O`zbekiston respublikasi


«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan barkamol asardir. Unda o`zbek xalqi she`riy  dahosining buyuk qudrati namoyon bo`lgan. «Alpomish»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«Alpomish» dostoni badiiy jihatdan barkamol asardir. Unda o`zbek xalqi she`riy 
dahosining buyuk qudrati namoyon bo`lgan. «Alpomish» dostonida boshqa 
dostonlarga nisbatan mubolag`aviy uslub ustunlik qiladi. Bu asar xarakteridan, unda 
kuylangan voqealar ko`lamidan kelib chiqqandir. Dostonda Alpomish tilidan 
Shunday chiroyli mubolag`a beriladi: 


63 
Tikilsam quriydi daryoning gumi, 
Na`ra tortsam qular qo`rg`onning timi. 
Bunday mubolag`a changallasa tog`ni talqon qila oladigan, kuch-qudratda 
beqiyos, «Kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalmoq alplaridan ustun turgan 
Alpomishning azamatligini sifatlab bera oladi. 
Dostonda asar ruhiga mos ajoyib ko`chimlarni uchratamiz. 
Kechani munavvar qilar to`lin oy, 
Savashli kun tortiladi parli yoy. 
Shunindek, misralarni jilvalantiruvchi quyma badiiy tovush elementlarini 
istagancha topish mumkin: 
 
Suvda bo`lar suluv o`tning suyrug`i, 
Dostonda shunday satrlar borki, ularning ko`plari asrlar tajribasini o`zida 
mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko`tarilgan: 
1. Davlat qo`nsa bir chivinning boshiga, 
Semurg` qushlar salom berar qoshiga. 
2. Ushbu damning damlarini dam dema, 
Boshing eson, davlatingni kam dema. 
3. Xo`ja kelsa chiqar murid, naziri, 
Xotin bo`lmasmikan erning vaziri?! 
4. Zolim bilan hargiz bo`lmangiz yo`ldosh. 
5. Ot chopsa gumbirlar tog`ning darasi, 
Urushda bilinar mardning sarasi. 
6. Sozandalar sozin chertar qo`l bilan, 
Yomon odam kuydiradi til bilan. 
«Alpomish», hassos shoir Hamid Olimjon ta`biri bilan aytganda, «Ozod, 
erkin, mag`rur va go`zal odamlar haqida to`qilgan, shularni maqtab ko`klarga 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin