O'yin. Tabiatning oddiy hodisa va tasawurlarini kengaytirish maqsadida o'tkaziladigan
kuzatishlar bilan bir qatorda xilmaxil o'yinlardan keng foydalaniladi. Bu o'yinlarda bolalar
sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o'zlashtiradilar. Bolalarni tabiat
bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o'yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o'yinlar. Didaktik o'yinlarda bolalar o'zlarida tabiat dagi narsa va hodisalar,
hayvonlar va o'simliklar haqida mavjud bo'lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar,
kengaytiradilar. Ko'pgina o'yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o'rgatadi.
Didaktik o'yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o'sishiga yordam beradi, yangi
sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlaridan foydalanishga o'rgatadi, turli aqliy jarayonlarni
faollashtiradi, lug'atni boyitadi, bolalarda birgalikda o'ynash ko'nikmasini tarbiyalashga yordam
beradi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stolbosma va og'zaki didaktik o'yinlardan
foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: