Abstract: Orientation of the young generation to the profession has always been
one of the priorities of our state and politics. The role of our children, parents and
educational institutions, as well as the work of teachers and practicing psychologists,
is very important for the implementation of this process. This article gives a brief
overview of the current problems associated with the direction of students in the right
profession, the shortcomings of practice and ways to overcome them.
Key words: Choosing the right profession, socialization, self-esteem,
technological
education,
continuous
system,
cooperation,
interdisciplinary
communication.
Joriy yil Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev Farg’onaga tashrifi chog’ida Xalq ta’limi
vazirligiga alohida ko’rsatmalar berdi. Prezident yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni
kasb-hunarga yo’naltirish masalalariga alohida to’xtalib o’tib, yangi o’quv yilidan 7
sinfdan boshlab o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish lozimligini ta’kidlab o’tdi.
Prezidentning Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovga bergan ko’rsatmasiga ko’ra 2020-
2021 o’quv yilidan 7 sinfdan boshlab o’quvchilar kasb-hunarga yo’naltirilib, ular
aynan qanday kasb egasi bo’lishi aniqlanadi. 8, 9, 10 sinfga qadar ular o’zlari tanlangan
kasb-hunar bo’yicha o’qitilib boriladi. 10 sinfda ularga ishlash huquqini beruvchi
guvohnomalar beriladi. 11 sinfda esa o’quvchilar bir vaqtning o’zida korxona va
tashkilotlarda rasmiy tarzda ishlab oylik maosh olishlari ham mumkin bo’ladi. 11 sinf
bitiruvchilarining ish bilan ta’minlanishiga hokimlar va hududiy sektor rahbarlari
javobgar hisoblanadi. [5,1-b].
Ushbu kursatmadan kurinib turibdiki yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga
yunaltirish davlatimiz siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo’lib turibdi. Bu borada
maktab bitiruvchilarini kasbga yo’naltirish, iqtidoridan kelib chiqib to’g’ri kasb
tanlashi katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
barqarorligi, fuqarolarining aqliy va axloqiy salohiyatini yuksak darajada
rivojlanganligiga bog’liq. Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini
ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy
masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi.[1,14-b]
Inson bolasi kamolga yetgani sari ilmga, ma’rifatga talpinadi. Dastlabki saboqni
ham u maktabdan oladi. Ammo kelajagimiz egalari bo’lgan yoshlarga ta’lim berish
ularni o’qitish bilan bog’liq ayrim muammolar bugungi kunda kishini o’ylantirib
qo’yayotgani tabiiy. Chunki zamonaviy shiddatkor jamiyat esa yetuk bilimdon
mutaxasis kadrlarga muxtoj bo’lib boraveradi.
Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o’ta muhim bosqichi
bo’lajak kasbni tanlash, ya’ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo’lgan davrni o’z
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
408
www.openscience.uz
ichiga oladi. Ravshanki, yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina
yosh xususiyatlariga bog’lik emas, u ma’lum yoshga kelib o’z o’zidan shakllanib
qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko’nikma,
malakalar, shuningdek, jamiyatning ta’siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim.
Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo’lish talab qilinadi. Shuning
uchun xam o’quvchilarni kasblar olamiga doir bilimlar bilan qurollantirish hamda
amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish lozim. Buning uchun kasblarga doir
qo’llanmalar, tarqatma materiallar bilan ta’minlash lozim. Shundagina kasb tanlash
jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchilik, ziddiyat, to’siqlarni oldini olgan holda
o’quvchi-yoshlarni ongli ravishda kasbga yo’llash imkoniga ega bo’lamiz. [2,93-94-
b].
Texnologiya fani o‘qituvchisi texnologik ta’lim jarayonida kasb va mehnat turlari
haqidagi ma’lumotlarni muayyan mavzularga bog‘lagan holda o‘quvchilarga
yetkazishi lozim. O‘quvchilarning qiziqishlariga asoslangan holda o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar orasida muayyan kasblarga oid to‘garaklar alohida o‘rin egallaydi.
Bunday to‘garaklar aksariyat hollarda mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilari tomonidan
olib boriladi. Bular jumlasiga texnik-ijodkorlik, yosh rassomlar, yosh texnologlar, yosh
fiziklar kabi to‘garaklarni kiritish mumkin. O‘qituvchi bunday to‘garaklarda
o‘quvchilarning loyihachilik, texnik-ijodkorlik, ixtirochilik kabi qobiliyatlarini
rivojlantirish ustida tizimli ish olib borish imkoniyatiga ega. Texnologiya o‘qituvchisi
o‘z ish faoliyatida pedagogik-psixologik tashxisga alohida o‘rin ajratishi lozim.
Pedagogik-psixologik tashxis jarayonida o‘qituvchi maktab rahbariyati va psixologi,
o‘quv-ishlab chiqarish muassasasi hamda kasb-hunar kollejlari mutasaddilari bilan
hamkorlikda har bir o‘quvchining tanlagan kasbi bilan shaxsiy sifatlari orasidagi
mutanosiblikni aniqlashi kerak.
Texnologiya fani o‘qituvchisi o‘zining o‘quvchilarni kasbga yo‘llashga oid
faoliyatini sinf rahbarlari, fan o‘qituvchilari, maktab rahbariyati va psixologi, ota-
onalar, mahalla faollari, hududdagi kasb-hunar kollejlari ma’muriyati faoliyati bilan
mujassamlashtirgan holda amalga oshirishi kerak. O‘quvchilarni kasb-hunarga to‘g‘ri
yo‘llashda mehnat xonasi, laboratoriya va ustaxonalar ham alohida ahamiyatga ega.
Mehnat fani o‘qituvchisi ularni zamonaviy talablar asosida jihozlashga alohida e’tibor
qaratishi lozim, chunki o‘quvchilarda muayyan mehnat va kasb turi haqidagi bilim,
tushuncha va tasavvurlar ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlar
dastlab shu yerda hosil bo‘ladi. Ma’lumki, mehnat va kasb-hunarga bo‘lgan muhabbat,
e’tiqod, barcha o‘quv fanlari tarkibida shakllantiriladi. Shuning uchun ham texnologik
ta’lim darslarida fanlararo aloqadorlikka alohida e’tibor qaratish talab etiladi. Mehnat
o‘qituvchisining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash orqali ijtimoiylashtirishga oid
faoliyatini turli o‘quv fanlari o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining bu sohadagi ishlari
bilan uyg‘unlashtirish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Buning uchun:
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
409
www.openscience.uz
– turli o‘quv fanlari, fan to‘garaklari va sinfdan hamda maktabdan tashqari
tadbirlarning imkoniyatlaridan unumli foydalanish;
– texnologik bilimlar, umummehnat va kasbiy ko‘nikmalar yordamida
o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish orqali ijtimoiylashtirishga erishish;
– o‘quvchilarning muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy ahamiyatlilik
darajasi yuqori bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini bajarishlarini ta’minlash;
– jamiyat hayoti uchun ahamiyatli bo‘lgan mehnat va kasb-hunarning turli
sohalariga o‘quvchilarning qiziqishlarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida
shakllantirishga erishish;
– o‘quvchilarni munosib kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida, maktab
o‘qituvchilari, firmalar, ishlab chiqarish korxonalari, ijodiy jamoalar, kasb-hunar
kollejlari hamda tashxis markazlari hamkorligini yo‘lga qo‘yish. Bunday hamkorlik
natijasida o‘quvchilar orasida ijtimoiy ahamiyatlilik darajasi yuqori bo‘lgan kasblar
targ‘ibotini amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi. [3,57-b].
Texnologiya o‘qituvchisi maktab amaliyotchi psixologi o‘z kasbiy faoliyati
jarayonida quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
– o‘quvchilarni jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan kasb-hunar
turlari bilan tanishtirish;
– kasblarning demogratik xususiyatlari haqida ma’lumot berish;
– o‘quvchilarni kasbga yo‘llash bo‘yicha pedagogik-psixologik xarakterdagi
maslahatlar uyushtirish;
– o‘quvchilarda ularning shaxsiy sifatlarini hisobga olgan holda muayyan kasblar
bo‘yicha barqaror qiziqishlarni shakllantirish;
– o‘quvchilarni o‘z kasbiy faoliyati natijasida shuhrat qozongan mashhur shaxslar
va ularning jamiyat va insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari bilan tanishtirish;
– o‘quvchilarga kasblarning jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy jihatlarini
rivojlantirishdagi o‘rni haqida malumot berish;
– o‘quvchilarning ota-onalari bilan ularning farzandlarini munosib kasbga
yo‘llash bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish;
– o‘quvchilarni noto‘g‘ri kasb tanlashning salbiy oqibatlaridan xabardor qilish;
– o‘quvchilarda dastlabki umummehnat va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va
sinab ko‘rishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;
– o‘quvchilarni to‘g‘ri kasbga yo‘llash maqsadida, ularning shaxsiyati, mehnat
turi va kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini o‘rganish;
– o‘quvchilarni kasbga yo‘llash jarayoni samaradorligini ta’minlash maqsadida,
maktabda muayyan kasblar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati haqida hikoya
qiluvchi ko‘rgazmalar, anjumanlar, uchrashuvlar tashkil etish;
– o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy qiziqishlarini aniqlash maqsadida muntazam
pedagogik-psixologik tashxis o‘tkazish va h.k. [3,58-b].
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 3
June 2020
410
www.openscience.uz
Kasb tanlashda maktab amaliyotchi-psixologining ham olib borayotgan targ’ibot-
tashviqot ishlarning o’z ahamiyati bor. Chunki barcha o’quvhcilar ham kasb tanlashda
aniq bir fikrga kela olmaydi. Buning o’ziga yarasha turli xil sabablari bor .Bu o’rinda
men o’zim ishlayotgan maktab bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan davra suhbatlari,
anketa surovnomalari o’tkazdim.Masalan:
Dostları ilə paylaş: |