65
olingan dostonlarning deyarli
barchasi nashr ettirildi, ommalashtirildi. Xalq
dostonchilari orasida to`rtta shoirning nomi alohida tilga olinadi. Bu shoirlar o`zlariga
xos ijro uslublari bilan boshqalardan ajralib turadi. Quyida ular haqida muxtasar
ma`lumotlar berildi.
ERGASH JUMANBULBUL O`G`LI (1868-1937)
Qo`rg`on dostonchilik maktabining mashhur vakili ergash Jumanbulbul o`g`li
1868 yilda Nurota tumaniga qarashli Qo`rg`on qishlog`ida tavallud topgan. Uning etti
ajdodi shoir bo`lib, mashhur baxshilar sifatida tilga olingan.
Otasining Jumanbulbul
nomiga ega bo`lishi ham bu oiladagi shoirlikka bo`lgan iste`dodni namoyon qiladi.
1875-1876 yillarda Ergash Jumanbulbul qishlog`idagi maktabda tahsil oladi. Undagi
iste`dodni payqagan otasi o`g`lini Buxoro madrasasiga o`qishga beradi. Shu tufayli
ergash boshqa baxshilardan farqli o`laroq o`qish va yozishni
biladigan shoirlardan
bo`lib etishdi. U fors va arab tillarini ham mukammal o`rgandi. Nizomiy, Navoiy,
Mashrab kabi shoirlarning asarlarini o`qib o`rgandi. Uning madrasada tahsil olganligi
va mumtoz shoirlar ijodidan Yaxshi xabardorligi shoirdan yozib olingan dostonlardan
ham sezilib turadi.
Ergash shoir 18 yoshga etganda uning otasi vafot etadi. Keyinroq ukalari:
Abduxalil, Abdujalil, singlisi Mahkamoy birin-ketin vafot etadi. Bu musibatlar shoir
termalarida ham o`z aksini topgan. Shoirdan mashhur folklorshunoslar Hodi Zarif,
G`ozi Olim Yunusov, Muhammad Iso Ernazar o`g`li kabi olim va o`qituvchilar 40 ga
yaqin doston va termalar yozib olishgan. Ergash
Jumanbulbul haqida maxsus
monografiya, 200ga yaqin maqolalar yozilgan va bu maqolalarning bir qismi «Ulkan
xalq san`atkori» nomi bilan chop etilgan. «Bulbul taronalari» nomli 5 jildlik asarlari
nashr qilingan. Ergash shoir Samarqand, Zarafshon atroflaridagi qishloqlarda doston
va termalar aytib, tirikchilik qilishga majbur bo`lgan.
Bu safarlar shoirni mashhur
baxshi sifatida elga tanitgan. U doston kuylash bilan birga muttasil baxshichilik
mahoratini oshirib borgan va o`zi ham termalar yaratgan.
Ergash Jumanbulbul o`g`lidan «Ravshan», «Kuntug`mish», «Alpomish»,
«Qunduz va Yulduz», «Dalli», «Xush keldi», «Avazxon», «Hasanxon» singari o`nlab
dostonlar yozib olingan. Shoir ayniqsa «Go`ro`g`li» turkumiga
kiruvchi dostonlarni
zo`r mahorat bilan ijro etgan. Uning ijrosida yozib olingan «Ravshan» va
«Kuntug`mish» dostonlariga biror lavhani qo`shish ham undan ajratib olish ham
mumkin emas, deb ta`kidlaydi folklorshunos olim Omonulla Madayev.
Ergash
Jumanbulbul o`g`li mumtoz adabiyot ta`sirida tuyuq janriga o`xshash tajnisli
to`rtliklar ham yaratgan:
Dostları ilə paylaş: