Автофильтр buyrug‘ini bekor qilish lozim.
3.1.19-расм.”Расширенный фильтр” muloqot oynasi.
Расширенный фильтр buyrug‘i faqat muayyan mezonlarni qoniqtiruvchi
yozuvlarni chiqarish uchun mezonlar diapazonidan foydalanish yordamida
ma'lumotlarni fil'trdan o‘tkazish imkonini beradi (3.1.18-3.1.19-rasmlar). Takroriy
fil'trlashda barcha satrlar, yashiringanlari ham, ochiqlari ham ko‘rib chiqiladi.
Yo‘nalishni o‘zgartirgichlar va Расширенный фильтр oynalari maydonlarining
ahamiyati quyidagicha: фильтровать список на месте - ko‘rsatilgan mezonni qoniqtirmaydigan
satrlarni yashiruvchi;
скопировать результат в другое место - fil'trdan o‘tkazilgan
ma'lumotlardan boshqa ish varag‘iga yoki shu ish varag‘ining boshqa joyiga nusxa
ko‘chiradi;
Исходный диапазон - filtratsiyalanishi lozim bo‘lgan ro‘yxatni o‘z ichiga
olgan diapazonni belgilaydigan maydon;
Диапазон условий - kerakli shartlarni o‘z ichiga olgan ish varag‘idagi
kataklar diapazonini belgilaydigan maydon;
Поместить результат в диапазон - muayyan shartlarni qoniqtiruvchi
satrlardan nusxa ko‘chiriladigan kataklar diapazonini belgilaydigan maydon; bu
maydon faqat скопировать результат в другое место pereklyuchateli tanlangan
vaziyatda faol bo‘ladi;
Только уникальные записи - faqat mezonlarni qoniqtiradigan va
takrorlanmaydigan elementlarni o‘z ichiga olmaydigan satrlarni chiqaradigan
pereklyuchatel'. Agar mezonlar diapazoni belgilanmagan bo‘lsa, u holda
dublikatga ega ro‘yxatning barcha satrlari yashiriladi.
Murakkab mezonlarni o‘rnatish uchun zarur:
ish varag‘ining yuqori qismida bir necha satr kiritish;
kiritilgan bo‘sh satrlardan birida jadvalni fil'trdan o‘tkazish lozim bo‘lgan
ustunlar nomlarini kiritish;
solishtirish
mezonlaridan
foydalanishda
mezonlarning
nomlari
tekshirilayotgan ustunlar nomlari bilan bir xil bo‘lishi lozim;
tekshirilayotgan ustunlar nomlari yozilgan satrdan pastda joylashgan satrlarda
tekshirilayotgan ustunlar kataklari mos kelishi lozim bo‘lgan mezonlarni kiritish;
Данные menyusida Фильтр punktini, so‘ngra - Расширенный фильтр
punktini tanlash va muloqot oynasida fil'tratsiyalash shartlarini kiritish.
3.1.20- rasm. “Расширенный фильтр” buyrug`i amallari.
3.1.21- rasm. “Расширенный фильтр” buyrug`i amallari.
Mezonlarni И shartli operatori yordamida birlashtirish uchun mezonlarni bir
satrning o‘zida ko‘rsatish, mezonlarni ИЛИ shartli operatori yordamida
birlashtirish uchun esa turli satrlarda mezonlarni kiritish lozim. Masalan, 3.1.120-
rasmda mezonlar diapazoni ekranga Цена ustunida 50 dan ko‘p va 200 dan kam
bo‘lgan qiymatlarga ega barcha yozuvlarni chiqaradi.