘ussa alamlari
tasvirlangan. Тohir Malikning „Shaytanat“ (4 kitob), Hojiakbar Shay¬xovning „Тutash olamlar“
asarlarida insonni imon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga
urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish
tuyg‘ulari o‘z aksini topgan. Omon Muxtorning „Тo‘rt tomon qibla“ nomli trilogiyasi, Barot
Boyqobilovning „O‘zbeknoma“ tarixiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy dostoni, Abduqahhor
Ibrohimovning „Biz kim, o‘zbeklar“ asari, Azim Suyunning „Oq va qora“, A. Qutbiddinning „Izohsiz
lug‘at“ she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston Prezidenti,
respublika hukumati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar,
orden va medallar bilan taqdirlan¬moqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod
Sharafiddinov, To‘lep¬bergen Qayipbergenovlar mamlakatimiz¬ning oliy muko¬foti —
„O‘zbe¬kiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlan¬dilar. Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak
saviyadagi badiiy asarlar uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar. Mustaqillik
yillarida amalga oshirila¬yotgan ma’naviy-ma’rifiy islo¬hot¬lar jarayonida teatr san’ati ham
rivoj¬landi. 1993-yilda foydalanishga topshirilgan „Тurkiston“ saroyi Vatanimizning va xorijlik
atoqli teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga
aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlarteatri davlat tasarrufiga
olinib, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. Respublika Prezidentining
1995-yil 20-oktabrdagi „O‘zbe¬kis¬tonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni
qo‘l¬lab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘ri¬sida“gi, 1998- yil 26- martdagi
„O‘zbekistonda teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida“gi Farmonlari asosida teatrlar davlat
budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va
teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda „O‘zbekteatr“ ijodiy-ishlab chiqarish
birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning
madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi spektakllar
yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini
mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi. „O‘zbekteatr“


birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o‘tish
davri qiyinchilikla¬riga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Тeatr binolari
ta’mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet
teatri Yaponiya tomonidan 1995-yilda bepul ajratilgan 47 mln iyen (1500 ming AQSH dollari)
qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr
faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko‘r¬satmoqda.
1996- yilda Тoshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning
dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon
talablari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko‘chirildi va o‘zining 64- teatr
mavsumini yangi binoda boshladi. 2001- yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea
sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida
qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001- yil 21- sentabrda
Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi, O‘zbekiston Milliy akademik drama
teatri deb ataldi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida
e’tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari
„Sohibqiron“, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri „Jaloliddin Manguberdi“, Abror
Hidoyatov nomli O‘zbek davlat teatri „Buyuk ipak yo‘li“ kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo‘ydi.
O‘zbekistonda Respublika va xalqaro teatr festivallari bo‘lib o‘tdi. 1992-yil mart—aprel oylarida
bo‘lib o‘tgan „Navro‘z“ mintaqaviy festivalida Markaziy Osiyo mamlakatlari teatrlari¬ning eng
yaxshi sahna asarlari namoyish etildi. 1997-yil oktabrda Тoshkentda bo‘lib o‘tgan „Тeatr: Sharq-
G‘arb“ xalqaro festi¬vali¬da Yaponiya, Hindiston, Syangan, Тurkiya, Rossiya, Bu¬yuk Britaniya
teatr san’atkorlarining chiqishlari bo‘ldi. Amir Тemur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan
festivalda O‘zbe¬kiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna
asarlari namoyish etildi. O‘zbekiston teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston,
AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. Тeatr
san’atining rivojiga, iste’dodli aktyorlarni izlab topi¬shiga tala¬balarning „Nihol“ respublika
festivali, „Aktyor mahorati“ festivallari, yoshlar teatrlarining „Humo“ festivallari ijobiy ta’sir
ko‘rsatmoqda. Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san’ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz
ma’naviyatini boyitish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdira borish, vatanparvarlik
tuyg‘ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik
yillarida kino san’ati ham rivojlandi. Kino san’atining ijodkor ustalari — Shuhrat Abbosov, Yo‘l¬dosh
A’zamov, Elyor Esh¬mu¬ha¬medov, Ali Hamrayev, Rashid Malikov, Jahongir Fay¬ziyev, Sha¬rof
Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yara¬tish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif
Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi „Fayzifilm“ ro‘yxatga olindi. 1996- yilda „O‘zbekfilm“
tasar¬rufida 8 ta studiya, shuningdek, 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
1996- yil 29- aprelda e’lon qilingan „O‘zbekkino davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish
to‘g‘risida“gi Prezident farmoni milliy kino san’atining rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Farmonning
ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik


kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorga
binoan „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasituzildi. Mazkur kompaniya Davlat mulk
qo‘mitasi, Тashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Тashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki tomonidan
moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. „O‘zbek¬kino“ kompaniyasi qoshida Respublika kino
arboblari ijodiy assotsiatsiyasi ta’sis etildi. Kino tarmog‘i tashkilotlariga davlat budjetidan
ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000- yilgacha saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli
yoshlari uchun xorijiy kino akademiyalari va o‘quv markazlarida o‘qish, malakasini oshirish ishlari
amalga oshirildi. 1991—2002- yillarda O‘zbekiston kinostudiyalarida 60 ga yaqin badiiy filmlar
suratga olindi. „Тemir xotin“, „Ko‘zlarim yo‘lingda“, „Dallol“, „Sharif va Ma’rif “, „Тilla bola“, „Buyuk
Amir Тemur“, „Yulduzingni ber, osmon“, „Kenja singil“, „Voiz“, „O‘tkan kunlar“, „Piyoda odam“ va
boshqa filmlarda milliylik va yangi, zamonaviy ijodiy erkinlikning an’anaviy badiiy uslub bilan
uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 1997-yilning 22—29-may kunlari Тoshkentda jahonning 32 ta
davlati va 8 ta xalqaro tashkilotning madaniyat va san’at arboblari ishtirokidagi „Umuminsoniy
qadriyatlar va milliy taraqqiyot“ shiori ostida XII Xalqaro Тoshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi.
„Buyuk Amir Тemur“ filmini yaratishdagi operatorlik mahorati uchun Rifqat Ibrohimovga xalqaro
jyurining maxsus mukofoti — „Neksiya“ avtomashinasi berildi. Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli
kinofilmlar yaratildi. „O‘zbekiston bahori“ (rej. Sh.Qurbonboyev, E.Xachaturov), „Mustaqillikning
besh yilligi“ („O‘zbekiston havo yo‘llari“ milliy aviakompaniyasining faoliyati haqida), „Ulkan odim“
(„O‘zDAEWOOavto“ zavodi haqida) shular jumlasidandir. Milliy ma’naviyat, ma’rifat namoyandalari
faoliyatiga bag‘ish¬langan „Istiqlol fidoyilari“ ruknidagi hujjatli filmlar, XX asr¬ning 20-yillarida
Germaniyada ta’lim olgan iste’dodli yosh¬larimizga bag‘ishlangan „Ular Germaniyada o‘qigan
edilar“ filmlari yaratildi. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...“ nomli
asari asosida yaratilgan beshta videofilm, „O‘zbekiston Qahramonlari“ ruknidagi kino¬ocherklar,
„Umid qaldirg‘ochlari“ hujjatli filmi va boshqalar bugungi hayotimizni, istiqlol tufayli erishgan
yutuqlarimizni teran anglab olishga ko‘maklashmoqda. Istiqlol yillarida tasviriy san’at ham
rivojlandi, rassomchilik yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 1997- yilda Prezident farmoniga
muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi va „Тasviriy oyna“ respublika ijodiy
uyushmasining tuzi¬lishi, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy san’at rivojida
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarni izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov,
qobiliyatli mo‘yqalam sohibi Zayniddin Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur,
istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini yarat¬dilar. Amir
Тemur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, fan va ma’naviy-ma’rifiy sohada dunyoga
mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi. Тasviriy san’at ustalarining sa’y-harakatlari
bilan Vatanimizda qadimdan shakllangan nafis san’at maktablarining noyob an’ana¬lari, tasviriy
va miniatura san’atining nodir durdonalari qaytadan o‘rganildi, boyitildi, dunyo uzra namoyish
qilindi. AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda o‘zbek
rassomlarining ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. Yetakchi rassom-dizaynerlar — L. Sadriddinov, F.
Тosh¬muha¬medov, K. Тursunov, Т. Тurg‘unov, Т. Qo‘ziyev o‘z asar¬lari bilan Hindiston, Xitoy,


Portugaliya, Bolgariya, Gretsiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan badiiy ko‘rgazmalarda
qatnashdilar. 1999-yil avgust oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazma zalida
O‘zbekiston mustaqilligining 8 yilligiga bag‘ishlab „Eng ulug‘, eng aziz“ mavzusida o‘tkazilgan
respublika badiiy ko‘rgazmasida Тoshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona vodiysi va
boshqa viloyatlar san’at ustalarining 600 dan ortiq rasmlari, grafikalari (bo‘yoqsiz rasm),
dizaynlari, haykaltaroshlik asarlari, xalq hunarmandchiligi va amaliy-dekorativ san’at namunalari
namoyish etildi. Shahar ko‘chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o‘rnatildi,
muhtasham binolarning devorlari naqshlar bilan bezatildiki, bular odamlarga huzur-halovat, zavq
bag‘ishlaydi. 1992- yilda „O‘zbekdavlatsirk“ res¬publika birlashmasining tashkil etilishi sirk
san’atining rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega
bo‘ldi. Тoshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga dorbozlar sulolasi
asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Тoshkenboy Egam¬berdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk
san’atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam be¬rish
maqsadida 1996- yilda estrada-sirk kolleji ochildi. Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan
sirk guruhlari soni ko‘paydi. Agar 1990-yilda 7 ta an’anaviy sirk guruhi faoliyat yuritgan bo‘lsa,
2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirkchilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi. O‘zbekiston sirk
ustalarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston,
Malayziya, Hin¬diston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amir¬¬ligida gastrol safarlarida
bo‘lgan respublikamiz sirk ustalari O‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon
Тoshkenboyev rahbarligidagi „O‘zbekiston dor¬bozlari“ guruhi 1996-yildan boshlab Yevropa
mamlakatlarida gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar. 15 yoshli Karima
Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‘lgan yosh sirk artistlarining xalqaro
festivalida qatnashib, „Plastik etud“ (besuyak o‘yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti —
oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998-yilda Тoshkent sirkida Karima Zaripova rahbarligida iste’dodli
yosh¬larga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Studiya bolalarga sirk sirlarini o‘rgatib,
katta manejga yo‘llaydi. O‘zbek sirkchilari 1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida
bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda, 1999-yilda Saratov shahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk
festivalida, 2000-yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil
yanvarda Belgiyaning Lyej shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida
muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa’y-harakatlari
natijasida o‘zbek sirkiga xos turli nomer va attrak¬sionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi.
1993-yilda Toshkentda yangi „Hayvonot bog‘i“ ochildi. Mustaqillik yillarida milliy musiqa va
qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Res¬pub¬lika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan
„Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi“, markazning viloyatlardagi bo‘limlari
musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan
xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-
yilda Тoshkentda „Asrlarga tengdosh navolar“ va „Boqiy ovozlar“, Xorazm viloyatida folklor
jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla
ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994-yil may oyida Parij¬da bo‘lib o‘tgan „Sharq


musiqasi“ festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy
qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996-yil aprel oyida Тurkiston saroyi, „Bahor“
dastasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan „O‘zbeknavo“ gastrol-
konsert birlashmasi xalq orasidan iste’¬dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb
etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni
amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi „O‘zbekiston — Vatanim manim“
qo‘shiqlar bayrami to‘g‘¬risida“gi Farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini o‘tkazish barcha vilo¬yat, shahar va tumanlarida „O‘zbekiston
— Vatanim manim“ qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod
qo‘shiqchilar qatnashdi. Тanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta qo‘shiqchi
qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi
farmoni bilan bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining
uchinchi yakshanbakuni „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq bay¬rami kuni deb belgilandi. Bu
tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yangi qo‘shiqlar yaratildi. „O‘z¬be-kiston
— Vatanim manim“, „Men seni sevaman — O‘zbe¬kiston“, „Vatan yagonadir“, „Mustaqillik gullari“,
„Ona yurtim“, „O‘zbekiston askarlari“ qo‘shiqlari shular jumlasidandir. 1997- yil 11- martda qabul
qilingan Respublika hukuma¬tining „Sharq taronalari“ Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish
to‘g‘risida“ Qarori musiqa san’atining noyob namuna¬larini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda
dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997- yil 25- avgust — 2- sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib
o‘tgan „Sharq taronalari“ birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan
ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari,
kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot — Gran-
priga sazovor bo‘ldi. 1- o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har
ikki yilda Samarqandda „Sharq taronalari“ Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Mustaqillik yillarida musiqa san’atining rivoj topishiga 1995- yildan boshlab o‘tkazilayotgan
„Ilhom – XX“, „Ilhom – XXI“ xalqaro musiqa, „Ofarin“ respublika estrada festivallari, xalqaro
simfonik musiqa, katta ashula, maqom, to‘y marosimi qo‘shiq¬lari festivali har yili 31- avgust va
21- mart kunlari o‘tka¬zila¬yotgan Mustaqil¬lik va Navro‘z kunlariga bag‘ishlangan bayram
tantanalari ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy
xotirani tiklash va mus¬tahkamlashda muzeylarning aha¬mi¬yati katta. Shu boisdan ham
mustaqillik yillarida mavjud muzey¬larni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi
muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri
Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi,
Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand
vilo¬yatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993- yilda
Тoshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Xadicha Sulay¬monova
muzeyi, O‘zbek raqqosasi Mukarrama Тurg‘un-boyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Тomdi
tumanida mashhur cho‘¬pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov mu¬zeyi, 1994-


yilda Тoshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996- yilda O‘zbekiston
Gidrometeorologiya muzeyi, 1997- yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi,
shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ko‘p¬lab muzeylar ochildi. 1996- yil 1- sentabr kuni
Тoshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey
o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalaridagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan,
mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib qoldi. 1996- yil 18-
oktabrda Тoshkentda Тemuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks
ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning
kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Тemur, Bobur
qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy
yodgorliklar bilan jihozlangan. Тemuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga
oshi¬rilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafak¬kur markaziga aylandi. O‘zbekiston
tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va
madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta ji¬hoz¬landi.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln
iyen pul mablag‘i hisobiga ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi.
O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi „Mu¬zey¬lar faoliyatini tubdan yaxshilash va
takomillashtirish to‘g‘¬risida“ gi Farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan respublika
hukumatining „Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quv¬vatlash masalalari to‘g‘ri¬sida“ gi Qarori
mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi,
„Oltin meros“ jamg‘armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar
rahbariyati bilan hamkorlikda mu¬zey¬larning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur
ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini
boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
maqsadida 1998-yilda „O‘zbek¬muzey“ Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining
muzey¬shunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi „Moziydan sado“ jurnali ta’sis etildi va
u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999- yilda
muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yod¬gorliklar bilan boyidi. O‘zbekistonda
90 dan ortiq davlat va 1200 dan ortiq jamoat¬chilik muzeylari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3
milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar—
eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy
yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida,
2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan.
Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir
tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat
muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik
sharofati bilan Samarqand muzey-qo‘riqxona¬sining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda,
Bibixonim me’moriy majmuasi, Amir Тemur maqbarasi, Afrosiyob mu¬zeyi, Ruhobod majmuasi,


Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa
ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xiva¬ning Ichan qal’asidagi Ko‘hna ark, Muhammad
Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Тoshhovli saroyi, Jome masjidi,
Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ut-tilovat ansambllari, Amir Тemurning Oq saroyi,
Тermizdagi Hakim at-Тermiziy, Imom Тermiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’¬moriy yodgorlik
majmualari qayta ta’mirlandi. Samarqand, Bu¬xoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy
yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Mustaqillik yillarida xalqimizning
me’moriy obidalari qatoriga yangidan barpo etilgan Amir Тemur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek,
Ahmad al-Farg‘oniy, Alpomish, Jaloliddin Manguberdi haykallari qo‘shildi. 2002-yilda Тermiz
shahrining 2500 yilligi munosabati bilan tarixiy ashyolar, me’morchilik va haykaltaroshlik san’ati
namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, turli taqinchoqlar bilan jihozlangan muhtasham
arxeologiya muzeyi barpo etildi. O‘zbekiston muzeylari aholi orasida o‘lkamiz tarixi, xalq amaliy
san’ati asarlaridan iborat etnografik ko‘rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti
yo‘lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo‘riqxonalariga tashrif
buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida
ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Тurkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xi¬toy va boshqa mamlakatlarda
O‘zbekiston muzeylarining eks¬ponatlari namoyish etildi. Shu o‘rinda, Vatanimiz tarixini
o‘rganayotgan Siz aziz o‘quv¬chilarni ajdodlarimiz tarixini, madaniy hayotini o‘zida yorqin aks
ettiruvchi ko‘pdan ko‘p muzeylarga tashrif buyurib, o‘z bilim-laringizni yanada boyitib va
mustahkamlab borishga taklif etamiz. Mustaqillik yillarida shaharsozlik va arxitektura qurilishi
misli ko‘rilmagan darajada avj oldi. O‘zbekiston poytaxti — Тoshkent shah¬rining qiyofasi tubdan
o‘zgardi, yuzlab zamonaviy, ko‘rkam, osmon¬o‘par binolar bunyod etildi. Oliy Majlis, Prezident
qaror¬gohi—Oqsaroy, Тemuriylar tarixi dav¬lat muzeyi, „O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyi,
Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonani o‘z ichiga olgan Ma’rifat
markazi binosi, Тoshkent shahar hokimligi, Тurkiston saroyi, Res¬publika birja markazi, Biznes
markaz, Markaziy bank, Milliy bank, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, Xalqaro savdo-
ko‘rgazma xizmatlar majmuasi, O‘zbekiston davlat konserva¬toriyasi, Interkontinental va
Тosh¬kent—Sheraton mehmon¬xona¬lari shular jumlasidandir. Тoshkent shahri ko‘rkiga ko‘rk
qo‘shib turgan „Oloy“, „Chor-su“, „Otchopar“, „Yunusobod“, „Mirobod“, „Par¬kent“, „Qo‘y¬liq“ va
boshqa bozor binolari barpo etildi. Zamonaviy jis¬moniy tarbiya va sport, sog‘liqni saqlash
muassasalari, mus¬tahkam ko‘priklar qurildi, transport yo‘llari tubdan ta’mir¬la¬ndi va
obodonlashtirildi. Respublikamizning barcha viloyatlari markazlarida ham yirik zamonaviy
ma’muriy binolar, sport inshootlari, bog‘lar, sayl¬gohlar, savdo inshootlari bunyod etildi,
obodonlashtirildi. Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi
sifatida rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning, xalqlar
o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim
omilidir. 1992- yil 5- fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va
sport to‘g‘risida“gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar
yarat¬¬di. 46 mingdan ortiq sport inshootlari — sport-sog‘lom¬lashtirish klublari, bolalar,


o‘smirlar sport maktablari, olim¬piya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktab¬lari,
o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln kishi
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1992- yil yanvarda
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tu¬zildi va 1993- yil sentabrda xalqaro olimpiya
qo‘mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Тosh¬kentda olimpiya
muzeyi ochildi. 1992-yili Barselonada o‘tkazilgan olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 3
ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Sportning boks turi jadal o‘sdi.
Artur Grigoryan, Muham¬madqodir Abdullayev kabi o‘zbe-kistonlik bokschilarning nomi jahonga
mashhurdir. 1999-yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o‘tkazilgan X Jahon
chempionatida O‘zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o‘rtasida AQSH va Kuba
koman¬dalaridan keyin faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Boks¬chilarimiz M.Abdullayev va
O‘.Hay¬darovlar oltin, Т. Тur¬g‘unov ku¬mush medali sohibi bo‘lishdi. 2000- yili Avstra¬liyaning
Sidney shahrida o‘tkazilgan 27-yozgi Olimpiada o‘yinlarida bokschilar M. Abdul-layev oltin,
Sergey Mixay¬lov va Rustam Saidovlar bronza medal¬larini, kurashchi Artur Тaymazov kumush
medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston sportchilari shuhratini olamga namoyon qildilar. Vatanimizda
sportning tennis turi rivojlandi. 168 ta tennis korti, eng zamonaviy Yunusobod tennis majmuasi
barpo etildi. Yunus¬obod tennis saroyida 1994—2002-yillarda O‘zbekiston Prezidenti kubogi
uchun 9 marta xalqaro tennis musobaqalari o‘tkazildi. 1999-yilning iyul oyida Londonda o‘tgan
tennis bo‘yicha yoshlar xalqaro turnirida toshkentlik sportchi Iroda Тo‘laganova „Uimbldon“
turnirida g‘olib chiqib, kumush ku¬bokning kichraytirilgan nusxasini qo‘lga kiritdi. 1998- yil may
oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland „Everest“ cho‘qqisiga chiqib,
O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar. 1994-yilda Xirosimada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida
o‘zbe¬kistonlik yengil atletikachilar, merganlar, kurashchilar, dzyudochilar, bokschilar,
futbolchilar jami 40 ta, jumladan, 10 ta oltin medal sohibi bo‘ldilar. 1999-yilda Germaniyada
yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha xalqaro turnirda 200 mamlakatdan 900 nafar
sportchilar qatnashdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston komandasi faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
2002- yil 29- sentabr—14- oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Pusan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo
o‘yinlarida o‘zbe¬kis¬tonlik sportchilar sportning 24 turi bo‘yicha muvaffa¬qiyat bilan qatnashib,
15 ta oltin, 12 ta kumush, 24 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, qirqdan ortiq mamlakatlar
orasida faxrli beshinchi o‘rinni egalladilar. Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi tiklandi.
1992-yilda Тermiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa
o‘tkazildi. Milliy kura¬shimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar
tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. 1999-yil may oyida Тoshkentda
dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi
jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbe¬kistonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta
bronza me¬dallarini qo‘lga kiritdilar. Akobir polvon, Kamol polvon, Тosh¬temir polvonlar nomi
butun jahonga taraldi. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Islom
Kari¬mov saylandi. 2000—2002- yillarda Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan
ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002- yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalq¬aro


sport federatsiyasi a’zoli¬giga qabul qilindi. O‘zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida
butun dunyoda e’tirof etildi. 2004- yilda Liviya poy¬taxti Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shax¬mat
bo‘yicha jahon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasi¬da
hamyurtimiz, xalqaro gros¬smeyster Rustam Qo¬sim¬jonov ham bor edi. Rustam Qosim¬jonov
barcha da’¬vo¬garlar ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo‘lga
kiritdi. Bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi. O‘zbekiston
sportchilari 1991—2005-yillarda olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari,
jahon kubogi va nufuzli xalqaro musobaqalarda qatnashib, 5457 ta oltin, kumush va bronza
medallarini qo‘lga kiritdilar. O‘zbekiston futbol federatsiyasining xalqaro toifadagi hakami
Ravshan Ermatov o‘zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning
nufuzini yuksaltirishda ibrat va namuna ko‘rsatmoqda. FIFA referisi Ravshan Ermatov
O‘zbekiston milliy futbol hakamlari maktabini rivojlantirishishiga qo‘shgan munosib hissasi uchun
„O‘zbekiston iftixori“ faxriy unvoni bilan mukofotlandi. Shunday qilib, mustaqillik yillarida
O‘zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo‘shildi va
xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.
Savol va topshiriqlar
1. Islom Karimovning „Barkamol avlod — O‘zbekiston 
taraqqiyoti¬ning poydevori“ mavzusidagi ma’ruzasida 
ko‘tarilgan g‘oyalar, vazifalar haqida so‘zlab bering.
2. Тa’lim sohasidagi davlatimiz siyosatining asosiy 
prinsiplari nima¬lardan iborat?
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi nima?
4. Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari va 
vazifalari haqida so‘zlab bering.
5. Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari qurilishi haqida 
so‘zlab bering.
6. Oliy ta’lim ravnaqi haqida nimalarni bilasiz?
7. Тa’lim muassasalarining xalqaro hamkorligi to‘g‘risida 
nimalarni bilasiz?
8. Badiiy adabiyot rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan 
adiblardan kimlarni bilasiz?
9. Тeatr san’ati va o‘zbek sirki rivoji haqida nimalarni 
bilasiz?
10. Тasviriy san’at, milliy musiqa va qo‘shiqchilikning o‘sishi haqida so‘zlab bering. 11.
O‘zbekistonda sportni rivojlantirish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirildi? 12. O‘zbekiston
sport yulduzlaridan kimlarni bilasiz?


VII bob. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi 8- §. O‘zbekiston
Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi
XXI asr bo‘sag‘asida jahon taraq¬qiyotining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ilgari bir-biriga qarama-
qarshi bo‘l¬gan — sobiq Ittifoq va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki
harbiy-siyosiy blok mavjud edi. Dunyoning tinchligi va xavfsizlik tizimi shu ikki sistemaning,
blokning o‘zaro muxoliflik muvozanatiga asoslangan edi. Dunyoda „sovuq urush“ siyosati
hukmronlik qilardi. Butun insoniyat yadro urushi xavfi ostida yashardi. XX asrning 90- yillariga
kelib, sotsialistik dunyoning yetakchisi bo‘lgan ulkan imperiya — sobiq Ittifoq parokanda bo‘ldi,
sotsialistik sistema halokatga uchradi. Varshava Shartnomasi bloki tarqalib ketdi. Dunyoda
yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Birgina sobiq Ittifoq ning parchalanishi natijasida 15 ta
mustaqil davlat, jumladan, mustaqil O‘zbe¬kiston davlati bunyod etildi. „Sovuq urush“ siyosati
barham topdi. Xalqaro vaziyatda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lsa-da, dunyo tinchligiga tah¬¬did
soluvchi xavf-xatarlar, zid¬diyatlar saqlanib qoldi. Bu quyidagi hollarda namoyon bo‘l¬moqda:
• Тurli darajada rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy notenglik va ziddiyatlar
yanada o‘sdi. Mamlakatlar o‘rtasida ilmiy-texnikaviy bilimlar, ilg‘or texnologiya, erkin sarmoyalarni
to‘plash va joylashtirishda hamon tafovutlar katta. Dunyoning katta qismida iqtisodi zaif, aholisi
qashshoq yasha¬yotgan mamlakatlar mavjud. • Bir qator mintaqalarda, hatto bir mamlakat
fuqarolari o‘rtasida milliy-etnik va diniy nizolar kelib chiqib mojarolarga, qonli urushlarga
aylanmoqda. Mintaqaviy mojarolar tufayli 30 millionga yaqin odam o‘zi yashaydigan joylarni
tashlab, boshqa mamlakatlarga qochoq sifatida ketishga majbur bo‘ldilar. • Umumiy, mintaqaviy
va milliy xavfsizlikka terrorizm, ayirmachilik va diniy ekstre¬mizm tahdid qilmoqda. Xalqaro
terroristlar, dinni siyosiylashtirish natijasida vujudga kelganekstremistlar, shu jumladan, islom
fundamentalistlari odamlar o‘rtasida „haqiqiy“ va „soxta“ dindorlik belgilari bo‘yicha qara¬ma-
qarshilik chiqarishga, millatlarni parchalashga, islom sivilizatsiyasi bilan boshqa sivilizatsiyalar
o‘rtasida yangi qarama-qarshiliklar, mojarolar keltirib chiqarishga urinmoq¬dalar. Xalqaro
terroristlarning O‘zbekiston, AQSH, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik
urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda. • „Sovuq urush“ siyosatiga chek qo‘yilishi natijasida
yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo‘lsa-da, bu turdagi ommaviy qirg‘in qurolining ko‘p miqdorda
saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlar sonining ko‘payib borayotganligi
(Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo‘lib qolmoqda. • Jahon
miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog‘¬lom ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy
Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi. • Тobora
kuchayib borayotgan korrupsiya, uyushgan jino¬yatchilik, giyohvandlik, yashirin qurol oldi-sotdisi
insoniyatni tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo hali ham ilgarigidek mo‘rt bo‘lib
turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab turgan olam g‘oyat murakkab va muammoli bo‘lib
kelgan, hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy
taraq¬qiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir
siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo‘lib qoldi. Hatto


ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon
hamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muhim xususiyati aholi talab-ehtiyojlarining
g‘oyat darajada o‘sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning
aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa
mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnika¬viy hamkorlik qilish obyektiv zaruriyat bo‘lib
qoldi. Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham,
boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo‘linmasdir. Shu boisdan barcha
mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog‘langan, o‘zaro alo¬qadadir. O‘zbekiston xalqaro aloqalarni
yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan va o‘z taraqqiyot istiqbollari jihatidan qulay geografik-strategik
imkoniyatlarga ega:
• Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab turgan Buyuk ipak yo‘li O‘zbekiston hududi orqali
o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madani¬yatlar tutashib bir-
birini boyitgan. Bugungi kunda ham Yev¬ropa va Osiyoni bog‘laydigan yo‘llar Markaziy Osiyodan,
uning o‘rtasida joylashgan O‘zbekistondan o‘tmoqda. • Markaziy Osiyoda geografik-siyosiy
jihatdan markaziy o‘rin tutgan O‘zbekiston ushbu mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini
saqlash, barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga ega. Mintaqa
doirasida manfaatli munosabatlar o‘rnatish imkoniyati O‘zbekiston orqali ochiladi. • O‘zbekiston
Markaziy Osiyoning transport, energetika, suv tizimi markazida joylashgan. • Aholi soni, ilmiy-
texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo‘shnilaridan ma’lum darajada ustun
turadi. • Тabiiy-iqlim sharoiti qulay, ulkan mineral-xomashyo zaxiralari va strategik materiallarga
ega, dehqonchilik mada¬niyati rivojlangan, oziq-ovqat bilan o‘zini ta’minlashga qodir. •
O‘zbekiston sanoatning bazaviy va zamonaviy tarmoq¬lariga ega, o‘zini neft, gaz, rangli metallar
bilan ta’minlabgina qolmay, ularni eksport qilish imkoniyatiga ega. • Yurtimizning jahonga
mashhur boy ma’naviy merosi bor, shu tufayli insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rin egallab,
dunyoning ma’naviy va siyosiy jarayonlariga ta’sir o‘tkazish salohiyatiga ega.
Geografik-siyosiy jihatdan O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘¬diruvchi omillar ham mavjud.
Jumladan:
• O‘zbekiston o‘zining geografik-siyosiy holati jihatidan kollektiv xavfsizlik tizimi izchil yo‘lga
qo‘yilmagan mintaqada joylashgan. O‘zbekiston Fors ko‘rfazi, Kaspiy dengizi havzasi va Тarim
havzasining neft va gazga juda boy konlari joylashgan yarim halqaning strategik markazida
joylashgan. Shu boisdan bu hududda butun dunyoda energiya taqchilligi sharoitida ko‘pgina
davlatlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlari o‘zaro to‘qnashmoqda. • Yana bir noqulaylik
shundan iboratki, O‘zbekis¬tonni etnik, demografik, iqtisodiy va boshqa muammolar yuki ostida
qolgan mamlakatlar qurshab turibdi. Buning ustiga, yurtimiz mintaqadagi diniy ekstremizm, etnik
murosasizlik, narkobiznes va har xil tashqi kuchlar tomonidan rag‘batlantirilib kelina¬yot¬gan,
ichki mojaro avj olgan Afg‘oniston kabi beqarorlik o‘chog‘i bilan chegaradosh. • Sovetlar davrida
Markaziy Osiyoda, jumladan, O‘zbe¬kistonda kommunikatsiyalar nomaqbul ravishda


shakllantirildi. Janubiy yo‘nalishda transport kommunikatsiyalari amalda rivoj topmagan. Ittifoq
parchalangach, kommunikatsiyalar muam¬mosi O‘zbekiston uchun yanada keskinlashdi.
O‘zbekiston bevosita dengizga chiqa olmaydigan, buning ustiga dengiz bandargohlaridan eng
uzoqda joylashgan mamlakat. Qora dengiz, Boltiq dengizi, Yapon dengizi va Shimoliy dengizlarga
olib chiquvchi eng qisqa temiryo‘li qariyb 3 ming kilometrni tashkil etadi. Bu bir necha davlatlar
hududidan o‘tadigan olis yo‘l bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalarini chegaralaydi, yuk
tashishni qimmatlashtirib, mahsulotlar¬ning raqobatga bardosh berishiga salbiy ta’sir etadi. •
Suv resurslarining cheklanganligi, ekologik muam¬molar, Orol fojiasi ham mamlakatimiz uchun
noqu¬lay omildir. • Shuningdek, mustamlakachilik davrida yuritilgan Тurkis¬tonni bo‘lish, millat va
elatlari ustidan hukmron¬lik qilish siyo¬sa¬tining asoratlari hozirgacha tashvishli omil
hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki kunlari¬dayoq O‘zbekistonning milliy manfa¬at¬lariga
mos kela¬digan puxta tashqi siyosiy yo‘lni belgilash, jahon ham¬ja¬miyatiga qo‘shilish, xorijiy
mamlakatlar bilan siyosiy, diplo¬matik, iqti¬sodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o‘rnatish
masalalari dolzarb vazifa sifatida ko‘ndalang bo‘lib turardi. Negaki, dav¬latimiz musta¬qilligini
mustah¬kam¬lash, mamlaka-timizning xavf¬sizligi, bar¬qarorligi va taraqqiyoti ko‘p jihatdan ana
shu vazi¬falarning oqilona hal etilishiga bog‘liq bo‘lib qolgan edi. Bu osongina yechiladigan
vazifalar emas edi. Masalaning murak¬kabligi shundan iborat ediki, sobiq Ittifoq davrida tashqi
siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan aloqa qilish, tashqi savdoni tashkil etish Moskva, markaziy
hokimiyat tomo¬nidan olib borilar edi. Respublikalar esa, jum¬ladan, O‘zbekiston ham tashqi
dun¬yo¬dan ajralgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa qilol¬maydigan yopiq mam¬lakat edi. Shu bois
davlatimiz tashqi siyosat yuritish tajri¬basiga ham, jahon diplomatiyasini, tashqi iqtisodiy
fao¬liyatni biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Respublikada bunday kadrlar tayyorlovchi
birorta ham o‘quv yurti yo‘q edi. Vaziyat zudlik bilan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni
shakl¬lantirishni talab qilmoqda edi. O‘z¬bekiston rahbariyatiga bu sohadagi ko‘p qirrali ishlarni
boshi¬dan boshlashga to‘g‘ri keldi. Prezident Islom Karimov o‘zining „O‘zbekistonning o‘z istiqlol
va taraqqiyot yo‘li“ va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab
berdi. O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasining 17- moddasida mamlakatimiz tashqi
siyosatining asosiy qoidalari aniq belgilandi va qonun¬lashtirildi. Respublikaning tashqi siyosiy va
tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan qonunlar qabul qilindi. „O‘zbe¬kiston Respublikasi
tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“gi, „Chet el investitsiyalari va xorijiy
investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida“gi, „Тashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“gi va
boshqa qonunlar hamda normativ hujjatlar ana shular jumlasidandir. Bular faol va keng ko‘lamli
hamkorlik uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratib berdi. Xalqaro huquq normalarining ichki
qonunlardan ustun¬ligi respublika qonunchilik faoliyatida o‘z ifoda¬sini topdi. Birin¬chidan,
respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va
yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchi¬dan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini
kafolat¬lay¬digan hamma majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Тashqi aloqalarni ta’minlaydigan
vazirliklar va muassasalar tashkil etildi. Тashqi ishlar vazirligi, Тashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi, Тashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, ixtisoslash¬tirilgan tashqi


savdo firma¬lari shular jumlasidandir. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti,
O‘zbekiston Respub¬likasi Pre¬zi¬denti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akade¬miyasi va
boshqa universitetlarda tashqi siyosiy va tashqi iq¬tisodiy faoliyat sohasi uchun mutaxassis
kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Тashqi siyosatga tinchlik, bar¬qa¬ror¬lik, hamkorlik yo‘li asos
qilib olindi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyil¬lari quyi¬dagilardan
iborat: • mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar hamkorlik uchun ochiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga,
tinchlik va xavf¬sizlikni saqlashga sodiqlik; • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar
daxl¬sizli¬gini hur¬mat qilish; • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; • nizolarni tinch
yo‘l bilan hal etish; • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; • inson huquqlari va
erkinliklarini hurmatlash; • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum
e’tirof etilgan qoidalari va normala¬rining ustuvorligi; • davlatning, xalqning oliy manfaatlari,
farovonligi va xavf¬siz¬ligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘st¬liklarga kirish va
ulardan ajralib chiqish; • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; • davlatlararo
aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfa¬atdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; •
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomon¬lama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir
davlat bilan yaqin¬lashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik. Mamlakatimizning jahon
xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda
mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. O‘z¬bekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyo¬siy,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rna¬tildi. 2007- yilga kelib chet ellarda
mamlakatimizning 48 ta diрlomatik vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa
xorijiy mamlakatlarning 86 ta elchixona va savdo vakolat¬xonasi akkreditatsiya qilingan.
Dunyo¬dagi 30 dan ortiq dav¬- latda — AQSH, Тurkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va
boshqalarda O‘zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi. O‘zbekiston
Respublikasi davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dast¬labki kunlardanoq jahon ham-jami¬yatiga
qo‘shilish, xalqaro tash¬kilotlar bilan hamkorlik qilish yo‘lini tanladi va og‘ishmay shu yo‘ldan
bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra, 1992-yil 2-martda
jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot—Birlashgan Millatlar Тashkilotiga qabul qilindi.
Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I.
A. Karimovning BMТ Bosh Assambleyasining 1993- yilda bo‘lgan 48- sessiyasida ishtirok etishi
va unda 27- sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh, navqiron davlat
sifatida namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavf¬sizlik,
barqarorlik va hamkorlik masalalari bo‘yicha BMТ ning Тoshkentda doimiy ishlovchi seminarini
chaqirish, nar¬kobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa
masalalar bo‘yicha bir qator takliflar o‘rtaga qo‘yildi. 1993- yil 24- oktabrda Тoshkentda BMТ
ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O‘zbekiston rahbariyati va BMТ rahbarlarining sa’y-
harakatlari natijasida O‘zbekiston BMТning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro
taraq¬qiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy qo‘mitasi, Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi


joylashish jamg‘armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti,
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo‘ldi. 1994-
yil oktabrning boshlarida BMТ vakolatxonasining yordami va ishtirokida Тoshkentda bo‘lgan
jahon sayyohlik tashkilotining „Ipak yo‘li“ xalqaro yig‘ilishi jahon sayyohlik va tijorat ishlarida
O‘zbekistonning mavqeyini yanada ko‘tardi.
O‘zbekistonning tashabbusi bilan va BMТ rahnamoligida 1995- 
yil 15—16- sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va 
hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan Тoshkent kengash-seminari 
bo‘lib o‘tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 
xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa 
xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya 
jarayon¬larini chuqurlashti-rishning ishonchli tizimini barpo 
etish masa¬lalari yuzasidan o‘z fikrlarini, takliflarini 
aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot 
jahon xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli 
siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam¬lashga, 
iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga 
chaqirdi.
Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov BMТ Bosh Assambleyasining 1995- yil oktabr-noyabr
oylarida bo‘lgan 50- yubiley sessiyasida qatnashib va nutq so‘zlab, bu nufuzli xalqaro tashkilot
faoliyatini yaxshilashga doir takliflarni bayon etdi. Umumjahon xavfsizligi mintaqaviy xavfsizlikka
erishish¬dan boshlanadigan jarayon ekanligi, mintaqalar xavfsizligini ta’min¬lash yo‘li bilangina
jahon xavfsizligini ta’minlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Afg‘onis¬tondagi urushga barham
berish uchun unga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish, qurol olib kirishni taqiqlash
takliflari ilgari surildi. Shuningdek, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqat¬maslik, qurol savdosini
cheklash to‘g‘risida, Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik muammoni hal etishga
xalqaro moliya tuzilmalarini va rivojlangan mam¬lakatlarni jalb qilish takliflari ilgari surildi. Xalqaro
tashkilotlar va nufuzli davlatlar bu takliflarni ma’qul¬ladilar va muam¬molarni hal qilishga
ko‘maklash¬moqdalar. O‘zbekistonning BMТ bilan hamkorligining yorqin sahi¬falaridan yana biri
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o‘z ifodasini
topdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMТ Bosh Assam¬bleyasining 48- sessiyasi
minbaridan turib so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish
g‘oyasini ilgari surgan edi. O‘zbekis¬tonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan
qo‘llab-quvvatlandi.


1997- yil 15—16- sentabr kunlari Тoshkentda „Markaziy Osiyo — 
yadro qurolidan xoli zona“ mavzusida xalqaro konferensiya 
bo‘lib o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro 
tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan 
Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining 
Bayonoti imzolandi. BMTga a’zo davlatlar mazkur taklifni ko‘p 
bor muhokama qilib, 2006- yilda ushbu masala bo‘yicha 
shartnoma imzoladilar. 2009- yilning mart oyidan boshlab 
mazkur shartnoma kuchga kirdi. Markaziy Osiyo minta¬qasining 
yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa 
xavfsizligini mustahkamlaydi.
O‘zbekistonning BMТga yo‘llagan afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish masalasida
muloqot guruhi tashkil etish haqidagi taklifi asosida 1997-yilda BMТ homiyligida „6+2“ guruhi
tashkil etildi. O‘zbekiston guruhning asosiy ishtirokchisi bo‘ldi. BMТ homiyligida 1999-yil 19—20-
iyul kunlari Тoshkentda Afg‘oniston mojarosini hal etish bo‘yicha „6+2“ guruhining yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi. Unda Тoshkent dek¬laratsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2010-
yil 22- sen¬tabrda BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisida
so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha ilgari tanlangan yo‘l kutilgan natijani
bermaganligini ta’kidladi. O‘zbekiston tomonidan 2008- yilda taklif etilgan BMT shofeligida 6+3
muloqot guruhini tuzishini taklif etdi. Bu tashabbusning mohiyati shundaki, afg‘onistonliklar o‘z
mamlakati muammolarini o‘z manfaatlari, an’analari, urf-odatlaridan kelib chiqqan
holdaAfg‘onistonga chegaradosh 6 mamlakat + AQSH, Rossiya va NATO ko‘magida o‘zlari hal
etishlari zarurligi ta’kidlandi. 2000- yil oktabr oyida Тoshkentda Markaziy Osiyoda xavf¬sizlik va
barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga
qarshi kurash mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi
bilan 2001- yilda BMТ Xavfsizlik Ken¬gashining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus
qo‘mitasi ta’sis etildi. 2002- yil 18—20- oktabr kunlari BMТ Bosh kotibi Kofe Annanning, 2010-
yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning O‘zbekistonga tashriflari mamlakati¬mizning
xalqaro hamjamiyatdagi o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiya¬lashuvida BMТ doirasidagi ixtisoslashgan
tashkilotlar bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonning BMТ homiyligidagi
ta’lim, fan va mada¬niyat bilan shu¬g‘ul¬lanuvchi xalqaro tashkilot —UNESCO bilan aloqalari
tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda UNESCO ning Parijdagi qarorgohida
O‘zbekistonni UNESCOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Ulug‘bek tavalludining
600 yilligini nishonlash UNESCO dasturiga kiritildi. 1994- yil oktabrida Parijda Ulug‘bek haftaligi
tantana bilan o‘tdi. Xiva va Buxoro UNESCO ning jahon madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu
ro‘yxatda 411 ta obyekt bor. 1994-yil dekabrda respublikamizda UNESCO ishlari bo‘yicha


O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo‘lib, tarkibiga
ta’lim, fan, mada¬niyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo‘ldi.
UNESCO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o‘rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat
bermoqda. „Ipak yo‘li — muloqot yo‘li“ deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi
darajali ahamiyat berildi. 1995-yil iyul oyida UNESCO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy
Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. UNESCO Bosh direktori Federiko Mayorning
O‘zbekistondagi rasmiy tash¬- rifi chog‘ida — 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi.
UNESCO bobomiz Amir Тemur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror
qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Тemurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib
o‘tdi. Amir Тemur tavallud topgan Shahrisabz shahri UNESCOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga
kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblan¬gan Buxoro va Xiva
shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va
ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston bilan BMТning nufuzli xalqaro tashkiloti UNESCO
o‘rtasidagi hamkor¬likning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi. 1997-yil 19—20- oktabr kunlari
Vatani¬mizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan ulkan
tantanalarda BMТ, UNESCO va boshqa ko‘plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning
elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar. O‘zbekiston BMТ doirasidagi
ixtisoslashgan muassasalar —Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti,
Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘armasi (UNISEF), Xalqaro pochta
ittifoqi, Elektr aloqasi bo‘yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro
olimpiada qo‘mitasi, Xalqaro avtomo¬bilchilar ittifoqi va boshqa tashkilot¬larning a’zosi, ular
bilan hamkorlik qilmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon
hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar — Xalqaro valuta
fondi, Jahonbanki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham
ko‘maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (UNKТAD), Тariflar va savdo Bosh bitimi (GAТТ)
bilan hamkorlik qilin-moqda. O‘zbekiston 1992- yil fevral oyida dun¬yoda tinchlikni
mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘¬yi¬cha katta tadbirlarni amalga
oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot — Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti — YXHТ ga
a’zo bo‘lib kirdi. I.Karimovning 1992- yil 9— 10- iyul¬da bo‘lgan Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik
Tashkiloti¬ning majlisida ishtirok etishi, unda nutq so‘zlashi va Kengash¬ning 10 iyulda bo‘lgan
majlisiga raislik qilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallayotganligining
dalilidir. I. Karimov o‘z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va bar¬qarorlikni buzishi mumkin
bo‘lgan mojarolar yaqinla¬shuvining oldini olish, mojarolarga yo‘l qo‘ymaslik muam¬molari bilan
shug‘ulla¬nuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning
ta’sirchanligini oshi¬rish, hujjatlar moja¬rolarni oldini olish, yo‘l qo‘ymaslik ruhida bo‘lishini
ta’min¬lash takliflarini ilgari surdi. 1994- yil sentabr oyining oxirlarida Тoshkentda YXHТ ning
umumiy masala¬- larga bag‘ish¬langan xal¬qaro anjumani bo‘lib, unda tashkilot faoliyatining
barcha qir¬ralariga oid masalalar ko‘rib chiqildi. YXHТ Тosh-kentda va Urganchda atrof-muhitni
qayta tiklash bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi, Orol muammosini hal qilishga ko‘mak¬lashmoqda.


1995- yil iyulda Тoshkentda YXHТ ning aloqalar bo‘yicha min-taqaviy byurosi ochildi va faoliyat
ko‘rsatmoqda. YXHТ ning 1996- yil dekabrda Lissabonda bo‘lgan sam¬miti¬da XXI asr arafasida
yalpi xavfsizlik modelini yaratish xususida munozara bo‘ldi. O‘zbekistonning mojarolar yuz berib
turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish, YXHТning Markaziy
Osiyo faoliyatini kuchay¬tirishga oid takliflari ma’qullandi va Lissabon deklarat¬siyasida
hujjatlash-tirildi.1999-yil noyabr oyida bo‘lgan YXHТ¬ning Istanbul sammiti Islom Karimovning
xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qul¬landi.
O‘zbekistonning YXHТ bilan hamkorligi mustah¬kamlanib, o‘sib borayotganligiga 2002-yil 6—7-
aprel kunlari YXHТ Bosh kotibi Y. Kubishning mamlakatimizga tashrifi ham yaqqol misol bo‘la
oladi. O‘zbekiston ko‘pgina mintaqaviy tashkilotlar, chunonchi, NAТOning „Тinchlik dasturi“,
Islom konferensiyasi tashkiloti, qo‘shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik
qilmoqda. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish
bo‘yicha Vena konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar haqidagi Monreal
Pro¬tokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida
qo‘llashni taqiqlovchi kon¬vensiyaga, yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga
qo‘shilgan. Shunday qilib, O‘zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo‘shildi,
xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkam¬lashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko‘tarildi. 1996- yilda
Shanxayda, 1997- yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Ros¬siya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Тoji¬kis¬ton davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro
ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi.
Shu tariqa „Shanxay forumi“ yoki „Shanxay beshligi“ tash¬kiloti tuzilgan edi. 2001- yil 14—15-
iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning „Shan¬xay forumi“ga to‘la
huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida ba¬yo¬not imzolandi. O‘zbekiston „Shanxay forumi“ga kirishi
munosabati bilan uning nomi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti — SHHТ, deb o‘z¬gar¬tirildi.
O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi. 2001- yil iyunda bo‘lgan Sammit yakunida Shanxay
Ham¬korlik Tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terror¬chilik, ayirmachilik va
ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
Deklaratsiyada Shanxay Hamkorlik Tashkilotining maqsadi a’zo mamlakatlarning bir-biriga o‘zaro
ishonchi, do‘stlik va qo‘sh¬nichilikni mustahkamlash, ular orasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologiya va boshqa sohalardagi samarali
hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat ekanligi belgilab qo‘yilgan.
SHHТ doirasida a’zo mamlakatlar Тashqi ishlar vazirlarining Kengashi, Mudofaa vazirliklarining
Kengashi tuzilgan va faoliyat yuritmoqda. Davlat va hukumat, tashqi ishlar va mudofaa
va¬zirliklari, huquq-tartibot, xavfsizlik organlari rahbarlari va ekspertlarining uchrashuvlari va
maslahatlashuvlari muntazam o‘tkazilmoqda. Hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtirish, tegishli
organlarning bahamjihat harakatini ta’minlash maqsadida a’zo davlatlarning Milliy


muvofiqlashtiruv¬chilar Kengashi (MMK) tashkil etilgan. MMK 2001- yilning iyun oyida Tashqi
ishlar va¬zirlari imzolagan nizom asosida faoliyat yuritmoqda. 2002- yil¬ning 24- aprelida Almati
shahrida bo‘lib o‘tgan a’zo davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining uchrashuvida chegara
xizmat¬lari faoliyatining, xususan, terrorchilik, g‘ayri¬qonuniy muho¬jirlik va narkotik moddalar
kontra¬ban¬dasiga qarshi kurash bo‘¬yi¬cha harakatlarni muvofiq¬lashtirish masa¬lalari kelishib
olindi. 2002- yil 6—7- iyun kunlari SHHТ ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHТga a’zo
davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati — SHHТ Xartiyasi, SHHТga
a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. Xartiya
imzolanishi bilan SHHТ doirasidagi tashkiliy-huquqiy ishlar nihoyasiga yetdi. SHHТ ochiq
tashkilot bo‘lib, o‘zaro ishonch, tenglik, manfaatdorlik, hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat
yuritmoqda. 2003- yil 29- may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda SHHT ning doimiy amal
qiluvchi idoralari — Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT)
ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qilindi. Bu tashkilotlar 2004- yil yanvardan boshlab ish
boshladilar. 2003- yil sentabrda Pekinda SHHT davlatlari hukumat boshliqlari (bosh vazirlar)
Kengashi bo‘lib o‘tdi, uning qarori bilan ko‘p tomonlama hamkorlikning uzoq muddatli dasturi
ishlab chiqildi va tasdiqlandi. SHHT doirasida a’zo mamla¬kat¬larning tashqi ishlar vazirliklari,
iqtisodiy va savdo vazir¬liklari, xavfsizlik kengashlari o‘rtasida muntazam aloqalar yo‘lga
qo‘¬yildi. 2004- yil 17- iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining Sammiti
bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala— xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha
muzokaralar bo‘ldi. Sammitda 2004- yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik
harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan
chiqarishga qaratil¬ganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadro¬viy, kimyoviy,
biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘l¬ganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish,
odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin
kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi. Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga
axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini
muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilikning oldini olish vazifasi yuklatiladi. SHHTning Toshkent
sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda
SHHT a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb
ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga keli¬shib
olindi: transport infratuzilmasini rivojlantirish; tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirish;
suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish; ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik
suvi muam¬molarini hal qilish; fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida
integratsiyalashish; investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poy¬devor yaratish, bu
sohadagi to‘siq va muammolarni bar¬taraf etish. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi,
SHHTning vako¬latlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop
moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va
uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar — jami o‘nta hujjat imzolandi. 2010- yil 11- iyun kuni


Toshkentda SHHT Davlat rah¬barlari kengashining navbatdagi 10- majlisi bo‘lib o‘tdi. Davlat
rahbarlari ko‘p tomonlama va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, dolzarb mintaqaviy va xalqaro
masalalar, muammolar bo‘yicha fikr almashadilar. Kengashda kuzatuvchi va mehmon
maqo¬midagi mamlakatlar delegatsiyalari rahbar¬- lari — Turkmaniston, Pokiston va
Mo‘g‘uliston Prezidentlari hamda Eron va Hindiston respublikalari tashqi ishlar vazirlari ishtirok
etdilar. Sammitda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkam
masalalariga alohida e’tibor berildi. Muzokaralar yakunida SHHT Davlat rahbarlarining
dek¬laratsiyasi, SHHTda yangi a’zolarini qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom, SHHT MATT
kengashining 2009- yildagi faoliyatiga doir hisoboti tasdiqlandi. SHHT Davlat rahbarlari
kengashi 10- majlisi yakunlari to‘g‘risida axborot qabul qilindi. Shuningdek, SHHTga a’zo
davlatlar hukumatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida va jinoyatchilikka qarshi kurashda
hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston tarixan qisqa vaqtda
dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Nufuzli xalqaro tashki¬lotlarga a’zo bo‘ldi.
Savol va topshiriqlar
1. Xalqaro vaziyatda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik
deganda nimalarni tushu¬nasiz? 2. Xavfsizlikka qanday omillar tahdid solmoqda? 3.
O‘zbekistonning geosiyosiy jihatdan qulay imkoniyatlari nima¬lardan iborat? 4. Qanday
geosiyosiy jihatlar O‘zbekistonga qiyinchiliklar tug‘dir¬moqda? 5. Mustaqil tashqi siyosat
yuritish borasida qanday huquqiy zaminlar yaratildi? 6. Dunyodagi qaysi davlatlar Тoshkentda o‘z
elchixonalarini ochgan?
7. Qaysi mamlakatlarda O‘zbekistonning elchixonalari faoliyat 
ko‘r¬sat¬moqda?
8. O‘zbekiston nima uchun jahon hamjamiyatiga qo‘shilish 
yo‘lidan bormoqda?
9. O‘zbekistonning BMТ bilan aloqalari haqida so‘zlab bering.
10. O‘zbekistonning UNESCO bilan hamkorligi haqida so‘zlab be-ring. 11. Shanxay Hamkorlik
Tashkilotining tuzilishi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
19- §. O‘zbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
hamkorligi
1991- yil 19—22- avgust voqealaridan keyin respublikalar birin-ketin o‘zla¬rini mustaqil davlat
deb e’lon qildilar. Sobiq Ittifoq chuqur siyosiy inqirozga uchradi va parchalana boshladi. 1991-yil
8-dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi — Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari—B. Yelsin,
L.Kravchuk, S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo‘ldi. O‘sha kuni Belo-vejskaya Pushchada uch
davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni tuzish to‘g‘risida Shartnoma


imzo¬ladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valuta va moliya-bank sistemasi
bo‘ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya
sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjat¬da SSSRning
mavjudligi va uning Konstitutsiyasi to‘xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorus, Rossiya
parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922-yil 30- de¬-
ka¬brdagi SSSRni tuzish to‘g‘risidagi shartnomani bekor qil¬-¬di¬lar. Mazkur respublikalarning
SSSR Oliy Sovetidagi depu¬tatlari chaqirib olindi. SSSR Prezidenti bo‘lmish
M.S.Gorbachyovning Ittifoqni yangi shaklda saqlab qolish yo‘lidagi urinishlari barbod bo‘ldi.
Mamlakatda uni quvvatlovchi birorta siyosiy kuch topilmadi. Qozog‘iston, O‘zbekiston,
Qirg‘iziston, Тojikiston va Тurk¬maniston prezidentlari 1991- yilning 13- dekabrida Ashgabatda
uchrashdilar va Minskda imzolangan MDH haqidagi shart¬noma munosabati bilan vujudga
kelgan ahvolni muhokama qildilar. Uchrashuvda Bayonot qabul qilindi.
Bayonotda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi huquqiy asosda, sobiq SSSRdagi barcha
respublikalar tomonidan ixtiyoriy va teng asoslarda tuzilishi lozim, ularning barchasi MDHni
tuzuvchilar bo‘lib qolishi kerak, deb ta’kidlanadi. Bayonotda MDH etnik prinsip asosida yoki
insonlar huquqini buzish asosida qurilmasligi kerak, deyilgan edi. Besh davlat boshliqlari MDHga
uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildiradilar.
1991- yil 21- dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Krav¬chuk), Belorus (S.Shushkevich),
Qozog‘iston (N.Nazarbayev), O‘zbekiston (I.Karimov), Qirg‘iziston (A.Akayev), Тojikiston
(R.Nabiyev), Тurkmaniston (S.Niyozov), Ozarbayjon (A.Muta¬libov), Armaniston (Тer-Petrosyan),
Moldova (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo‘ldi. O‘sha kuni 11 davlat boshliqlari
Belovejskaya Pushcha shartnomasi yuzasidan proto¬kolni imzolab, „Тeng huquqli va
ahdlashayotgan oliy tomonlar“ maqomida MDH muassisi bo‘ldilar. Kengashda Almati dek-
laratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar haqida bayonot berildi: • hamdo‘stlik
qatnashchilarining o‘zaro aloqalari ular o‘rta¬sidagi tenglik asosida tuziladigan bitimlar hamda
bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat yuritadigan muvofiqlash¬tiruvchi muassasalar
orqali amalga oshiriladi; • MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas; • xalqaro
strategik barqarorlikni va xavfsizlikni ta’min¬lash maqsadida harbiy-strategik kuchlarning
birlashgan qo‘mon¬donligi va yadro quroli ustidan yagona nazorat saqlab qolinadi; • MDH
ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq Ittifoqning a’zolari va boshqa davlatlar ham
unga qo‘shilishi mumkin; • umumiy iqtisodiy makonni, Umumyevropa va Yevropa-Osiyo bozorlarini
vujudga keltirishda va rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi; • MDHning tuzilishi
bilan SSSRning mavjudligi to‘xta¬tiladi; • hamdo‘stlik qatnashchilari o‘z Konstitutsiyalaridagi
tartib- qoidalarga binoan sobiq Ittifoqning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan
xalqaro majburiyatlarini bajarilishiga kafolat beradilar; • MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya
qoidalariga og‘ishmay rioya etish majburiyatini oladilar. MDH kengashlarini tayyorlash bo‘yicha
ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida protokol imzolandi. Shu tariqa Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi
tashkil topdi. 1992- yil 9- fevralda Moskvada MDH davlatlari bosh¬liqlarining kengashi bo‘lib,


unda ekologiya va tevarak-atrofdagi tabiiy muhitni mu¬ho¬faza qilish sohasidagi o‘zaro aloqalar
haqida bitim, bir-birlarining hudud¬laridan yuklarni soliq va yig‘imlarsiz o‘tkazish haqida bitim,
gidrometeorologiya sohasidagi o‘zaro aloqalar haqida bitim, temir yo‘l transportida yo‘lovchilar
va yuk tashishning yangi yagona tariflari haqida ahdnoma imzolandi. 1992-yil 20-martda Kiyevda
MDH davlatlari boshliq¬larining navbatdagi uchrashuvi bo‘ldi. Unda sobiq Ittifoqning mulki
haqida, davlat arxivi, qarzlari, davlat banki va boshqa masalalar muhokama qilindi. Kiyev
uchrashuvida davlatlarning chegara¬larini va hamdo‘st¬lik¬ning dengiz iqtisodiy zonalarini
qo‘riqlash haqida bitim imzolandi. 1992- yil 15- may kuni Тoshkentda MDH mamlakatlari
rahbarlarining navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda hamdo‘stlik doirasida moliyaviy ahvol va bu
sohadagi hamkorlik, havo bo‘shlig‘idan foydalanish, kosmik dasturlarni bajarish, yagonabudjetni
shakllantirish, chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash tartibi, kollektiv xavfsizlik, yagona
axborot makoni va boshqa masalalar muhokama qilindi. Тoshkent kengashida kollektiv
xavfsizlik, tinchlikni saqlash, kollektiv kuchlarning maqomi haqida bitim, moliyaviy ahvol va bu
sohadagi hamkorlik haqida bitim, havo bo‘shlig‘idan foydalanish haqida bitim, kosmik dasturlarni
bajarishga pul ajratish to‘g‘risida bitim, chegara qo‘shinlarini pul bilan ta’minlash to‘g‘risida bitim,
Qurolli Kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida bitim va boshqa hujjatlar imzolandi. 1993- yil yanvarda
Minskda MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi Kengashi bo‘ldi. Unda MDHning Nizomi
imzolandi va MDHni huquqiy rasmiylashtirish jarayoni yakunlandi. Kengashda davlatlararo bank
va iqtisodiy hamkorlik maslahat kengashini tuzish, Afg‘oniston bilan Тojikiston o‘rtasidagi
chega¬rani mustahkamlash uchun MDHning tinchlik o‘rna¬tuvchi harbiy bo‘linmalarini yuborish
masalalari muhokama qilindi va tegishli hujjatlar qabul qilindi. 1993- yil 24- dekabrda
Ashgabatda MDH davlatlari bosh¬liqlarining Kengashi bo‘ldi. Unda davlatlararo „Mir“
telekom¬pa¬niyasining faoliyatini ta’minlash hamda boshqa dolzarb masalalar haqida bitimlar
imzolandi. MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda ishonchni mustahkamlash va hamkorlikni
rivojlantirish haqida Ashgabat deklaratsiyasi qabul qilindi. 1994- yil 21- oktabrda Moskvada
MDH davlat boshliqla¬rining Kengashi bo‘lib o‘tdi. Bu 16- kengash edi. 10 ga yaqin masalalar
muhokama qilindi. Asosiy e’tibor MDH mamla¬katlarining iqtisodiy integratsiyasiga doir
masa¬laga qaratildi. MDH o‘rtasida integratsiyani rivojlan¬tirishning asosiy yo‘nalish¬lari haqida
memorandum imzolandi. Unda iqtisodiy ham¬korlikning asosiy yo‘nalishlari, integratsiyaviy
taraqqiyotning istiqbol rejalari belgilab berildi. Mazkur Kengashda Iqtisodiy ittifoqning
Davlat¬lararo iqtisodiy qo‘mitasi (DIQ) tuzildi. DIQning maqsadi Iqtisodiy ittifoq faoliyatini
shakllantirish va samaradorligini ta’minlash, MDH a’zolari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni tartibga
solish, integratsiya jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlashdan iborat, deb belgilandi.
1991—1999- yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo‘lib, ularda hammasi
bo‘lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar
muhokama etilib, tegishli huj¬jatlar imzolandi.
Hamdo‘stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan
mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Bunga sabab


tomonlarning muammolarni yechishni ista¬mayotganida emas, aksincha, o‘zaro hamkorlik teng
huquqli asosda, har bir mamla¬katning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga
intilayotganligi bilan bog‘liq edi. O‘tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga
oshirishning samarali mexanizmi yara¬tilmadi, o‘zaro hisob-kitoblar muvo¬fiqlashtirilmadi. 2000-
yil 24—25- yanvar kunlari Mos¬kvada MDH mamlakatlari rah¬bar¬larining sammiti bo‘lib o‘tdi.
Unda Rossiya davlat boshlig‘i V. Pu¬tin hamdo‘stlik davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib
saylandi. Ukraina Bosh vaziri V. Yushenko MDH mamla¬katlari hukumat boshliqlari kenga-shining
raisi etib saylandi. Kengashda MDH a’zolari bo‘lgan mamla¬kat¬lar o‘rta¬sidagi munosabatlarni
yanada rivoj¬lantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash
MDH¬ning kelajagiga katta ishonch uyg‘otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V. Putinning MDH
doirasidagi she¬rik¬lar bilan yaqin¬lashishga qaratilgan hara¬katlarida o‘z ifodasini top¬¬moqda.
2000- yil 21- iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH
doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollash-
tirishga qaratilgan 2005-yilgacha bo‘lgan muddatda Hamdo‘stlikni rivojlantirish dasturi
muhokama qilindi va tegishli hujjat im¬zolandi.
MDH davlat boshliqlari 2003-yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli
ko‘rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko‘rish to‘g‘risida, MDHning ter-rorchilikka qarshi kurash
markazini tuzish haqida qaror-lar qabul qiladilar. 2001-yil 29—30- noyabr kunlari Moskvada MDH
tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag‘ishlangan yubiley sammiti bo‘¬lib o‘tdi. Sammit
qatnashchilari Afg‘onistondagi voqealar to‘g‘risida Bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror
operatsiyasi ijobiy baholandi, uning natijasida xalqaro terrorchilarning infratuzil¬masiga qattiq
zarba berilgani hamda mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikni yanada mustahkamlashga yo‘l
ochilgani qayd etildi. Shu bilan birga, toliblar hukmronligi tugatilganidan keyin Afg‘oniston
taqdirini afg‘on xalqining o‘zi belgilashi, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari BMТ
rahnamoligida amalga oshirilishi qo‘llab-quvvatlandi.
MDHning tarixi guvohlik beradiki, ham¬do‘stlikning tashkil etilishi foydali bo‘ldi. Sobiq Ittifoq
parcha¬langach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog‘langan iqtisodiyotini
to‘ldirib turish zarur edi. Ham¬do‘stlik mana shunday to‘ldiruvchilik rolini o‘ynadi, par¬chalanish
jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo‘l qo‘ymadi.
Hamdo‘stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. MDH yon-atrofdagi voqealarga
munosabat bildirishda yakdillik ko‘rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik,
ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda ham¬jihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat
qilishda muhim o‘ringa ega. Hamdo‘stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shun¬daki, globalizatsiya
jarayonlari jadallashib borayot¬gan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va
siyosiy o‘zga¬rishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni yengishda barcha a’zo davlatlar uchun
kerakli va foydali tashkilotdir.


O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlat¬lararo mu¬no¬sabatlar o‘r¬natish va
rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
1992- yil 30- mayda I. Karimov boshliq O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi
paytida O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘r¬tasida davlatlararo
munosabatlarning asoslari, do‘stlik va ham¬- korlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Shartnoma
ikki davlat o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘¬yish va rivojlantirishga huquqiy asos
soldi. Ikki davlat o‘rta¬sida diplomatik aloqalar o‘rnatildi, elchixonalar ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B. Yelsinning 1993-yil mart oyida O‘zbekistonga tashrifi
paytida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rishga
ahd¬lashildi. 1993- yil 19- martda O‘zbe¬kiston va RF o‘rtasida mada¬niyat, fan va texnika,
ta’lim, sog‘liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar
imzolandi. Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni takomillashtirish va rivojlan¬tirishda I. Karimovning
1994-yil mart oyidagi Rossiya Federatsi¬yasiga qilgan rasmiy davlat tashrifi yakunida
O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har tomon¬lama hamkorlikni
rivoj¬lan¬tirish va chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzo¬landi. Shu¬ningdek, O‘zbekiston
bilan Rossiya o‘rta¬sida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to‘g‘¬risida, harbiy sohadagi
hamkorlik to‘g‘¬risida shartnoma imzolandi. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi
V.S.Chernomirdin 1995- yil 26—28- iyul kunlari rasmiy safar bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Safar
chog‘ida quyidagi hujjatlar imzolandi: • O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya
Federatsiyasio‘rtasidagi hamkorlikni yanada taraqqiy ettirish va kengaytirish to‘g‘risida
memorandum; • 1996—1997-yillarda iqtisodiy hamkorlikning asosiy prin¬siplari va yo‘nalishlari
to‘g‘risida hukumatlararo bitim; • „Ilyushin“ transnatsional moliya-sanoat qo‘shma guruhini barpo
etish haqida bitim; • oliy ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-texnik ham¬korlik, Zomin
tumanida „Supa“ xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish, jinoyatchilikka qarshi
kurashda hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar; • ikkala mamlakat tashqi
ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi
o‘rtasida imzolangan hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, kommunikatsiya, fan-
texnika, madaniy aloqalarni kengay¬tirish¬ga xizmat qilmoqda. V. Putinning Rossiya Prezidenti
etib saylanishi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. V.Putin
qisqa muddatda O‘zbekistonga ikki marta—1999- yil 10—11- dekabrda va 2000- yil 18—19-
may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Тashrif davomida ikki mamlakat prezidentlari va rasmiy
delegatsiyalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-
texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqaror¬lashti¬rish, xalqaro
terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi. Dekabrdagi
uchrashuvda „O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni yanada
chuqurlash¬ti¬rish to‘g‘risida shartnoma“ imzolangan bo‘lsa, may oyidagi muzo¬¬ka¬ralar
nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida „O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy
tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi subyektlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida bitim“,


„Xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim“ imzolandi. Shu tariqa O‘zbekiston bilan Rossiya
o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etdi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi tovar ayir¬boshlash hajmi 2000-yilda 1 mlrd AQSH dollarini
tashkil etdi. O‘zbekistonda rossiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan 527 ta
qo‘shma korxona, Rossiyada esa O‘zbe¬kiston sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 293 ta
qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Rossiyadan mashi¬nalar va jihozlar, kimyo
mahsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli ma¬shina
va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mol¬larini eksport qiladi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishda Prezident Islom
Karimovning 2001-yil 3—5-may kunlari davlat tashrifi bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lishi
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. I.Karimov va V.Putin harbiy-tex¬nikaviy, iqtisodiy, madaniy va
ijtimoiy sohalarga oid masalalarni muhokama qildi.
Muzokaralar yakunida Islom Karimov va Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya
Federatsiyasi Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti hamda chegara masalasi bo‘yicha hamkorlik
to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hu¬ku¬matlararo
komissiya, o‘zaro savdoda bilvosita soliq olish tamoyillari, kontrabanda va bojxona
qonunbu¬zar¬- ligiga qarshi kurashda hamkorlik, bojxonaga oid hujjatlar va tartib-qoidalarni
o‘zaro tan olish, bojxonadan o‘tish tartibini yengillashtirish va soddalashtirish, madaniy soha¬da
2001—2003- yillarga mo‘ljallangan hamkorlik to‘g‘¬risida hujjatlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 2004- yil aprel oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti V. V. Pu¬tinning 2004- yil iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi ikki
mam¬lakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tardi. 2004- yil 16- iyunda O‘zbekiston
Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida strategik sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolandi.
15 moddadan iborat mazkur bitim o‘zaro xavfsiz¬likni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi
harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengay¬tirishga qaratilgan
strategik sherikchilikning mustahkam poyde¬vori bo‘lib xizmat qiladi. 2005- yil 14- noyabr kuni
Moskvada O‘zbekiston—Rossiya o‘rtasida „Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida
shartnoma“imzolandi va kuchga kirdi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida hamkorlik yangi sifat
darajasiga ko‘tarildi. O‘zbe¬kiston Respub¬likasi bilan „Lukoyl“ neft kompaniyasi OAJ hamda
„O‘zbek- neftgaz“ milliy xolding kompaniyasi bilan „Gazprom“ ochiq aksionerlik jamiyati o‘rtasida
mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjatlar O‘zbekiston yonilg‘i-energetikasi
soha¬siga qariyb 2,5 mlrd AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki
mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 2003- yilda 1 mlrd 149 mln, 2004- yilda 1 mlrd 642 mln, 2007-
yilda esa 4,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Dmitriy
Medvedevning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2010-
yil 19—20- aprel kunlari Rossiyaga tashrifi jarayonida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va


gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki davlat
o‘rtasida turli darajadagi munosabatlar 276 hujjatga tayangan holda rivojlanib bora¬yotganligi
qayd etildi. 2010- yilda O‘zbekistonda 843 ta o‘zbek — Rossiya qo‘shma korxonalari, Rossiyada
esa o‘zbekistonlik sheriklar ishtirokida 385 qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘r¬satdi. O‘zbekiston
va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 2010—2012- yil¬larga mo‘ljallangan harbiy-texnik, bojxona,
madaniy-guma¬-nitar sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston—
Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tom ma’no¬-dagi teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, bir-
birlarining suve¬reniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamo-yillari asosida
chuqurlashib bormoqda. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabat¬larga asos
so¬lishda I.Karimovning 1992- yil avgust oyida Kiyevga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga
ega bo‘ldi.
Тashrif chog‘ida 25-avgust kuni O‘zbekiston Pre¬zidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti
Leonid Kravchuk O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida davlat¬lararo munosabatlarning asoslari,
do‘stlik va hamkorlik to‘g‘ri¬- sidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki dav¬lat o‘rtasida
diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘ri¬¬¬¬sida protokol va savdo-iqtisodiy hamkorlik bitimi
imzolandi. 1994- yil 10—11- noyabr kunlari I. Karimovning Ukra¬i¬naga ikkinchi davlat tashrifi
O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tardi.
O‘zbekiston va Ukraina respublikalari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari haqida
bayonnoma, O‘zbe¬kiston va Ukraina res¬publikalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik
to‘g‘risida, daromad va mulkdan ikki tomonlama soliq olmaslik haqida, madaniy hamkorlik
to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 1995- yil 20—21- iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma
O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O‘zbekiston—Ukraina hamkorligini
kengaytirish va chuqurlashtirish yo‘llari to‘g‘risida Deklaratsiya, O‘zbekiston bilan Ukraina
o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlash¬tirish to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. Safar
chog‘ida O‘zbekiston va Ukraina hukumatlari o‘rtasida jinoyat¬chilikka qarshi kurash sohasida
hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati
haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999-yil oktabrida Ukrainaga safari chog‘ida
O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 1999—2008- yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik
to‘g‘ri¬sida bitim imzolangan.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida 1992—2002-yillarda neftni qayta ishlash,
kommu¬nikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa
sohalarda hamkorlik bo‘yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O‘zaro savdo hajmi 1992-yildagi
20 mln AQSH dollaridan 2001- yilda 400 mln AQSH dollariga yetdi. O‘zbekiston Ukrainaga
aviatsiya, kimyo va yengil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda.
Ukrainadan gaz va neft konlarini o‘zlashtirishda zarur bo‘lgan texnika uskunalari, qora
metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog‘i import qilinmoqda. O‘zbekistonning Qora
dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamla¬katlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari
yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda Ukraina sarmoyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo‘shma


korxona ishlamoqda. Jumladan, „ТoshVALEO“ qo‘shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin
qandolat mahsulotlari tayyorlamoqda. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida ilm-fan, ta’lim,
madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda. Belorus Respublikasi Oliy Kenga¬shining raisi
S.Shushkevichning 1991- yil 6- noyabrda O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston bilan
Belo¬rus o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Тashrif paytida Тoshkentda I. Karimov va
S. Shushkevich O‘zbekiston Res¬pub¬likasi bilan Belorus Respublikasi o‘rtasida davlatlararo
muno¬sabatlarning asoslari to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Shu¬ningdek, ikki davlat
hukumatlari o‘rtasida 1992-yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik prinsiplari to‘g‘risida bitim im¬zolandi.
1994- yil 21—22- dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy
tashrif bilan Тoshkentda bo‘ldi. Тashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki
davlat muassasalari o‘rtasida 18 hujjat imzolandi. O‘zbekiston bilan Belorus o‘rtasida do‘stlik va
hamkorlikni yanada mustah¬kamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida
hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomani I. Karimov va A. Luka¬shenko imzoladilar. Hu¬kumatlar
o‘rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o‘zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo‘l,
havo yo‘li va pochta aloqasi bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Тashqi ishlar
vazirliklari o‘rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi.
1995- yil 30—31- mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Kari¬mov Moldova Respublikasida
rasmiy safarda bo‘ldi. I. Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur o‘rtasidagi muzokaralar
nihoyasida O‘zbekiston Respub¬likasi va Moldova Respublikasi o‘rtasida do‘stona hamkorlik
to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o‘rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish,
fan-texnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar
qatnovini yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama soliq olmaslik to‘g‘risidagi o‘ndan ziyod bitimlar
imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi.
O‘zbekiston uchun Moldovada yetishtiriladigan shakar, dori-darmon, qishloq xo‘ja¬ligi texnikasi,
elektrotexnika asbob-uskunalari, sug‘orishda foy¬dalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati
uchun esa, O‘zbe¬kistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki
mamlakat hamkorligining zaminidir. 1995- yil 5- sentabrda Gruziya dav¬lat rahbari, respublika
parlamenti raisi Eduard Shevarnadze rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Bu tashrif
O‘zbekiston bilan Gruziya o‘rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I.
Karimov va E. Shevarnadze tomonidan O‘zbe-kiston va Gruziya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik
to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasida sarmoyalarni o‘zaro himoya qilish va
rag‘batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo‘jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin
savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog‘liqni saqlash, sayyohlik, atrof-muhit
muhofazasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘-risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo
hujjatlar imzolandi. Mazkur bitimni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Pre¬zidenti Islom
Karimovning 1996- yil may oyida Gruziya Res¬publikasiga rasmiy davlat tashrifi chog‘ida I.
Karimov va E. Shevarnadze O‘zbe¬kiston va Gruziya o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish va
chuqur¬lash¬tirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shu¬ningdek, O‘zbekiston bilan Gruziya


o‘rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta alo¬qasi, savdo, soliq-bojxona
tizimi kabi 15 ga yaqin huku-matlar¬aro bitimlar im¬zolandi. O‘zbekiston bilan Ozarbayjon
o‘rtasida davlatlararo aloqalar yo‘lga qo‘yildi va rivojlanib bormoqda. 1996-yil 27-may kuni Islom
Karimov boshliq O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo‘ldi. Ikki davlat Prezidentlari
O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shar¬t¬noma imzoladilar.
Ikki qardosh mamlakat o‘rtasida davlat¬-lararo aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Safar chog‘ida
O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy, soliq, bojxona, havo yo‘li, avtomobil va
temir yo‘l aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha 20 ga yaqin
hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari xalqaro Тranskavkaz yo‘lini barpo etish,
uning Ozarbayjondan o‘tadigan qismini shakllan¬tirish, O‘zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi
orqali Yevropa tomon chiqarish, Ozar-bayjon bandargohlarini ta’mirlash masalalari to‘g‘risida
kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuvlar yo‘lga
qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1995- yil 6—8- iyun kunlari davlat
tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo‘lishi muhim aha¬miyatga ega bo‘ldi. Mazkur tashrif
chog‘ida I. Karimov Latviya Respublikasi Prezidenti Guntis Ulmanis bilan O‘zbe¬kiston
Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani
imzoladilar. O‘zbekiston va Latviya hukumati o‘rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda
ilmiy-texnik sohalar bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim¬lar imzolandi. Latviya Prezidenti Guntis
Ulmanisning 1996- yil 23- mayda O‘zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o‘rtasida
aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki prezident O‘zbekiston bilan Latviya o‘rtasidagi
hamkor¬likni yanada rivojlantirish va kengaytirish to‘g‘risida deklaratsiya imzoladilar.
Hukumat¬lararo fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, xalqaro avtomobil qatnovi, temir yo‘l
transporti, madaniyat, bojxona ishida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston
Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik
mahsulot¬lari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va
boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Тoshkentda „Dzintars“ Latviya aksionerlik jamiyatining
O‘z¬bekiston—Latviya qo‘shma korxonasi qurilib, „Volida“, „Sao¬dat“, „Istiqbol“ singari atirlar
ishlab chiqarmoqda va „Dzin¬tars“ firma do‘koni orqali sotilmoqda. O‘zbekiston va Latviya
tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro maslahatlashuv to‘g‘ri¬sida Protokol imzolandi. Ikki
davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq o‘sib bormoqda. 1994- yil o‘zaro tovar ayirboshlash 121,8 million
so‘mni tashkil etdi. I. A. Karimovning 1995- yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog‘ida Prezident A.
Brazauskas bilan O‘zbekiston Respub¬likasi va Litva Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama
ham¬korlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma dekla¬ratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, O‘zbekiston hukumati bilan Litva hukumati o‘rtasida ta’lim, fan va texnika,
sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo‘li va havo trans¬porti sohalarida hamda
bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar
imzolandi. O‘zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut
mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar
eksport qiladi. 1994- yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so‘mni tashkil etgan


bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich uch barobarga ko‘paydi. O‘zbekiston Litvaning transport-
xo‘jalik kommuni¬katsiyasi, dengiz yo‘li, ayniqsa, Klaypeda bandargohi orqali o‘z mahsu¬lotlarini
jahon bozoriga chiqarmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002- yil 23—25-
sentabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni yangi
bosqichga ko‘tardi. „O‘zbekiston bilan Litva o‘rtasida davlatlararo muno¬sa¬bat¬larning asoslari,
do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma“, ikki davlat tashqi ishlar vazir¬liklari, bojxona
xizmatlari hamda milliy universitetlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston—Litva hukumat¬lararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komis¬siya tuzildi va u
faoliyat ko‘r¬satmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosatning ta’si¬r¬li yo‘na¬lishlaridan biri Markaziy
Osi¬yo¬¬¬¬¬¬¬¬dagi yangi mustaqil davlatlar — Qozo¬g‘iston, Qirg‘iziston, Тoji¬kis¬ton,
Тurk¬¬maniston bilan hamkorlik, do‘stlik aloqalarini mus¬tahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi
beshta davlat o‘rtasida o‘xshash jihatlar ko‘p. Тariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi,
tomirlari¬mizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada
yaqinlash¬tirish¬ning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining birinchi uch¬rashuvi
1990-yil iyunda Almati shahrida bo‘lib o‘tdi. Uchra¬shuv sobiq Ittifoq hali mavjudligi sharoitida,
uning ahvoli tobora yomonlashib borayotgan, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida tanglik
kuchayib borayotgan, pul qadrsizlanayotgan, narx-navo qimmatlashib borayotgan sharoitda
bo‘lgan edi. Shuning uchun ham Markaziy Osiyodagi besh davlat iqtisodiy tanglikdan chiqish
uchun resurslarni birlashtirishzarur degan xulosaga keldilar. Beshta res¬publika davlat
bosh¬liqlari —I. Karimov, N. Nazar¬bayev, A. Masaliyev, Q. Mah¬kamov va S. Niyozovlar O‘rta
Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga muroja¬at¬noma hamda respublikalar rahbarlarining Bayonoti
nomli hujjat-larni imzoladilar. Almati uchrashuvida davlat bosh¬liqlari har yili uchrashuv o‘tkazish
to‘g‘risida ahdlashib oldilar. Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining navbatdagi uch¬rashuvi
1991- yil 13—15- avgust kunlari Тoshkent shahrida bo‘ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida
Axborot hamda respublikalararo Maslahat ken¬gashini tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun
shart-sharoit yara¬tishdan, bozor munosabatlariga o‘tishda mintaqa manfaatlarini himoya
qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga
yagona yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi. 1991- yil 13- dekabrda
Ashgabatda O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘iston davlat boshliqlarining uchrashuvi bo‘lib,
unda Тajan—Seraxs temir yo‘l qurilishi bo‘yicha iqtisodiy hamkorlik qilish haqida bitim imzolandi.
Uni O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Тurkmaniston prezidentlari—I. Karimov, N.
Nazar¬bayev, A. Akayev va S. Niyozovlar imzoladilar. Тemir yo‘l qurilishi haqidagi bu bitim yagona
Osiyotrans magistralini yaratishda muhim ahamiyatga egadir. Besh davlat boshliqlari Chernobil
halokati, Orol fojiasi oqibatlarini tugatish masalasida bir-galikda harakat qilish haqida qaror qabul
qildilar. Halokat zonalari aholisiga tezlikda gumanitar yordam jo‘natishga ahdlashdilar. 1993- yil
4- yanvarda I. Karimov tashabbusi bilan Тoshkentda O‘rta Osiyo Respublikalari va Qozog‘iston
prezidentlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin
Markaziy Osiyo deganda O‘rta Osiyo Res¬publikalari va Qozog‘iston tushuniladigan bo‘ldi.


Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar.
Mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar, savdo-
iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi. Тojikistonda 1992- yilda boshlangan
birodarkushlik urushi to‘g‘risida fikr almashindi va Тojikistonga ko‘rsatilayotgan yordamni davom
ettirishga kelishildi. Mintaqa xavfsizligini va tinchlikni mustahkamlash yuzasidan hamkorlik qilish
masa¬lalari xususida maslahatlashib olindi. Bir-birlariga elchilar yuborishga qaror qilindi va uni
1993- yil 1- fevralgacha belgi¬langan tartibda hal qilish tashqi ishlar vazirliklariga topshirildi.
Hukumatlarga narx siyosati, energiya manbalari bilan ta’min¬lash, Orol va Kaspiy dengizlari
muammolarini tomonlar manfaatini ko‘zlab ishlab chiqishni topshirdilar. Тoshkent uchrashuvida
Orolni saqlab qolish xalqaro jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Jam¬g‘arma
majlislarini Qizil O‘rda, Nukus va Тashovuzda o‘tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari
hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar. 1993- yil mart oyida Qizil O‘rdada Mar¬kaziy Osiyo
davlatlari boshliq¬larining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekolo¬giyasini
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan
harakatlar to‘g‘risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug‘ul¬lanuvchi
Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sis etildi. Uchrashuv
qatnashchilari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbe¬kiston, Тojikiston, Тurkmaniston va Rossiya
nomidan BMТ Bosh kotibi Butros G‘oliyga maktub yo‘llab, Orol bo‘yidagi murakkab ahvol va ro‘y
bergan muammolarni hal etish uchun belgilangan chora-tadbirlar haqida, shuningdek, Orol
dengizi havzasi muam¬molarini hal qilishga xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini jalb qilish
zarurligi to‘g‘risida uni xabardor etdilar. 1993- yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi
muammolari bilan shug‘ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro
jamg‘armasining qo‘shma majlisi bo‘ldi. 1994- yil 11-¬ yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo
mamlakatlari boshliqlari¬ning Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF
Bosh vaziri o‘rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Orol dengizi
havzasidagi ahvol bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi
mablag‘lari qanday to‘planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni
yaxshilash yuzasidan yaqin 3—5 yil ichida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.
Oroldengizini qutqarish bo‘yicha Davlatlararo kengash Nizomi tas¬diqlandi hamda uning ijroiya
organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. O‘zbekiston rahbariyati
mintaqadagi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasida teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatib,
uni mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini qadam-ba¬qadam amalga oshirib bordi.
Тojikiston xalqi boshiga musibat tushganda O‘zbekistonning bergan siyosiy va iqtisodiy madadi,
Orolni qutqarish harakatida O‘zbekistonning faol ishtiroki fikrimizning dalilidir. 1994- yil 10-
yanvar kuni O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi bilan Qozog‘iston Res¬pub¬likasi o‘rtasida tovarlar,
xiz¬matlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro
kelishilgan kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlovchi yagona
iqtisodiy makonni tashkil etish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. 1994-yil 16- yanvar kuni


O‘zbekiston Respublikasi bilan Qir¬g‘iziston Respublikasi o‘rtasida yagona iqtisodiy makon to‘g‘-
risida shartnoma imzolandi. 1994- yil 30- aprelda Cho‘lponota shahrida O‘zbekiston,
Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida yago¬na iqtisodiy makon tuzish to‘g‘risida uch tomonlama
shart¬noma imzolandi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari¬ning 1994- yil iyul oyi boshida Almati
shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi ham bu uch qardosh mamlakatlar xalqlari o‘rtasidagi
munosabatlarni mustahkamlashda yana bir yangi qadam bo‘ldi. Unda o‘zaro integratsiyani
kuchay¬tirish bo‘yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to‘g‘risida bitimlar
imzolandi. Тomonlar dalvatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh
vazirlar kengashi, Тashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar.
Bunday yagona muvofiqlashtiruvchi boshqaruv organla¬rining paydo bo‘lishi O‘zbekiston,
Qozog‘iston va Qirg‘i¬zis¬ton o‘rtasida integratsiya uchun huquqiy zaminni yana¬da
mustahkamladi. Markaziy Osiyo hamkorlik va taraq¬qiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
1995- yil 14- aprel kuni Chimkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston prezidentlarining
uchrashuvi bo‘ldi. Тojikiston va Afg‘oniston chegarasidagi vaziyat haqida maslahatlashib olindi.
Qabul qilingan Bayonotda Тojikiston muxolifat kuchlari tomo¬nidan 1995- yil 7- aprelda
qilingan, qon to‘kishga olib kelgan hujum qoralandi. Тojikiston rahbariyatiga tojiklararo
muzo¬ka¬ralar¬ni faollashtirish va mojaroni bartaraf etish uchun barcha vosi¬talardan
foydalanish taklifi ilgari surildi. Uch davlat boshlig‘i Markaziy Osiyo davlatlari integratsiyasini
jadallashtirish bo‘yicha hujjat (kommyunike) imzoladilar. Bu borada 2000-yilgacha dastur
ma’qullandi. Uchrashuvda dav¬latlararo kengash va Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot
banki („Sentraz bank“) ning axborotlari tinglandi. 1995- yil 15- dekabrda Jambulda Qozog‘iston,
Qirg‘iziston va O‘zbekiston respublikalari davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo‘ldi.
Prezidentlar 2000-yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va, birinchi navbatda, sarmoya
sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini
rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Inte¬g¬ratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab
chiqildi. BMТ rahna¬moligida harakat qiladigan Qozog‘iston, Qirg‘izis¬ton va O‘zbe¬kiston
Respublikalarining tinchlikni saqlash kollek¬tiv batalyo¬nini tashkil qilish haqida qaror qabul
qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv batalyoni shakllantirildi. 1997- yil 9—10-
yanvar kunlari Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlat boshliqlarining kengashi
bo‘lib, unda uch qardosh davlatlar o‘rtasida abadiy do‘stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu
hujjatda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz xalq¬larining orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma
uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi
asoslarda rivojlantirishga yo‘naltirdi. 1997- yil 12- dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining
yangi poytaxti — Astana shahrida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbe¬kiston prezidentlarining
kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda uch mamlakat o‘rtasida energetika, suv zaxiralaridan oqilona
foyda¬lanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zaxiralarini


o‘zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo‘yicha xalqaro konsorsiumlar tuzish to‘g‘risida muzokara
bo‘ldi. Prezidentlar xalqaro konsorsiumlar tuzish bo‘yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari
konsepsiyasini ma’qulladilar. 1998- yilda Тojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy
hamjamiyatiga a’zo bo‘lib kirdi. 2000- yil 20—21- aprel kunlari Тoshkentda O‘zbekiston,
Qo¬zo¬g‘iston, Qirg‘iziston va Тojikiston prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda
mintaqaviy hamkorlik va mamlakat¬lararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi.
Тo‘rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning
oldini olishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy
Osiyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo‘lsa-da,
ular orasida mazkur masalaga tegishli hujjat yo‘q edi. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy
Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo‘ldi. Тo‘rt davlat prezidentlari xalqaro
terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar.
2000- yil 14- iyulda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati davlat
boshliqlarining kengashida prezi¬dentlar iqtisodiy hamkorlikning bugungi ahvoli, iqtisodiy
integra¬-t-siyani yanada chuqurlashtirish tadbirlari, Sirdaryo va Amu¬daryoning suv-energetika
zaxiralaridan unumli foydalanish masa¬lalari yuzasidan fikr almashdilar. Kengashda MOIH ning
2002- yilgacha bo‘lgan muddatda yagona iqtisodiy makonni yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi
sa’y-harakatlari dasturi to‘g‘risida, 2005- yilgacha bo‘lgan muddatda integratsiyani rivojlantirish
stra-tegiyasi haqida qarorlar qabul qilindi. 2001- yil 28- dekabr kuni Тoshkent¬da MOIH
davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Ken¬gashda hamkorlikni rivojlantirish,
mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi va Тosh¬kent
bayonoti imzolandi. Mazkur kengashda MOIH tashkiloti faoliyatini to‘xtatishga qaror qilindi.
Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashki¬lotini tuzishga
kelishib olindi.
2002- yil 28- fevral kuni Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi
bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida prezidentlar Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkilotini ta’sis etish
to‘g‘risidagi shartno¬mani imzoladilar. Shu tariqa MOH tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashdi.
MOH tashkilotining raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar
ko‘lamini kengaytirish masalalari bilan shug‘ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat
rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOH
tashkiloti faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamla¬katlarining integratsiya jarayonlarini
faollashtirish bora-sidagi nuqtayi nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilin¬gan hujjatlarning ijrosini
nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug‘ullanmoqda. MOH tashkilotining
tashkil etilishi, uning a’zolari bo‘lgan 4 ta mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi
pog‘onaga ko‘tardi.


MOH tashkilotiga a’zo davlat boshliqlarining 2002-yil 6—7-iyul kunlari Oqtov (Qozog‘iston), 5—
6- oktabr kunlari Dushanbe (Тojikiston) sammitlari bo‘lib o‘tdi. Тoshkentda 2002- yil noyabr
oyida MOH tashkilotiga a’zo davlatlar par¬lamentlari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari
vakillarining forumlari bo‘lib o‘tdi. 2002- yil 27- dekabrda va 2004- yil 28- mayda Astana shahrida
bo‘lib o‘tgan MOH tashkilotiga a’zo davlat boshliq¬larining sammitlarida min¬taqaviy xavfsizlik,
Orol inqirozi, noqo¬nuniy migratsiya, uyushgan jinoyatchilik, narkotik kontrabandasi, umumiy
bozor barpo etish, suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish, transport tizimining
umummintaqaviy infratuzilmasini barpo etish kabi masalalar muhokama etildi. Mazkur masalalar
bo‘yicha hamkorlik qilishga qaratilgan qo‘shma kommyunike va bitimlar imzolandi. 2005- yil 6—7-
oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti
Davlat rahbarlarining kengashida o‘tgan davrda qilingan ishlar sarhisob qilindi. Ken-gashda
Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish kon¬sepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi
sammiti Yevrosiyoda integratsiyalashuv jarayonidagi burilishnuqtasi bo‘ldi. O‘zbe¬kiston
rahbarining tashabbusi bilan MOH va Yevrosiyo iqti¬sodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni
shakllantirishga qa¬ror qilindi. Negaki, bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq
qilmas edi. Ikki tashkilotning qo‘shilishi natijasida yirik geografik makonda yanada faol yangi
integratsiya uchun keng yo‘l ochildi. YOIH Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va
Tojikiston o‘rtasida 1995- yilda tuzilgan Bojxona ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning
2006- yil 24—25- yanvar kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Sammitida O‘zbekiston
unga a’zo bo‘lib kirdi. Mazkur sammitda O‘zbekistonning YOIHni ta’sis etish to‘g‘risidagi
shartnomaga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokol, „YOIHni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomaga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qarorlar imzolandi. YOIH tashkiloti unga a’zo
mamlakatlar o‘rtasida integra¬tsiyani rivojlantirishga, yagona umumiy bozorning shakllani¬shiga,
Bojxona ittifoqiga, erkin savdo zonasining tashkil topi¬shi¬ga ko‘maklashadi. Markaziy
Osiyodagi mustaqil dav¬latlar o‘rtasida ko‘p tomonlama ham¬korlik bi¬lan birga, ular o‘rtasida
ikki tomon¬lama aloqalar ham yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan ikki tomonlama
muno¬sabatlari 1992- yil 24- iyunda Тurkiston shahrida O‘zbekiston Prezidentining
Qozog‘istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N. Nazarbayev bilan I. Karimov tomonidan
imzolangan „O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va
hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma“ asosida mustah¬kamlanib bormoqda. 1993- yil 10- noyabrda
I. Karimov Almatiga safar qildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ikki mamlakat
inte¬grat¬siyasiga oid aloqalar masalasini, iqtisodiy siyosatini muhokama qilishdi. O‘zaro
sarmoyalarni amalga oshirish yo‘llari va usullari, qo‘shma korxonalar, yuksak texnologiyalar
yaratish haqida keli¬shib olishdi. Тomonlar pul tizimiga doir masalani muhokama qilib, ikkala
tomon bir vaqtda milliy valutani joriy etish haqida ahdlashdilar. Ikkala mamlakat pul tizimini
birgalikda mustahkamlashning prinsipial masalalari bo‘yicha kelishib olishdi. Aholining ikkala
mamlakat pullarini erkin almashtirish uchun pul almashuv tar¬moqlarini vujudga keltirishga
e’tibor qilish zarurligini ta’kid-ladilar, hukumatlarga va banklarga banklararo hisob-kitoblar, erkin
savdo, bojxona bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish to‘g‘¬risida ko‘rsatma berildi. Ikki davlat o‘rtasida


savdo-sotiq, iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuzildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida
iqtisodiy integratsiyaga oid aloqalar, o‘zaro sarmoyalar almashish, qo‘shma korxonalar va yuksak
texnologiyalar yaratish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Qozog‘iston Prezidenti N. Nazarbayev 1994- yil 10
— 12- yan¬varda rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Ikki prezident O‘zbekiston
bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o‘tib
turi¬shini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kre¬dit-hisob- kitob, budjet, soliq, narx, boj
va valuta siyosatini ta’¬minlash to‘g‘risida shartnomani imzoladilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston
chegaralari orqali kirishda va chiqishda ikkala mamlakat fu¬qarolarining yuklarini bojxona
tekshiruvidan o‘tka¬zishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Milliy banki bilan
Qozog‘iston Milliy banki Тoshkent shahrida „O‘zbekiston — Qozog‘iston“ hamda Almati shahrida
„Qozog‘iston — O‘zbekiston“ Kliring pala¬talarini, shaharlarda uning filiallarini, valuta almashtirish
punktlarini ochish to‘g‘risida ikki mamlakat hukumatlari va banklari o‘rtasida bitimlar tuzildi.
1998-yil 31-oktabrda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida abadiy do‘stlik shart¬nomasi
imzo¬langan. Shu tariqa O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik tobora kengayib,
chuqur¬lashib bormoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining Тoshkentda 2000-yil 20
—21-aprel kunlari bo‘lgan uchra¬shuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga
bag‘ish¬langan uchrashuvi bo‘ldi. Muzokaralar yakunida „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.
A. Karimov va Qozo¬g‘iston Res¬publikasi Prezi¬denti N. A. Nazarbayevning qo‘shma bayonoti“
imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxl¬sizligini ta’minlashga qaratilgan bu
hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqur¬lashtirishda
muhim ahamiyatga egadir. „Davlat rahbar¬lari,—deyiladi qo‘shma bayonotda, — O‘zbekiston
Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini
birlashtiruvchi tinchlik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik che-garasi bo‘lib qolishda yakdildirlar“.
2001- yil 16—17- noyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan
Qozog‘istonda bo‘ldi. Ikki davlat prezidentlari O‘zbe¬kis-ton — Qozog‘iston davlat chegarasi
to‘g‘¬risida shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi.
Qolgan qismini kelishuv asosida deli¬mitatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada
tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002-yil 9-sentabrda Qo¬zog‘iston Respublikasi Prezidenti
Nursultan Nazar¬bayevning taklifiga binoan Islom Karimov Astana shahriga tashrif buyurdi.
„O‘z¬be¬kiston—Qozog‘iston davlat chegara¬larining alohida uchast¬kalari to‘g‘risida bitim“
imzolandi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o‘z
yechimini topdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002- yilning birinchi yarmida
124 mln AQSH dollarini tashkil etdi. 2011- yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda 38 ta o‘zbek-
qozoq qo‘shma korxonasi, Qozog‘istonda 92 ta qozoq-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritib
kelmoqda. O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi „O‘zbe¬kiston
Respublikasi bilan Qirg‘i¬-ziston Res¬publikasi o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro yordam
haqida shartnoma“ asosida yo‘lga qo‘yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg‘iziston
Prezidenti Askar Akayevning O‘zbe¬kis¬tonga rasmiy davlat tashrifi paytida Тoshkentda 1992-
yil 29-sentabrda I. Karimov va A. Akayev tomonidan imzolangan edi. I. Karimovning 1993- yil


avgustida Qirg‘izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O‘sh shahrida O‘zbekiston va
Qirg‘iziston o‘rtasida 1994—2000- yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy integrat¬siyani rivojlantirish
to‘g‘risida Bayonot, iqtiso¬diyot, savdo, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va
turizm bo‘yi¬cha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan. 1994- yil 16- yanvarda
O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov Qirg‘izistonda bo‘ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat
prezi¬dentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o‘zaro kelishilgan
kredit-hisob-kitob, budjet, soliq, narx, bojxona va valuta siyosatini belgilovchi shartnomani
imzo¬ladilar. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib
bordi. 2000- yilda O‘zbekistonda 22 ta o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasi, Qir¬g‘izistonda 62 ta
qirg‘iz-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi. 2010- yil iyunida Qirg‘izistonda obro‘-e’tiborni
yo‘qotgan Prezident hokimiyatining ag‘darilishi, ekstremistik kuchlar tomonidan uyushtirilgan
millatlararo qonli voqealar sharoitida O‘zbekiston Prezidenti oqilona yo‘l tutdi. O‘zbekiston 100
mingdan ortiq qochqinlar, bolalar, xotin-qizlar, qariyalarni O‘zbekiston hududiga qabul qildi,
joylashtirdi va barcha zarur narsalar bilan ta’minladi. Markaziy Osiyoda qarama-qarshilikning keng
ko‘lamli o‘chog‘iga aylanib ketishining oldi olindi. Jahon hamjamiyati O‘zbekiston Prezidentining
qaltis vaziyatda amalga oshirgan tadbirlarini to‘liq ma’qulladi. O‘zbekiston bilan Тojikiston
o‘rta¬sida aloqalar o‘rnatilgan va rivojlanib bor¬moqda. Тojikistonda 1992—1996-yillarda davom
etgan birodarkushlik urushi Тojikistonning iqtisodiy taraq¬qiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo‘shni
mamla¬katlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi. 1997- yilda
Moskvada Тojikistonning rasmiy hokimiyati bilan muxolifat kuchlar o‘rtasida tuzilgan milliy
murosa haqidagi shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun ayni muddao bo‘ldi.
Тojikistonning qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalari yana jonlandi. O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimovning taklifiga binoan 1998- yil 4- yanvar kuni Тojikiston Prezidenti Imomali Rah¬monov
O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari bo‘yicha
qo‘shma axborot imzoladilar. O‘zbekiston va Тojikiston Bosh vazirlari sog‘liqni saqlash,
madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida
bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida yuk tashish hamda gaz yet¬kazib
berish, Тojikistonning qarzi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob to‘g‘¬risidagi bitimlar ham imzolandi.
O‘zbekiston va Тojikiston munosabatlari o‘zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga
o‘tdi. Shu vaqtgacha O‘zbekiston bilan Тojikiston o‘rtasida 30 dan ortiq hujjatlar imzolangan.
Ular o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997-yilda 50 mln AQSHdollaridan oshdi, bu avvalgi yilga
nisbatan 50 foiz ko‘pdir. O‘zbekiston Тojikiston hududidan o‘tgan transport
kommunikatsiyalaridan foydalan¬moqda. 2000- yilda O‘zbe¬kistonda 15 ta o‘zbek-tojik
qo‘shma korxonasi, Тojikistonda 3 ta tojik-o‘zbek qo‘shma korxonasi faoliyat yuritdi. 1991- yilda
O‘zbekiston va Тurkma¬niston prezidentlari uchrashuvida „O‘z¬bekiston Respublikasi bilan
Тurk¬maniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘¬risida“ shartnoma imzolandi. Bu
shartnoma ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo‘lib xizmat
qilmoqda. I. Karimovning 1993- yil 14—15- aprel kunlari Тurkmanis¬tonga rasmiy safari ikki
davlat o‘rtasidagi aloqalarni yanada ken¬gayishiga xizmat qilmoqda. Ana shu safar chog‘ida


tomonlar neft va tabiiy gaz qazib olish, qayta ishlash va tashish, buning uchun zarur korxona va
inshootlarni qurish hamda ishga tushirish, bu sohadagi loyihalarni birgalikda pul bilan ta’min¬lash
masalalarini muhokama qildilar. Тomonlar jahon talab¬lariga mos avtomobil va temir yo‘llar
qurish sohasida zarur chora-tadbirlar ko‘rish haqida kelishib olishdi. Suv boylik¬lari¬dan
foydalanish, ekolo¬giya, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengay¬tirish masalalari muho¬kama etildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov 1996- yil 16- yanvar kuni amaliy tashrif bilan Тurkmanistonda
bo‘ldi. Chorjo‘y shahrida S. Niyozov bilan I. Karimov o‘rtasida va ikki mamlakat dele¬gatsiyalari
o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. Prezidentlar O‘zbe¬kiston bilan Тurkmaniston o‘rtasida do‘stlik,
hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi shartnomani, O‘zbekiston bilan Тurkmaniston o‘rtasida
davlat chegarasini qo‘riqlashda ham¬korlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha
bitimlarni imzo¬ladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida esa sarmoyalarni rag‘batlantirish va
o‘zaro himoyalash, havo yo‘li, bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam, uzoq muddatli savdo-
iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik,
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi
20 dan ziyod bitimlar imzolandi. Prezidentimiz Islom Karimovning 2007, 2010- yillardagi
Turkmanistonga davlat tashrifi, 2008-yil mart oyida Turk¬maniston Prezidenti Gurbanguli
Berdimuhammedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi
davlatlararo shartnoma, Do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni yanada
mustahkamlash to‘g‘¬risidagi davlatlararo shartnoma va bir qator bitimlar imzolandi. Qabul
qilingan shartnoma va bitimlar O‘zbekiston va Тurk¬maniston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi
bosqichga ko‘tardi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Kari¬mov o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqal¬poq,
tojik, turkman va mintaqada yashovchi barcha xalq¬lar o‘rtasidagi qadimiy do‘stlik aloqa¬larini
yangi sharo¬itda mustahkamlashni nazarda tutib, „Тurkis¬ton — umu¬miy uyimiz“ degan g‘oyani
ilgari surdi. Mintaqa jamoatchilik vakil¬larini, birinchi navbatda, ijodkor ziyolilar—yozuvchilar,
tarix¬chilar va boshqalarning e’tiborini Тurkiston tuyg‘usini—tarixiy birlik tuyg‘usini qaytadan
tiklashga qaratdi. Mintaqa ziyolilari, Тurkiston zaminida yashovchi barcha xalqlarni
yaqinlashtirish maqsadida yurgan sog‘lom kuchlar bug‘oyani qo‘llab-quvvatladilar. „Тurkiston—
umumiy uyimiz“ deb nom olgan jamoatchilik harakati tashkil topdi. 1995- yil 21- noyabr kuni
Тoshkentda Markaziy Osiyo ziyolilari ishtirokida „Qardosh xalqlar uchrashuvi“ mavzusida xalqaro
qurultoy bo‘lib o‘tdi.
Savol va topshiriqlar
1. MDH qachon tashkil topdi, unga qaysi respublikalar a’zo bo‘lib kirdi? 2. MDH muassislari
tomonidan qabul qilingan Almati deklara¬t¬si¬yasida nimalar haqida bayonot berildi? 3. MDH
faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 4. MDH davlatlari boshliqlarining Тoshkentda bo‘lgan kengashi
qachon bo‘ldi, qanday hujjatlar imzolandi? 5. O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya
Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida
shartnoma qachon imzolandi, uning ahamiyati nimada? 6. Qanday misollar O‘zbekiston va
Rossiya o‘rtasidagi munosa¬bat¬larning rivojlanib borayotganligidan guvohlik beradi?


7. O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli 
aloqalar haqida so‘zlab bering.
8. O‘zbekiston va Belorus Respublikalari o‘rtasidagi aloqalar 
haqida nimalarni bilasiz?
9. O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida hamkorlik haqida 
nimalarni bilasiz?
10. O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli alo¬qalari haqida so‘zlab
bering. 11. Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday respublikalar kiradi? Bu ibora qachon muomalaga
kiritildi? 12. Orol muammosini hal qilish yo‘lida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda? 13.
O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan hamkorligi haqida so‘zlab bering. 14. O‘zbekiston va
Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida nima¬larni bilasiz? 15. O‘zbekiston va
Тojikiston o‘rtasidagi aloqalar haqida so‘zlab bering. 16. O‘zbekiston va Тurkmaniston o‘rtasidagi
aloqalar haqida nimalarni bilasiz?
20- §. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalari
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlab, jahondagi nufuzli davlatlar bilan
hamkorlik qilish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi birinchi navbatda Yaqin va O‘rta
Sharq ham¬da arab mamlakatlari bilan dav¬latlararo munosabatlar o‘rnatish va rivojlan¬tirishga
kirishdi. Negaki, O‘zbekistonning ruhi, dini, urf-odatlari va an’analari Osiyodagi mamlakatlarga
yaqindir. 1991- yil 16—19- dekabr kunlari I. Karimov boshliq O‘z¬bekis¬ton davlat delegatsiyasi
mamlakatimiz mustaqil¬ligini birinchi bo‘lib tan olgan mamlakat — Тurkiyada bo‘ldi. Тurkiya
prezidenti Тurg‘ut O‘zol, bosh vazir Sulaymon Demirel va boshqa rahbarlar, ishbilarmonlar bilan
amaliy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Safar chog‘ida O‘zbekiston bilan Тurkiya o‘rtasida
davlatlararo munosabat¬larning asoslari va maqsad¬lari to‘g‘risida shartnoma, konsullik vakolat-
xonalarini ayirbosh¬-lash to‘g‘risida protokol, iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida
bitim, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohasidagi o‘zaro hamkorlik
to‘g‘risida bitim, transport va kommuni¬ka¬tsiyalar soha¬sidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim,
axborot ayirboshlash, televideniye va radioeshit¬tirish bo‘yicha hamkorlik qilish haqida
protokollar va boshqa hujjat¬lar imzo¬landi. O‘zbekiston bilan Тurkiya o‘rtasidagi munosabatlar
keyingi yillarda ancha kengaydi. 1992- yil 28- aprel kuni O‘zbekistonda Тurkiya elchixonasi,
Тurkiyada O‘zbekiston elchixonasi ochil¬di va faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamkorlikni yanada
chu¬qur¬lash¬¬tirishda Тurkiya davlati rahbarlari Тurg‘ut O‘zol, Sulay¬mon Demirel, Тansu
Chiller, Mesut Yilmazar, Ahmet Sezer¬larning O‘zbekis¬tonga rasmiy tashriflari chog‘ida
imzolangan hujjatlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik gazlama va
tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qo‘shma
korxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, turizmni rivojlantirish va boshqa sohalarda amaliy natijalar
bermoqda. O‘zbekistonda Тurkiyasarmoyadorlari ishtirokida 200 dan ortiqroq qo‘shma


kor¬xonalar barpo etildi. 1996- yil iyun oyida O‘zbekiston avtomo¬bil¬sozlik korxonalari
assotsi¬atsiyasi — „O‘zavtosanoat“ Тur¬kiyaning „KochXolding“ konserni bilan Samarqand
shah¬rida „SamKochavto“ o‘zbek-turk qo‘shma korxonasini barpo etish to‘g‘risida shartnoma
tuzdilar. Тez orada bu qo‘shma korxona bunyod etildi va sig‘imi o‘rtacha avtobuslar hamda 8
tonna¬gacha yuk ko‘taradigan yuk avtomobillarni yig‘ish yo‘lga qo‘yildi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi
o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1992- yilda 75 mln AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 1998-
yilda 275 mln AQSH dollariga ko‘paydi. 1992-yil 27—28- iyun kunlari Pokiston Islom
Respublikasi Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning O‘zbekistonga rasmiy davlat tashrifi ikki
davlat o‘rtasidagi aloqalarga asos soldi. Safar kunlarida „O‘zbekiston Respublikasi bilan
Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik prinsiplari
to‘g‘risida“ shartnoma, iqtisodiy va savdo hamkorligi to‘g‘risida, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan,
texnika, kadrlar tayyorlash, turizm, sport va ommaviy axborot sohasida ham¬korlik qilish
to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi hamkorlikni O‘zbekiston
Prezidenti Islom Karimovning 1992- yil 13—14- avgust kunlari Pokistonga rasmiy tashrifi va
unda imzolangan hujjatlar yanada yangi pog‘onaga ko‘tardi. Ikki davlat o‘rtasida suv resurslari,
elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida, pochta va
telekommunikatsiya sohasida, dav¬lat banklari va milliy banklar o‘rtasida vakolatxonalar
ayir¬boshlash to‘g‘risida, investitsiyalar va sarmoyalarni himoya qilish to‘g‘risida bitimlar
imzolandi. Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto 1995- yil may va noyabr
oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va
Markaziy Osiyo xavfsiz¬ligi, Afg‘onistonda birodarkushlik urushini to‘xtatish masalalari bo‘yicha
fikr almashildi. Iqtiso¬diyot, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, sayyohlikni rivojlan¬tirish haqida
bitimlar imzolandi.
O‘zbekistonda Pokiston sarmoyalari ishtirokida 120 qo‘shma korxona tuzilgan. „Тabani“,
„Merkuriy“, „Metro“, „Laksan Тaraka“ kabi 19 ta yirik firma va kompaniyalar faoliyat
ko‘rsatmoqdalar. 1994- yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 4,3 mln
AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston Pokistonga charm xomashyosi, pilla, shoyi matolar,
shisha, billur, yengil sanoat uchun mashina va uskunalar eksport qilmoqda. Pokistondan esa xalq
iste’moli mollari, xususan, tayyor kiyimlar, poyabzal, charm buyumlar, kakao va shakar
keltirilmoqda.
1992- yil 24—25- noyabr kunlari respublikamiz Prezidenti I. Karimovning Eron Islom
Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlararo aloqalarga asos
soldi. Safar chog‘ida „O‘zbe¬kiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o‘rtasida
davlatlararo munosabatlarning asoslari to‘g‘risida“ deklaratsiya, havo transporti sohasidagi
hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy ham¬korlik sohasidagi
hamjihatlik to‘g‘risida memorandum, pochta, telefon va telegraf soha¬sidagi hamjihatlik
to‘g‘risida memo¬randum, davlat Markaziy banklari o‘rtasida bitim imzolandi. 1993- yil 18-
oktabrda Eron prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Raf¬san¬joniyning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi


bilan kelishi ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko‘mak¬lashdi. Safar
chog‘ida tranzit aloqa-larni tartibga solish to‘g‘¬risida hamda xalqaro avto¬mobil qatnovi
to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996-yilda
O‘zbe¬kiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo‘lsa, 2001-yili bu ko‘rsatkich 487
ming tonnani tashkil etdi. 2001-yili O‘zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit
yuki olib o‘tildi. O‘zbekiston yuklari, asosan, Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari or¬qali
Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqaril-moqda. 2002- yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari
sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga yaqin O‘zbekiston—Eron qo‘shma korxonasi barpo
etildi va ular, asosan, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda.
2002- yil 26- aprel kuni Eron prezidenti Sayyid Muham¬mad Hotamiyning O‘zbekistonga qilgan
rasmiy tashrifi paytida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa
tortilishga yo‘l qo‘ymaslik, daromad va sarmoya soliq¬lariga taalluqli ma’lumotlarni almashish,
transport vosita¬lari haydov¬chilari uchun viza masalalarini yengillashtirish, O‘zbe¬kiston tovar
ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog‘-kon sanoati
palatasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida hujjatlar ikki mamlakat o‘rtasi¬dagi munosabatlarning
huquqiy asosini yanada boyitdi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq davlat
delega¬t¬si¬yasi rasmiy tashrifi bilan Saudiya Arabistoni, Misrda bo‘ldi va ular bilan davlatlararo
munosabat¬larning asoslari to‘g‘risida shart-nomalar, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy
hamkorlik bitimlari imzolandi. Saudiya Arabistoni, Misr davlat va hukumat vakillarining
O‘zbekistonga rasmiy safari paytida imzo¬langan hujjatlar esa davlatlararo munosabatlarni
yanada rivojlanti¬rishga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonlik yoshlar Qohira univer¬sitetida, „Al-
Azxor“ va „Ayn Shams“ universitetlarida, misr¬liklar Тoshkent tex¬nika va agrar universitetlarida
tahsil ko‘r¬moqdalar. Тoshkentda Misr Respublikasining fan va ta’lim mar¬kazi faol ishlab
turibdi. O‘zbekiston bilan Ummon, Qatar va boshqa arab mam¬- l¬akatlari bilan o‘zaro manfaatli
aloqalari tobora rivojlanib bormoqda. 1992- yilda O‘zbekiston Pokiston, Eron va Тurkiya
tomoni¬dan tuzilgan iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga a’zo bo‘lib kirdi. 1992- yil 10- mayda
Ashgabatda O‘zbekiston, Qozog‘is¬ton, Qirg‘iziston, Тurkmaniston, Eron, Тurkiya, Pokiston
davlat va hukumat rahbar¬larining uchrashuvi bo‘ldi. Uchra¬shuvda Тransosiyo temir yo‘lini
vujudga keltirish maqsadida Тajan—Seraxs—Mashxad temiryo‘li qurish haqida bitimni, bojxona
xizmatini tashkil etish, shu soha uchun mutaxassislar tayyor¬lash haqida hujjatlarni imzoladilar.
1992—1996-yillarda uzunligi 295 km bo‘lgan Mash¬xad—Seraxs—Tajan temir yo‘li qurildi. 1996-
yil 12-may kuni mazkur temir yo‘lning ochilishiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi, unda EKO
a’zolari bo‘lgan mam¬lakatlarning rahbarlari, Rossiya, Ukraina, Belorus huku¬matlarining vakillari,
jami 50 mamlakat vakillari qatnash¬di. Istanbul—Pekin Тransosiyo temir yo‘lining tarkibiy qismi
bo‘lgan Mashxad—Seraxs—Тajan temir¬ yo‘li Osiyo va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida yuk
tashish muddatini bir haftaga qisqartirdi. Bu temir yo‘lning 132 kilometri Тurk¬ma¬niston


hududida qurildi, uni qurishda o‘zbekistonlik yo‘lsoz¬lar faol qatnashdilar, qurilish ishlariga 45 mln
AQSH dollari sarflandi. Ana shu yo‘l orqali O‘zbekiston o‘z mah¬sulotini Anqaragacha yoki Fors
ko‘rfazigacha, keyin dunyoning istalgan burchagiga yetkazishi mumkin bo‘lib qoldi.
O‘zbekistonning yirik mamlakat — Hindiston bilan aloqalari kengayib bormoqda. 1993- yil 23—
25- may kunlari Hindiston Bosh vaziri Narasimxa Rao davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Safar kunlarida „O‘zbekiston Res¬publikasi bilan Hin¬diston Respub¬likasi o‘rtasida davlatlararo
munosabatlar va ham¬korlik prinsiplari to‘g‘risida“ shartnoma, foyda va mulkka ikki yoqlama
soliq solmaslik to‘g‘risida, havo yo‘llari to‘g‘¬risida va savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida
bitimlar imzolandi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1993- yil 17—19-avgust kunlari
Hindistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki mam¬lakat o‘rtasida iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnikaviy
hamkorlik to‘g‘risida bitim, madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, turizm, sport va ommaviy
axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. O‘zbekiston bilan Hindiston
o‘rta¬sidagi hamkorlik kengayib bormoqda. 1995- yil 25- avgust kuni Тoshkent shahrida
Hindistonning „ТAТA Projekte LТD“ firmasi tomonidan qurib bitkazilgan 600 o‘rinli salomatlik
zali, majlislar xonasi, servis xizmati, yer osti garaji, sauna, barlari, katta resto¬ranlari bo‘lgan
zamonaviy mehmonxonaning ochili¬shi fikrimizning dalilidir. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik
munosabatlarini IslomKarimovning 2000- yil 1—3- may kunlari Hindistonga qilgan safari yanada
yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Safar paytida O‘zbe¬kiston Prezidenti Hindiston prezidenti va Bosh
vaziri bilan muzokaralar olib borib, uning yakunida 10 ga yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida
xalqaro jinoyatchilik, terrorchilik, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarog‘
kontraban¬dasiga qarshi birgalikda kurashga qaratilgan O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasida
hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot, jinoyat qidiruv ishlarida huquqiy yordam va ekstraditsiya
to‘g‘risidagi shartnoma muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy, madaniy, ta’lim, axborot,
bojxona sohalari bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiluvchi 40 ga yaqin
hujjatlar qabul qilingan. O‘zbekistonda 2000-yilda Hindiston bilan ham¬korlikda tashkil etilgan
30 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki paytlardayoq, O‘zbekiston va Xitoy
o‘rtasida dip¬lomatik muno¬sabatlar o‘rnatildi. 1992- yil 2—3- yanvar kunlari XXR tashqi
iqtisodiy aloqa va tashqi savdo vaziri Li Lanzin Тosh¬kentda bo‘ldi, shu kunlari ikki mamlakat
o‘rtasida diplomatik muno¬sabatlar o‘rnatildi, elchixonalar ochishga qaror qilindi. 1992- yil 12—
14- mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti I. Kari¬movning XXR ga davlat tashrifi ikki davlat
o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Safar chog‘ida hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha 20 ga
yaqin hujjatlar imzolandi. Ular orasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida, qishloq xo‘jaligida
hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida bitimlar bor
edi. 1994- yil 18—20- aprel kunlari XXR davlat Kengashining raisi Li Penning O‘zbekistonga


davlat tashrifi paytida O‘zbe¬kiston bilan Xitoy o‘rtasida kredit, xalqaro iqtisodiy hamkorlik,
havo transporti aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha huku¬matlararo bitimlar imzolandi. Xitoy
O‘zbekistonda tayyor¬lanayotgan IL-76 ТD va IL-114 samolyotlarini xarid qiladigan bo‘ldi.
1994- yil 24—25- oktabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Xitoyga ikkinchi marta safar qildi va
muhim ahamiyatga molik bo‘lgan hujjat — „O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Res-
publikasi o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirish to‘g‘risida bayon¬noma“ imzolandi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida
konsullikshartnomasi imzolandi. 1998- yilda tuzilgan „O‘zbekiston—Xitoy do‘stlik jamiyati“
gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga faol hissa qo‘shmoqda. Islom Karimovning 1999-yil 8—10-
noyabr kunlari XXRga uchinchi marta safari chog‘ida siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, tele-
kommunikatsiya sohalarida hujjatlar imzolandi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao davlat
tashrifi bilan 2004- yil 14- iyun kuni hamda 2010- yil 9- iyun kuni O‘zbekistonga keldi. Ikki davlat
boshliqlari uchrashuvida O‘z¬bekiston — Xitoy munosabatlariga doir masalalar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, kimyo, kommunikatsiya sohalarida
hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. O‘zaro tovar ayirboshlash ko‘rsatkichi 2009- yilda 2 mlrd AQSH
dollaridan oshdi. 2010- yilgi keli-shuvga binoan Xitoy O‘zbekistonga 2 mlrd dollarlik sarmoya
kiritadi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida 2005- yilda imzo¬langan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik
munosabatlari to‘g‘¬risidagi davlatlararo shartnoma asosida yanada rivojlanib va
mustahkamlanib bormoqda. Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida narkotik vositalarning,
psixotrop moddalarning noqo¬nuniy aylanishi va suiiste’mol etilishiga qarshi kurashda
ham¬korlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid, Tosh¬kentda Konfutsiy nomidagi
institutni tashkil etish bo‘yi¬cha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar—jami 10 ta hujjat imzolandi. Xitoy
rahbari ta’kidlaganidek, o‘zaro ishonch va hurmat, ikki tomonlama manfaatdorlikka tayangan
O‘zbekiston — Xitoy munosabatlari xalqlarimizning umumiy mulkidir. Ikki tomon¬lama aloqalar
yanada kengaydi. O‘zbe¬kistonda faoliyat ko‘rsa¬tayotgan 78 ta O‘zbekiston—Xitoy qo‘sh-ma
korxonasi ikki mam¬lakat o‘rtasida hamkorlikning ri¬voj¬lanib borayot¬ga¬nining dalilidir. 1992-
yil mart oyida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatildi. 1992-yil 19-
iyunda O‘zbekiston Prezidenti Islom Kari¬mov Janubiy Koreya Res¬pub¬likasiga davlat tashrifi
bilan bordi. Bu safar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy-texnikaviy aloqalarga
asos soldi. „O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik
asos¬lari to‘g‘risida“ deklaratsiya imzolandi. Savdo-iqtisodiy ayir¬boshlash haqida, O‘zbekiston
iqti¬sodiyotini rivojlantirishga mablag‘ sarflaydigan Janubiy Koreya ishbilarmonlariga
beri¬ladigan kafolatlar haqida bitimlar tuzildi. Madaniyat, maorif, ommaviy axborot, sayohat,
sport sohalarida bahamjihat ham¬korlik qilishning uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalari belgilab
olindi. Janubiy Koreyadagi DAEWOO Korporatsiyasi rahbariyati bilan Asakada avtomobil zavodi
qurishga kelishildi.
1992—1996- yillarda „O‘zDAEWOOavto“ O‘zbekiston —Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil
zavodini loyihalashtirish, qurish ishlari amalga oshirildi. Zavod 1995-yil 25-mart kuni avtomobillar


ishlab chiqarishni boshlab yubordi. O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-
mamlakat bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1999- yil 4—6- okta¬br kunlari Koreya Respublikasiga
tashrifi ikki mamlakat o‘rta¬sidagi hamkorlikning yanada kengayishida muhim ahami¬yatga ega
bo‘ldi. Koreya Respublikasi yangi Prezidenti Kim De Jung bilan Islom Karimov XXI asrda
yangicha ruhdagi sheriklik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Koreyadagi yirik Eksimbank
bilan „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma korxonasini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha
kelishildi. „O‘z¬DAEWOO¬¬avto“ zavodida „Neksiya-2“ va „Matiz“ ru¬sum¬li avtomobillar ishlab
chiqarish, Тoshkentda „DAEWOO“ rusumli avtodvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona barpo
etish loyi¬halarini amalga oshirishga birgalikda sarmoya ajratish haqida hujjatlar imzolandi va
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston bilan Koreyaning „Kobul Тekstayl“ kompa¬niyasi o‘rtasidagi
hamkorlik yildan yilga chuqurlashib bor¬moqda. Mazkur kompaniya O‘zbekistonga 250 mln
AQSH dollari hajmida sarmoya kiritdi va o‘zlashtirildi. „Kobul Тeks¬tayl“ ishtirokida Тoshkent,
Тo‘ytepa va boshqa shahar¬larda qo‘sh¬ma korxonalar barpo etildi va xaridorgir,
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, O‘zbekistonning Koreya Respublikasi bilan hamkorligi kengayib bormoqda. 1999-
yilga qadar O‘zbekistonga Koreyadan 1,2 mlrd AQSH dollari hajmida sarmoya kirib keldi va
o‘zlashtirildi. O‘zbekistonda 70 dan ortiq Koreya hamkorligida barpo etilgan qo‘shma korxonalar
faoliyat ko‘rsatmoqda. Ikki mamlakat o‘rta-sidagi tovar ayirboshlash hajmi 1997-yildayoq 1 mlrd
AQSH dollaridan oshdi.
O‘zbekiston Sharqning rivoj¬lan¬gan mam¬lakatlaridan biri — Yaponiya bilan ham hamkorlik
qilmoqda. Yaponiya 1991-yildayoq O‘zbekiston mustaqil¬ligini tan oldi, 1992- yilda o‘zaro
diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1994- yil 16—19- may kunlari O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimov boshliq davlat dele¬gatsiyasi rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Safar paytida
„O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasida munosabat¬larning asosiy prinsiplari haqida“ qo‘shma
bayonot, tashqi ishlar bo‘yicha munosabatlar haqida hujjat imzolandi. O‘zbekiston
delega¬t¬si¬yasi mashhur „Panasonik“ konsernida bo‘ldi va uning rahba¬riyati bilan
O‘zbekistonda filial ochishga kelishildi. Respub¬lika¬miz shaharlarida „Panasonik“
mah¬sulotlarini sotish yo‘lga qo‘¬yildi. Yaponiya O‘zbekistonga 156,1 mln AQSH dollari hajmida
beg‘araz yordam berdi. O‘zbekistonda Yaponiyaning dunyoga mashhur „Mitsui“, „Mitsubisi“,
„Itochu“, „Sumitoto“, „Тomen“, „Marubeni“, „Nishe Ivai“ korporatsiyalarining doimiy
vakolatxonalari faoliyat ko‘rsat-moqda. Ular bilan O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi
o‘rta¬sida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolangan. Yaponiya hukumati, o‘nlab firma va
kompaniyalari Ko‘k¬dumaloq, Sho‘r¬tan neft-gaz konini o‘zlashtirishda, Buxoroda neftni qayta
ish¬lash zavodini qurishda, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini ta’mir¬lashda, telealoqa
tarmoqlarini ta’mirlashda o‘z sarmo¬yalari bilan qatnashdi. O‘zbekiston Yaponiya bilan hamkorlik
qilishga alohida e’tibor berayotganligi sababli 1999-yil aprel, 2001-yil may oylarida Yaponiyaning


„Keydzay Doyukay“ Korporativ rah¬barlar uyushmasining prezidenti Koichi Minaguchi
bosh¬chi¬ligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu uyushma Yaponiyadagi eng yirik
kompaniya va korporatsiyalarning 1600 ga yaqin rahbar xodimlaridan tashkil topgan. „Keydzay
Doyukay“ uyushmasi tashabbusi bilan Yaponiya O‘zbekistonga imtiyozli kreditlar ajratmoqda.
Yaponiya hukumatining „Тaraqqiyotga rasmiy yordam“ dasturi doirasida O‘zbekistonda
telekommunikatsiya, transport infratuzilmasi va ta’lim sohalaridagi loyihalar ijrosi uchun 873,2
mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli davlat krediti berildi. Yaponiya xalqaro hamkorlik banki esa
yoqilg‘i-energetika va to‘qimachilik sohalari uchun O‘zbekistonga 812 mln AQSH dollari
miqdorida kredit berdi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2002- yil 28—31- iyul kunlari
Yaponiya hukumatining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi. Yaponiya bosh
vaziri Dzunitiro Koidzumi va imperator Akixito bilan samimiy uchrashuvlar, suhbatlar bo‘lib o‘tdi.
Тashrif natijasida O‘zbekiston Respub¬likasi va Yaponiya o‘rtasida: • do‘stlik, strategik sheriklik
va hamkorlik to‘g‘risida Qo‘sh¬ma bayonot; • iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va
O‘zbe¬kistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida Qo‘shma bayonot; • ikki mamlakat
Тashqi ishlar vazirliklari hamkor¬ligi, O‘zbe¬kiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirli¬gining
„Mitsu¬bisi“, „Mitsui“, „Marubeni“, „Nishe Ivai“ korporatsiyalari bilan hamkorligi, O‘zbekiston
Tashqi iqtisodiy faoliyat banki bilan „Bank of Tokio-Mitsubisi“ o‘rtasida imtiyozli kredit
borasidagi va boshqa jami 14 ta hujjat imzolandi. Yaponiyaning „Isuzu Motors“ kompaniyasi bilan
hamkorlikda Samarqand avtomobil zavodida „Isuzu“ rusumli avtobuslar, yuk, chiqindi tashish
mashinalari, ko‘tarma kranlar ishlab chiqarilmoqda. Islom Karimov Тokiodagi „Vaseda“ va „Soka“
universitetlarida bo‘ldi va mazkur universitetlarning faxriy doktori unvonlariberilgan. Islom
Karimov „Vaseda“ universiteti rektori Тakayasi Okushimaga va arxeolog olim Kyudzo Katoga
O‘zbekist¬onning „Do‘stlik ordeni“ni taqdim etdi. „Soka“ universiteti hududida Alisher Navoiyning
haykali o‘rnatilgan. Safar natijasida O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik yangi,
strategik bosqichga ko‘tarildi.
1995—2010-yillarda Yaponiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan moliyaviy mablag‘lari
miqdori 2,3 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yildan yilga oshib
bormoqda. O‘zbekistonda 10 dan ortiq O‘zbekiston—Yaponiya qo‘shma korxonalari barpo etildi
va faoliyat ko‘rsat¬moqda. 2000—2010- yillarda Yaponiya granti asosida 206 nafar
o‘zbekistonlik talaba ushbu mamlakatda ta’lim olib, magistr darajasiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011- yil 8—10- fevral kunlari Yaponiyada amalga
oshirilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan va Imperator Akixito bilan
uchrashuvlari natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida Qo‘shma bayonot,
taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi, iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Shuningdek, Yaponiyaning yirik kompaniyalari bilan O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan neft-gaz,
kimyo, energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoatida Yaponiya texnologiyalari va
investitsiyalarini jalb qilish to‘g‘risida kelishuv hujjatlari imzolandi. O‘zbekistonning Тinch okean
havzasi mamlakatlari— Malayziya va Indoneziya bilan davlatlararo aloqalari o‘rnatildi. Bu borada


O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasining 1992- yil iyun oyidagi
Malayziya va Indone¬ziyaga safari muhim ahamiyatga egadir. Safar kunlarida O‘zbekiston va
Malayziya o‘rtasida iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Shuningdek,
O‘zbe¬kiston va Indoneziya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma axborot, ikki
tomonlama munosabatlar bo‘yicha qo‘shma bayonot, iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida
bitim imzolandi. 1995- yil 8—10- aprel kunlari Indoneziya Respublikasi prezidenti Suxarto rasmiy
tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Muzokaralar nihoyasida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov va
Indoneziya Prezidenti Suxarto O‘zbekiston Respublikasi bilan Indoneziya Respublikasi
o‘rtasidagi munosabatlar va hamkorlik tamoyillari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonnoma imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi sayyohlik sohasidagi ham¬korlik haqidagi memorandum
hamda ikki mamlakat poytaxtlari oralig‘ida samolyotlar qatnovini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi
hukumatlararo bitim imzolandi. O‘zbekistonning Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi Vyetnam
Sotsialistik Respublikasi, Kambodja, Тailand, Avstraliya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy-
diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yildi, iqtisodiy va madaniy hamkorligi rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqillikning
dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil 15—16- fevral kunlari AQSH davlat kotibi Jeyms
Beyker O‘zbekis¬tonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplo¬matik aloqalar
o‘rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Тosh¬kentda birinchi bo‘lib, AQSHning elchixonasi ochildi. 1993-
yil 14- sentabrda AQSH davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Strob
Тalbot O‘zbekis¬tonda bo‘ldi va O‘zbekiston Prezidenti bilan hamkorlik qilish masalalarida
suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi,
O‘zbekistonning NAТO „Тinchlik yo‘lida hamkorlik“ dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH
armiyasi o‘quv-mashq markazida tinchlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bo‘linmasi ishtirok etdi. O‘zbe¬kiston bilan AQSH o‘rtasida
sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida, ikki yoqlama soliq olmaslik
to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Тoshkent — Nyu-York o‘rtasida bevosita havo yo‘li ochildi.
O‘zbekiston Prezi¬denti I.Karimov 1995- yilda — BMТ yubiley sessiyasi kunlarida AQSH vitse-
prezidenti Albert Gor bilan uchrashdi. Uchra¬shuvda jahon va mintaqaviy xavfsizlik masalalari,
ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashindi. Ikki mam¬lakat
o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqa¬larga ko‘mak berish maqsadida Amerika—O‘zbekiston
savdo palatasi tuzildi. Palata savdo va investitsiya munosa¬batlarining rivojlanishi uchun katta
imkoniyatlar yaratdi. O‘zbekistonda 1996- yil boshlarigacha amerikalik sarmoyadorlar ishtirokida
200 ta „O‘zbekiston—Amerika“ qo‘shma korxonalari tashkil topdi va faoliyat ko‘rsatdi. Bular
orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntov AQSHning Nyumont Mayning
korporatsiyasi bilan hamkorlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumush ajratib oluvchi „Zarafshon-
Nyumont“ qo‘shma korxonasi bor. Bu korxonada 2002- yilgacha 83 tonna oltin tayyorlandi.
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996- yil 23—28- iyun kunlarida AQSHda bo‘lishi
O‘zbekiston va Amerika muno¬sabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. I.Karimov AQSH Prezidenti


Bill Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rta¬sidagi munosabatlarni chuqurlashtirish, tomonlar
manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muho¬kama etildi. Bill Klinton
AQSH ma’muriyati Markaziy Osiyo mamlakatlarining mustaqilligi, barqarorligi va ravnaqidan
manfaatdor ekanini, O‘zbekiston bilan qalin munosabatlar o‘rnatishni istayotganini,
O‘zbekistonning tezroq dunyo ham¬jamiyatiga integratsiyalashuvi yo‘lida yordam berajagini
ta’kidladi. I. Karimov bilan B. Klinton uchrashuvi ikki mam¬lakat o‘rtasidagi munosabatlarga
siyosiy zamin hozirladi. 1996- yil 25- iyun kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchi¬xonasi ochildi,
bu marosimda O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov AQSH davlat departamentining MDH davlatlari
bo‘yicha vakili J. Kollinz qatnashdi. O‘zbekiston Prezidenti AQSHdagi Xorijiy xususiy sar¬moyalar
korporatsiyasining Vashingtondagi qaror¬gohida o‘tkaz¬gan brifingda, Xyuston shahrida
O‘zbekiston gaz va neft sanoatiga bag‘ishlangan, Denver shahrida O‘zbekiston tog‘-kon sanoati
imkoniyatlari va boy tabiiy resurslariga ba¬g‘ish¬langan konferensiya hamda ko‘rgazmalarda
qatnashdi va nutq so‘zlab, O‘zbekistonda chet el sarmoyalari va biznesi uchun yaratilgan qulay
iqtiso¬diy, huquqiy, siyosiy sharoitlar to‘g‘risida batafsil axborot berdi. Bu tadbirlarda AQSHning
70 dan ortiq moliya, tog‘-kon sanoati, ishlab chiqarish bilan mash¬g‘ul yetakchi kompaniyalar
rahbarlari ishtirok etdilar. „O‘zbek-neftgaz“ milliy korporatsiyasi bilan „Enron“ korpo¬ratsiyasi va
OPEK o‘rtasida loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va sug‘urta qilish to‘g‘risida protokol,
O‘zbe¬kiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan „Keys“ korporatsiyasi o‘rtasida lizing
kom¬paniyasi tuzish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash va
sug‘urta qilish to‘g‘risidagi protokol bo‘yicha OPEK ajratadigan 400 mln AQSH dollari
O‘zbekistonda gaz sanoatini rivojlantirishga xizmat qiladi. 1996- yil birinchi yar¬mi¬gacha OPEK
ishtirokida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 200 mln dollarlik AQSH sarmoyasi kiritildi. O‘zbekiston
delegatsiyasining Тexas shtatining poytaxti Xyustonga safari chog‘ida neft va gaz sanoati
bilan bog‘liq bo‘lgan yirik korporatsiya va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi.
„O‘zbekneftgaz“ korporatsiyasi va „Тeksako“ kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish
to‘g‘risida ta’sis shartnoma, „O‘zbekneftgaz“ bilan „Enron Oyl Gaz Interneyshnl“ o‘rtasida gaz
konlarini izlab topish va ishga tushirish bo‘yicha qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida shartnoma
imzolandi. Shartnomada Amerika-ning moylash mate¬riallari ishlab chiqarish texno¬logiyalarini
O‘zbekis¬tonga keltirish ko‘zda tutiladi. Prezident I. Karimov va Тennessi shtatining gubernatori
Т. Sandkvest o‘rtasida O‘zbekistonda „Gazomotors“ va „Gazkompressor“ qo‘shma korxonalari
tuzish to‘g‘risida hujjatlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasining Kolorado shtatiga safari
chog‘ida I. Karimov va Kolorado shtati gubernatori R. Romer o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim
imzolandi. 28-iyun kuni I. Karimov „Nyumont Mayning“ korpo¬ratsiyasining bosh qarorgohiga
tashrif buyurib, uning prezidenti R. Kembri bilan uchrashdi, muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv
chog‘ida O‘zbekiston davlat geologiya qo‘mitasi bilan „Nyumont Mayning“ o‘rtasida oltin
konlarini qidirib topish borasida qo‘shma korxona tuzish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston
davlat geologiya qo‘mitasi, „Nyumont Mayning“ va „Mitsui“ korporatsiyalari o‘rtasida oltin
konlarini birgalikda ishga tushirish sohasida bitim imzolandi. Safar chog‘ida imzolangan hujjatlar
Amerika biznesi va sarmoya¬larining O‘zbekistonga erkin kirib kelishi uchun yanada keng yo‘l


ochdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash,
o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish yo‘lidan bormoqda. O‘zbekistonda AQSHning 28 ta
kompaniya, firma va banki o‘z vakolatxonalarini ochgan. Bular qo‘shma korxonalar barpo etish,
savdo-sotiqni kengaytirish ishiga ko‘maklashmoqda. 2001- yilda O‘zbekistonda AQSH bilan
hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar soni 70 dan ortdi. AQSH sarmoyasi ishtirokida
respublikamizda barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik,
gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommu¬nikatsiya va ta’lim sohalarida samarali
faoliyat ko‘rsat¬moqda. „Zarafshon-Nyumont“, „O‘z-Тeksako“, „O‘z-Keys¬mash“, „O‘z-
Keystraktor“, „O‘z-Eksayd“, „BiEyAy“ning Xo‘jaobod gaz ombori qurilishi, „ABB Lum¬mus Global“
bilan hamkorlikdagi Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbekistonning AQSH
bilan savdo aylanmasi 300 mln AQSH dollaridan oshdi.
2001- yil 11- sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodir etgan fojiali voqealar paytida
O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib AQSH hukumatining Xalqaro terrorizmga qarshi aksil¬terror
koalitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib chiqdi.
„Shuni katta mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz zarurki, jahon hamjamiyati xalqaro terrorizmga — bu
jirkanch balo-qazoga qarshi e’lon qilingan kurashda davlatimiz va jamiyatimiz ham qat’iy bel
bog‘laganini dunyo maydonida bugun ko‘pchilik tan olmoqda va O‘zbekistonimizga hurmat-
e’tibor bilan qaramoqda.“
Islom Karimov. „O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari“. „Xalq so‘zi“, 2002- yil 30- avgust.
O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi 1991- yildan 2001- yil sentabrgacha davlat ahamiyati
darajasida 28 ta tashrif qayd etilgan bo‘lsa, 2001- yil sentabrdan 2002-yil apreligacha esa 20
taga yaqin ana shunday tashriflar amalga oshirildi. 2002- yil 11—14- mart kunlari O‘zbekiston
Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezident Jorj Bush taklifiga binoan
rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J. Bush va martabali hukumat
vakillari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Тomonlar xalqaro
ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-
texnikaviy, iqtisodiy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Тashrif yakunida „O‘zbekiston bilan
AQSH o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida deklaratsiya“, ilmiy-texnikaviy
tadqiqotlar, yadroviy materiallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olishda hamkor¬lik,
moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator hujjatlar imzo¬landi. Eng muhimi, AQSH ni sinovli damlarda
qo‘llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomo¬ni¬dan
„Xalqaro miqyosdagi lider“ mukofoti bilan taq-dirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining
O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir. O‘zbekiston Respublikasining jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli
aloqalarni yo‘lga qo‘yish va tobora chuqurlashtirish alohida o‘rin tutadi. 1996- yil 21- iyunda


Florensiya shahrida imzolangan O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi „Sheriklik va
hamkorlik to‘g‘risidagi bitim“, uning 1999- yil 1- iyulda kuchga kirishi mamlakatimizning Yevropa
Ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarining huquqiy negiziga aylandi. O‘zbekistonning
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalari
yildan yilga rivojlanib, chuqurlashib bormoqda. 2005- yilgacha res¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬-pub¬¬lika-
¬mizda Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning 145 firma va kompaniyasi vakolatxonalari
akkreditatsiya qilindi. Yevropalik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 491 ta korxona
faoliyat ko‘rsatadi, ulardan 111 tasi yuz foizlik Yevropa kapitaliga ega. 1995—2002- yillarda
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining firma va kompaniyalari respublikamizda umumiy qiymati
qariyb 8 mlrd AQSH dollarilik yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda qatnashdi. 2002-
yilda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan mahsulot ayirboshlash hajmi 1 mlrd
65,8 mln AQSH dollarini, 2003- yilda esa 1,2 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. O‘zbekiston
Prezidenti Islom Karimovning 2011- yil yanvar oyida Bryusselga tashrifi O‘zbekistonning
Yevropa Ittifoqi va NATO bilan munosabatlarining yangi sahifasini ochdi. Islom Karimovning
Yevropa Ittifoqi Komissiyasi Prezidenti J.M. Barrozo va NATO Bosh kotibi A.F. Rasmussen
bilanmuzokaralari natijasida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi va NATO o‘rtasida mintaqaviy va
global xavfsizlik hamda energetika kabi strategik masalalarga doir qator hujjatlar imzolandi.
Mazkur kelishuvlar O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi va NATO o‘rtasida o‘zaro manfaatli
hamkorlikni rivojlantirishga, afg‘on muam¬¬-mo¬sini hal etishning muqobil yo‘llarini topishga
xizmat qiladi. O‘zbekistonda Yevropa Ittifoqining vakolatxonasini ta’sis etish to‘g‘risida bitim
imzolandi. Mazkur tashrif chog‘ida imzolangan hujjatlar O‘zbekistonda hamkorlik qilishga
qiziqayotgan yevropalik sarmoyadorlar uchun katta imkoniyatlar ochdi. NATO rahbariyati
O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni saqlash, qo‘shni Afg‘onistondagi harbiy mojaroning
yechimini topishda yordamini yuksak qadrlashini bildirdi. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqining
a’zosi, ulkan iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy salohiyatga ega bo‘lgan Germaniya bilan o‘zaro
manfaatli aloqalari kengayib bormoqda. O‘zbekiston Pre¬zidentining Germaniyaga 1993-yil 28-
aprel kuni boshlangan va besh kun davom etgan rasmiy tashrifi O‘zbekiston bilan Germaniya
o‘rtasida munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyatga egadir. Ayni paytda bu safar
respublikamizga Yevropa sari katta yo‘lni ochdi. I. Karimov GFR Federal prezidenti Rixard fon
Vay¬zenker va Federal kansleri Gelmut Kol bilan samimiy, o‘zaro tenglik asosida, ishonch va
qat’iyat bilan suhbatlashdi. Ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlik to‘g‘risida, sarmoyalar
qo‘yishni amalga oshirish va o‘zaro himoya qilishga ko‘maklashish to‘g‘risida, ilmiy tadqiqotlar va
mutaxassislar fondini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolandi. O‘zbekiston delegatsiyasi
Germaniya sanoatini o‘rga¬nishga katta e’tibor berdi. Safar samarali bo‘ldi, jiddiy va istiqbolli
munosa¬batlar o‘rnatishga, bo‘lajak hamkorlik imoratiga poydevor qo‘yildi. „Doyche-bank“,
„Mercedes-Benz“ va „Simens“ kompaniya¬lari¬¬¬ning rahbarlari bilan uchrashuv¬lar bo‘ldi, ular
bilan hamkorlik qilish haqida kelishib olindi. Safar natijalariga ko‘ra O‘zbekiston—Germaniya
hamkorligi masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzildi. Тoshkentda ikki tomonlama
savdo-iqtisodiy palata tashkil etildi, GFRning elchixonasi ochildi. 1994- yil 1- sentabrda GFR


poytaxti Bonnda O‘zbekiston Respublika¬sining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi. Hozirgi
paytda elchixona Germaniyaning yangi poytaxti Berlin shahrida faoliyat yurit¬moqda. „Тoshkent
—Frankfurt“ havo yo‘li yo‘lga qo‘yildi, O‘zbe-kistonda „Doyche-bank“ning bo‘limi faoliyat
ko‘rsatmoqda. 1995- yil aprelda Germaniya Federal Prezidenti Roman Gersogning
O‘zbekistonda bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamladi. Roman
Gersog O‘zbe¬kistonda istiqomat qilayotgan 50 mingdan ortiqroq nemis millatiga mansub
O‘zbekiston fuqarolarining hayoti bilan tanishib, ular uchun teng imkoniyatlar yaratilganidan
mamnun bo‘ldi. Germaniyaning „Geydelberg“ firmasi O‘zbekistonda nashriyot-matbaa sohasida
hamkorlik qilayotgan yirik kompaniyadir. „Geydelberg“ firmasi asbob-uskunalari bilan Yangiyo‘l
kitob fabrikasi, Тoshkent va Nukus poligrafiya kombinatlari, Samar¬qanddagi „Тong“ nashriyoti
qayta jihozlandi. O‘zbekis-tondagi „Rastr“ va „Groteks“ nashriyotlari „Geydelberg“ firmasi
texno¬logiyasi asosida ishlamoqda. Natijada maktablar uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalari va
boshqa turdagi nashriyot mahsulotlari ishlab chiqarish ancha yaxshilandi. 2001- yilda
O‘zbekiston—Germaniya—Rossiya hamkorligidagi „Namangan qog‘oz“ qo‘shma korxonasi qurilib,
ishga tushirildi. O‘zbekiston¬ning Germaniya bilan hamkorligi boshqa sohalarda ham kengayib
bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning 2001- yil 2—5- aprel kunlari Germaniya
Federativ Respublikasiga, Germaniya Federal kansleri Gerxard Shryoderning 2002- yil 9—10-
may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy safarlari O‘zbekiston—Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro
manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tardi. Ikki mamlakat tadbirkorlari va rasmiy doiralari
o‘rtasida aloqalar kengayib bormoqda. 1997- yilda O‘zbekistonda 55 ta Germaniya
kompaniyasining vakolatxonalari faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001- yilda bu ko‘rsatkich 80 taga
yetdi. Ularning eng yiriklari „Xobas TAPO“, „Xiva Karpet“ va boshqalardir. 2003- yilda
germaniyalik sarmoyadorlar ishtirokida yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash, farmatsevtika sanoati, transport va boshqa sohalarda tashkil
etilgan 138 ta korxona faoliyat ko‘rsatdi, ulardan 40 tasi yuz foizlik Germaniya kapitaliga ega.
O‘zbekistonga kiritila¬yotgan Germaniya sarmoyalari hajmi 2001- yildayoq 1 mlrd AQSH
dollaridan oshdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2001- yilda 283,3 mln AQSH
dollarini tashkil etdi. Germaniya Federativ Respublikasi O‘zbekistonning Yevro¬padagi eng yirik
iqtisodiy hamkoridir. 1994- yil 9—12- iyun kunlari O‘zbekiston davlat delegatsiyasi Niderlandiya
(Gollandiya)da bo‘ldi, qirolicha Veatriks va hukumat boshlig‘i — bosh vazir Rudolf Lyubbers bilan
ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida suhbatlar bo‘ldi. O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari kun
davomida dehqonlar va chorvadorlar xo‘jaligida bo‘ldi, ular bilan suhbatlashdi, ko‘p narsalarni
o‘rganishdi. Safar natijasida O‘zbekiston va Gollandiya o‘rtasida davlatlararo muno¬sabatlar
prinsiplari haqida bayonot va savdo-iqtisodiy hamkorlik haqida protokol imzolandi. Gollandiya
agrar xo‘jaligi texnologiyasi, urug‘ va nasllari, mehnat usullaridan O‘zbekistonda foydalanishga
kelishildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Gollandiya kartoshka urug‘lari ekilib, mo‘l hosil
yetishtirilmoqda. O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish va rivojlantirish
muhim ahamiyatga ega. 1993- yil 28—30- oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining
Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka asos soldi. Prezident I. Karimov


Fransiya Prezidenti F. Mit¬teran, Fransiyaning boshqa rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari bilan
do‘stona suhbat va samarali muzokaralar yuritdi. F.Mitteran qabul marosimida nutq so‘zlab:
„Hozirgi siyosiy vaziyatda Markaziy Osiyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan mustaqil O‘zbekiston
Sharq bilan G‘arb o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lishi mumkin. Ko‘p asrlik tarix teran an’ana¬larga
ega bo‘lgan, insoniyatning faxriga aylangan alloma¬larni yetkazib bergan O‘zbekiston doimo
fransuzlarning diqqatini tortib kelgan. Bu tashrifdan keyin shuni ishonch bilan aytish mumkinki,
mamlakatingiz biz uchun yanada yaqin bo‘lib qoldi“, deb ta’kidladi. Bu Vatanimiz to‘g‘risida, uning
shon-shuhratini ulug‘lovchi xolisona, oliyjanoblik bilan berilgan bahodir. Safar natijasida Parijda
„O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respub¬likasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida
shartnoma“, madaniyat, ilmiy-texnikaviy va maorif sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitim,
sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya¬lash to‘g‘risida bitim imzolandi. Mamlakatimiz
rahbarining Parij Xartiyasini imzo¬lashi res¬pub¬li¬kamizda demokratiyaning yanada rivoj¬lanishi,
shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa va boshqa taraqqiy etgan mamlakatlar bilan yanada
yaqinlashuvi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Milliy banki bilan Fransiyadagi yirik
„Kredit Kom¬mersial de Frans“ banki o‘rtasida muddaolar haqida bitim imzolandi, unda Buxoroda
neftni qayta ishlash zavodi qurish loyihasini pul bilan ta’minlash ko‘zda tutildi. Тaniqli „Elf-akiten“
neft-kimyo konserni, „Тexnip“ firmasi va boshqa kompaniyalar bilan Buxoroda neftni qayta
ishlash zavodi qurishga kelishildi. Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-sotiq hisob-kitoblarini
ta’minlab turgan „Kredit kommersial de Frans“ banki zavod qurilishini ham mablag‘ bilan
ta’minladi. O‘zbekiston bu bankka mablag‘ qo‘ydi, u hamkorlik uchun kafolat bo‘lib turibdi. Ana
shu hamkorlik va hujjatlar qatoriga 1994- yil 25—27- aprel kunlari Fransiya Prezidenti
F.Mitteranning O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan ikki mamlakat Tashqi
ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida fuqarolarning
erkin harakati haqidagi bitimlar, shuningdek, havo transporti sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi
deklaratsiyalar qo‘shildi. 1996-yil aprel oyida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligidagi davlat
delegatsiyasining Fransiyaga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ikki tomonlama soliq
olmaslik to‘g‘risida konvensiya hamda moliyaviy protokol imzolandi. O‘zbekiston bilan Fransiya
o‘rtasida iqtisodiy, ilmiy, mada¬niy aloqalar kengayib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulot¬larini
qayta ishlash, oziq-ovqat, neft va gaz sanoati, qurilish va boshqa soha¬larda hamkorlik
qilinmoqda. O‘zbekiston xalqaro ishlarda katta tajriba va nufuzga ega bo‘lgan Buyuk Britaniya
bilan ham hamkorlik qilmoqda. 1993-yil 17—19-iyul kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi
malika Anna O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakatimiz bilan, xalqimizning turmush tarzi bilan tanishib,
Samarqand shah¬rining o‘lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketdi. 1993-yil 15-oktabr kuni
Buyuk Britaniya tashqi ishlar va hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Daglas Xogning
O‘zbekistonga safari chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniyat va ta’lim soha¬sidagi hamkorlik,
ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. 1993- yil 22—25- noyabr kunlari
O‘zbekiston Prezidenti I. Karimov boshliq respublikamiz delegatsiyasining rasmiyamaliy tashrif
bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligida bo‘lishi ikki mamlakat o‘rtasidagi
hamkorlik tarixida buyuk voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz rahbarini qirolicha Yeliza¬veta II, bosh vazir


J.Meyjor bilan samimiy, ochiq, o‘zaro manfaatli suhbatlari, muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Safar
samarali bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya qirolligi o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy
aloqalar to‘g‘risida shartnoma, sarmo¬yalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash to‘g‘risida
bitim, havo yo‘llarini ochish to‘g‘risida bitim, ikki mamlakat hududida fuqarolarning erkin yurishi
haqida memorandum imzolandi. Mashhur Rotshildlar banki hamda Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘ldi, ular bilan o‘zaro hamkorlik haqida bitimlar
tuzildi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonda oltin qazib olish korxonalari qurish
uchun 150 mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi. O‘zbekiston va „Lonro“ kom¬paniyasi o‘rtasida
imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadbirlar amalga
oshirilmoqda. Liverpul paxta assotsiatsiyasi rahbarlari bilan O‘zbekiston paxta tolasini jahon
bozorida sotish masalalari bo‘¬yicha muzokara- lar bo‘ldi. „Тoshkent—London“ havo yo‘lida
samolyot qat¬novining yo‘lga qo‘yilishi aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
1996- yilning boshlarida O‘zbe-kistonda Britaniya Kengashi bo‘limining ish boshlashi
ham¬kor¬likni mustahkamlash va kengaytirish yo‘lidagi yangi qa¬dam bo‘ldi. O‘zbekistonning
Finlandiya, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, Polsha, Vengriya, Chexiya,
Slovakiya, Xorvatiya, Bolgariya kabi Yevropa mamlakatlari bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy va
madaniy aloqalari o‘rnatildi va kengayib bormoqda. Shveysariyaning Altendorf shahrida
O‘zbekiston Savdo uyining ochilishi muhim voqea bo‘ldi. Bu maskan bugungi kunda savdo uyigina
bo‘lib qolmay, O‘zbekistonning Yevropa va jahonda biznes va savdo markazi hisoblanadigan
mamlakat — Shveysa¬riyadagi vakolatxo¬na¬siga ham aylandi. 1995-yil oktabrda Jenevada
„O‘zbekistonda xususiylashtirish: hamkorlik uchun imko¬niyatlar“ mavzusida konferensiya bo‘lib
o‘tdi. Shu yil noyabr oyida esa Londonda o‘tgan „O‘zbekistonda biznes“ konferen¬siyasida
iqtisodiy islohotlarning xususiyatlari muhokama qilindi. Shtutgartda bo‘lib o‘tgan „Buyuk ipak yo‘li
merosi: O‘zbekiston“ ko‘rgazmasi O‘zbekistonning aql-ziyo sohasida jahonda tutgan o‘rniga va
salohiyatiga berilgan katta baho bo‘ldi. O‘zbekiston Prezidentining Davosda har yili o‘tadigan
jahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etishi va anjumanda so‘zlagan nutqlari uning ishtirokchilarini,
davlat va hukumat boshliq¬larini, xalqaro moliya tashkilotlari, yirik banklar va kompaniya¬larning
rahbarlarini, qolaversa jahon biznesmenlarini O‘zbe¬kiston bilan, uning salohiyati bilan tanishtirdi,
O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston tashqi
siyosatining geografiyasi uzluksiz ken¬gayib bor¬moqda. U mustaqillikni mustahkamlashga,
xalq farovonligini va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan. O‘zbek diplomatiyasi xorijiy
mamlakat¬lardan sadaqa so‘rashga emas, ikki tomonlama manfaat¬dorlikka, insonparvarlikning
yuksak va oliyjanob prin¬siplariga tayanadi. Respublika Prezidenti I. Kari¬mov qaysi
mam¬lakatda bo‘lmasin, avvalo, ulardagi ilg‘or tajri¬bani o‘rganishga, foy¬dali narsalarni topishga,
ulardan foy¬dalanishga alohida e’tibor beradi. O‘zbekiston tashqi siyosatida iqtisodiy omillar hal
qiluvchi rol o‘ynaydi. Xorijiy mamlakatlardan respub¬likaga ilg‘or tex¬nolo¬giyalar, sarmoyalar
kirib kelishi, ko‘plab qo‘shma korxona¬larning qurilishi oqilona tashqi siyosatning natijasidir.


Respublikamizda xorijiy sarmoya ishti¬rokida barpo etilgan 2000 dan ortiq qo‘shma korxona
jahondagi 80 mamlakatdan kelgan sheriklari bilan bir¬galikda faoliyat ko‘rsatdi. Ular iste’mol
mollari, eksport uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarmoqda, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Jahondagi 80 dan ortiq xorijiy bank bilan o‘zaro munosa-batlar o‘rnatilgan. Mustaqillik yillarida
O‘zbekistonga kiritilgan chet el sarmoyalari 30 mlrd AQSH dollaridan oshdi. O‘zbekiston
jahondagi 140 mamlakat bilan savdo-sotiq qilmoqda. Har yilgi tovar ayirboshlash hajmi 6—8
mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ilg‘or mamlakatlar kadrlar tayyorlashda, bank sohasida va
boshqaruvda, ax¬borot tarmoqlarini yo‘lga qo‘yishda, yetakchi birjalar bilan aloqalar o‘rna¬tishda,
qonunchilik tajribasini o‘rga¬nishga respubli¬kamizga ko‘maklash-moqdalar.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni
yo‘lga qo‘yish va rivoj¬lantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amal¬ga oshirildi. O‘zbekiston
o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shni¬chilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va
faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning
mavqeyi yildan yilga mustah¬kamlanib bor¬moqda.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston va Тurkiya aloqalari haqida so‘zlab bering. 2. EKO qanday tashkilot?
O‘zbekistonning EKO bilan hamkorligi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 3. O‘zbekiston va Hindiston
o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari haqida referat yozing. 4. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar
haqida nimalarni bilasiz? 5. O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida qanday sohalarda
ham¬korlik qilinmoqda? 6. O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalar
ni¬malarda o‘z ifodasini topmoqda?
Xotima
Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi O‘zbekiston xalqi hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari uchun munosib turmush yaratish
erkinligini berdi. Jahon tarixi guvohlik beradiki, qadim zamonlardan boshlab u yoki bu
mintaqalarda yirik imperiyalar tashkil etilgan, ular ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga
bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ularning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik uchun kurashi
natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi. Mazlum xalqlarning
milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi, imperiyalar quladi.
Dunyodagi yirik imperiya bo‘lmish SSSRning qulashi, par¬chalanishi ham ana shu tarixiy qonuniy
jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi ham
obyektiv tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan milliy istiqlol uchun
kurashining qonuniy mevasidir. Тarixda bironta qaram bo‘lgan xalq o‘z mustaqilligini osonlikcha
qo‘lga kiritmagan. O‘zbekiston xalqi ham mustaqillikni qo‘lga kiritish yo‘lida minglab millatparvar
farzandlaridan judo bo‘ldi. Mustaqillikka erishilgandan keyin ham ichki va tashqi dush¬manlar
tomonidan o‘ta xavfli xurujlar uyush¬tirildi. 1991- yil oktabrda Oliy Kengashdagi hamda 1992- yil


yanvarda Тoshkentning talabalar shaharchasida uyushtirilgan tartibsizliklar, 1999- yil fevralda
Тoshkentda terrorchi guruhlar uyushtirgan portlashlar, 1999, 2000, 2001- yillarda Afg‘oniston
hududida o‘ziga uya qurib olgan terrorchi to‘dalarning chegaralarimizga bostirib kirishi, 2004-
yilda Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlarida, 2005- yilda Andijon shahrida tashkil
etilgan terrorchilik harakatlari kabi hollar xalq hamjihatligini buzish, mustaqil¬likka zarba berish
uchun qilingan harakatlar edi. Ming shukurlar bo‘lsinki, g‘animlarning barcha urinishlari barbod
bo‘ldi. Xalqimiz Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan „Тaraqqiyotning o‘zbek
modeli“ni ro‘yobga chiqarish yo‘lida bunyodkorona mehnat qildi. O‘zbekistonda demokratik
davlat poydevori barpo etildi. Davlat qurilishida demokratik tizim — qonun chiqaruvchi, ijro
etuvchi va sud hokimiyati barpo etildi. Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy, samarali, eng
maqbul tizimi — Prezidentlik Respub¬lika boshqaruvi yaratildi va amal qilmoqda.
Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi, demokratik davlatlarga xos parla¬mentarizm
shakllandi. Amalga oshirilgan siyosiy islohotlar natijasida fuqarolik jamiyati asoslari shakllandi.
Fuqarolarning manfaatlarini o‘zida ifoda etuvchi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari,
demokratik jamiyatning muhim omili bo‘lgan erkin ommaviy axborot vositalari vujudga keldi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyot tubdan isloh qilindi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish natijasida ko‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. O‘rta va kichik biznes rivojlandi,
mulkdorlar tabaqasi vujudga keldi, bozor infratuzilmasi shakl¬lantirildi. Iqtisodiyotning hayotiy
muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari, yirik korxonalar bunyod etildi.
Avtomobilsozlik sanoati yaratildi, don va yoqilg‘i mustaqilligiga erishildi. Mustaqillik yillarida boy
ma’naviy merosimiz, milliy an’ana¬larimiz, rasm-rusumlarimiz, diniy qadriyatlarimiz qayta tiklandi.
Ona tilimiz davlat turmushida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ta’lim, madaniyat,
sog‘liqni saqlash sohalari yuksaldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o‘zgardi, aholining
turmush saviyasi o‘sdi. Ma’naviy hayotimizda uyg‘onish yuz berdi, odamlarning tafakkuri va
hayotga munosabati o‘zgardi. O‘zbekistonning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib
tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini
ta’minladi, u dunyodagi nufuzli davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilmoqda. O‘zbekiston
o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritib, mustaqil taraqqiyot boshlaganiga 20 yil to‘ldi. Bu yillar
mohiyatan Vatanimiz tarixida sharafli va o‘ta mas’uliyatli davr bo‘ldi.
„O‘tgan davrning har bir yilini ahamiyati jihatidan tariximizning o‘n yilliklariga, hatto asrlariga
tenglashtirish mumkin, desak mubolag‘a bo‘lmaydi“.
Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 
Asarlar, 


6- jild. — T.: „O‘zbekiston“, 1998, 250- bet. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining QARORI
O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASINING DAVLAТ MUSТAQILLIGINI E’LON QILISH ТO‘G‘RISIDA
Oliy Kengash qaror qiladi: 1. Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash
bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin. 2. 1-
sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni deb belgilansin va 1991- yildan boshlab
bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Rayosati respublika Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi
takliflarni tayyorlasin hamda ularni Oliy Kengashning muhokamasiga kiritsin. 4. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar
Mah¬kamasi respublikaning mustaqilligini huquqiy jihatdan ta’min¬lashga qaratilgan qonunlar
loyihalari ustidagi ishlarni tezlashtirsin. 5. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi Ittifoqning
va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy va qonun chiqaruvchi idoralariga,
barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularning respublikaning davlat
mustaqilligi e’lon qilingan hujjatini tan olishga da’vat etadi.
Toshkent shahri, 1991- yil 31-avgust
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI TO‘G‘RISIDA OLIY KENGASH
BAYONOTI
O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni
e’tiborga olib, — xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga
asoslanib, — O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’u¬liyatni anglab, — shaxsning
huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi
Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, — millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy
mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot
kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat
barpo etishga intilib, — mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren
davlat — O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining, o‘z tarkibidagi Qora¬qal¬pog‘iston Respublikasi bilan birga,
hududi bo‘linmas va dahl¬sizdir. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlarga hududiy
da’volari bo‘lmay, u o‘z hududi va uning tabiiy boyliklariga nisbatan oliy huquqqa egadir. Davlat
hokimiyatining birdan bir sohibi O‘zbekiston Respublikasining ozod mustaqil xalqidir. O‘zbekiston
Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,
hokimiyat va boshqaruv idoralarining tizimini mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston ittifoqda yagona
iqtisodiy maydon vujudga keltirilishi, suveren va mustaqil davlatlar o‘rtasida mutlaqo teng
huquqli, o‘zaro manfaatli shartlarda siyosiy va iqtisodiy shartnomalar tuzilishi tarafdoridir.


O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fu¬qarolarning konstitutsiyaviy huquq va
erkinliklarini hamda
hududiy butunligini himoya qilish maqsadlarida Mudofaa ishlari vazirligi va milliy gvardiya tuziladi.
Respublika hududida joylashtirilgan SSSR Ichki ishlar vazirligining, SSSR Davlat xavf-sizligi
qo‘mitasining idoralari, shuningdek, ichki qo‘shinlar O‘zbe¬kiston Respublikasining huquqiy
tobeligiga olindi. O‘zbekiston Respublikasi SSSR Mudofaa vazirligining respublika hududida
joylashtirilgan harbiy qismlari va qo‘¬shilmalarini shakllantirish hamda ularga rahbarlik qilishga
haqli ekanligini ma’lum qiladi, jamoa xavfsizligini vujudga keltirishda va SSSR Ittifoqining
strategik qo‘shinlarini saqlashda qatnashadi. Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq subyekti
sifatida qatnashadi, uning asosiy maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini
qurol-yarog‘lardan holi qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish,
suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiq
o‘tkazishga, eng avvalo, harbiy kuch qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik, insoniyatning jahonshumul
muammolarini hal etishda davlatlar hamkorligi va xalqaro birdamligidan iboratdir. Bundan buyon
O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz
ustun deb e’tirof etiladi. O‘zbekiston Respublikasi oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda
barcha sheriklar bilan bevosita teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar
tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida yashovchi
barcha xalqlarga teng siyosiy huquqlarni va ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishda teng
imkoniyatlarni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasi irqchilikka, shovinizmga, millatchilikka,
xalqlarning huquqlarini cheklash yo‘lidagi har qanday urinishlarga qat’iyan qarshi chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar
ustunligini tan oladi.
O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbe¬kiston Respub¬likasi Oliy Kengashi¬ning navbatdan tashqari oltinchi
sessiyasida 1991- yil 31- avgustda qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining QONUNI
O‘ZBEKISТON RESPUBLIKASINING DAVLAТ MUSТAQILLIGI ASOSLARI ТO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston SSRning Mustaqillik deklaratsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi bayonotiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi
ushbu qonunni qabul qiladi. 1-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokra¬tik davlatdir. 2-modda. O‘zbekiston
Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U
o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi. 3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-
hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi. 4-modda.


O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi
o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas. 5-modda. O‘zbekiston
Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud
hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari
vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega.
Suveren O‘zbekiston Respublikasi hududida SSSR Qurolli Kuchlarini shakllantirish va ularga
rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 7-
modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir.
Respublika hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi,
tabiiy va boshqa resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy
boyligi, mulki hisoblanadi. 8-modda. Davlat mulki obyektlari, shuningdek, davlat korxonalari,
muassasalari va tashkilotlarining, shu jumladan Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va
oborot yoki boshqa fondlari hamda o‘zga mol-mulki, ichki kommunikatsiya, transport, aloqa va
ener¬getika tizimlari, respublika kartografiyasi va geodeziyasi O‘zbekiston Respublikasining
mulkidir. 9-modda. O‘zbekiston Respublikasining mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish respublika qonun¬lariga muvofiq amalga oshiriladi. Respublika hududida
joylashgan, Ittifoq qaramog‘ida bo‘lib kelgan davlat korxo¬nalarini aksiyali jamiyatlarga
aylantirish, ularni mulkning boshqa shakllariga o‘tkazish faqat O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarida ko‘zda tutilgan shartlar asosida va tartibda amalga oshiriladi. 10-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib
chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin
zaxirasini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta
jamg‘armalarida o‘z ulushiga ega. 11-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z pul birligi — milliy
valutasini joriy etishga, jami pul oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi
hajmlarini mustaqil belgilashga haqli. 12-modda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil moliya va
kredit siyosatini amalga oshiradi. Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar
O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va mahalliy budjetlarga tushadi. 13-modda.
O‘zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa
aloqalar o‘rnatadi, ular bilan muxtor vakillar ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro
tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin. 14-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning mustaqil subyekti bo‘lib, chet el inves¬titsiyalarini amalga oshirish shartlarini,
investorlarning huquq¬larini belgilaydi, o‘zining konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini
yaratadi, oltin va boshqa zaxiralarni, ayirbosh¬lanadigan valutani sotadi va sotib oladi. 15-
modda. O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq
holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi. O‘zbekiston Respublikasining barcha
fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va e’tiqodidan qat’i
nazar bir xil fuqarolik huquqlariga egadirlar, respublika konstitutsiyasi hamda uning qonunlari


himoyasida bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham
O‘zbekiston Respublikasining himoyasida bo‘ladilar. 16-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z
taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini aniqlaydi, o‘z davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis
etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari
muqaddasdir va ularni har qanday tahqirlash qonun bilan jazolanadi. 17-modda. O‘zbekiston
Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy butunligini va
mustaqilligini e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama
shartnomalar va bitimlar vositasida quriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston
Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin chiqish huquqini saqlab qoladi.
Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi 1991- yil 31-avgust Prezidenti I. KARIMOV
MUHIM VOQEALAR SOLNOMASI
1991- yil 31- avgust O‘zR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida Prezident
Islom Karimov O‘zbekiston Respub¬lika¬sining davlat mustaqilligini e’lon qildi. „O‘zbekiston
Respub¬lika¬sining Dav¬lat mustaqilligi asoslari to‘g‘¬risida“ Konstitutsiyaviy Qonun qabul
qilindi.
1991- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni — umumxalq bay¬rami.
1991- yil 28- sentabr Тoshkentda Alisher Navoiyga haykal o‘rnatildi. 1991- yil 1- noyabr
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi tashkil topdi.
1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilindi. „O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘¬risida“ Qonun qabul qilindi.
1991- yil 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasining „Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiy¬lash¬tirish to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qi¬lin¬di.
1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida referendum
o‘tkazildi.
1991- yil 29- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga umumxalq saylovi bo‘ldi. I. A.
Karimov O‘zbekiston Respublika¬sining Prezi-denti etib saylandi.
1991- yil dekabr O‘zbekiston MDH ga a’zo bo‘ldi.
1992- yil 4- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah¬kama¬sining Bosh vaziri lavozimi
ta’sis etildi.
1992- yil yanvar Viloyat, tuman va shaharlarda hokim lavo¬zimi ta’sis etildi.


1992- yil yanvar Millatlararo madaniyat markazi Respub¬¬lika Baynalmilal madaniyat markaziga
aylantirildi.
1992- yil yanvar O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi.
1992- yil 28- yanvar „O‘zbekiston havo yo‘llari“ Milliy aviakompaniyasi tashkil etildi.
1992- yil 26- fevral O‘zbekiston EXHТ ga a’zo bo‘ldi.
1992- yil 28- fevral Prezident farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlari universitetlarga
aylantirildi.
1992- yil 2- mart O‘zbekiston BMТ ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 16- mart Тoshkentda birinchi bo‘lib
AQSH elchixonasi ochildi.
1992- yil 27- mart Prezident farmoni bilan Iyd-Ramazon va Qurbon hayitining birinchi kunlari
bay¬ram va dam olish kunlari deb e’lon qi¬lindi.
1992- yil 30- may O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida davlatlararo
mu¬no¬sabatlarning asoslari, do‘stlik va ham¬korlik to‘g‘risida shartnoma imzo¬landi.
1992- yil iyun O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida 
davlatlararo munosabatlar va hamkor¬lik prinsiplari to‘g‘risida shartnoma imzo¬landi.
1992- yil O‘zbekiston EKO ga a’zo bo‘ldi. 1992- yil 2- iyul O‘zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi qabul qilindi.
1992- yil 2- iyul „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi. U 1996- yil 25- dekabrda yangi
tahrirda qabul qilindi.
1992- yil 25- avgust O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida davlatlararo munosabatlarning asos¬la¬ri,
do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1992- yil noyabr O‘zbekiston va Eron o‘rtasida davlatlar¬- aro munosabatlarning asoslari
to‘g‘ri¬sida deklaratsiya imzolandi.
1992- yil 8- dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1992- yil 10- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi. 1993- yil 14-
yanvar Vatan himoyachilari kuni.
1993- yil may O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va ham¬korlik
prinsiplari to‘g‘risida shart¬noma imzo¬landi.


1993- yil 2- sentabr O‘zbekiston Respublikasining „Fuqaro¬larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida“gi Qonuni qabul qilindi. 1999- yil 14- aprelda esa u yangi tahrirda qabul qilindi.
1993- yil sentabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMТ Bosh
Assamble¬yasining 48- sessiyasida nutq so‘zladi.
1993- yil sentabr Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi nishonlandi.
1993- yil oktabr Тoshkentda BMТ ning vakolatxonasi ochildi. 1993- yil 28—30- oktabr
O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
O‘zbekiston Prezidenti Parij Xartiyasini imzoladi.
1993- yil 29- oktabr O‘zbekiston UNESCO ga a’zolikka qabul qilindi.
1993- yil 1- noyabr O‘zbekistonda aholi qo‘lidagi rubl o‘rniga so‘m-kupon (1 so‘m-kupon 1 rublga
tenglashtirilgan holda) muo-malaga kiritildi.
1993- yil 22—25- noyabr O‘zbekiston Respublikasi bilan Buyuk Britaniya Qirolligi o‘rtasida o‘zaro
iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1993- yil 28- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida“ Qonun qabul
qi¬lindi.
1994- yil aprel Respublika „Ma’naviyat va ma’rifat“ jamoatchilik markazi tuzildi.
1994- yil 5- may „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni, „Mustaqillik“ ordeni ta’sis etildi.
1994- yil 16—19- may O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy prinsiplari
to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
1994- yil 1- iyul O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi — so‘m (1 so‘m kursi 1000 so‘m-
kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga kiritildi.
1994- yil 1- sentabr GFR poytaxti Bonnda O‘zbekis¬ton¬- ning Yevropada birinchi elchixonasi
ochildi.
1994- yil 22- sentabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬- si to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
1994- yil oktabr Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi jahon miqyosida nishonlandi. 1994- yil 4
—25- oktabar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning asosiy prinsiplari, o‘zaro
manfaatli hamkorlikni rivojlan-tirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi.
1994- yil 25- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬- si¬ga birinchi bor saylovlar bo‘lib
o‘tdi.


1995- yil 18- fevral „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil 23- fevral Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Majlis vakili (ombudsman) instituti ta’sis etildi.
1995- yil 26- mart O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolat muddatini 1997- yildan 2000-
yilgacha uzaytirish bo‘yicha referendum o‘tkazildi.
1995- yil 3- iyun Milliy tiklanish demokratik partiyasi tuzildi.
1995- yil iyul Тoshkentda EXHТ ning mintaqaviy byurosi ochildi.
1995- yil 21- dekabr O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda „Davlat tili to‘g‘risida“gi
Qo¬nu¬ni qabul qilindi.
1995- yil 21- dekabr „Fuqarolik kodeksi“ qabul qilindi.
1996- yil yanvar „Oltin meros“ xalqaro xayriya jam¬- g‘ar¬masi tuzildi.
1996- yil mart—avgust oylari „O‘zbekiston — Vatanim manim“ birin¬chi qo‘¬shiq¬lar ko‘rik tanlovi
bo‘¬lib o‘tdi.
1996- yil aprel Amir Тemur tavalludining 660 yilligi jahon miqyosida nishonlandi.
1996- yil 26- aprel „Amir Тemur“ ordeni, „Buyuk xiz¬- mat¬lari uchun“ ordeni ta’sis etildi.
1996- yil 25- iyun AQSH da O‘zbekistonning elchixonasi ochildi. 1996- yil iyul O‘zbekiston bilan
Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1996- yil 19- iyul „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma kor¬xona¬- sining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi.
„Damas“, „Тiko“, „Neksiya“ rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
1996- yil 27- avgust Prezident farmoni bilan har yili av¬- gust oyining uchinchi yakshanba kuni
qo‘¬shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Mavzu: „O‘zbekiston — Vatanim ma¬nim“.
1996- yil 1- sentabr Тoshkentda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi ochildi.
1996- yil 18- oktabr Тoshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi.
1997- yil 7- yanvar Iste’dodli yoshlarning chet elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida
„Umid“ jamg‘armasi tashkil etildi.
1997- yil 9—10- yanvar Bishkekda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘rtasida abadiy do‘stlik
haqida shartnoma imzolandi.
1997- yil 24- aprel „Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘ri¬sida“
Qonun qabul qilindi.


1997- yil 22- avgust Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi.
1997- yil 25- avgust – Samarqandda „Sharq taronalari“ 2- sentabr birinchi xalqaro festivali bo‘lib
o‘tdi. Har ikki yil¬da shunday festivalni o‘t¬ka¬zish an’ana¬ga aylandi.
1997- yil 29- avgust O‘zbekiston Respublikasining „Тa’lim to‘g‘risida“, „Kadrlar tay¬yor¬lash
Milliy dasturi“ haqidagi qo¬nun¬lari qabul qilindi. 1997- yil oktabr Buxoro va Xiva shaharlarining
2500 yilligi nishonlandi.
1998- yil 30- aprel O‘zbekiston Respublikasining „Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“, „Chet ellik
investorlar va investitsiyalarga kafolat berish to‘g‘risida“gi Qonunlari qabul qilindi.
1998- yil 30- aprel O‘zbekiston Respublikasining „Yer kadastri to‘g‘risida“, „Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida“, „Dehqon xo‘jaligi to‘g‘-risida“gi Qonunlari qabul qilindi.
1998- yil may O‘zbekiston alpinistlari Himolay tog‘i- ¬ning eng baland „Everest“ cho‘qqisiga
chiqdilar.
1998- yil 17- avgust „El-yurt hurmati“ ordeni ta’sis etildi.
1998- yil oktabr Samarqandda Imom al-Buxoriy tavallu¬dining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha
1225 yilligi nishonlandi, yodgorlik majmuyi ochildi.
1998- yil oktabr Farg‘ona shahrida Ahmad al-Farg‘o¬- niyga haykal o‘rnatildi, bog‘ yaratildi.
1999- yil 16- fevral Тoshkentda terrorchi kuchlar tomo¬- nidan portlashlar sodir etildi.
1999- yil mart „SamKochavto“ qo‘shma korxonasi ishga tushdi. „Otayo‘l“ rusumli avtobus va yuk
avtomobillari ishlab chiqarish bosh¬landi.
1999- yil 9- may Тoshkentda „Xotira maydoni“ maj¬¬¬¬¬mu¬a- ¬¬¬¬¬¬¬¬si¬¬ning ochilish
marosimi bo‘ldi.
1999- yil may Тoshkentda O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro kurash assotsi-atsiyasi tuzildi.
1999- yil Тoshkent Islom universiteti ochildi. 1999- yil 5- noyabr Jaloliddin Manguberdi
tavalludining 800 yilligi nishonlandi, uning xoti¬rasiga bag‘ish¬langan ulug‘vor haykal, yod-gorlik
majmuyi ochildi.
1999- yil 5- dekabr O‘zbekiston Respublikasi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisiga saylovlar bo‘¬lib
o‘tdi.


2000- yil 9- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ldi. I. A. Karimov
O‘zbe¬kiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2000- yil 12- may Тoshkentda „Shahidlar xotirasi“ yod¬- gorlik majmuyi ochildi.
2000- yil 21- iyun MDH sammitida terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qaror
qabul qilindi.
2000- yil 30- avgust „Jaloliddin Manguberdi“ ordeni ta’sis etildi.
2000- yil 16—17- noyabr Burhoniddin Marg‘inoniy tavallu¬- dining 910 yilligi va Imom Abu
Mansur Moturudiy tavalludining 1130 yilligi ni¬shonlandi, ular xotirasiga ba¬g‘ish¬langan
yodgorlik majmualari ochildi.
2001- yil 23- mart „Kamolot“ yoshlar-ijtimoiy harakati tashkil topdi.
2001- yil 24- aprel Navoiy—Uchquduq—Sulton
Uvaystog‘—
Nukus yo‘nalishi bo‘ylab
qurilgan yangi
temir yo‘lda dast-
labki yuk 
poyez¬di harakati boshlandi.
2001- yil 14—15- iyun O‘zbekiston „Shanxay forumi“ga a’zo bo‘ldi. Uning nomi Shanxay
Ham¬korlik Тashkiloti deb o‘zgartirildi.
2001- yil 14 —15- iyun Shanxay Hamkorlik Тashkiloti sam¬- mitida terrorchilik, ayirmachilik va
ekstremizm¬ga qarshi kurash haqida konvensiya imzolandi.
2001- yil iyun 4890 nafar o‘g‘il-qiz akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining birinchi
bitiruv¬chilari bo‘ldi.
2001- yil 17- avgust „O‘zDAEWOOavto“ qo‘shma kor¬- xonasi yangi rusumdagi „Matiz“
avto¬mobilini ishlab chiqara boshladi.
2001- yil avgust Тoshkent metrosi Yunusobod yo‘na¬- lishining 6 ta bekatdan iborat birinchi
qismi qurilib, foydalanishga topshi¬rildi.
2001- yil 16—17- noyabr „O‘zbekiston—Qozog‘iston davlat che¬- ga¬rasi to‘g‘risida“ shartnoma
imzolandi.


2001- yil dekabr Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.
2002- yil 27- yanvar Ikki palatali parlament tuzish masa¬- lasida O‘zbekiston Respublikasining
referen¬dumi bo‘lib o‘tdi.
2002- yil O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning 120 ta milliy madaniyat
markazlari faoliyat ko‘r¬satdi.
2002- yil 11—14- mart O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov rasmiy davlat tashrifi bilan AQSH da
bo‘ldi. „O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asoslari to‘g‘risida“
deklaratsiya im-zolandi.
2002- yil 2- aprel Тermiz shahrining 2500 yilligi ni¬- shon¬landi.
2002- yil 4—5- aprel „Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy
prinsiplari to‘g‘risida“ Konstitut¬siya¬viy Qonun qabul qilindi.
2002- yil 28—31- iyul O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, strategik sheriklik va
ham¬korlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi.
2002- yil 27- avgust Тoshkentda „Qatag‘on qurbonlari xoti¬- rasi“ muzeyi ochildi.
2002- yil 12- dekabr „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj¬- lisi¬ning Qonunchilik palatasi
to‘g‘ri¬sida“ Konsti¬tutsiyaviy Qonun qabul qilin-di.„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬sining
Senati to‘g‘risida“ Konsti-tutsiya¬viy Qonun qabul qilindi.
2003- yil 24- aprel „O‘zbekiston Respublikasining Kon¬stitutsiyasiga o‘zgartirishlar va
qo‘¬shim¬chalar kiritish to‘g‘risida“ Qonun qabul qilindi.
2003- yil oxiri O‘zbekiston Liberal-demokratik par- tiyasi tashkil topdi.
2004- yil 1- yanvar Toshkentda SHHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) fao- liyat
yurita boshladi.
2004- yil 16- iyun Toshkentda O‘zbekiston Respublika- si va Rossiya Federatsiyasi o‘rta- sida
strategik sherikchilik to‘g‘risi- da bitim imzolandi.
2004- yil 18- iyun — 13- iyul Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha jahon
chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
2005-yil 27- yanvar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisining Qonunchilik palatasi va Se- nati
tuzildi va faoliyat boshladi.


2005- yil 14- noyabr Moskvada O‘zbekiston—Rossiya o‘rta- sida ittifoqchilik munosabatlari
to‘g‘ri- sida shartnoma imzolandi va kuchga kirdi. 2006- yil 24—25- yanvar O‘zbekistonning
Yevrosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga qo‘shilish haqidagi protokol va shartnomalar imzolandi.
2007- yil 23- dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘ldi. I.A. Karimov O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2008- yil Yoshlar yili. 2009- yil 1- sentabr „O‘zbekiston“ xalqaro anjumanlar saroyida Toshkent
shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlis bo‘lib o‘tdi. Majlisda Prezident Islom
Karimov Toshkent shahriga „Musta- qillik“ ordenini topshirdi.
2009- yil 27- dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli- 2010- yil 10- yanvar siga saylovlar
va takroriy saylovlar bo‘lib o‘tdi.
2010- yil Barkamol avlod yili.
2010- yil 11- iyun Toshkentda SHHT Davlat rahbarlari Kengashining 10- majlisi bo‘lib o‘tdi.
2010- yil Prezident I.A. Karimov taklifiga binoan Oliy Majlis tomonidan „Mam- lakatimizda
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi“
qabul qilindi.
2011- yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2011- yil Toshkentda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ishtirokida tibbiyot sohasi- ning dolzarb
masalalari bo‘yicha sim- pozium bo‘lib o‘tdi.
2011- yil 1- sentabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat mus- taqilligining 20 yilligi jamoatchilik
tomonidan qizg‘in nishonlandi.
2011- yil Toshkentda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi Milliy ku- tubxonani o‘z
ichiga olgan Ma’rifat markazi binosi bunyod etildi.
2012- yil Mustahkam oila yili.
2012- yil fevral Toshkentda ta’lim va taraqqiyot mav- zusiga bag‘ishlangan xalqaro konfe-
rensiya bo‘lib o‘tdi. MUNDARIJA
Kirish 3 I bob. Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi 5
1- §. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining
e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi 5


2- §. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va davlat
ramzlarining qabul qilinishi 
18
3- §. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va
moddiy imkoniyatlari 
35
4- §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti 42
II bob. Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organla-
rining barpo etilishi
52
5- §. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li 52 6- §. O‘zbekiston Respublikasi parlamenti—Oliy
Majlis-
ning tashkil etilishi va qonunchilik faoliyati 
58
7- §. Milliy davlat boshqaruv hokimiyati tizimining
shakllantirilishi 
77
III bob. Fuqarolik jamiyati asoslarining shakllantiri-
lishi 89
8- §. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning tashkil
etilishi 
89
9- §. Inson huquqlari, erkinliklari kafolatlarining
va demokratik saylov tizimining yaratilishi 97


10- §. Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va
ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi 108
IV bob. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining
shakllanishi va iqtisodiy taraqqiyot 
121
11- §. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li,
huquqiy asoslari va bozor infratuzilmasining
yaratilishi 
121
12- §. Davlat mulkini xususiylashtirish. Ko‘p ukladli
iqtisodiyot va mulkdorlar tabaqasining shakllanishi 
133
13- §. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashuvi va
taraqqiyoti 
147
V bob. Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning
ta’minlanishi 170
14- §. Aholini ijtimoiy himoyalash va millatlararo totuvlikning mustahkamlanishi 170 15- §. Milliy
xavfsizlik va mamlakat mudofaa qobiliyatining
mustahkamlanishi 
181
VI bob. O‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti 190
16- §. Ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi va rivojlanishi 190 17- §. Тa’lim va
madaniyat ravnaqi. Jismoniy tarbiya va sport 209
VII bob. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiya-



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin