3.2.2-rasm. MB ob’yektlari.
Ularning har biri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:
1.
«Таблицы» (Jadvallar) — MB ning asosiy ob’yekti. Unda ma’lumotlar
saqlanadi.
2.
«Запросы» (So’rovlar) — bu ob’yekt ma’lumotlarga ishlov berish,
jumladan, ularni saralash,
ajratish, birlashtirish, o‘zgartirish kabi vazifalarni
bajarishga mo’ljallangan.
3.
«Формы» (Shakllar) — bu ob’yekt ma’lumotlarni
tartibli ravishda oson
kiritish yoki kiritilganlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir
qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
4.
«Oтчёты» (Hisobotlar)
— bu ob’yekt yordamida saralangan ma’lumotlar
qulay va ko‘rgazmali ravishda qog‘ozga chop etiladi.
5.
«Mакросы» (Makroslar)
— makrobuyruqlardan iborat ob’yekt. Murakkab
va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan
tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o‘rniga
ushbu tugmacha
bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
3.
«Moдули» (Modullar) — MS Access dasturining imkoniyatini oshirish
maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi ob’yekt.
Bundan tashqari,
«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’yekt ham
mavjud. Bu ob’yekt HTML kodida bajarilgan, Web-sahifada joylashtiriladigan va
tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’yektdir.
Dostları ilə paylaş: