Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. A'robiylashish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/234
tarix27.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#66502
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   234
al adab ala mufrat

262-bob. A'robiylashish haqida 
590. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Katta gunohlar yettitadir; shulardan to'rttasi 
quyidagilar: ularning birinchisi Alloh taologa shirk keltirish, so'ngra in-sonni nohaq 
o'ldirish, erga tekkan afifa xotinlarni zinokor deb tuhmat qilish va a'robiylashish (sahro, 
dashti biyobonlarga chiqib ketish)". 
Islom avvalida shunday hukm joriy bo'lgan. Ammo shahar yerlar-da biror fitna bo'lib, 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
shori' (qonun chiqaruvchi) tomonidan ruxsat berilganda sahroga chiqib ketish bundan 
mustasno  
263-bob. Qishloqlarda istiqomat qiluvchi kishi haqida 
591. Savbon (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Ey, Savbon! Kimsasiz 
va pastqam joylarda o'garma. Chunki unday yerlarda o'tirish qabr ichida o'tirish bilan 
barobardir". Roviy Axmad ibn Osim: "Kufr kimsasiz joylar kabidir", deb qo'shimcha 
qiddilar. 
592-hadis ham Savbondan rivoyat qshingan bo'lib. 591-hadisning aynan o'zidir. 
264-bob. Oqar suv yoqasida o'tirmoq haqida 
593. Shurayh aytdilar: "Hz. Oyisha (r.a.)dan: "Rasululloh (s.a.v.) cho'lu sahrolarga 
chiqarmidilar?" -deb so'radim. Hz, Oyisha (r.a.): "Albatta, ana shu oqar suvlarning 
oldigacha kelar edilar", deb javob berdilar". 
594. Amr ibn Abdulloh aytdilar: "Muhammad ibn Abdulloh ibn Usaydni ko'rib qoldim. 
Ustiga ixrom yopilgan hayvonga minib ketayotgan ekan. Ixrom hayvonning yelkasidan 
to oyog'igacha tushib turar edi. Men undan: "Nega buni hayvon ustiga yopding?" - deb 
so'radim. "Otam Abdullohning shunday narsa yopganini ko'rgan edim", deb javob berdi. 
265-bob. Sir saqlamak va gap tashimaslik haqida 
595. Abdulloh ibn Abdurrahmon ibn Abdulqoridan rivoyat qilindi, u kishi: "Hz. Umar ibn 
Xatgob (r.a.) ansorlardan bir kishi bilan o'tirgan edilar. Shu vaqtda Abdurraxmon ibn 
Abdulqori (otam) kelib, ular yonida o'tirdilar. Shunda hz. Umar (r.a.): "Oramizdagi gapni 
odamlarga borib aytib yuradigan kishini biz xoxda-maymiz", dedilar. Abdurrahmon hz. 
Umar (r.a.)ning gaplariga javoban: "Men o'zim shunday (ya'ni mendan kishilarning 
gapini so'raydigan) kishilar bilan o'ti-rishmayman", deganlarida, hz. Umar (r.a.): "Bu 
fikring noto'g'ri, ular bilan ham o'tirishaver, lekin bizning gapimizni izhor qilma (sirni 
saqla)", dedilar, keyin ansorlarga qarab: "Odamlar mendan keyin kimning xalifa 
bo'lishini mo'ljal qilishayotibdi?" - deb so'radilar. Ansorlar muhojirlardan bir necha 
kishilar nomini aytib shular xalifa bo'ladi deyishayotibdi.dedilaru, lekin hz. Ali (k.v.)ning 
is-mlari bular ichida zikr qilinmadi. Shuning uchun hz. Umar (r.a.): "Ular nima uchun 
Abulhasan (hz. Ali (k.v.)ni tilga olishmadi? Men Alloh nomi bilan qasamyod qilamanki
agar hz. Ali ularga xalifa bo'lsa, hammalarini to'g'ri, haq yo'lda olib borishga boshqa 
kishilardan ko'ra munosibroq bo'lardi", dedilar". 
1 Arab tilidagi "ihrom", "ehrom" va "ixrom" so'zlarining farqini aniqdab o'tishgga to'g'ri 
keladi: "ihrom" - buyuk inshoot. "ehrom" - hajga otlanganlarning yupqa matodan 
tikilgan oppoq kiyimlari. Ixrom - oqjundan to'qilgan mato bo'lib, uni ulovning ustiga ham 
yopganlar hamda kiyym sifatida foydalanganlar. Aslida Qadimgi yunonlar va 
rumoliklarning ustki kiyimi bo'lgan. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin