Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/78
tarix21.10.2022
ölçüsü1,05 Mb.
#65724
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
qo\'\'lllanmaaa

1.5.Qishloq xo'jalik ishlari. Mart oyida dalalarda don ekinlari va beda ekish davom etadi. 
Kartoshka va ertangi karam ekiladi, rediska, petrushka va ukrop sepiladi. 
Mart oyida ko'chatlar o'tqazish va daraxtlarni bir yerdan ikkinchi yerga ko'chirish ishlari 
davom ettiriladi. Daraxt ko'chatlarini o'tqazish ishlarini tuproqning yumshashidan boshlab 
loirtaklarning bo'rta boshlaganiga qadar davom ettirish mumkin. Daraxt ko'chatlarini o'tqazish 
uchun joy va har bir daraxtning yaxshi o'sishi uchun ma'lum ozuqa maydoni tanlanadi. 
Daraxtlarni birbiriga juda ham yaqin o'tqazib bo'lmaydi, chunki ildizlar o'sib yetilib, 
birbiriga xalaqit beradi (daraxtlarning ildizlari tevarakatrofga keng quloch yozadilar, ayniqsa eski 
bog'larda ularning ildizlari birbirlari bilan chatishib ketgan). Mevali bog'larda daraxtlarning turli 


xillarini ekish tavsiya qilinadi. Har bir tur mevadan bir necha nav; urug'lilaridan 2—3 nav, 
danaklilaridan 3—4 nav ekiladi. 
Olma va nok daraxtlarini birbiridan 6—10 m rnasofada o'tqaziladi, olcha va olxo'ri 
daraxtlarini birbiriga yaqinroq, ya'ni 3—4 metr oralig'ida joylashtirish mumkin. 
Daraxtlar qatorlab yoki shaxmat usulida ekiladi. Daraxtlar ko'chatzorlarda qanday 
o'tqazilgan bo'lsa, ana shunday chuqurlikda o'tqazilishi lozim. 
Odatda daraxtlarni o'tqazish vaqtida shu narsa tavsiya qilinadiki, daraxtning ildiz bo'yni 
tuproqning yuqori qatlamiga nisbatan birmuncha yuqoriroq bo'lishi kerak, chunki tuproq 
keyinchalik cho'kkan vaqtida daraxtning ildiz bo'yni bilan barobar bo'lib qoladi. 
Daraxtning ildiz bo'ynini besh santimetrdan oshiqroq chuqurlikda ekilsa, keyinchalik 
havoning yetarli miqdorda kirmasiigi natijasida daraxtlar yomon rivojlanadi. Chuqur o'tqazilgan 
daraxt sekin o'sadi, sovuqqa chidamsiz bo'lib, har xil kasalliklarga, bog' zararkunandalarining 
hujumiga chidash bera olmaydi. Daraxt ildizining normal o'sishi uchun yetarli miqdorda issiqlik, 
havo va namlik bo'lishi kerak. 
Mevali daraxtlar chuqur o'tqazilsa yaxshi hosil bermaydilar yoki mutlaqo hosildan 
to'xtab, birvaqt quvrab qoladilar. Daraxt ko'chatining sayoz ekilishi ildizlarining qurib qolishiga va 
o'simlikning nobud bo'lishiga olib keladi. 
Daraxt ekish uchun o'yilgan chuqurlik radiusi va chuquriigi bo'yicha ildizining rivojianish 
darajasiga bog'liq bo'ladi (radiusi 50—75 sm, chuquriigi 60 sm), chuqur qazish vaqtida yerning 
ustki qamlami bir tomonga, ostki qatlami esa ikkinchi tomonga tashlanadi. Chuqur tayyor 
bo'lgach, yerning yuza qatlami ko'proq ozuqalarga ega bo'lganligi uchun o'g'it bilan aralashtirib 
chuqurning tagiga solinadi, shuningdek tepacha qilinadi, bunda daraxt shunday qo'yiladiki, ana 
shu tepachaning atroflari bo'ylab erkin ravishda joylashadi (11 rasm). 
Daraxt ko'chatlarini o'tqazishdan oldin qazilgan har chuqurga 3—4 chelakdan suv 
quyiladi. 
Daraxt o'tqazilgach, uning uchi va novdalari qirqiladi, chunki daraxt ko'chatining taraqqiy 
qilgan uchi (tojisi) hali tuproqda yaxshi o'rnashmagan ildizlardan ko'ra suvni ko'proq bug'lantirib 
yuboradi. 
Fevralmart oylarida daraxt va butalarning atroflari o'yib qo'yiladi. Keyin esa o'sishga 
yaroqsiz — kasal va zararlangan daraxtlar kesib tashlanadi. Mart oyida anor, atirgul kabi (ko'mib 
qo'yilgan) gullarning usti ochiladi. 
O'zbekistonda tut daraxti ayniqsa ko'p tarqalgan. Tut daraxt shaklida ham, buta shaklida 
ham o'sadi. Tut daraxtidan pilla qurtlari uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. Shuningdek, tut 
daraxti meva ham qiladi. Erta bahorda bevaqt bo'lgan sovuqlar tut daraxtini zararlantiradi, bu 
bilan ipak qurtini ozuqadan mahrum qiladi. 
Taxminan mart oyining ikkinchi o'n kunligida toklarni ochish boshlanadi. Tok kurtak 
chiqarguncha ochilishi zarur. Aks holda. bo'rtgan kurtaklar va yosh sho'ralar zararlanadi. 
Ko'p yillar mobaynida olib borilgan kuzatish ishlari shuni ko'rsatdiki, tok sho'ralarining 
ochilishi Toshkent havzasi sharoitida bir necha hafta atrofida yildanyilga o'zgarib turadi — mart 
oyining uchinchi o'n kunligi va aprel oyining birinchi yarmi. Bunday ahvol ko'pincha obhavo 
xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. 
Yaxshi bo'rtgan «ko'zchalar» haroratning 3—4 daraja pastga kctishi natijasida zararlanishi 
mumkin. Ochila boshlagan kurtaklar birikki daraja sovuqdayoq osonlikcha zararlanadi. Yosh va 
nozik sho'ralar uchun bir daraja sovuq ham xavflidir. 
Bog'eha hovlisida boialar katta kishilarning ishlarini kuzatadilar, katta yosh 1 i boialar esa, 
daraxt ko'chatlarini o'tqazishda ishtirok etadilar: ular ko'chatlarni tashib kelishda 
ko'maklashadilar, ko'chatlarni o'tqazishda ushlab turadilar, tuproqni o'raga tashlaydiiar, yosh 
ko'chatlarni sug'oradilar. Boialar zambil va zambil g'altaklarda tok taglaridagi go'ng va axlatlarni 
olib chiqarib tashlaydiiar. 
Aprel oyida dalalarda chigit ekish boshlanadi. Chigitning yaxshi unib chiqishi uchun tuproq 
yetarli miqdorda nam bo'lishi va kunlik o'rtacha harorat 10 darajadan kam bo'lmasligi kerak. 


Bunday harorat odatda Toshkent viloyatida aprelning birinchi o'n kunligida bo'ladi, janubiy 
viloyatlarda birmuncha oldinroq boshlanadi. 
Harorat qanchaiik ko'tarilsa, chigit shunchalik tez o'sa boshlaydi va bir tekisda ko'karib 
chiqadi. Chigitni yaxshi unib chiqishi uchun chuqurlarga solib namlaydilar. G'o'zani parvarish 
qilish vaqtida mashina bilan ikki tomonlama uzunasiga va ko'ndalangiga ishlov berish maqsadida 
chigitni seyalkalar yordamida kvadratuyalab ekiladi. Shunday usul bilan ekilganda, qo'I mehnati 
kam sarflanadi. hosil esa ko'proq olinadi. 
Chigit yaxshi tayyorlangan va nam yerga 4—5 sm chuqurlikda ekiladi. 
Chigit unib chiqqandan keyin darhol unga ishlov beriladi. Ekin maydonini doimo 
haydalgan va yowoyi o'tlardan tozalangan holda tutishga harakat qilinadi. G'o'za qator oralariga 
ikki tomonlama ishlov berishda mashinalar yaxshi yordam beradilar. O'simlik ildiziga yaqin 
bo'lgan joydagi o'tlarni yo'qotish va yaganalash ishlaridagina qo'l mehnatidan foydalaniladi. 
Shuningdek, dalalarga makkajo'xori, oq jo'xori va kungaboqar ekiladi. 
Istirohat bog'lari, ko'chalar, bog'cha hovlilarida «jonli devorlar (ko'mko'k kichik daraxtlar) 
ekiladi. 
Bog'larda qishloq xo'jalik zararkunandalariga va hasharotlarga qarshi kurash olib boriladi 
(3ilovaga qaralsin). Aprel oyining o'rtalarida qashqargul, xina, nastursiya, petuniya (gullari 
kattakatta bog' o'simligi), jasmin, xushbo'y no'xat va boshqa bog' gullarining urug'lari sepiladi 
hamda ko'chatiari o'tqaziladi. Katta gullarning ko'chatiari (qo'qongul, petunya va boshqa 
gullarning) 15—20 sm oralig'ida o'tqaziladi. Shu bilan birga gulning uzun novdalari chilpiladi, 
ya'ni bo'ynining uzunligi uchdan birga qisqartiriladi, bu gulning yon shoxchalarining yaxshi 
o'sishiga imkon beradi. Yangi o'tqazilgan gul ko'chatini albatta mayda katakli leyka yordamida 
sug'orish tavsiya qilinadi. Yosh o'simliklarning o'sishiga xalaqit qilmasligi uchun yovvoyi o'tlar 
tezda yulib tashlanadi. Yer sug'orilgandan keyin ozgina qurigach, yovvoyi o'tlarni olib tashlash 
osonlashadi. 
Gul urug'lari sepilishdan oldin, +12+20 daraja haroratda undiriladi. So'ng esa sepiladi. 
Kanna, lunasvet kabi gullarning urug'lari qattiq bo'lgani uchun, bir uchi pichoq bilan bir oz qirqib 
qo'yiladi. 
Ba'zan ana shunday o'simliklarning urug'i qaynoq suvga solib ivitiladi, keyinchalik esa 
sovuq suv solib aralashtiriladi, bunda urug'lar yoriladi. 
Floks, delfinnum, pion singari ko'p yillik gullarning urug'lari ekishdan oldin sovutilmasa, 
o'smaydi. 
Aprel oyining dastlabki kunlarida yerto'lalardan kartoshkagul gulining kartoshkasi olinib, 
ko'zdan kechirib chiqiladi. Qurib qolganlari namlanadi va yorug'roq joyga qo'yib, vaqtivaqti bilan 
suv sepib turiladi. Unib chiqa boshlaganlari ajratilib, yonveridan unib chiqqan shoxshabbalar 
bilan birga alohida joyga o'tqaziladi. 
Bunday ishlarni amalga oshirishda bolalar ham jalb qilinadilar. 
Gullayotgan o'simliklar (nastarin, buldonej) gullagach, yangi shoxlarni yaxshi rivojiantirish 
uchun gulkosalari qirqib tashlanadi. 
Ekin maydonlarida pomidor va boshqa sabzavotlarni ekish ishlari davom ettiriladi. Tarvuz, 
qovun, qovoq singari poliz ekiniari ekiladi. 
Dala ekinlarini parvarish qilish, g'o'zaga ishlov berish, bedani o'rib olish, texnika ekiniari 
va boshqa o'simliklarni sug'orish davom etadi. 
Profilaktika maqsadida toklar (uzum) maydalangan oltingugurt bilan changlatiladi. 
Shuningdck, toklarga tushuvchi, O'zbe kistonda keng tarqalgan kasalliklardan — oidiumga qarshi 
kurash | olib borish maqsadida ham bu tadbir qo'llaniladi. O'simlik shoxlarining yaxshi ko'karishi, 
ko'p suv berib turilishi bu kasallikka qarshi kurashishning qulay shartlaridan biridir. Oidium 
tokning barcha ko'k qismlarida: gullari, barglari va shoxlarida bo'ladi. 
Mevasi ustida ko'plab kul rang nuqtalar paydo bo'ladi, to'qimalarning normal o'sishi 
natijasida yoriqlar paydo bo'ladi va meva urug'i (12 rasm) ko'rinib qoladi. Obhavo nam 
boiganida, yorilgan mevalar chiriy boshlaydi, quruq obhavo sharoitida esa qurib qoladi. 


Ortiqcha shoxlarni, barglarni kesib tashlash, novdalarni chekanka qilish oidiumga qarshi 
kurashning muhim vositalaridan biridir. 
Bu kabi tadbiriy chora agrotexnika sharoitlarini yaxshilashdan tashqari shoxlarning 
zichlashib qolishidan asraydi va uiarning orasidan shamol bemalol o'tadi. Bunda tekinxo'r 
qo'ziqorinning yashashiga hech qanday sharoit qoldirmaydi. Toklarni (uzumni) maydalangan 
oltingugurt bilan har 20 kunda muntazam changlab turish kerak. 
Tokzorni ana shunday parvarish qilish natijasida bolalar bog'chasi uzumdan mo'l hosil 
olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bularga bolalarning e'tiborini jalb qilish zarur. 
Mevali bog'larda qishloq xo'jalik zararkunandalariga qarshi kurash olib boriladi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin