87
G`anijon Toshmatov va boshqalar tajribali, chiniqqan, mohir askiyachilar
hisoblanganlar.
Askiya kishilar qalbidagi g`uborlarni quvadi, kishida beg`ubor qahqaha
uyg`otadi. Hatto ayrim davlat arboblari ham usta askiyachi bo`lganliklari uchun xalq
orasida katta obro`-e`tibor topganlar. Masalan, Yo`ldosh Oxunboboyev, Usmon
Yusupov ana shunday rahbarlardan bo`lishgan.
Xalqimiz orasida askiyaning vatani Farg`ona vodiysi degan ibora mavjud.
Darhaqiqat,
«Agar to`rtta vodiylik askiya aytishayotgan bo`lsa, bilingki,
askiyachilarning O`zbekiston bo`yicha birinchiligi bo`lyapti, agar to`rtta
qo`qonlik askiyachi askiya aytishayotgan bo`lsa, bilingki, askiya bo`yicha jahon
birinchiligi bo`lyapti» degan fikrlar bejiz aytilgan emas. O`zbek xalq askiyalari
adabiyotshunos olim Rasul Muhammadiyev tomonidan o`rganilgan. Iste`dodli adib
Olim Qo`chqorbekov askiyachi va qiziqchilar haqidagi hikoyatlarni yig`ib. «Kulgi
darg`alari» kitobini nashr ettirdi. Bu kitobga qirqqa yaqin mashhur askiyachi va
qiziqchilar haqidagi ma`lumotlar kiritilgan.
Askiyaning yozma adabiyotga ta`siri kuchli. Bu narsa Hamza, Abdulla
Qodiriy, Komil Yashin, Sobir Abdulla, G`afur G`ulom asarlarida ko`proq seziladi.
Sobir Abdullaning «Muqimiy» romanida xarakterli payrovlar keltirilgan. Bu
payrovda boyqush orqali zulm va zo`rlik fosh qilinadi.
Askiya qadimdan xalqimiz hozirjavobligini, chechanligini, zukkoligini sinab,
takomillashtirib kelgan milliy janr sifatida yashab kelmoqda. Askiyachidan ko`p
kitob o`qish, Shuningdek, tinmay o`qib turish, dunyoqarashi keng, o`tkir zehnli
bo`lishi talab qilinadi.
Bu janrning yana bir talabi «gap kelganda otangni ham ayama» shioriga amal
qilishdir. Askiya bahsi tinglovchi va tomoshabinlarga olam-olam quvonch baxsh
etadi, ulardagi horg`inlik, va charchoqni chiqarishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Savollar:
1. Askiyaning ma`nosi nima? Payrov nima?
2. Askiyachilar musobaqasi qanday bo`ladi?
3. Mashhur askiyachilardan kimlarni bilasiz?
4. Askiyaning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
5. Askiyaning qanday turlarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: