86
Dadajon:-
«Koshki» edi. Bizga ham g`amxo`rlik qiladiganlar
«Bormikin» ?!
Mahmudjon: -
«Bu oqshom» filarmoniyaga keling, gaplashdim,
«Yaxshi-
Yaxshi» deyishdi.
Dadajon:-Ana
endi biz ham «Obod o`lkamdagi» «Mehnat ahli» ning
«Rohat»ini ko`rar ekanmiz -da.
Mahmudjon: - endi bundan keyin
«Oydin ko`chalar»da
«Qichqir
xo`rozim»ni aytishni bas qilarsiz.
Dadajon:-Siz ham bundan keyin sharmanda bo`ldim
«Naylayin» deb
yurmassiz
!
Ijro etilgan payrovdagi ashula nomlari tanqid qilingan
belgi-sayoqlikni fosh
etadi. Aniqrog`i, to`yma-to`y yuradigan taqlidchi hofizlarni hajviy kulgi ostiga oladi.
Askiyaning «Safsata», «O`xshatdim», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz
?»,
«Bo`lasizmi
?», «Qofiya» «Radif» kabi namunalari, asosan,
dialog shaklida davom
etadi. Savol-javoblarning har biri kichik hajmdagi epizodlardan iborat bo`ladi.
Askiyaning «O`xshatdim» turida tanqidga mo`ljal bo`lgan askiyaboz kulgili
narsa yoki jonivorga o`xshatiladi. Unga qarshi tomon ham shu xilda javob qaytaradi.
Askiyaning «Safsata» turi tarafkashlarning piching yo`lida
aytgan hazili
shaklida kechadi. Askiyaning «Bo`lasizmi
?», «Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?»
turlari shaklan «O`xshatdim»ga yaqin turadi. «O`xshatdim» turida tortishuv-
o`xshatish mantiqiy xulosaga etgunga qadar cho`ziladi, keyin o`xshatilgan askiyaboz
o`z raqibini o`xshatadi. O`xshatishdan maqsad maishiy-ijtimoiy hayotda g`ov bo`lib
kelayotgan kamchiliklarni fosh etishdan iboratdir.
«Tutal», «Rabbiya», «Afsona» kabi askiya turlari ba`zi bir xususiyatlari bilan
birinchi va ikkinchi turlarga yaqin. Tutal ko`pincha she`riy
usulda aytilishi bilan
ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: