investitsiya maslaxatchisining faoliyati, deb e‘tirof etiladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxs investitsiya maslaxatchisi bo‗lishi mumkin.
Investitsiya maslaxatchisi mijozga muayyan qimmatli qog‗ozlarni sotib olish
yoki sotish bo‗yicha tavsiyalar taqdim etish, shuningdek mijozga investitsiya qarorini
o‗zi mustaqil qabul qilishi uchun zarur axborotni takdim etish huquqiga ega.
Maslaxat xizmatlari ko‗rsatilganida, bajarilgan ishlar dalolatnomasida muvofiq
yozuvlar ko‗rsatiladi, mijozga taqdim etilgan hujjatlarning nusxalari esa investitsiya
maslaxatchisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Investorlarning pul mablag‗larini ishga solish maqsadida aksiyalar sotib
oladigan va chiqaradigan hamda mablag‗larni fond nomidan qimmatli qog‗ozlarga,
mas‘uliyati cheklangan jamiyatlar ulushlariga, banklardagi hisobvaraqlarga va
omonatlarga qo‗yadigan yuridik shaxs investitsiya fondidir.
92
Investitsiya fondlarining mablag‗larni bunday qo‗yish bilan bog‗lik
tavakkalchiligi, bu mablag‗larning bozordagi qadri o‗zgarishidan keladigan daromad
va ko‗riladigan zarar to‗la-to‗kis ushbu fond egalari (aksiyadorlari) hisobiga
o‗tkaziladi va ular tomonidan fond aksiyalarining joriy narxlari o‗zgarishi hisobiga
realizatsiya qilinadi.
Banklar va sug‗urta kompaniyalari investitsiya fondlari bo‗la olmaydi.
Investitsiya fondi boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tuzilishi mumkin
emas. Investitsiya fondini qayta tashkil etish qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga
solish bo‗yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan xolda amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning egalik qilish uchun o‗ziga berilgan va boshqa bir shaxsga
tegishli bo‗lgan, mazkur shaxs yoki bu shaxs ko‗rsatgan uchinchi shaxslar
manfaatlarini ko‗zlab:
- qimmatli qog‗ozlarni;
- qimmatli qog‗ozlarni sarmoyalashga mo‗ljallangan pul mablag‗larini;
- qimmatli qog‗ozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul mablag‗lari xamda
qimmatli qog‗ozlarni xak evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat davomida
o‗z nomidan amalga oshirishi qimmatli qog‗ozlarni boshkarish soxasidagi faoliyat
hisoblanadi.
Qimmatli qog‗ozlarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun
hujjatlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
Qimmatli qog‗ozlarni ishonchli boshqarish bo‗yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi kimmatli qog‗ozlar bozorining professional qatnashchisi boshqaruvchi
kompaniya deb nomlanadi.
Ishonchli boshqaruvga berilgan investitsiya aktivlari bilan bitimlarni
boshqaruvchi kompaniya o‗z nomidan amalga oshiradi, bunda u boshqaruvchi
kompaniya sifatida xarakat qilayotganligini ko‗rsatishi kerak. Agar yozma ravishda
rasmiylashtirishni talab etmaydigan xarakatlarni amalga oshirishda boshqa taraf
uning bajarilishi to‗g‗risida boshqaruvchi tomonidan ma‘lum qilingan bo‗lsa, yozma
hujjatlarda ishonchli boshqaruvchining nomidan keyin tegishli belgilar kiritilgan
bo‗lsa, yuqoridagi shartga amal qilingan hisoblanadi.
93
Agar boshqaruvchi kompaniya va uning mijozi yoki bir boshqaruvchi
kompaniyaning turli mijozlari manfaatlari yuzasidan baxs, barcha taraflar oldindan
bu xakda xabardor qilinmagan bo‗lsa, boshqaruvchi kompaniyaning mijoz
manfaatlariga zarar yetkazuvchi xarakatlarni amalga oshirishga olib kelgan bo‗lsa,
boshqaruvchi kompaniya o‗z hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
zararlarni qoplashga majbur.
Investitsiya fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‗yicha faoliyat
deganda, ushbu modda va qonun hujjatlari bilan belgilangan faoliyatning talablariga
javob beradigan boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati tushuniladi. Investitsiya
fondlarining investitsiya aktivlarini boshqarish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi
yuridik shaxs investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi deb nomlanadi.
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondlarining
investitsiya aktivlarini boshqarish bo‗yicha faoliyatni amalga oshiruvchi, shuningdek
qimmatli qog‗ozlarning oldi-sotdisi bilan shug‗ullanuvchi qimmatli qog‗ozlar
bozorining professional qatnashchisi hisoblanadi.
Investitsiya fondlarini boshqaruvchi kompaniya qonunchilikka muvofiq
tuzilgan va investitsiya fondining topShirig‗i bilan va uning nomidan unga berilgan
qimmatli qog‗ozlarni; qimmatli qog‗ozlarga investitsiyalashga mo‗ljallangan pul
mablag‗lari; qimmatli qog‗ozlarni boshqarish jarayonida qo‗lga kiritilgan pul
mablag‗larini ishonchli boshqaruvni; investitsiya fondining qimmatli qog‗ozlari
portfelini tuzishni va bu portfelni diversifikatsiya qilish bo‗yicha xizmatlar
ko‗rsatishni; shuningdek fond bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya
fondining egasi vazifasini amalga oshiruvchi istalgan mulkchilik shaklidagi yuridik
shaxs hisoblanadi. Ko‗rsatilgan operatsiyalar investitsiya fondlarini boshqaruvchi
kompaniya faoliyatining mutlaq turlari hisoblanadi.
Boshqaruvchi kompaniyaning ta‘sischilari yuridik va jismoniy shaxslar bo‗lishi
mumkin, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, shuningdek ular tomonidan ta‘sis
qilingan ustav fondining 25 foizdan ortigini davlat ulushi tashkil etuvchi korxonalar
bundan mustasno.
94
Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi depozitariy, davlat
boshqaruv organi, notijorat tashkiloti, shuningdek affillangan shaxs (Shaxslar)
tomonidan tuzilgan korxona bo‗lishi mumkin emas.
Qimmatli qog‗ozlarni saqlash, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarni hisobga
olish va tasdiqlash bo‗yicha xizmatlar depozitar faoliyat hisoblanadi.
Depozitar faoliyatni amalga oshiruvchi kimmatli qog‗ozlar bozorining
professional qatnashchisi depozitariy deb nomlanadi. Fakat yuridik shaxsgina
depozitariy bulishi mumkin.
Qimmatli qog‗ozlarni saqlash, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarni hisobga
olish va tasdiqlash bo‗yicha depozitariy xizmatlaridan foydalanadigan shaxs
deponent hisoblanadi.
Depozitariy va deponent o‗rtasidagi munosabatlar tegishli shartnoma bilan
tartibga solinadi.
Depozitar shartnoma – depozitariy bilan deponent o‗rtasida yozma shaklda
tuziladigan, qimmatli qog‗ozlarni saqlash va qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan
huquqlarni hisobga olish bilan bog‗liq munosabatlarni tartibga solib turuvchi
shartnoma.
Depozitar xizmat ko‗rsatish to‗g‗risida shartnoma tuzish deponentning
qimmatli qog‗ozlarga mulk huquqi depozitariyga o‗tishiga olib kelmaydi.
Depozitariy o‗ziga deponentga qo‗yilgan qimmatli qog‗ozlarning but
saqlanishi uchun, shuningdek qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan huquqlarni hisobga olib
borish bo‗yicha o‗z burchlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi
uchun, shu jumladan deponent hisobvaraqlari bo‗yicha yozuvlarning to‗laligi va
to‗g‗riligi uchun qonunda belgilangandek javobgar bo‗ladi.
Deponentlarning qimmatli qog‗ozlariga depozitariyning majburiyatlari
bo‗yicha undiruv qaratilishi mumkin emas.
O‗zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyat
kliring deb hisoblanib, bu faoliyat bitimga doir axborotni to‗plash, solishtirish, unga
tuzatish kiritish hamda qimmatli qog‗ozlarga doir fuqaroviy-huquqiy bitimlarni ijro
etish uchun buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini nazarda tutadi.
95
Qimmatli
qog‗ozlarga
doir
bitimlar
bo‗yicha
hisob-kitob-kliring
operatsiyalarini amalga oshiruvchi qimmatli qog‗ozlar bozorining professional
ishtirokchilari hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti) deb ataladi.
Qimmatli qog‗ozlarga doir operatsiyalar yuzasidan hisob-kitob olib borilishi
munosabati bilan kliringni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‗zaro majburiyatlarni
aniqlash chog‗ida tayyorlab qo‗yilgan qimmatli qog‗ozlar, pul mablag‗lari va
buxgalteriya hujjatlarini ijroga qabul qilib olayotganlarida qimmatli qog‗ozlar
bozorining qaysi qatnashchisi uchun hisob-kitob ishlari amalga oshirilayotgan bo‗lsa,
shu qatnashchi bilan tuzgan o‗z shartnomalariga asoslanadilar.
Hisob-kliring palatalarining (tashkilotlarining) mijozlari mablag‗lariga hisob-
kliring palatalarining (tashkilotlarining) majbuiyatlari yuzasidan bo‗yicha undiruv
qaratilishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: |